Akmal Murodov
406 subscribers
8.11K photos
3.93K videos
14 files
6.11K links
"O‘zsuvta’minot" AJ Axborot xizmati rahbarining rasmiy kanali

Rasmiy sayt: uzsuv.uz

Murojaat uchun: @uzsuv_oav
Download Telegram
☄️Farg‘ona viloyati bo‘ylab “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ va tegishli idoralar hamkorligida ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli reyd tadbirlari olib borilmoqda.

⚡️Mazkur reydlar davomida ichimlik suvidan to‘lovlarni amalga oshirmagan, o‘zboshimchalik bilan quvur tortib, ruxsatsiz ulanishlar orqali suvdan foydalangan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari aniqlanmoqda.

✔️Aniqlangan qonunbuzarlik holatlariga huquqiy baho berilmoqda. Aybdor shaxslar amaldagi tartib asosida jarimaga tortilmoqda, ulangan suv tarmoqlari esa faqat qarzdorlik to‘liq bartaraf etilgandan so‘ng tiklanmoqda.

Shuni unutmang, ichimlik suvi — umumiy ne’mat. Undan qonuniy va oqilona foydalanish har birimizning burchimizdir.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚨 Kobul suv inqirozi yoqasida

⚡️Mutaxassislar ogohlantirmoqda: Kobul zamonaviy dunyodagi birinchi shahar bo‘lishi mumkinki, u butunlay suvsiz qoladi. Oxirgi 10 yilda shaharning yer osti suvlari darajasi 30 metrga pasaydi. Quduqlarning yarmi qurib ketgan, suv tanqisligi yiliga 44 million kub metrga yetmoqda.

📌Suv aholining asosiy muammosiga aylangan. Oilalar daromadining 30 foizigacha faqat suv uchun sarflamoqda. Xususiy kompaniyalar esa quduqlar qazib, yer osti suvlari hisobidan foyda ko‘rmoqda va suvni aholiga qimmat narxlarda sotmoqda.

☄️Yana bir muammo — suvning ifloslanishi. Kobuldagi yer osti suvlari 80 foizgacha salbiy holatda: oqava suvlar, tuz va mishyak darajasi yuqori.

🟣 Xalqaro moliyalashtirish to‘xtagan. Masalan, 2025 yil boshida suv va sanitariya loyihalariga zarur bo‘lgan 264 million dollardan atigi 8,4 million dollar ajratilgan xolos.

⚠️Yagona umid — Panjshir daryosi orqali quvur qurilishi loyihasi, bu loyiha 2 million aholiga suv ta’minlash imkonini beradi. Biroq buning uchun yana 170 million dollar investitsiya zarur.

➡️ Kobul bugun — dunyoning ertangi kunining aksidir. Agarda suv resurslariga va iqlim muammolariga e'tibor bermasak, ko‘plab shaharlarni shunday taqdir kutmoqda.

Suv huquqi — bu hayot
huquqi.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️"Toshkent shahar suv ta’minoti" AJ tarkibidagi inshoot va korxonalarda 400ga yaqin maxsus texnika va transport vositalari mavjud. Ularning texnik jihatdan soz bo‘lishi soha faoliyatida muhim ahamiyatga ega.

📌Ayniqsa, avtotransport vositalarining domiy shayligi Yo‘l harakati xavfsizligi organlari tomonidan nazoratga olingan. Shu maqsadda bir yilda bir marta mazkur transportlar texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

📣Navbatdagi ko‘rikda ham avariya tiklash guruhlarining maxsus transportlari yengil avtomobillar va boshqa texnikalar tekshiruvdan o‘tdi.

⚡️Ulardagi texnik kamchiliklar bartaraf etildi. Haydovchilarga maxsus yo‘riqnoma ham o‘tildi.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☄️В социальной сети 4 июня текущего года распространилась информация потребителя о том, что "в боте uzWater, почему то не выходит опция "отправить показания водомера".

✔️В связи с техническими работами, проведенными на тот момент в целях улучшения качества обслуживания, данная функция была недоступна. В тот же день, 4 июня данная функция стала доступна для все пользователей.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
✔️ “Buxoro suv ta’minoti” AJ tomonidan ichimlik suvidan oqilona foydalanish, noqonuniy ulanishlarning oldini olish va debitor qarzdorlikni kamaytirish maqsadida Buxoro viloyatida 10 ta maxsus ishchi guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilgani xususida xabar berilgan edi. Reyd tadbirlari davom etmoqda.

⚡️ Xususan, 2025-yil 26–27-iyun kunlari o‘tkazilgan reydlar natijasida:

jami undirilgan qarzdorlik va to‘lovlar miqdori 614 million so‘mni,

qarzdorlik tufayli tarmoqdan ajratilgan iste’molchilar soni esa 26 nafarni tashkil etdi.

Hurmatli iste’molchilar!
Ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz hamda iste’mol madaniyatiga amal qilishingiz so‘raladi!


|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌"Toshkent shahar suv ta’minoti" AJda yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tashabbuslar amalga oshirilmoqda

🖥"Toshkent shahar suv ta’minoti" AJda yosh mutaxassislarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning kasbiy rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda.

⚡️Jumladan, yosh xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash yo‘lida e’tiborga molik tashabbuslar hayotga tatbiq etilmoqda.

Yaqinda aksiyadorlik jamiyati rahbariyati navbatdagi muhim qadamni tashladi — yosh kadrlarning xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishini inobatga olib, ular uchun xorijiy til kurslari tashkil etildi. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalarga doir bilimlarni oshirish maqsadida IT va sun’iy intellekt yo‘nalishida ham maxsus o‘quv darslari yo‘lga qo‘yildi.


💬Ushbu tashabbuslarning asosiy maqsadi — yosh mutaxassislarning zamon talablari bilan hamnafas bo‘lishini ta’minlash, ilg‘or texnologiyalarni tizimga tatbiq etishda ularning faol ishtirokini kuchaytirishdan iborat.

✔️Xususan, xorijiy til kurslari orqali yosh kadrlarga xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish imkoniyatini berish, xalqaro tajribalarni o‘rganishga zamin yaratish ko‘zda tutilgan.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
👍 Ахборот хизматлари фаолиятида жамоатчилик билан алоқалар: тезкорлик, самарадорлик ва глобал ёндашувлар

➡️Панел сессиянинг иккинчи қисми айнан шу мавзу доирасидаги тақдимотлар билан давом этди.

➡️Панел сессияда Олий суд ахборот хизмати раҳбари Азиз Обидов провокацион саволлар ва зиддиятли ҳолатларда мувозанатни сақлаш ва профессионал жавоб бериш усуллари бўйича ўз тажрибаси асосида амалий кейслар билан маълумот берди.

➡️Божхона қўмитаси матбуот котиби Ҳусен Тангриев ҳамда “Ўзсувтаъминот” АЖ ахборот хизмати раҳбари Акмал Муродов "Инқирозли коммуникация вазиятларида жамоатчилик ишончини тиклашда ташкилотлар орасидаги ўзаро ҳамкорликнинг аҳамияти: стратегик баёнот ва умумий позиция" борасида билим ва кўникмаларини бўлишди. Хусусан,

⚫️Инқирозли PR ва Муаммоларни бошқариш стратегиялари;

⚫️Институционал ўзаро ахборот алмашинуви ва вазиятни биргаликда бошқариш;

⚫️Сўзлашувда мутаносиблик ва бир овозли баёнот беришнинг ўрни ҳақида батафсил тушунтириш берилди.

➡️Ташқи ишлар вазирлиги ахборот хизмати раҳбари Ахрор Бурханов ўз чиқишида хорижий давлат органларида ахборот хизмати фаолияти: илғор тажрибалар ва трансформациявий ёндашувлар тўғрисида фикрларини баён қилди. Жумладан, жамоатчилик дипломатияси ва нуфузни бошқаришда стратегик механизмлар бўйича маълумотлар берди.

➡️Ахборотлаштириш ва телекоммуникациялар соҳасида назорат бўйича давлат инспекцияси ахборот хизмати раҳбари Рухсора Машарипова "Селф-менежмент: шахсий самарадорликни ошириш ва вақтни бошқариш технологиялари" тақдимотида– эмоционал интеллект ва стрессни бошқариш; “SMART мақсад” қўйиш, вақтни бошқариш ва вазифаларни самарали тарзда устуворликка ажратиш; фокус ва иш унумдорлигини очиб берди.

➡️Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги ахборот хизмати раҳбари Дилфуза Рўзметова давлат хизматлари фаолиятини тарғиб қилиш ва жамиятдаги муҳим масалаларда стратегик PR-кампанияларни шакллантириш ва самарадорлигини баҳолашнинг ўзига хос усулларини таҳлил қилди.

➡️Инновацион ривожланиш агентлиги мутбуот котиби Муқаддас Фаязова ҳамда Давлат экология экспертизаси маркази Ахборот хизмати раҳбари Шаҳзода Акрамова медиа тадбирларни ташкил этишда замонавий ивент-менежмент технологиялари бўйича тақдимот қилди.

➡️Тақдимотда медиа-ивент концепцияси ва шакллантириш режаси ва ижтимоий тармоқлар орқали қамровни кенгайтириш усуллари ҳақида баён қилинди.

➡️Панел сессияда, шунингдек, Маданият вазирлиги ахборот хизмати раҳбари Сирожиддин Ўсаров ҳам сўзга чиқиб, Ахборот хизматлари ўртасида фаол коммуникацияни ўрнатиш орқали вазиятларга биргаликда ечим топиш, тажриба алмашиш ва малака ошириш юзасидан таклиф-мулоҳазаларини билдирди.

➡️Миллий конференция доирасидаги панел сессиялар якунига етди.

✔️Маълумот учун: Ахборот хизматлари раҳбарлари ўртасида анъанавий "Media-Quiz" интеллектуал баҳси бўлиб ўтади.

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2