AlgorithmUz
233 subscribers
1 photo
2 files
168 links
"Dastur bu shunchaki ma'lumotlar tuzilmalari va ular ustida ish bajaruvchi algoritmlar yig'indisi" - Ananymous.

Savol va takliflar uchun @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot
Download Telegram
IV qism. Bo'lib tashla va hukmronlik qil

Dars №3. Merge
sort (Birlashtirib saralash)

#chapter4 #divideAndConquer #normal

To'liq o'qib chiqish

Fikrlaringizni izohlarda ham qoldirishingiz mumkin!

Taklif va mulohazalar uchun: @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga murojaat qiling

Muallif: Qudratxo'ja Musayev

🤝 Maqolani do'stlaringizga ham ulashing va O'zbekistonda dasturlash sohasi rivojiga hissa qo'shing

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
🌐 Web dasturlash vaqti!

Qisqa
satrlarda JavaScript. O’zgaruvchi, tip va ifodalar.

#web #javascript

To'liq o'qib chiqish

Taklif va mulohazalar uchun: @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga murojaat qiling

Muallif: Qamardinov Nuriddin

🤝 Maqolani do'stlaringizga ham ulashing va O'zbekistonda dasturlash sohasi rivojiga hissa qo'shing

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
​​Uzoq tanaffusdan keyin assalomu alaykum!

Ha tan olaman bu safargi pauza haddan tashqari cho'zilib ketdi. Buyog'iga uzr so'rashga bet ham qolmadi. 😁

Qisqa qilib aytganda bunga sabab, qilayotgan ishimdan o'zimning ko'nglim to'lmay qolishi va buning natijasida ishtiyoqning yo'qolib qolishi bo'ldi. Chunki darslarni o'zim rejalashtirgandek yaxshi olib bora olmayotgandim. Bu esa vaqt o'tib ularni yana qaytadan tuzib chiqishga olib kelardi.

Shuning uchun darslarda reformatsiya o'tkazishga qaror qildim. Demak, quyidagicha o'zgarishlar qilishga qaror qildim:

1. Butun kursni boshidan oxirigacha rejalashtirib chiqdim. Bunda asos qilib Udemyning ajoyib va qiziqarli kursini tanladim.

2. Har bir darsga qo'shimcha video dars ham ishlab chiqishga qaror qildim.
Buning asosiy sababi dasturlashni o'rganayotganda o'zim nimadir o'qib o'tirgandan 4-5 daqiqalik video ko'rishni afzal ko'raman. Bu ancha qiziq va bunda ko'proq ma'lumot berish mumkin. Hozir videolar kutilganidek ko'p ko'rilmasligi mumkin, lekin kelajakda aniq ular kerak bo'ladi.

3. Har bir dars, yoki bo'lim uchun masalalar yoki savollar to'plamini qo'shish.
Darslarda asosiy yetishmayotgan narsa ham shu edi. Endi bu kamchilikni ham to'ldirishga harakat qilaman.

4. Har bir bo'lim uchun tanishtiruv va umumlashtirish qismlarini qo'shish.
Bunda bo'limdan nimalar kutishni bilib olishingiz va bo'lim so'nggida barchasini qisqa takrorlab olishingiz mumkin bo'ladi.

5. Eng muhim o'zgarishlardan biri bu biroz orqaga qaytish.
Ya'ni darslarda biroz orqaga qaytish bo'ladi. Sababi yangi tuzgan rejamga ko'ra darslarda qolib ketgan joylar bor. Shuning uchun darslar Rekursiya deb nomlanuvchi bo'limdan boshlanadi.

Menimcha shuncha o'zgarish hozircha yetib turadi. )

Blogni boshlaganimda asosiy maqsad qilib shu mavzuda to'liq va sifatli kontent yaratish bo'lgan. Shu maqsadni to'liq amalga oshirishga harakat qilmoqchiman!

Bir daqiqa shoshmang!
Kanal ishi to'xtab qolganiga yana boshqa sabablar ham bor. Bular haqida tez orada bilib olasiz. Yangiliklar sizga yoqadi deb umid qilib qolaman.

Shu o'rinda, nega darslar to'xtab qolgani haqida qiziqib yozgan barchaga va kanalda qolib, unga ishonch bildirganlarga alohida rahmat aytib qolaman!

Yangi dars 20:00 da e'lon qilinadi!
VI qism. Rekursiya

Dars №1. Rekursiv
hikoya )

#chapter6 #recursion #normal

To'liq o'qib chiqish

Fikrlaringizni izohlarda ham qoldirishingiz mumkin!

Taklif va mulohazalar uchun: @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga murojaat qiling

Muallif: Qudratxo'ja Musayev

🤝 Maqolani do'stlaringizga ham ulashing va O'zbekistonda dasturlash sohasi rivojiga hissa qo'shing

P.S: IV bo'limdan VI bo'limga o'tib ketganimga hayron bo'lmang. Shunchaki yangi rejada Rekursiya bo'limi shu yerga to'g'ri keldi. Hech narsani o'tkazib yubormadingiz.

Ha yana, bir yangilik darslar endi odatdagidan qisqaroq bo'ladi. Bu sizni zerikib qolishingizni oldini olish va mening vaqtimni hisobga olib qilingan.

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
VI qism. Rekursiya

Dars №2. Rekursiya
. Nima uchun u kerak?

#chapter6 #recursion #normal

To'liq o'qib chiqish

Fikrlaringizni izohlarda ham qoldirishingiz mumkin!

Taklif va mulohazalar uchun: @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga murojaat qiling

Muallif: Qudratxo'ja Musayev

🤝 Maqolani do'stlaringizga ham ulashing va O'zbekistonda dasturlash sohasi rivojiga hissa qo'shing

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
VI qism. Rekursiya

#chapter4 #videolesson #easy

Dars 2.1 Rekursiya qanday ishlaydi

Fikrlaringizni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot va kommentariyalarda kutib qolamiz.

P.S: Agar siz maqolalarni o'qiyotgan bo'lsangiz, videolarni ko'rish shart emas, yoki aksincha. Shaxsan men video darslarni avfzal ko'rgan bo'lardim. )

Kanalimizga ulanish: Algorithms Uzbekistan
AlgorithmUz pinned «🤗 Blogimizning yangi a'zolariga Xush kelibsiz degan holda undan to'liq foyda olishingiz uchun quyidagilarni eslatib o'tamoqchimiz: 1. Darslardan to'liq foyda olish maqsadida kanal kontentini iloji boricha boshidan o'qib chiqing. 2. O'zingizga kerakli ma'lumotlarni…»
VI qism. Rekursiya

#chapter4 #videolesson #easy

Dars 3. Rekursiya misollar. Java

Bu darsda ikkita:
1. N gacha bo'lgan sonlarni teskari tartibda chop etish
2. Array elementlari yig'indisini topishni
rekursiv yechimlarini ko'rib chiqamiz

P.S: Videoni albatta ko'rib chiqing, chunki uning ma'ruza darsi yo'q. )

Fikrlaringizni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot va kommentariyalarda kutib qolamiz.

Savollaringiz bo'lsa guruhimizda so'rashingiz mumkin:
Bizning guruh

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
AlgorithmUz pinned «🤗 Blogimizning yangi a'zolariga Xush kelibsiz degan holda undan to'liq foyda olishingiz uchun quyidagilarni eslatib o'tamoqchimiz: 1. Darslardan to'liq foyda olish maqsadida kanal kontentini iloji boricha boshidan o'qib chiqing. 2. O'zingizga kerakli ma'lumotlarni…»
Kanalda kim Farhod Dadajonovni taniydi?

Tanimaganlar uchun u kishi uzoq vaqtdan beri YouTubeda dasturlash bo'yicha videodarslar ishlab chiqish bilan shug'ullanadi.
Kontent juda ham sifatli

Xullas, Farhod aka, telegramda ham o'z kanalini ochibdilar. Oz sonli haqiqiy sifatli, o'zbek tilidagi IT kanallardan biri, menimcha.

Har doimgidek majburlash yo'q, urib so'kish yo'q. Kanaliga qo'shilmasanglar bu kanaldan haydab yuborish yo'q. Shunchaki kirib ko'ring, yoqsa Join ni bosib yuboring bo'ldi Hammasi demokratiya! 😁

Albatta, bular hazil!
(Farhod akaning ishlari sifati haqidagi gaplardan boshqasi)
Bu yerda ularning kanali haqida ma'lumot bor

VirtualDars - Eng oson dasturlash darslari.
C#, SQL, .Net Core, Web API, JavaScript, Angular, Java, HTML, CSS, PHP, MySql, Oracle, Python, Delphi, REST, SOAP, Full Stack, SOLID, Data structures, Git...

https://t.me/virtualdars

Ularning YouTube kanali:
https://www.youtube.com/user/Farkhod1982

YouTubega kirib qolganingizda yo'l-yo'lakay shundoq bizning kanalga ham a'zo bo'lib qo'yish esdan chiqmasin:
https://www.youtube.com/channel/UCb1upD0qYCn-b0Q8pyfO6TQ

#recommendation #tavsyu #promotion
AlgorithmUz pinned «🤗 Blogimizning yangi a'zolariga Xush kelibsiz degan holda undan to'liq foyda olishingiz uchun quyidagilarni eslatib o'tamoqchimiz: 1. Darslardan to'liq foyda olish maqsadida kanal kontentini iloji boricha boshidan o'qib chiqing. 2. O'zingizga kerakli ma'lumotlarni…»
Har bir professional dasturchining eng yaqin hamrohi bo'lgan Git haqida!

Qanday qilib Git ni noldan o’rganish mumkin?

Maqola muallifi:
Yo'ldoshboy Sultonov

#outoftopic #useful #interesting #communitypost

Maqolani to'liq o'qish uchun havola 👇
To'liq o'qib chiqish

O'qib chiqishni tavsiya etaman.

🤝 Bu maqolani ko'proq IT mutaxassislari o'qib chiqishi uchun do'stlaringizga ulashing

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
​​Kanaldan foydalanish bo'yicha qo'llanma!

Kanalimizga endigina qo'shilganlar uchun u haqida ozroq gapirib o'tamiz:
1. Darslardan to'liq foyda olish uchun kanal boshidan bir ko'z yugurtirib chiqing. Qaysi narsa siz uchun yangi bo'lsa, o'qib ko'ring.
2. Savollar tug'ilsa guruhimizda so'rashingiz mumkin.
3. Fikrlaringiz va takliflaringizni @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'nating
4. Qiziq va foydali deb o'ylagan maqolalarni do'stlaringizga ham ulashing.
5. Kanalimizda har kuni post yoki dars chiqmasligi mumkin. Bunday paytda undan chiqib ketishga shoshilmay turing.
6. YouTube kanalimizga obuna bo'lishni unutmang:
https://www.youtube.com/channel/UCb1upD0qYCn-b0Q8pyfO6TQ

P.S: Hali ko'p yangiliklar sizlarni kutib turibdi!
Yangi dars 18:00 da e'lon qilinadi!


Kanal admini: Qudratxo'ja Musayev

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
AlgorithmUz pinned «​​Kanaldan foydalanish bo'yicha qo'llanma! Kanalimizga endigina qo'shilganlar uchun u haqida ozroq gapirib o'tamiz: 1. Darslardan to'liq foyda olish uchun kanal boshidan bir ko'z yugurtirib chiqing. Qaysi narsa siz uchun yangi bo'lsa, o'qib ko'ring. 2. Savollar…»
​​Masalalar vaqti!

#practicetime #recursion #chapter6

Rekursiyaning eng muhim jihatlarini tushuntirib o'tdik. Mavzuni qanchalik tushunganingizni sinash uchun quyidagi masalalarni ishlab ko'ring.

Eslatma: Masalaning asosiy yechim funksiyasi rekursiv bo'lishi kerak! No loops!

1. Berilgan N sonining raqamlari yig'indisini toping.
2. Str satr va C simvol berilgan. Shu simvol satrda necha marta uchrashini aniqlang.
3. N sonini M darajaga oshirish funksiyasi (Binar daraja shart emas).
4. Berilgan N sonigacha bo'lgan sonlar yig'indisini toping.
5. N faktorialni hisoblang.

Bonus: N-Fibonachchi sonini toping.

Yana bir bor eslatma bu masalalarni faqat rekursiya yordamida yechishingiz kerak. Agar yechishda qiynalsangiz, oldingi mavzularni yana bir ko'rib chiqing. Rekursiya asosiy shartlarini eslang. Yoki guruhimizda ozroq yordam so'rang.

❗️Agar masalalar siz uchun juda ham oddiy tuyulsa ham hafsalangiz pir bo'lmasin. Rekursiya bo'limi oxirida qiyinroq masalalar ham beriladi.

Masalalar yechimini hozircha hech qayerga yuborish shart emas. Yechimlar kechroq e'lon qilinadi!

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan
Yuqoridagi masalalar yechimi!

#practicetime #recursion #chapter6 #solutions

Barcha masalalarni yecha oldingiz degan umiddamiz. O'z yechimlaringizni quyidagi yechimlar bilan solishtirib ko'rishingiz mumkin.

❗️Yuqoridagi masalalarga bu yechimlar eng optimal emas. Ba'zi masalalar uchun juda yomon ham. Lekin, bundan asosiy maqsad rekursiyani tushunib olish, optimal yechim topish emas.

P.S: Yechimlar Javada yozilgan, agar kimdir C++ da barcha masalalar uchun yechimni guruhga yoki @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga jo'natsa, xursand bo'lardim. Bu yechimlar ham avtori bilan e'lon qilinadi.

Kanalimizga ulanish:
Algorithms Uzbekistan

Kodlarni GitHubdan ham yuklab olishingiz mumkin:
Kanalimiz GitHub repositoriyasi
Yangilik!

Sizlarga yangilik e'lon qilamiz deb va'da bergan edik. Shu yangilikni biroz kechroq bo'lsa ham e'lon qilmoqchimiz.

Meni ko'pchilik AlgorithmUz kanali admini sifatida taniydi. Payshanba kuni TATU faollar zalidagi tadbirga kirgan bo'lsangiz meni ko'rgan bo'lishingiz ham mumkin.

Men yaqinda universitet tomonidan Xitoyga ikki haftalik tekin yo'llanma yutgan talabalardan biriman. Bundan tashqari yaqinda IELTSdan birinchi marta imtihon topshirib, 7.5 oldim. Universitetda ham hammasi joyida, hamma ishlar 5. Dasturlash bo'yicha esa o'zingiz ko'rib turganingizdek.

Bu gaplar maqtanish uchun emas, ushbu natijalardan keyin, boshqalarga ham foydam tegib qolishi mumkinligini o'yladim. Shu sababli o'z kanalimni ochib unda hozirgacha erishgan natijalarimga qanday erishganim haqida gapirib o'tmoqchiman. Yuqoridagilarning hammasi haqida.

Bundan tashqari Xitoy sayohatidan qiziqarli rasmlar va videolar ham bo'ladi. Bu sizga motivatsiya berishi uchun.

Hurmat bilan AlgorithmUz kanali admini: Qudratxo'ja Musayev

Qiziqib qolgan bo'lsangiz, kanalga marhamat!
https://t.me/qudratxoja_musayev
VI qism. Rekursiya

Dars №5. Rekursiya vs Iteratsiya

#chapter6 #recursion #easy #iteration

To'liq o'qib chiqish

Blogimizning Mediumda o'z sahifasi ochildi. Agar siz ham Mediumda bor bo'lsangiz, unga ham obuna bo'lib qo'yishni unutmang!

Fikrlaringizni izohlarda ham qoldirishingiz mumkin!

Taklif va mulohazalar uchun: @AlgorithmUz_Feedbacks_Bot ga murojaat qiling

Muallif: Qudratxo'ja Musayev

🤝 Biz uchun eng yaxshi reklama — bu siz tomoningizdan qilingan reklama!

Kanalga ulanish:
Algorithms Uzbekistan