Algorithm Gateway LLC
85 subscribers
571 photos
15 videos
263 links
Algorithm Gateway LLC – Your Custom ERP Partner!

🌍 Custom ERP & Training for Manufacturers, Retailers, & Distributors in South East Asia, CIS, South Africa, Turkey. Boost efficiency with automation!

📞 Contact: +998 94 440 88 99 | +6590522467
Download Telegram
Har doim ham ko'zimizga ko'ringani chin haqiqat bo'lavermaydi. Aslida biror buyumning ham bajaradigan funksiyasi hamda ko'rinishi uyg'unlik hosil qilmaydi. Bu esa bir qancha noqulayliklarni keltirib chiqaradi.

Kompaniyangiz chetdan qaraganda yaxshi ishlayotgandek ko'rinishi mumkin, lekin ichkaridagi faoliyat jarayonining og'irligi hammadan ko'ra ko'proq Sizga og'irlik yuklaydi.

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 🔻
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
📑 Bugun biz Siz ko'p duch keladigan Big Data haqida ma'lumot beramiz. Buning uchun posterlarni diqqat bilan ko'zdan kechirishingiz lozim.

📂 Kerakli yangiliklarni bilib oling hamda boshqa qiziqtirgan mavzularni izohlarda yozib qoldiring.

😊 Dam olish kuningiz biz bilan maroqli o'tsin!

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 🔻
Telegram | Instagram | Facebook
​​Sun'iy intellekt Siz va bizning oramizda

So'nggi yillarda sun'iy intellekt atamasi tez-tez quloqqa chalinmoqda. Kishilar buni robotlarga yaqin tushuncha deb o'ylaydilar. Ammo robotlarni qo'l-oyoqli, salkam inson qiyofasida deb bilganlari sababli sun'iy intellektni tasavvur qilishda biroz qiyinchilikka duch keladilar. Aslida esa sun'iy intellekt biroz keng tushuncha. Oddiy qilib aytganda, mobil qurilmangizdagi dasturlar: google tarjimondan tortib, turli lug'atlar-u, o'yinlarga qadar sun'iy intellekt asosida faoliyat yuritadi. Faqat ularning qamrovi nisbatan kichik, shuning uchun Sizga o'z yo'nalishi doirasidagina yordam ko'rsatadi.

Hozirda sun'iy intellektdan turli maqsadlarda foydalanish ommalashgan. U haqidagi bahs-munozaralar esa qariyb yarim asrdan buyon davom etmoqda. Mutaxassislar hanuz aniq bir to'xtamga kelgan emaslar. Aksariyat kishilar ularning ommalashib, odamlarning o'rnini egallab borayotganidan xavotirga tushgan bo'lsalar, boshqalar unga ijobiy munosabatda bo'lishga, imkon qadar kengroq foydalanishga undashmoqda.

Jumladan, SpaceX asoschisi Elon Mask sun'iy intellektni butun boshli sivilizatsiyani barbod qilishga qodir kuch ekanligiga ishonadi. Uning fikricha, sun'iy intellekt sivilizatsiya uchun asosiy xavf hisoblanadi. Bunga sabab sifatida robotlarning vazifalarni odamlardan ko'ra yaxshiroq bajarishini aytish mumkin. Ilg'or texnologiyalar ortidan quvish natijasida kompaniyalar sun'iy intellekt ortidan kelib chiqadigan xavf-xatarlarni ko'rmay qolishlari mumkin.

Bill Geyts ham bu masala yuzasidan fikr yuritib, bir necha o'n yildan so'ng robotlar ishning katta qismini bajara boshlagach, sun'iy intellekt shu qadar kuchayib ketib, yakunda kishilarni xavotirga sola boshlaydi, deydi. Bu borada Elon Maskning fikrlariga qo'shiladi.

Xo'sh, bu masalada Sizning fikringiz qanday? Sun'iy intellekt insoniyat rivojiga xizmat qiladimi yoki aksincha?
⌨️ API iborasiga dasturchilar tez-tez duch keladilar. Ammo aynan shu soha vakillari ham bu tushunchaning mohiyatiga tushunavermaydilar.

💻 Biz bugun aynan API mavzusiga to'xtalishga qaror qildik. Marhamat, ko'zdan kechiring.

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 🔻
Telegram | Instagram | Facebook
👍3🔥2🤩1
💸 Moliyaviy muammolarga yechim

🧮 Odatda, kompaniyalarda moliyaviy muammolar ishning boshidanoq tizimni to'g'ri tashkillashtirmaslik oqibatida kelib chiqadi. Bu kompaniya byudjeti, kirimlar, chiqimlar, xarajatlarni ham o'z ichiga oladi.

🖇 Agar Siz ham shunday muammoga duch kelayotgan bo'lsangiz, unda tizimni avtomatlashtiring. Bu orqali barcha jarayonni tizimga solish, nazorat ostida ushlash imkoniyatiga ega bo'lasiz.

👩🏻‍💻 Administratorga yozish

📞 +998999736557

📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 🔻
Telegram | Instagram | Facebook
👍32🔥1