“Аkademnashr” nashriyoti
11.8K subscribers
2.32K photos
362 videos
31 files
2.79K links
“Akademnashr” nashriyotining rasmiy kanali

Мutolaa qiling!

Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo

Tel: 99 433-16-77
Aloqa: @akademnashr_bot

Manzil: t.me/Akademnashr/1461
Ish vaqti: 9:00 — 18:00 (dushanba - juma)
Download Telegram
#bilasizmi

Muhabbatli va yosh to‘la ko‘zlari bilan hayron bo‘lganicha yuzimga boqib, bor kuchini yig‘ib, qo‘lini menga uzatib dedi:

– Abbos, qancha azob-u uqubatlar boshingga tushgan bo‘lsa ham, qutulib chiqding. Lekin haqiqiy qotil va jinoyatchi kim? Kampirni o‘ldirib, seni baloga qo‘ygan kim? Uni topish kerak, hukumatga yordam qilish kerak... Yo Rabb, O‘zing tezroq menga kuch-quvvat ber... Qotilni men topa man... Otamdan maktub oldingmi? To‘satdan Moskvaga borish nimaga kerak bo‘lib qolibdi?

Yuqoridagi parcha qaysi asardan olingan?

📚 @akademnashr
“Аkademnashr” nashriyoti
#bilasizmi Muhabbatli va yosh to‘la ko‘zlari bilan hayron bo‘lganicha yuzimga boqib, bor kuchini yig‘ib, qo‘lini menga uzatib dedi: – Abbos, qancha azob-u uqubatlar boshingga tushgan bo‘lsa ham, qutulib chiqding. Lekin haqiqiy qotil va jinoyatchi kim? Kampirni…
Yuqoridagi parcha «Farangiston maktublari» asaridan olingan edi.

📘 ISMOIL GASPRALI: DORUR-ROHAT MUSULMONLARI

Ushbu kitobga buyuk mutafakkir, jadidchilik harakati asoschisi Ismoil  Gaspralining «Dorur-rohat musulmonlari», «Farangiston maktublari», «Ovrupo madaniyatiga betarafona bir nazar» asarlari kiritilgan.

Narxi: 25 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr
Jadidlar faoliyatiga sizni qiziqtira oladigan 5 kitob

📘 “O‘zbekiston tavalludi”, Adib Xolid — 75 000 so‘m

📘 “Borar yo‘ling Turkistondir” — 38 000 so‘m

📘 “She'rlar”, Cho‘lpon — 37 000 so‘m

📘 “Kecha va kunduz”, Cho‘lpon — 37 000 so‘m

📘 “Doru-r-rohat musulmonlari”, Ismoil Gasprali — 25 000 so‘m

Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr
«Mukammal xotira» — 3 chiqishini xohlaysizmi?

Balki 20 yillardan keyin chiqib qolar....)


Hozircha 1- va 2-qism nostalgiyasidan bahramand bo‘lib turing.

Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr
#boshqotirma

Manba: “Bo‘sh o‘tirma, bosh qotir”
Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr
Minush siz bilan birga mushuklarga yordam bermoqchi!

«Mushuklar malikasi Minush» kitobini xarid qiling. Xaridingizdan 5 000 so‘m boshpanasiz mushuklarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatuvchi Mushukkent loyihasiga yo’naltiriladi.

📖 «Mushuklar malikasi Minush» kitobida bosimlardan cho‘chisa-da, olg‘a intilishdan to‘xtamaydigan Tibbe ismli yosh muxbir va uning axborot to‘plashda bemisl mahoratga ega kotibasi Minushning antiqa sarguzashtlari tasvirlangan.

Narxi: 50 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr
«Sitez» so‘zining ma'nosi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Manba: «Navoiy asarlari lug‘ati». Yangi nashr. 2023 y.
Anonymous Quiz
12%
dushmanlik
31%
zulm
24%
urush, janjal
34%
Barcha javoblar to‘g‘ri
​​📘 NAVOIY ASARLARI LUG‘ATI

«Navoiy asarlari lug‘ati» deyilganda ko‘pchilikning ko‘z o‘ngiga avvalo Porso Shamsiyev boshchiligida tuzigan o‘sha mashhur yashil lug‘at keladi. Keyingi lug‘atlar mukammalroq, qulayroq bo‘lishi ham mumkin, ammo o‘sha lug‘atchalik suyukli bo‘lolmadi. Xullas, biz o‘sha siz sevgan lug‘atni qayta nashr qildik. Ha, "bu – o‘sha" 😍.

Lug‘at Alisher Navoiy asarlarining davriy nashrlardan hamda uning ilmiy va badiiy qo‘lyozma asarlaridan foydalangan holda leksikografiya, tilshunoslik qoidalari va tarixiy-filologik tahlil asosida tuzilgan.

🔸 lug‘atda XV asr o‘zbek adabiy tili normalari aks ettirilgan;
🔹 Navoiy ijodida keng istifoda etib kelingan so‘z va iboralarning asl va majoziy ma’nolari izchil yoritib berilgan;
🔸 qadimgi turkiy qo‘lyozmalarni, arabiy va forsiy manbalarni o‘qish uchun foydalanish mumkin;
🔹 o‘ziga xos lug‘atchilik qoidalari asosida tuzilgan;

Muqova: qattiq
Hajmi: 656 b.
Narxi: 85 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

Tuzuvchilar: Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibrohimov
Qayta nashrga tayyorlovchi: Sayfiddin Rafiddinov
Mas’ul muharrir: Saidmurod Xolbekov

📚 @akademnashr | #yangi_nashr
BAHOR VA MEN

Bahor keldi... lekin uning davrida
Ketib qoldi bahorlarning sultoni.
Umid undi raqibimning bagʻrida,
Ortib ketdi kelgusiga iymoni.

Bahor chog'i... Raqiblarim ketarlar,
Lekin menim hasratlarim ketmaylar.
Bu raqiblar meni malul etarlar,
Figʻonlarim sultonimga yetmaylar!..

Qo'qon. 1924, 18-mart

📘 Cho‘lpon: “Sheʼrlar” — 37 000 soʻm

📘 Cho‘lpon: “Kecha va kunduz” — 37 000 soʻm

Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr | #sotuvda
“AkademQuiz”ga marhamat!

Bugun soat 21:00da AkademQuiz tanlovimizni boshlaymiz. Tanlov 10 ta savoldan iborat. “Akademnashr” telegram kanalida oʻtkaziladi.

Savollarga birinchi bo'lib berilgan to'g'ri javob qabul qilinadi. Eng ko'p to'g'ri javob topgan ishtirokchi g'olib bo'ladi.

📚 @akademnashr | #AkademQuiz
#AkademQuiz'ning bugungi gʻolibi: @Bahrizamon

Tabriklaymiz 📚 🎉

Bugun birinchi oʻyin boʻlgani uchun sal yengil savollar tanlandi.

Keyingi hafta savollar Akademnashr tomonida nashr etilgan kitoblar boʻyicha boʻladi.

Barcha ishtirokchilarga rahmat!

📚 @akademnashr
​​Yovvoyi tanovor

Rasmingizga termilib chiqdim tun boʻyi.
Koʻz yoshlarni bir-bir terdim nigohingizdan.
Shuʼlangizda raqs etdim.
Kaftimdan sirgʻalib tushdi siniq va tirik haqlar.
Men raqs etdim.
Kulgingizdan sinib tushdi borligʻim.
Raqs etdim.

Dunyo bizni olib borolmagan hech,
Hayot yoʻllarida sira koʻrmagan
Manzillarga yetdi oyogʻim.
Men raqs etdim.

Qiyofangizdan bir-bir terdim lahza borligʻin
Oʻtkinchilik ketdi sidrilib.
Qalbimga qorishdi lahza borligʻi,
Yogʻdu va oh kabi qorishdingiz siz,
Oy yogʻdusin oʻrab oh kabi chekdim.

Men raqs etdim manzillarning
ustida yolgʻiz,
Men yod etdim gulni, baxtni, fasli xazonni,
Yoʻllarning toshiga shunchaki tikdim –
jonni arzonni,
Somon yoʻllariga sochdim sabrni –
sindi borligʻim.
Men raqs etdim.

Men oh chekdim
Yodingizda, kulguyingizda.
Men raqs etdim.
Kulgingizdan sindi borligʻim.
Men oh chekdim.
Oh kim,
Oh kim,
Shuʼlangizdan bedor yiqildim.

📘 Tillaniso: «Qon»

Narxi: 25 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr | #IZLAM
📘 INGLIZCHA-O‘ZBEKCHA LUG‘AT

Intermediate — 30 000 so'm

Upper-intermediate — 22 000 so'm

Advanced — 24 000 so'm

Proficiency — 26 000 so'm

Mualliflar: Hasan Abdullayev, Husan Abdullayev

📘 IELTS 7+ COLLOCATIONS DICTIONARY

Narxi: 27 000 so‘m

Muallif: Bekzod Mo’ydinov

Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr | #sotuvda
📘 SAYYORAMIZ MO‘JIZALARI

📖 Toʻplamda kishi aqlini lol qoldiruvchi g'aroyib hodisalar, o'simlik va hayvonot dunyosi vakillari, nomi beixtiyor yuzingizda tabassum paydo qiluvchi antiqa joylar hamda geografik rekordlar haqidagi qiziqarli ma'lumotlar keltirilgan.

Kitob keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan boʻlib, undan oʻrta umumta'lim maktablarining o'qituvchilari, o'quvchi va talabalar qoʻshimcha manba sifatida foydalanishlari mumkin.

Muallif: Karomiddin Gadoyev, Sabohat Berdiyeva
Muqova: yumshoq
Hajmi: 208 bet
Narxi: 18 000 soʻm

Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr | #yangi_nashr