Akmal Abdullayev | blog
133 subscribers
256 photos
176 videos
1 file
95 links
Download Telegram
Munosabat!
(bu post Husanni zakazi)

Islam Maxachev vs Ilia Topuria dueliga sobiq sportchi sifatida fikrim.

Ilia Topuriani kuchsiz deb bo’lmaydi. Yaxshi urshadi stoykada. Bu yakka kurashda juda qo’l keladigan ustunlik. O’zim sobiq boxer sifatida har doim Boks ni ustun qo’yganman. Lekin aralash jangda buning o’zi yetarli emas. Siz qo’lda zo’r bo’lishingiz zo’r lekin raqib grapler kurashchi bo’lsa yoki kurashda sizdan ustun bo’lsa bu muammo.

Nima sababdan bunday deyapman?
Qo’lda Ilia luckypunch bilan Islamni muvozanatni yo’qotishga majbur qila oladigan kuchi borligiga menimcha hech kimda shubha yo’q. Lekin sizga qarshi raqibingiz klinchga kirishi bu Bokschidan juda katta energiyani tortib oladi. Chunki bokschi klinchdan chiqish uchun raqibini itarib yuborishga ko’p kuch sarf qiladi.

Islamdagi chidamlilik Topuriadan karrasiga ustun bo’lsa kerak. Buni juda ko’p holatda ko’rsangiz bo’ladi. Ko’pchilik sportchilar bo’g’a olmagan xuddi shu vaziyatni 98%da Islam raqiblarini “quchoqlab uxlatadi”.

Topuria kuchiga ishonib Islamni nokaut qilaman deyapti. Bu yaxshi “orzu”. (shu vaziyat huddi men dadamga unaqa qvoraman hali bunaqa qvoraman degan gapimdek. Menda ham Iliada ham bunday deyishga asos bor. Lekin oldimizdagi raqib o’zga sayyoralik bir mavjudot😂)

Islamni mahoratiga unchalik chuqurlashmadim. Kimnidir 100% tarafini olmayman. Lekin Islam 100% yutadi demayman. Bu Sport har ne ga tayyor bo’lish kerak.

Ha endi hype bo’yicha.

Ilia 70 kgda rostdan ham hali hech kim. Islam undan qochishi mantiqqa to’g’ri kelmaydi. Ilia “Islam mendan qochdi” degan gap huddi men “Bu Oy savdoni 2x o’stirdim” degan bilan barolar. Nega desangiz? Islam o’zi shundoq oldindan bu reja haqida aytgan. Menda esa shunchaki yana 2x bozor o’sdi va bozordagi ulushimmi saqlab qolgan holda o’sha-o’sha energiya bilan men o’stirdim deganim kabi uning ham gapi mantiqsiz. (Lekin o’rtada 2 tamiz ham ochko ishlab olishimiz mumkin😎)

Hay jaaa cho’zilib kettiya)? Bir podcastga chaqirishsa Joe Rogan ga shu analitikani aytib beraman.

@akmalabdullayev_blog
Mehmonlar (lidlar) soni kam bo'lgan biznesda konversiyani ko'tarishga harakat qilish ahmoqlik.

@akmalabdullayev_blog
O’sish nuqtasi bu - kommunikatsiya!

Bugun uchreditellardan biri mendan oylik otchet so’radi. To’g’risi raqamlarim har joyda sochilib yotipti. Gap unda emas. Gap men boshqarayotgan bo’lim ishxonaga qancha foyda olib kelayotganida.

Mendan shuncha oylik so’ralyapti seni bo’liminga qani nima ish qilyapsan degan savol. Sotuvlarimizga chuqurlashish bo’lyapti. Falon summali sdelka lekin foydasi rasxodida ko’p deyarli. Mendan shu ishinga oylik so’rayapsanmi deyaptilar.

Eeeee bor bo’ling akasi. Men necha marta aytdim bilaylik o’zi foydalimi bu sotuv? Sherzod aka va Barno opa aytganlaridek Marjadan KPIga kelyapmiz.

Mazzza qildim shu joyiga.

Nasib marjadan KPIga o’tib qolsak kanalda online dars qilamiz😂😎

@akmalabdullayev_blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uyat

Deyarli 2 yillik Sotuvda faoliyat bor. Lekin bir odamga o'xshab chiroyli CV tayyorlay olmayapman. Juda o'ziman uyalib ketyapman)

Sizda ham bo'ladimi? Oddiy elementar narsa qo'lizdan kelmay qoladi?

@akmalabdullayev_blog
Siqilma

Shu qo’shiqni eshitganda odam qandaydir taskin topdimi dimanda?

Go’yoki, hammasi zo’r bo’lmayotgan bo’lsa siz yolg’iz emassiz.

O’zimizni oqlashdek ko’rindi.

Kecha Smartup egasi Abduqahhor aka umuman o’zimni qafasdagi bedana ham kichkina his qildim. Suhbat 30 daqiqa davom etdiku. Qarashlarimga 300-3000 karra keladigan qarashlar haqida eshitdim.

Undan oldinroq Elyor aka bilan katta korxonada ishlab comfort zonaga tushib qolmaslik haqida gaplashgandik.

P.S: aytmoqchi bo’lganim General bo’lmoqchimisiz? Oddiy askarga o’xshab naryad oganizdan nolib o’tirmasdan yanada oldinga bosish kerak.

Reklama uchun haq olmaymiz)

@akmalabdullayev_blog
Forwarded from Basriya
У каломини “Ўқи!” деб бошлагани учун ҳам мен ўқишни шунчалар севдим…