AKADEMIK BURCHAK
7.29K subscribers
1.07K photos
134 videos
129 files
1.29K links
Bizning burchakda ilm-fan bo‘yicha muhim va qiziqarli ma'lumotlarni kuzatib borishingiz mumkin.

Kanal - ilmiy faoliyatga qiziquvchilar uchun yaxshi manzil...
Download Telegram
Kanalda berilayotgan ma'lumotlar sizlarga maqbul kelmoqdami?
Anonymous Poll
92%
Ha, albatta!
8%
Yo‘q,
#танқид

Ўзбекистон ўзлигидан ва кимлигидан уялувчилар жамияти.

• Вилоятлик вилоятлик эканидан уялади.
• Тошкентлик асл тошкентлик эмаслигидан уялади.
• Ўқитувчи, ҳайдовчи, ҳамшира ва ҳоказолар ўз касбидан уялади. Гўёки судя ёки прокурор бўлиши керак эдию бўлолмаган, тақдирга тан бериб яшамоқда.
• Ўзбек ўз ватанида русча билмаслигидан уялади.
• Бева бевалигидан уялади.
• Бўйдоқ бўйдоқлигидан уялади.
• Ўғли йўқлар ўғли йўқлигидан уялади.
• Қизи кўплар қизи кўплигидан уялади.
• Матиз миниб юрган Жентра минолмаганидан уялади.
• Абитуриент ўқишга киролмаганидан уялади.
• Ногирон ногиронлигидан уялади.
• Ботекс қилдирмаган ва косметик операция қилдирмаган аёллар тегилмаган оддийлигидан уялади.
• Ижарачи ижарада яшашидан уялади.
• Ҳамма аслидан бошқача кўринишга чиранади, зўр бериб аксини исботлашга уринади.
• Масалан, таксист гўё зерикканидан такси қилади, аслида бошқа ишлари бор.
• Эй барака топгур, нега аслингдан уяласан, сен кимга нимани исботламоқчи бўляпсан?  Аслингча бўл, қандай бўлсанг одамлар шундайингча берган баҳосини қабул қил, сенга сохта баҳолар керакми? Одамлар берган баҳо шунчалик муҳимми сен учун?!
• Ичи тўла нажасни кўтариб юрадиган, еб ичадиган ва ҳожатга борадиган ожиз бандаларнинг баҳоси нима бўларди?!
• Нега ким учун театр қўймоқчисизлар? Қачон самимий тўғри бўлишни ўрганамиз...

©️Фаизиддин Мўмин

Каналга аъзо бўлиш👇
@akademik_burchak
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayt #platforma #matematika #math #aniq

Yosh matematiklar, olimlar uchun eng qiziqarli va foydali saytlar haqida

Matematiklar uchun eng qiziqarli va foydali saytlar quyidagilardan iborat:

Wolfram MathWorld: Matematikaning turli sohalari, jumladan algebra, ehtimollar nazariyasi, amaliy matematika, geometriya va boshqalar bo'yicha keng qamrovli ma'lumotlar taqdim etadigan eng yirik matematika resurslaridan biri hisoblanadi. Bu sayt matematika olamidagi yangiliklar va yangi kashfiyotlarni o'z ichiga oladi.

Brilliant: Ushbu platformada interaktiv muammolar hal qilish orqali matematika va kompyuter fanlarini o'rganish mumkin. Bu yerda foydalanuvchilar kuniga 15 daqiqa sarflab, turli matematik tushunchalarni o'rganishlari mumkin.

Batafsil:
https://telegra.ph/Yosh-matematiklar-olimlar-uchun-eng-qiziqarli-va-foydali-saytlar-haqida-02-19

Ps: Ushbu postni maksimal darajada matematiklarga ulashing va kanalga taklif qiling

📍@akademik_burchak da bo'ling 🛋
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayt #platforma #iqtisodchi #iqtisodiyot

Iqtisodchi olimlar va talabalar uchun eng qiziqarli va foydali saytlar haqida bilasizmi?

Bugun dunyoning nufuzli top - iqtisodchilari doimiy ravishda quyidagi foydali va qiziqarli saytlarni kuzatib borishadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni endi siz ham kuzatib borishingiz mumkin.

Intelligent Economist: Turli iqtisodiy mavzular, jumladan, hukumat tizimlari va zamonaviy iqtisodiy muammolar tahlili bo'yicha bloglar taqdim etadi. Ushbu saytda Don Boudreaux va Russ Roberts kabi mualliflar Keynesian nazariyalarga qarshi tahlillarini taklif qiladi.

INOMICS: Iqtisodiyot bo'yicha ish o'rinlari, PhD dasturlari, qisqa kurslar, yozgi maktablar va anjumanlarni o'z ichiga olgan, iqtisodchilar uchun mo'ljallangan sayt.

Batafsil: https://telegra.ph/Iqtisodchi-olimlar-va-talabalar-uchun-eng-qiziqarli-va-foydali-saytlar-haqida-bilasizmi-02-19

Ps: Ushbu postni maksimal darajada iqtisodchilarga ulashing va kanalga taklif qiling

📍@akademik_burchak da bo'ling 🛋
IELTS IMTIHONINIGA TAYYORLANISH UCHUN 12 TA ENG YAXSHI MANBA

IELTS
(International English Language Testing System) - eng mashhur ingliz tili imtihonlaridan biri. Ushbu test natijalari Buyuk Britaniya, Avstraliya, Evropa mamlakatlarida va dunyoning deyarli barcha ingliz tilida so'zlashadigan universitetlarida qabul qilinadi.

◾️ Elc.polyu.edu.hk - ushbu saytda siz IELTS topshiriqlari bilan tanishishingiz va imtihonning har bir qismiga tayyorgarlik bo'yicha ko'plab foydali maslahatlarni olishingiz mumkin.

◾️ Splendid-speaking.com - sinovdan o'tgan talabalar bilan suhbatlar.

◾️ Takeielts.britishcouncil.org - British Council xalqaro tashkiloti dunyoning barcha mamlakatlarida IELTS testlarini tashkillaydi. Ushbu saytda siz ko'plab foydali ma'lumotlarni topasiz, ular maslahatlar va kichik maqolalar ko'rinishida taqdim etiladi.

◾️ Examenglish.com - Ushbu saytda IELTS topshirishdan oldin mashq qilishda yordam beradigan ko'plab foydali testlar mavjud. Barcha topshiriqlar imtihon topshiriqlari formatida.

◾️ ielts.allearsenglish.com - IELTS-ga tayyorgarlik ko'rish uchun yana bir ajoyib sayt, unda imtihonda uchraydigan juda ko'p turli xil mashqlar mavjud.

◾️ Examword.com - ushbu manba nutq qobiliyatlarini mashq qilish uchun emas, balki so'z boyligini oshirish uchun mo'ljallangan. Va agar siz imtihonni yuqori ball bilan topshirishni istasangiz, buni rivojlangan so'z boyligisiz qila olmaysiz.

◾️ Netlanguages.com - Bu yerda siz bepul amaliy mashg'ulotlardan foydalanishingiz mumkin.

◾️ Ieltsforfree.com - bu yerda siz to'liq sinovdan o'tishingiz yoki alohida qismlarni mashq qilishingiz mumkin.

◾️ Examenglish.com - ushbu saytda siz nafaqat IELTS, balki TOEFL, TOEIC, CAE, FCE, KET, PET larni topshirishga ham tayyorlanishingiz mumkin.

◾️ Itests.com - ro'yxatdan o'tgandan so'ng siz bepul sinov sinovlaridan foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, saytda siz imtihonga tayyorgarlik jarayonini kuzatishingiz mumkin.

◾️ Ielts-exam.net - bu IELTS ga tayyorgarlik ko'radigan eng yirik saytlardan biri. Siz imtihonning har bir qismi uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlarni topasiz.

◾️ Scribd.com - skanerdan o'tgan IELTSga tayyorgarlik kitoblari bilan bu erda tanishishingiz mumkin.

#xalqaro #grantlar_strategiyasi

Ps: Ushbu postni maksimal darajada ilmiy tadqiqotchilarga ulashing va kanalga taklif qiling

📍@akademik_burchak da bo'ling 🛋
Forwarded from Markaziy Osiyo | library
Mukammal xotira_Shoxruxmirzo Rahmonov.pdf
7.8 MB
📓 Mukammal xotira
Shohruhmirzo Rahmonov

Mnemotexnika uslublariga asoslangan o'zbek tilidagi ilk kitoblardan biri.


Library @centerasia_library

Kanalga ulanish👇
@centerasiastudy
Forwarded from AKADEMIK BURCHAK
Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda maqola chiqarish haqida

Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda maqola chop etish uchun quyidagi muhim jihatlarni hisobga olish kerak:

1. Tegishli jurnalni tanlash: Jurnalning yo'nalishi va maqsadi sizning tadqiqot mavzuingizga mos kelishini, shuningdek, jurnalning nufuzi, ta'sir ko'rsatkichlari, qabul qilish mezonlari va tahririyat a'zolari haqida ma'lumotga ega bo'ling.

Batafsil: https://telegra.ph/Scopus-bazasiga-kiruvchi-jurnallarda-maqola-chiqarish-haqida-01-13

📍@akademik_burchak da qoling 🛋
6804166.pdf
2 MB
⚡️ Ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi – Vazirlar Mahkamasi qarori

V Mning “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 17-fevraldagi 95-son qarori qabul qilindi.

❗️Qarorga ko‘ra, 1-martdan boshlab:

Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ushbu sertifikatlarni olish uchun sarf qilgan xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab beriladi.

Shuningdek, ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlarini to‘liq qoplab berish belgilandi.

Bunda yoshlar xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron tarzda ariza yuboradi.

📍@akademik_burchak da qoling 🛋
Ko'plab ilmiy izlanuvchilar bepul, klon bo'lmagan jurnallarni ko'p so'rab murojaat qilishadi. Bugun sizlarga maqola chop qilish bepul bo'lgan ilmiy jurnallar ro'yxatini "Akademik burchak" kanali taqdim etadi

Tadqiqotchilar uchun foydali bepul nufuzli jurnallar ro'yxati!

- International Journal of Clinical & Pharmaceutical Research (https://ijcpr.forexjournal.co.in/)
- International Journal of Mechanical Engineering Research (
https://ijmer.forexjournal.co.in/)
- International Journal of Civil Engineering Research (
https://ijcer.forexjournal.co.in/)
- International Journal of Research in Education and Science (
https://www.ijres.net/index.php/ijres/login)

👉batafsil ko‘rib chiqish👈

Ps: Ushbu postni maksimal darajada ilmiy tadqiqotchilarga ulashing va kanalga taklif qiling

📍@akademik_burchak da bo'ling 🛋
#pdf #word #convert

Tadqiqotchilar, magistrlar va bakalavr talabalari uchun juda foydali sayt

Katta hajmdagi PDF adabiyotlarni Word formatga o'tkazishga qiynalayotgan bo'lsangiz quyidagi havola albatta siz uchun.

Havola👉 ilovepdf.com

📍@akademik_burchak da qoling🛋
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
JSHSHIR (PINFL) nima va uni qanday aniqlash mumkin?

Hozirda deyarli ta'limning barcha bosqichlarida onlayn hujjat qabul qilishga o'tib ketildi. Avvalgidek delo ko'tarib yurishga hojat yo'q!

Onlayn ro‘yxatdan o‘tishda fotosurat yoki pasport nusxasi shart emas. Shunchaki JSHSHIR, pasport seriya va raqami kiritilsa kifoya.

Batafsil: https://telegra.ph/JSHSHIR-PINFL-nima-va-uni-qanday-aniqlash-mumkin-10-30

Kanalga ulanish
@akademik_burchak
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM