Azizbek Khabibullaev
1.79K subscribers
56 photos
31 videos
62 links
👨‍💻 FRONT-END dasturchi, mentor Azizbek Khabibullaevning motivatsion va o'zini rivojlantirish blogi

Tavsiyalar va motivatsiya

🔻 Murojaat uchun:
@INTERNATIONAL_MAN_OF_IT
Download Telegram
to view and join the conversation
​​🌕 ASL oltin

Asl oltinni suvgami, tuproqqami, botqoqqami joylama baribir uning aslligi yo'qolmaydi.
Qanchalik temirga e'tibor berma, suv bilan yuvma, yorqinroq qilishga urinma, baribir u oltinchalik bo'la olmaydi.

Sen ham oltindek bo'l, o'zingni yorqinroq qilishga, olifta bo'lishga urinmasdan, o'zingga BILIM INVESTITSIYASINI kirit.

Keyinchalik sen o'zingni ko'rsatish uchun chiroyli kiyinib maqtanishingni keragi bo'lmaydi.

Chunki odamlarning o'zi eshigingni oldiga kelishadi va sening har bitta so'zingni "AFORIZM" ga aylantirishadi.

©️ Azizbek Khabibullaev

👉 @akh_blog
🔥 Qachon ERISHAMAN, harakat qilyabmanku

​​Har ishning o‘z vaqti bor: gul vaqti kelmay ochilmas, quyosh fursati to‘lmay chiqmas. Kut! Senga tegishligi albatta senga keladi!

Faqat sabr, parvarish va harakat bo'lsa bas.

©️ Rumiy fikrlari asosida

👉 @akh_blog
🙅‍♂️ QOIDALAR YO'Q!

Muayyan yoshga qadar biron bir ishni bajarishga umid bor degan fikrni yo'q qil. Sen 26 yoshda turmush qurgan va farzandli bo'lgan bo'lishing shart emas. 35 yoshda biror bir kasbni orzu qilib yurgan bo'lsang va bu uchun o'zingdan kichik bo'lgan yoshlar bilan mashg'ulotlarda qatnashishing uyat emas.

Qoidalar yo'q. Hayot na poyga, na musobaqa.

Agar o'zingni boshqalar bilan compare ya'ni qiyoslashni bas qilmasang, sen o'z hayotingda emas, boshqalarning hayotida yashaganingni bu dunyoni tark etayotganingda tushunib yetasan.

©️ Azizbek Khabibullaev

👉 @akh_blog
📈 SHAXSIY effektivlikning asosiy QONUNI

✍️ Alisher Navoiy ancha oldin yozib qoldirgan:

Oz-oz o’rganib dono bo’lur,
Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.

Foydali ish koeffitsienti bo’yicha mikro qadamlarga yetadigan narsa yo’q!

Faqatgina o’sha qadamlarni to’g’ri aniqlab, to’g’ri ishlatishni o’rgansangiz bo’ldi.

👉 @akh_blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 YONISH yonmoq kerak!

O'zgarishni istasang yuraging olovday yonib tursin. Buyuk ish qilish istagi, odamlarga va olamga yaxshilik qilish istagida yonib tursin.

Temir QIZIGANDAGINA sen istagan shaklga kiradi!

Nimalar seni ichingda gulxan paydo qiladi? Qaysi maqsadlaring, orzularing seni uxlashga majbur qilmaydi?

Shulardan boshla! Hoziroq boshla!

👉 @akh_blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😥 Nega bunday, ONA

Ona mehri hamma narsaga qodir, hatto imkonsiz narsaga ham!

Материнская любовь может все даже невозможное! ❤️

👉 t.me/akh_blog 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🤺 Bir umrga yetadigan MOTIVATSIYA

Ushbu videoni ko'rishni shaxsan o'zim tavsiya qilaman. 👆

Nega senga bahonalar kerak, kerakmas narsalarga diqqat qaratish va o'zingni "kuppa-kunduzi" aldash. Qayergacha borishing mumkin, kech bo'lmasidan mayda-chuyda narsalardan voz kech!

👉 @akh_blog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❤️ Karimjon feat Rayhon - yurak

Yurak urar, tanamda jon yo`q,
Muhabbatdan sovib ketaman.
Nafratimni yengolmay kuchsiz,
Nega seni sevaveraman?

👉 @akh_blog
​​🔥 Muvaqqiyatning asl siri nimada?

👨‍💻 Shaxsiy fikrlarim!

Qachon inson ovqatga ehtiyoj sezadi? Och qolganida! Motivatsiya ham shunday. Siz motivatsion gaplar va turli xil videolar ko'rishingiz mumkin, to'g'ri bu ham sezilarli o'zgarish beradi. Lekin, ba'zi bir insonlar shu video yoki so'zlarni o'qib bo'lishi bilanoq, "uxlavoradi"-"yotvoradi"-"ijtimoiy tarmoq bo'ylab yayov kezvoradi" - ya'ni foydasi yo'q. Tasavvur qil, mazza qilib yotganingda bugun sening uyinga asteroid 1 minutdan keyin tushishini televizordan ko'rib qolding, nima qilasan? Albatta yotgan joyingizdayoq raketa tezligida ko'cha tomon yugurasan! Mana senga - asl motivatsiya.

Har doim qaytaraman:
- Chidamli, baland va "kachok" bo'lmoqchimisan, unda mashq qil!
- Boshqa millat vakillari bilan suhbatlashmoqchimisan, til o'rgan!
- Chiroyli bo'lmoqchimisan, avval ichki qalb go'zalliging ustida ishla!
- Biron bir kasb o'rganmoqchimisan, internet yoki biror bir kursga borib o'rgan!
- So'z boyligingni oshirmoqchimisan, ko'p kitob o'qi!
- O'zingni tutish, ichki xotirjamlik va vaqtdan yutishni xohlaysanmi, meditatsiya bilan shug'ullan!
- Kelajakda ko'proq daromad topishni xohlaysanmi, unda hozir nimalar bilan shug'ullanayotganingga boq!

Motivatsion javoblar:
- San eplolmisan - EPLAYMAN!
- San o'qiydigan bola emassan - MEN O'QIYDIGAN BOLAMAN!
- Bunaqa ishlar baribir qo'lingdan kemidi - QO'LIMDAN KELADI!
- O'xshamayaptiku, bu sani ishing emas - BU MENI ISHIM! MENI XAYOTIM! MENI KELAJAGIM!

©️ Azizbek Khabibullaev

agar hozir ham o'z ustingda ishlayotgan bo'lsang, shu muntazamligingni ushla, albatta maqsadlaring va orzularingga yetasan!

👉 @akh_blog
🤷‍♂️ PULIMIZ yo'qdek go'yo

Ilm olish uchun pulimiz yo'qday ko'rinadi go'yo. Sayr qilish, ko'ngil hushlik uchun qayerdandir pul topilib qoladi.

Yo'q, bu haqiqat, bu achchiq haqiqat. O'zingni tiyishni bil, haddingni bil.

Hozir shunday ilm olginki, ertaga sayr, ko'ngil hushlik lar olgingidek faqat bir payt emas, har kuningda takrorlansin.

👉 @akh_blog
​​💰 Nega O'ZIMIZNI aldaymiz?

Biron narsaga erishish uchun bir nimadan kechish kerak. Ko'pchiligimiz go'zal va buyuk orzular haqida o'ylaymiz: zamonaviy uy, mashina, oxirgi urfdagi telefon i bla-bla. Lekin ungacha bo'lgan mashaqqat va tinimsiz mehnat haqida unutib yana o'sha kechqurun "ko'rpani tagiga" kirib olib tushimizda ko'rib yotaveramiz.

Bir o'ylab ko'ring, bu narsalarga erishish uchun albatta bilim va tajriba kerak. Uni olish uchun esa yo'llar ko'p turli xil til kurslariga, zamonaviy kasblar, o'zingizning sohangiz bo'yicha tajriba oshirish. Lekin buning uchun ko'p hollarda pul kerak bo'ladi. Lekin, bu BAHONA.

Nega deysizmi? Turli xil ziyofatlarga borishga, o'yin kulguga, oxirgi rusumdagi telefonni olishga va "YALLO" qilishga unda pulni qayerdan topasiz? "Ha, endi u 3 oyda bir marta borarman, o'sha ziyofatiga" dersiz. Men ko'p aytaman: "Bahonachida har doim bahona tayyor".

Agar siz chin dildan qiziqib harakat qiladigan bo'lsangiz, hamma narsa topiladi. Eng qizig'i shundaki, agar hozir siz o'zingizni qimmatbaho kiyinishdan, telefondan va har xil ziyofatlardan qochib o'z ustingizda ishlasangiz 2-3 yildan so'ng, o'sha ziyofatlar, qimmatbaho mashina-yu "uchastka" larni o'zi sizning oldingizda tanlovga qo'yiladi va chertib-chertib egalik qilaverasiz.

Eng yaxshi investitsiya bu men uchun - bilimga va sportga tikilgan mablag'dir.

👉 @akh_blog
😎 Muvaffaqiyatning 3 ta SIRI

1. KO'P mehnat
2. JUDA KO'P mehnat
3. JUDA, JUDA, JUDA, JUDA, JUDA KO'P mehnat

soat kechki 02:49 - bo'lsa ham bu to'sqinlik qila olmaydi 💪

| VAQT BU - QILICHDIR. SEN UNI KESMASANG! U SENI - KESADI! |

👉 @akh_blog
🧗‍♂️ Muvaffaqiyat bu - MUVAFFAQIYATSIZLIKDIR!

Har bir yiqilish seni muvaffaqiyat sari bir qadam yaqinlashtira oladi, agar sen yiqilgan narsalaringni analiz qilib, qayta tura olsang.

©️ Azizbek Khabibullaev

👉 @akh_blog
🙅‍♂️ Bu ishni HECH QACHON qilma!

Bir tafakkur qilaylik, men biron nimani o'rganish uchun yoki biron nima ustida ishlash uchun o'z imkoniyatlarimdan foydalanishni boshladim. Lekin shunday paytlarga duch kelamizki, charchaymiz, zerikamiz va ertaga qoldiramiz.

Ichimizda: "Sen buni eplolmaysan", "Bu sening ishing emas", "Boshqalar erishgan bo'lsa ham, ular boshqacha, ular talantli" degan bemaza gaplarga duch kelamiz. Bugunimizni ertaga qoldiramiz, uni ertasiga o'tirgan holatda be'mani xayollarga uchamiz, uni ertasiga yotib shug'ullanadigan bo'lamiz va yakuniga kelib bir chiroyli dangasa va yalqovga aylanamiz. Lekin boshidayoq, shu zerikish va qiyinchiliklarga sabr qilib, faqat va faqat oldinga yuradigan ya'ni qarshi chiqqanimizda, albatta maqsadimizga erishgan bo'lar edik.

🙇‍♂️ Hozir, muvaffaqiyatga erishish oson, chunki ko'pchilik chalg'ishi ba'zida bizni muvaffaqiyat tomon bir qadam oldinga chorlaydi.

Zero, samolyot ham SHAMOLGA QARSHI uchadi!

👉 @akh_blog
😎 Hammasi ODDIY

Bizni oʻldirmagan neki bor bizni kuchliroq qiladi. Tayyorgarlikda boringni ber, jangda oson bo'lishi uchun. Vaqtinchalik ba'zi narsalarni boy ber, keyinchalik shu narsalardan xohlaganingcha foydalanishing uchun.

🔝 Sen har doim qancha bersang shuncha olasan. Ko'proq olishni istaysanmi - ko'proq ber.

Ko'proq kuch, ko'proq vaqt, ko'proq sevgi va hammasi kutilmagan onda qaytib keladi.

👉 @akh_blog
🤐 MAQSADLARINGIZGA yetishmoqchimisiz? Unda ularni hech kimga aytmang!

_-_-HECH QACHON_-_-

👉 @akh_blog
🌊 ...KABI bo'l

Dengiz kabi bo'l, hech kim sirlaringni bilmaydi,
Osmon kabi bo'l, hech kim orzularingni bilmaydi,

Daraxt kabi bo'l, ildizlaring kesilmaydi,
Haqiqiy inson bo'l, hech kim sindira olmaydi

👉 @akh_blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😐 ISHONIB qolma

Yaxshi INSONLARGA HAM qattiq ishonib qolma. HAMISHA ko'zing doimo ochiq bo'lsin.

👉 @akh_blog