Akhror Web
1.79K subscribers
427 photos
93 videos
27 files
547 links
- Front-End

- Youtube : https://www.youtube.com/@akhrorweb
Loyihalar: json-api.uz

Creator: Ahror Soliyev

Muhokama uchun guruh: @akhror_community
Download Telegram
#JS

👩‍💻 JavaScriptga kirish: Nima va qayerda ishlatiladi? ✦

JavaScript — bu dasturlash tili bo‘lib, asosan veb-sahifalarga interaktivlik qo‘shish uchun ishlatiladi.
Agar HTML sahifamiz tana bo‘lsa, CSS uning kiyimi, JavaScript esa unga jon baxsh etadigan miya
🧠 hisoblanadi.

⚙️ JavaScript nima qiladi?
🔸 Tugma bosilganda animatsiya yoki hodisa chiqaradi
🔸 Formadagi ma’lumotlarni tekshiradi
🔸 Veb-sahifaga dinamik o‘zgarishlar kiritadi (masalan, yangilanayotgan vaqt, slayder, modal oynalar)
🔸 Server bilan ma’lumot almashadi (chat dasturlari, onlayn xarid savatchasi)
🔸 Ma’lumotlar bilan hisob-kitob va manipulyatsiya qiladi

🌐 Qayerda ishlatiladi?
Frontend (React, Vue, Angular kabi frameworklarda)
Backend (Node.js orqali server dasturlarida)
Mobil ilovalar (React Native orqali)
Desktop dasturlar (Electron orqali, masalan, VS Code)
O‘yinlar 🎮 (Phaser.js kabi kutubxonalar yordamida)
Sun’iy intellekt 🤖 (TensorFlow.js orqali)
IoT qurilmalari (masalan, Arduino bilan JS orqali boshqarish)


JavaScript nega muhim?
1. Hamma brauzerlar uni qo‘llab-quvvatlaydi
2. Juda kuchli ekotizim (minglab kutubxonalar va frameworklar mavjud)
3. Oson o‘rganiladi va yangi boshlovchilar uchun mos
4. Dunyoda eng ko‘p ishlatiladigan dasturlash tillaridan biri

🟡 Xulosa: JavaScript — bu eng mashhur va kuchli dasturlash tili bo‘lib, uni bilgan dasturchi frontenddan backendgacha, mobil ilovadan o‘yinga qadar turli loyihalarni yaratishi mumkin.🚀

Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆12👍543
Huddi boshlanganiga endi 99 kun bo'lgandek o'tdi 💔
🤯167👍3
#JS

👩‍💻 DevTools bilan tanishish: Console va Inspector

Dasturchi uchun brauzer — oddiy internet ko‘ruvchi emas, balki qudratli laboratoriya!
Shu laboratoriyaning eng muhim asboblaridan biri — DevTools.


DevTools nima?
DevTools — bu brauzer ichida yashiringan maxsus dasturchi asboblari bo‘lib, ular orqali:
Sahifangiz qanday ishlayotganini tekshirishingiz,
Koddagi xatolarni aniqlashingiz,
Dizaynni real vaqtda o‘zgartirishingiz mumkin.


🔍 Inspector (Tekshiruvchi)
Inspector orqali siz:
HTML va CSS kodini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sahifada ko‘rasiz
Matn, rang yoki dizaynni real vaqtda o‘zgartirasiz
Responsive rejimda turli qurilmalarda sayt qanday ko‘rinishini tekshirasiz

Masalan: fon rangini o‘zgartirib, “demo” qilishingiz mumkin — ammo bu faqat sizning brauzeringizda amal qiladi

💻 Console (Konsol)
Console esa dasturchining “sirli daftariga” o‘xshaydi:
Kod yozib sinab ko‘rishingiz mumkin
Xatoliklar (error, warning) ko‘rinadi ⚠️
console.log() yordamida ma’lumotlarni chiqarib, kuzatib borasiz

Masalan:
console.log("Salom, DevTools!");

degan kodni yozsangiz, natija konsolda chiqadi.

🟡 Xulosa
Inspector — ko‘rish va dizayn o‘zgartirish uchun,
Console — sinash va xatoliklarni topish uchun.

DevTools — bu dasturchining birinchi yordam qutisi . Uni o‘zlashtirsangiz, dasturlash jarayoni ancha tez va qiziqarli bo‘ladi! 🚀

Siz ko‘proq Inspectordan foydalanasizmi yoki Consoledan?

Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👏4👍1
#JS

👩‍💻 JavaScript’da O‘zgaruvchilar: var, let, const

JavaScript’da ma’lumotlarni saqlash uchun o‘zgaruvchilardan foydalanamiz. Ularni e’lon qilishning 3 usuli bor:


1️⃣ var — eski usul
- ES6 (2015) gacha faqat var ishlatilgan
- Function scope ga ega (faqat funksiyada cheklangan)
- Qayta e’lon qilish ham, qiymatini o‘zgartirish ham mumkin 🔄
- Kamchilik: xotiraga “yopishib” qoladi, chalkashlik keltirib chiqarishi mumkin

📌 Misol:
var ism = "Ali";
var ism = "Vali"; // qayta e’lon qilish mumkin


2️⃣ let — zamonaviy va xavfsizroq
- Block scope ga ega ({} ichida ishlaydi)
- Qiymatini o‘zgartirish mumkin, lekin qayta e’lon qilib bo‘lmaydi 🚫
- Amaliyotda ko‘p ishlatiladi

📌 Misol:
let yosh = 20;
yosh = 21; // qiymatini o‘zgartirish mumkin


3️⃣ const — o‘zgarmas qiymat
- Block scope ga ega
- Qiymati bir marta beriladi va o‘zgartirib bo‘lmaydi
- Odatda doimiy qiymatlar uchun ishlatiladi (masalan, PI, API_URL)

📌 Misol:
const PI = 3.14;


🟡 Xulosa
- var — eski, hozir ishlatish tavsiya etilmaydi
- let — o‘zgaruvchan qiymatlar uchun eng ko‘p ishlatiladigan usul 🔄
- const — o‘zgarmas qiymatlar uchun doimiy tanlov 🔐

💡 Oddiy qoida:
Avval const dan foydalaning, agar qiymat o‘zgarishi kerak bo‘lsa, let ga o‘ting.


Siz odatda ko‘proq let dan foydalansizmi yoki const dan? 🤔

Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1463
#JS

👩‍💻 JavaScript’dagi Primitive turlar

JavaScript’da ma’lumotlar ikki turga bo‘linadi:
➡️ Primitive (asosiy)
➡️ Non-primitive (murakkab)


Bugun primitive turlar haqida gaplashamiz 👇


1️⃣ number — raqamli qiymatlar
Matematik hisob-kitoblar uchun ishlatiladi.
📘 Misol:

let yosh = 20;
let narx = 15.5;

💬 Har ikkalasi ham number turi hisoblanadi (butun yoki o‘nlik farqi yo‘q).


2️⃣ string — matnli qiymatlar
Qo‘shtirnoq yoki backtick (`) ichida yoziladi.
📘 Misol:

let ism = "John";
let salom = 'Salom, dunyo!';
let xabar = `Bugun ${new Date().getFullYear()}-yil`;

💬 String’lar bilan ishlashda + orqali birlashtirish yoki template literal (${}) ko‘p ishlatiladi.


3️⃣ boolean — mantiqiy qiymat
Faqat ikkita qiymat oladi:
true — ha
false — yo‘q
📘 Misol:

let kattaYosh = true;
let kichikYosh = false;

💬 Ko‘pincha shartlarda ishlatiladi (if, while va hokazo).


4️⃣ null — bo‘sh qiymat
Ma’lumot yo‘qligini atayin ko‘rsatadi.
📘 Misol:

let natija = null; // hozircha qiymat yo‘q

💬 Bu “bo‘sh joyni” anglatadi, lekin o‘zi mavjud.


5️⃣ undefined — belgilanmagan qiymat
O‘zgaruvchi e’lon qilingan, lekin qiymat berilmagan.
📘 Misol:

let ism;
console.log(ism); // undefined

💬 Ko‘pincha “hali qiymat berilmagan” degani.


6️⃣ symbol — noyob qiymat
Har bir symbol o‘ziga xos va takrorlanmas qiymatga ega 🔑
📘 Misol:

let id = Symbol("id");
let id2 = Symbol("id");
console.log(id === id2); // false

💬 Symbol’lar maxfiy identifikatorlar yaratishda ishlatiladi (masalan, object ichida).


7️⃣ bigint — juda katta sonlar uchun
🔢 number 2⁵³−1 gacha sonlarni saqlaydi, undan kattaroq qiymatlar uchun bigint ishlatiladi.
📘 Misol:

let kattaSon = 123456789012345678901234567890n;

💬 E’tibor bering: oxirida n qo‘shiladi.
Bu sonlarni aniqlikni yo‘qotmasdan saqlashga yordam beradi.


⚙️ Xulosa
🧠 Primitive turlar — 7 ta:
number
bigint
string
boolean
null
undefined
symbol

Ular o‘zgarmas (immutable) bo‘ladi va JavaScript’ning eng asosiy ma’lumot turlaridir.

💬 Siz undefined bilan null ni aralashtirib yuborgansizmi hech? 😅

Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19🔥14🤣2👍11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nima gap endi 🧠
👍4645👨‍💻62🔥2👏2🎉2🏆1
***

🥳 Yilni nima bilan yakunlaymiz, albatta branch bilan :)👏

Happy Coding 🎆

Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁28👍8🔥43
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AI kuchaygandan keyin hamma bot yasab o'tiribdi shekli-a ?!
🤣4019😁52👨‍💻2
Qanchalik yaxshi CS2 o'ynay olasiz degan savollarizga javobim )
😁32🤣14👏21😱1
15 sekundlik farq bilan ishladi.
Hozirgina )
10🤯21
Iltimos, Mijozingizni och qoldirmang...😂

Jaydari misol )

Telegram | YouTube
1🤣4022😁52🆒1
1👍31
Forwarded from mubinaai
AI tufayli dasturchilar ishsiz qolishadimi?

Bu ko‘p dasturchilarni o‘ylantirgan, ba’zilarini esa allaqachon vahimaga solgan savol.

Biz rostan ham ishsiz qolamizmi?
Yo‘q, albatta. Statistikamizning so‘zlashicha, COVID-19 davridan boshlab job market sezilarli darajada o‘sishni boshlagan, nafaqat AQSH, balki Germaniya va Kanada kabi IT sohasida rivojlanib borayotgan davlatlarda ham shu holat kuzatilgan. To‘g‘ri, u paytda AI hali rivojlanib, ommalashib ketmagan edi deyishingiz mumkin, lekin biroz shoshilmasdan bu statistikani yaxshilab o‘rganishingiz kerak.

AQSHda 2022-yil mart oyida ko‘rsatkichlar pikka chiqqan, 230% dan oshgan. Lekin ko‘rib turganingizdek, bu jarayon ko‘tarilganidan ko‘ra tezroq pastga qulagan. Va bu aslida normal holat, desam ishonasizmi?

Ha, bu normal holat, lekin rasmdagi Everest tog‘imiz esa nenormal. Aslida bu yerda overhiring (ortiqcha ishga olish) kuzatilgan. Overhiringni kamaytirish uchun esa kompaniyalar overfiring (ortiqcha ishdan bo‘shatish) qilishgan va bunda AI juda zo‘r bahona bo‘lgan. Bu holatda investorlar “wauuu, bu company AI ga ko‘proq fokus qaratar ekan”, demaydimi axir🤓
Web Dev Simplified akamiz aytdiki, 12% job market o‘sishi ham aslida juda yaxshi natija ekan.

Endi boshida berilgan savolga qaytamiz: AI ishingizni olib qo‘yadi, ha, qachonki siz faqat code yozish bilan cheklanib qolsangiz. Akamiz yana bir gapni aytdiki, 2026–2027 yilda job market ko‘rsatkichlari ko‘tariladi va kompaniyalar asosan Junior Developerlarni ishga olishar ekan. Sababi oddiy: hozirgi juniorlar bir paytning o‘zida dasturlashni o‘rganib, AI toollardan professional darajada foydalanishni boshlashgan. Bu degani dasturchilarning imkoniyatlari hali ham katta, faqat AI ga moslashish kerak, deb o‘ylayman. Copilot chiqqanidan keyin uchuvchilarga ehtiyoj kamaymagandek, dasturlashda ham shunday. AI code yoza oladi, lekin uning ustida code yozishni va tahlil qilishni bilib, muammolarni fix qila oladigan Developer kerak.
Shuncha imkoniyatdan nega siz foydalanmayapsiz? Bu holatda faqat code yozish g‘alati tuyuladi axir. AI toollardan foydalanish sizga zarar emas, aksincha foyda: ham vaqtingiz tejaladi, ham yangi bilim, ham sifatli natija olib kela oladi. Shuning uchun kanalda bardavom bo‘lib, men bilan AI ni o‘rganing🙂

Manbalar:
Statistika
Video

@mubinaai
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
119126👍6🔥2🎉2🏆1
Odam degan 8.7k qator cod ham yozadimiya, agar yozgan bo'lsa demak u odam emas, agar odam bo'lmasa unda... 🤖

Telegram | YouTube
1🤣15😁83👍1🔥1🤯1
🤣19🆒5👍2❤‍🔥11🔥1😁1