Algorithm Gateway LLC
270 subscribers
571 photos
15 videos
263 links
Algorithm Gateway LLC – Your Custom ERP Partner!

🌍 Custom ERP & Training for Manufacturers, Retailers, & Distributors in South East Asia, CIS, South Africa, Turkey. Boost efficiency with automation!

πŸ“ž Contact: +998 94 440 88 99 | +6590522467
Download Telegram
Ha, bu shunchaki tizim, ammo...

⚑️ Tadbirkorlikda barchasini nazoratda ushlash eng katta mas'uliyat va maksimum mukammallik talab qiladi. Qo'ldan chiqarilgan nazorat esa bir qancha muammolarni yuzaga keltiradi.

🎯 Hozirgi postimizda aynan nazoratsiz qolgan tizimda sodir bo'ladigan muammolar bilan tanishtirib o'tamiz.

βœ… Agar siz yuqorida tasvirlangan sahnalar ishtirokchisiga aylansangiz, bizga murojaat qiling, biznesdagi tashvishlarni bartaraf eting

πŸ“ž +998999736557

πŸ“² Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring πŸ”»
Telegram | Instagram | Facebook
πŸŒ™ Juma ayyomingiz muborak bo'lsin!

Kunlarning sayyidi - Juma
Qalblarning taskini - Juma
Ziyoratlar, savoblar to'ladigan
Shunday naqshinkor kun - bu Juma

Haftalik bayramingiz muborak bo'lsin! Boshlangan kuningiz barokatli, foydali va albatta yaxshi amallarga boy holatda o'tsin!

πŸ“² Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring πŸ”»
Telegram | Instagram | Facebook
​​SMS xabarnomalar

πŸ“² Bilamizki, necha yillardan beri tadbirkorlar uyali aloqa vositalarida SMS'lashib, ko'plab kelishuvlar vaqtini belgilab kelishadi. Buni avtomatizatsiyaga qo'shsak, ko'radigan foydamiz yana ham ko'proq bo'ladi.

πŸ•Ή Umuman olganda avtomatlashtirish biznes boshqaruvini sodda qilsa, undagi xabarlar funksiyasi mijozlar bilan oson tarzda munosabat qurish, uchrashuv tashkil qilish, to'lovlarni bilish kerak bo'lsa SMS xizmatini nafi ko'proq tegadi.

βœ… Bizning CRM tizimda ham avtomatlashtirish, unda esa xabarnomalar xizmatlari mavjud. U bilan siz nazorat, yo'qolib qoladigan mahsulotlarni ro'yxatlash mumkin.

Algorithm Gateway - sizning raqamli hamkoringiz

πŸ‘©πŸ»β€πŸ’» Administratorga yozish

πŸ“ž +998999736557

πŸ“² Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring πŸ”»
Telegram | Instagram | Facebook
Muvaffaqiyatli mahsulot iftixor demakdir

πŸ–₯ Kompaniyamiz portfolio'si orasida eng ko'p ijobiy fikrlar to'plagan Eduon.uz hozirda ba'zi joylarda faoliyatini bajarib kelayotganligi barchangizga ma'lum.

🀝 Ushbu loyiha bir qancha ta'limga asoslanib tuzilayotgan ishlar uchun yirik andoza sanalishi, ularga o'z mahsulotlarini takomillashtirishlariga yordam berayotganidan biz mamnunmiz.

Tadbirdan lavhalar

πŸ“Š Shu o'rinda, yaqin kunlar ichida loyiha va saytlarni reytinglarini tahlil qilish uchun tadbirlar o'tkazildi. "Eng yaxshi IT va biznes maktab" yo'nalishida top brendlar qatoridagi bizning loyiha ham ana usha baholash tadbirlari ishtirokchisiga aylandi.

😊 Algorithm Gateway yaqin kelajakda bundan ham foydali, sifatli hamda manfaatli loyihalar ishlab chiqishini reja qilgan. Shunday ekan, bizni kuzatishda davom eting!

πŸ“ž +998999736557
πŸŒ™ Rajab oyining so'nggi Juma ayyomi muborak bo'lsin!

Haftalik bayramingiz muborak bo'lsin! Boshlangan kuningiz barokatli, foydali va albatta yaxshi amallarga boy holatda o'tsin!

πŸ“² Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring πŸ”»
Telegram | Instagram | Facebook
Ramazon sanog'i boshlandi

πŸŒ™ Yaratganning marhamati cheksiz va U kechirimli zot. Bunga dalil Ramazon oyining takrorlanmas ajrlaridir!

πŸ‘† Ushbu ajrlarga yo'lni ro'za tutgan holda qurib boramiz. Yuqoridagi suratda esa og'iz ochish va yopish uchun (Toshkent va boshqa viloyatlarda farqi bilan) maxsus jadval berilgan.

βœ… Bu oyda qilingan ibodatlar, so'ralgan duolar qabul va mustajob bo'ladi. Shuning uchun biz bundan unumli foydalanib qolaylik.

Algorithm Gateway'da Ramazon shukuhi!

πŸ“² Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring πŸ”»
Telegram | Instagram | Facebook
​​Ko'plab ERP tizimlari haqida

⚑️ Bugungi kunda korxonalar ERP tizimidan yo foydalanmaydi, yo uning vazifasini to'liq tushunmaydi. Bugun biz to'xtalib o'tadigan mavzu ham aynan shu bo'lib, unda ERP haqida batafsilroq ma'lumot berib o'tamiz.

πŸ“ˆ ERP(Enterprise resource planning) - korxona resursini reja qilish degan ma'noni bildirib, tashkilotlar hisob-kitobi, buxgalteriya faoliyati, xaridlar, loyiha va risk boshqaruvi, ta'minot ketma-ketligi kabi ish jarayonlarini boshqaruvchi dasturiy tizim sanaladi. ERP tadbirkorlarga samaradorlikni oshirish, ishlarni rejalash, byudjetning kelajakdagi tahmini va moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot tayyorlashda yordam beradi.

🎯 Bu rejalashtiruvchi tizim ko'p turdagi biznes jarayonlarni birlashtirib, ularning o'rtasida ma'lumot almashish oqimini yo'lga qo'yadi. Shuningdek, u umumiy tashkilot tranzaksiya ma'lumotlarini bir nechta manbadan to'plash bilan ularni qayta-qayta takrorlanish muammosiga barham berib, ma'lumotning o'z yaxlitligini bitta manba bilan ta'minlab beradi.

πŸ”‹ Qisqa qilib aytadigan bo'lsak, ERP tizimlari har xil o'lchamdagi va barcha sohalardagi minglab korxonalarni boshqarish uchun juda muhimdir. Shunday kompaniyalarga nisbatan ERP'ning ajralmas rolini telefon batareyalariga qiyoslash mumkin. Ularsiz ishlash imkoni bor-ku, lekin uzoqqa borib bo'lmaydi!

Ma'lumotlar siz uchun foydali bo'ldimi? Siz ERP tizimidan foydalanasizmi?

πŸ‘©πŸ»β€πŸ’» Administratorga yozish

πŸ“ž +998999736557

πŸ“² Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring πŸ”»
Telegram | Instagram | Facebook
​​Mahsulot hajmi kamayishi

⚑️ Ishlab chiqaruvchi korxonalarning ko'p qismi mahsulot hajmini ko'paytirib, daromadni oshirish haqida qayg'uradi. Ammo bu ba'zida "shaxtam yurish" emas, balki "risk" o'rnida ham kelib turadi.

🚨 Bunga misol qilib omborga keltirilgan mahsulotlar soni oshishini, ularni chiqarilayotganda esa kerakli hajmdan ikki yoki uch barobar ko'payib ketishi, ustiga-ustak ularni hisoblashda ham nuqsonlar paydo bo'lib, xodimlar qiyinchilikga uchrashi va vaqt yo'qotilishini ko'rishimiz mumkin.

🎯 Muammolar ko'paygan sari vaqt, ortiqcha harajat, asabiy holatlar ham o'z-o'zidan ortadi. Lekin ishingizga avtomatlashtirish tizimini qo'shsangiz, hech bir kamchiligingizni ko'zdan qochirmaysiz, mahsulotlaringiz hajmini oldindan nazorat qilasiz.

πŸ’πŸ»β€β™‚οΈ Avtomatlashtirish sizga omboringizda turgan, kelishi kerak bo'lgan yoki ko'p sotiladigan tovarlar miqdori bilan tanishtirib boradi. Bu bo'lsa ishingizni yanada unumliroq bo'lishiga yordam beradi.

πŸ“Ž Agar sizning kompaniyaga avtomatlashtirish xizmati kerak bo'lsa, hoziroq qo'ng'iroq qiling!

πŸ‘©πŸ»β€πŸ’» Administratorga yozish

πŸ“ž +998999736557
πŸ“ž +998930656557

πŸ“² Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring πŸ”»
Telegram | Instagram | Facebook
Bu risk emas

Eski vaqtlarda odamlar hamma qilinadigan hisob-kitobni varaqlar, kitob hajmidagi daftarlarga yozish bilan amalga oshirishgan. Hozirgi rivojlangan zamonda esa maxsus texnologiyalar, platformalar bilan ishlash imkoni mavjud.

Lekin bunga ko'pchilik odamlar risk, ya'ni ikkilanish bilan qarashadi. Balki bu bir tomondan tushunish kerak bo'lgan faktordir. Chunki yangilik doim ko'zlangan foydani bermasligi mumkin.

Agar texnologiyalar yordamida ko'zlagan ishingiz ijobiy yakunlansa, ishingizda o'sish ham yuzaga kelib, vaqtdan yutish, ishingiz unumdorligi, ko'p yumushlarga ulgurish kabi ichki imkoniyatlar foydasiga erishasiz.

Bugungi xulosamiz bilan zamonaviy platformalar va boshqa texnologiyalardan foydalanishni bemalol ishimizga joriy qilish mumkinligini bilib oldik. Demak bu bilan kamida ozgina bo'lsa ham kerakli foydaga ega bo'lar ekanmiz.

πŸ“² Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring πŸ”»
Telegram | Instagram | Facebook
Ramazon oyidagi amallar

πŸŒ™ Har yili butun musulmonlar orasida Ramazon oyi va bayrami keng nishonlanib kelinadi. Bu oydagi amallar, savob-u hasanotlar talaygina bo'lib, ularga bir qancha yo'llar bilan erishamiz.

✨ Bu ulug' oyning, dastlabki 10 kunida bandaning xatolari kechiriladi, keyingisida u uchun rahmat eshiklari ochiladi va so'ngi 10 kunligida jahannamdan ozod qilinadi. Ramazonning ustunliklaridan yana biri unda banda ming oyga teng bo'lgan Qadr kechasini topishidir.

πŸ›‘ Ushbu oyda kishi ovqatlanishda sabrli bo'lishi, kun va tunlarini ibodatda o'tqazishi bilan g'alaba qozonadi. Chunki u qaysidir ma'noda shayton va nafs bilan insonning jangi hisoblanadi.

πŸ“Œ Shunday ekan, bu oyda barchamiz aktiv bo'lib, bo'lg'usi, davomli yaxshi amallarimizni boshlashga kirishaylik!

Ramazonning birinchi jumasi muborak bo'lsin. Tutayotgan ro'zangiz-u, o'qiyotgan namozlaringizni Alloh qabul aylasin!

πŸ“² Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring πŸ”»
Telegram | Instagram | Facebook