AKADEMIK BURCHAK
7.28K subscribers
1.09K photos
138 videos
135 files
1.31K links
Bizning burchakda ilm-fan bo‘yicha muhim va qiziqarli ma'lumotlarni kuzatib borishingiz mumkin.

Kanal - ilmiy faoliyatga qiziquvchilar uchun yaxshi manzil...
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tibbiyot fanlari bo‘yicha mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishda ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasining Kollegial organi qarori bilan talabgordan klinik ordinaturani (magistraturani) tugatgandan so‘ng yoki ilmiy darajani olganidan so‘ng ilmiy, ilmiy-pedagogik yoki amaliy ish stajiga (ikki yildan to‘rt yilgacha bo‘lgan muddatda) ega bo‘lishi talab etilishi mumkin.

📍
@akademik_burchak da qoling🛋
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍@akademik_burchak da bo'ling 🛋
AKADEMIK BURCHAK
Qaysi bosqichdagilar uchun eng muhim ilmiy-amaliy ma'lumotlarni bir joyga jamlashimizni xoxlaysiz?
Qaysi bosqichdagilar uchun eng muhim ilmiy-amaliy ma'lumotlarni bir joyga jamlashimizni xoxlaysiz degan savolimizga 41 foiz obunachilarimiz Dotsentlar (PhD) deb javob berishgandi. Kutayotganlar bormi?
#phd #dotsent #ilm #science

‼️ PhD, Dotsentlarning ilmiy-amaliy faoliyati uchun eng foydali ma'lumotlarni bir joyga jamladik.

Dotsent ilmiy unvoni kimlarga beriladi?! - Batafsil

Ilmiy unvonlarga talabgor boʻlish - Batafsil

Ilmiy unvon olish uchun qanday hujjatlar kerak? - Batafsil

Dotsent qanday kompetensiyalarga ega boʻlishi kerak - Batafsil

Ilmiy ish qilayotgan xodimlarga oʻrtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda qancha muddatga ijodiy taʼtil beriladi? Batafsil

Ijtimoiy-gumanitar fan sohasida ilmiy unvona talabgorlar maxsus imtihon topshiradilar - Batafsil

Dissertatsiya mavzusini tanlash eng muhim jarayon - Batafsil

Qanday talablarni bajargan shaxslar ilmiy unvonlarga talabgor boʻlishlari mumkin? - Batafsil

Oʻrindoshlik asosida ishlayotgan mutaxassislarga ilmiy unvonlar berish tartibi haqida - Batafsil

Ilmiy unvondan mahrum etish yoki uni tiklash - Batafsil

Dissertatsiya va avtoreferatlar - Batafsil

Dissertatsiyalar to'plamini taqdim etadigan elektron kutubxona - Batafsil

Qaysi OTM va ilmiy tashkilotlarda kengashlar mavjud? - Batafsil

O'zbek tilidagi kitob va monografiyalaringizni yevropada bepul nashr eting - Batafsil

Xalqaro miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi - Batafsil

Respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar -
Batafsil

Xalqaro grantlarga doimiy ravishda e'lon qilinuvchi Top-10 portal - Batafsil

Xalqaro ilmiy grantlarni muvaffaqiyatli yutib chiqish -
Batafsil

Xalqaro darajadagi nufuzli ekspertlar hamda olimlar bilan aloqalar o'rnatishning samarali yo'llari haqida - Batafsil

Xalqaro konferensiyalarni e'lon qiluvchi Top 10 portal - Batafsil

Hirsh indeksni qanday hisoblanadi? Batafsil

Hirsh indeksni oshirishning tez va samarali strategiyalari - Batafsil

Ilmiy maqola nima uchun yoziladi? - Batafsil

Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda maqola chiqarish - Batafsil

“Scopus Online Training” bepul onlayn kurslari -
Batafsil

Scopus bazasida maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnallar -
Batafsil

Maqola yoki dissertatsiyaga UDK raqamini qayerdan olish mumkin? Batafsil

Patent ma’lumotlarini topishingiz uchun - Batafsil

PDF adabiyotlarni Word formatga o'tkazish - Batafsil

O‘z rezyumingizni oson yarating - Batafsil

Olimlar uchun PR va shaxsiy brendlarini rivojlantirish qanchalik muhim? - Batafsil

XXI asr olimi qanday bo'lishi kerak?! - Batafsil

Bepul nufuzli jurnallar ro'yxati - Batafsil

Bepul onlayn kurslar (bepul sertifikati ham mavjud) - Batafsil

"Ilmiy qaramlik" haqida - Batafsil

📍@akademik_burchak da bo'ling 🛋
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️Tayanch doktorantlarning ilmiy-amaliy faoliyati uchun eng foydali ma'lumotlarni bir joyga jamladik.

1️⃣Ilmiy tadqiqot uchun mavzu tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak? - Batafsil

2️⃣Qachondan boshlab stipendiya olinadi? - Batafsil

3️⃣Izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringi - falsafa doktori (PhD) - Batafsil

4️⃣Izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringi - fan doktori (DSc) - Batafsil

5️⃣PhD dissertatsiyasi bo’yicha qanday talablar mavjud? - Batafsil

6️⃣DOKTORANTLAR (TAYANCH DOKTORANT) ISHDAN BOʻSHATILISHI KERAKMI? - Batafsil

7️⃣Tayanch doktorantlarga Prezident stipendiyasi tayinlanish tartibi - Batafsil

8️⃣TAYANCH DOKTORANTURADA OʻQIB, YARIM STAVKA KAFEDRADA ISHLAYAPMAN. BIR MARKAZGA YANA YARIM STAVKA ISHGA KIRSAM BOʻLADIMI? JAVOB

9️⃣Fan doktori dissertatsiyasiga qanday talablar mavjud? - Batafsil

🔟Maqolangizni tan olingan 43 ta bazada nashr eting - Batafsil

--------

🎓Magistrantlar uchun jamlanma.

👨‍🔬PhD, Dotsentlar uchun jamlanma.

📍@akademik_burchak da qoling🛋
AKADEMIK BURCHAK pinned «#phd #dotsent #ilm #science ‼️ PhD, Dotsentlarning ilmiy-amaliy faoliyati uchun eng foydali ma'lumotlarni bir joyga jamladik. Dotsent ilmiy unvoni kimlarga beriladi?! - Batafsil Ilmiy unvonlarga talabgor boʻlish - Batafsil Ilmiy unvon olish uchun qanday…»
Jamiyatning jamoaviy jazosi haqida hikoya

Ushbu hikoyani internetda o’qidim, asl muallifini topa olmadim, lekin sizlar bilan ulashgim keldi:

“Men ish va turmush o‘rtog‘im sababli Hyustonda (Texas, AQSh) yashayman. O‘tgan hafta men bilan sodir bo‘lgan qiziqarli va taʼsirli voqea uyimga yaqin joylashgan pochta bo‘limida sodir bo‘ldi. Yangi yil sovg‘asi sifatida internet orqali sotib olgan qo‘l soatim qutisidan oynasi singan chiqqanidan so‘ng, darhol qaytarib berish varaqasini to‘ldirib, pochta bo‘limiga bordim. Pochtaga kirganimda 20-25 kishi navbatda turishibdi. Bu yerda Rojdestvo bayrami yaqinlashayotgani uchun bozordan bir bo‘lak non sotib olsangiz ham, o‘nlab odamlar ortidan saf tortib, odatdagidan ancha uzoq kutishingizga to‘g‘ri keladi. Atigi 2 kishi xizmat qilayotganda, ayniqsa yuzi charchagan, ishlashga toqati qolmagan yuz bilan ishlayotgan bo‘lsa, kutish vaqti sabr-toqatni yana-da toshiradi.

Men kirgan navbatda orqaga burilib qarasam, yana 30-35 kishi turganini ko‘rdim. Ha, mayli, hech bo‘lmaganda men o’rtadaman, deb o’zimni ovutmoqchi bo’ldim.

Oradan roppa-rosa 40 daqiqa o‘tib menga navbat keldi. Men paketni pochta xodimiga berib: “Unda manzillar yozilgan”, dedim. “Nega paketni lenta bilan muhrlamadingiz?” deb so‘radi. Unga javoban kirish joyidagi “paket tarkibini ko‘rishni xohlashimiz mumkin. Iltimos, paketlaringizni ochiq tuting” degan ogohlantirish yozuvini ko’rsatdim ko‘rsatdim. Ovozini baland qilib jahl bilan: “Men eshikda nima yozilganini juda yaxshi bilaman, paketingizni zudlik bilan lentalang”, dedi. Navbatdagilarning hammasi bizni tinglab turgan edi. Yonidagi lentani ko‘rsatib: “Shuni bera olasizmi, iltimos?” dedim. Pochta xodimi yana o‘sha baland ovoz bilan javob qaytardi: “Yo’q, bu lenta meniki, mijoz o‘z lentasidan foydalanadi!”. “Yonimda hech qanday lenta yo’q, lentangizni pulini beray...” desam, masʼul xonim ovozini yana-da balandlatdi. O‘n fut narida qadoqlash xizmatlari uchun tayyorlangan poyafzal qutisi o‘lchamidagi 20 dollarlik lentani ko‘rsatdi va uni sotib olishimni buyurdi. Sizningcha “15 santimetrlik quti uchun shu lentani sotib olishim mantiqlimi?” deb so‘radim. “Lentani oling va darhol navbatning oxiriga boring!” U qichqirarkan, jahldan qizarib ketdi. Xuddi shu g‘azab bilan navbatda turgan keyingi odamni “Next!” (“Keyingi!”) deb baqirib chaqirdi. Shu payt qotib qoldim...

Chunki navbatda hech kim oldinga siljimasdi. Navbatning boshida turgan odam: “Zudlik bilan bu qutini lenta bilan yopishtiring va birinchi navbatda xonimning ishini bitiring”, dedi. Pochta xodimi jahl bilan yana qichqirdi: “Anyone else ... Next!!!” 30 kishi joyidan jilmadi. Ikkinchi pochta xodimining ham oldiga hech kim bormadi. Xizmat to‘xtatildi.

Bir kampir: “Men 76 yoshdaman, tizzalarim og‘riyapti, lekin shu xonimning paketini lenta qilib, burchingizni bajarmasangiz, bu yerdan bir qadam ham jilmayman”, dedi. Pochta xodimi jahl bilan qo‘limdan paketni tortib oldi, men ko‘rsatgan yonidagi pochta lentasi bilan qutini lentaladi. Toki to‘lovimni olmaguncha, men aralash his-tuyg‘ular ichida qoldim, deyarli yig‘lashgacha bordim.

Navbatdagilarga “Hammangizga rahmat” deyishimdan boshqa so’z topolmadim... Ular jilmayib qo‘l silkitishdi.

Ko‘chaga chiqib, avtoturargohda mashinamga o‘tirib, o‘t oldirmasdan bir muddat o‘ylab qoldim. Hammaning ishi bor. Nimaga “shoshilyapman” deb birorta ham odam navbatda siljimadi? Bir kishiga nisbatan qilingan adolatsizlikka shuncha odam kelishib olgandek qarshilik qildi?

Shu payt mendan keyin turgan odam ham ishini tugatib, tashqariga chiqdi. U mening mashinamga yaqinlashdi, men oynani ochdim. U tabassum qildi va ko‘nglimdagi savollarga javob berdi: “Sizga qilingan xato uchun uzr so‘rayman. Tabiatda hayvonlar, daraxtlar va hatto mikroblar bir-biri bilan bog‘lanib harakat qilsa, aksincha biz odamlar bir-birimizdan juda uzilganmiz. Agar xato darhol aniqlansa va unga jamoaviy reaksiya qilinmasa, o’sha xato NORMALLASHADI. O‘sha xodim keyingi safar xato qilishdan oldin ikki marta o‘ylaydi. Biz vazifamizni bajardik. Yangi yilingiz bilan”

Hikoya tugadi. Xulosa o’zingizdan

👉@akademik_burchak
🔰 G‘arb oliy taʼlim muassasalarida talabaning “mutaxassislik fani” ikkita so‘z bilan ifodalanadi – “major” va “concentration”.

☝️Bu ikkita so‘zning ma‘nosiga e‘tibor qarating!

“Major”asosiy, eng muhim, eng jiddiy, ulkan ahamiyatga ega degan maʼnolarni anglatadi.

❗️Ya‘ni maxsus mutaxassislik fanlar akademik, intellektual nuqtayi nazardan eng muhim, asosiy fanlar sanaladi.

“Concentration” so‘zi esa, butun diqqat va e‘tiborni jamlash, yig‘ish degan ma‘nolarga ega.

❗️Ya‘ni talaba o‘zining mutaxassislik fanlariga butun diqqat-e‘tiborini, kuch-g‘ayratini sarflashi kerak deganidir.

📍@akademik_burchak da bo‘ling🛋
Профессор дегани ўзи нима иш қилади? 2-қисм

Бу галги ёзувимизда профессорлар ҳақида кенг тарқалган яна бир миф—профессорлар дарсдан ташқари вақтини бекорчиликда, чой ё қаҳва ичиб, валақлашиб ўтказади, деган гапга диққат қаратсак. Демак, иккинчи миф:

“Профессорлар кунини чой ичиб, гап сотиб ўтказади”

Бу гапнинг тўғри бўлишини олдингисидан ҳам кўпроқ истардим! Афсус ва надоматлар бўлсин-ки, ундай эмас. Тўғри, иш жараёнида чой ёки қаҳва ичишни ҳеч ким таъқиқламаган. Шахсан ўзим эрталабки қаҳвадан сўнг япон ва хитой кўк чойи ичишни жуда хуш кўраман.

Аммо чой ичиш билан бир вақтда, иш билан шуғулланмасликнинг иложи йўқ. Бунинг сабаби: асрлар давомида ўзини-ўзи бошқариб келган университетлар ходимларидан нафақат илмий ва педагогик фаолият, балки маъмурий вазифаларни ечишни ҳам кутади. Бу вазифаларнинг ҳар бири бир кунда бир неча соат вақтни олиши мумкин. Яъни, бир соатлик маърузадан кейин қўл қовуштириб, гап сотиб ўтиришга вақт бўлмайди.

Хўш, нима қиласизлар ўзи, деб сўраётгандирсиз? Университетдаги ишни бир нечта ҳалқаларга бўлинган айлана сифатида тасаввур қиламан. Бунда марказдаги энг кичик ҳалқа—кундалик бажарилиши керак бўлган, кечиктириб бўлмайдиган, асос вазифаларни билдиради. Буларга одатда дарс ўтиш, муҳим йиғилишларда қатнашиш (одатда маъмурий вазифалар билан боғлиқ бўлади), ёрдам ё маслаҳатга муҳтож талабалар билан учрашиш киради.

Аммо бу ҳалқани ёпиш билан иш битмайди. Ундан кейинги ҳалқа—ўрта муддатли истиқболга оид вазифалар бўлиб, илмий натижалар билан боғлиқ ишларни бунга мисол қилиш мумкин: мақола ёки китоб ёзиш (ва бунинг учун талаб қилинадиган юзлаб босқичлар), конференцияларга ариза бериш ва қабул қилингач, маъруза тайёрлаш (идеалда бу маъруза кейинчалик мақолага айланади), бошқа одамларнинг мақолаларига баҳо бериш ёки китобларга тақриз ёзиш, ва ҳоказо ишлар киради.

Иккинчи доирани ҳам ёпган меҳнаткаш профессор ундан кейинги даражали, лекин муҳимликда қолишмайдиган, катта режалар билан боғлиқ вазифаларга ўтади. Буларга мисол қилиб грантлар ва ҳамкорликда қилинадиган тадқиқот лойиҳаларига ариза тайёрлаш ва топширишни келтириш мумкин. Бу вазифани тадқиқотчи ўз обрўси, ўсиши ва эркинлиги учун бажаради. Эркинликнинг нима алоқаси бор, дерсиз? Алоқаси шунда-ки, илмий грантлар кўпинча тадқиқотчини дарс ўтиш вазифасидан вақтинча озод қилади.

Биринчи икки доирани қойиллатган тадқиқотчи ишдан ҳайдалмасдан нафақага чиқиши мумкин, аммо кўп нарсага эриша олмайди. Грант ютган тадқиқотчининг эса раҳбарият олдида “тили узунроқ” бўлади. Неолиберал иқтисодиёт ва маблағ ва обрў учун аёвсиз рақобат шароитида университетлар ташқи грантлар жалб қилишни энг устувор машғулотлардан деб билади. Ҳалқалар мисолидаги машғулотлар семестр давомидаги кундалик ишлардир. Аммо бизнинг қишлоқ хўжаликда ишлайдиган ишчиларга ўхшаш мавсумий ишларимиз ҳам бор. Семестр ва академик йил охирида баҳолаш—ўзбекча айтганда “сессия”—даврида ўртадаги кичкина доира бошқа барча ҳалқаларни ютиб юборади: эртаю кечимиз фақат якуний иш ва имтиҳонларни текширишга кетади.

Манба: @profsherzod

📍@akademik_burchak да бўлинг🛋
#tavsiya

‼️Mustaqil izlanuvchilar ilmiy faoliyati uchun foydali ma'lumotlarni jamladik
.

Qachon hujjat topshiriladi?-Batafsil

Izlanuvchilikka qanday hujjatlar kerak?-Batafsil

Izlanuvchilikka staj, sertifikat kerakmi-Batafsil

Talabgorlarni tanlash-Batafsil

Izlanuvchilikka rasmiylashtirish-Batafsil

Diss. mavzusini tanlash-Batafsil

Ilmiy kengashlar qaysi OTMda mavjud?-Batafsil

Izlanuvchilar bilan ishlaganlar haq oladimi?-Batafsil

Diss. bo’yicha talablar-Batafsil

Patent ma’lumotlari-Batafsil

PDFni Wordga o'tkazish-Batafsil

Bepul jurnallar-Batafsil

UDK raqamini olish-Batafsil

Maqola nima uchun yoziladi?- Batafsil

Scopusda maqola chop etish-Batafsil

Bepul “Scopus Training”-Batafsil

Xalqaro grantlar-Batafsil

Xalqaro konf. rejasi-Batafsil

Mahalliy konf. rejasi-Batafsil

H-indeksni oshir-Batafsil

Olimlar bilan aloqalar o'rnat.-Batafsil

Diss. to'plami-Batafsil


🎓Magistrantlar uchun jamlanma⁉️

👨‍⚖️Tayanch doktorantlar uchun jamlanma⁉️

👨‍🔬PhD, Dotsentlar uchun jamlanma⁉️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki ularga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan diplomga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda talablarga muvofiq ilmiy daraja olganidan so‘ng salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan shaxslar rasmiylashtiriladi.

📍@akademik_burchak da qoling🛋
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️Профессор дегани ўзи нима иш қилади? 3-қисм

Университет ёки илм соҳасида ишлайдиганларни кўпчилик бошқа соҳа вакиллари инжиқ деб ўйлашади. Айниқса бизнес ёки пул билан боғлиқ касб эгаларидан бизга қарата "Булар ўзи нима иш қилади?" қабилидаги менсимаган фикрларни эшитиш мумкин. Шуларнинг энг кўп айтадиган гапи, "хоҳласа ишга боради, хоҳламаса қаҳвахонада қаҳва ичиб қилади ишини" бўлса керак. Бу гап қанчалик ростлиги ҳақида, бугунги қисмда.

“Нимага нолийсан ўзи, эрталаб тўққиздан ишда бўлишинг шарт эмас, китобларингни мақтанчоқларча жавонларга тизиб қўйган ўз офисинг бўлса-да, дарсинг йўқ куни хоҳ уйингда ўтириб, хоҳ шаҳар марказидаги қаҳвахонада ишингни қилаверасан! Ажойиб эмасми?”


Бу хитобга қисман қўшилмасдан иложим йўқ. Тўғри, профессорлар ҳар куни ишга бориши шарт эмас. Ўзи ишлайдиган университетда яшаши ҳам кутилади, аммо талаб қилинмайди. Францияда яшаб, Англияда университетда ишлайдиган ўқитувчилар йўқ эмас. Китобларини мақтанчоқларча жавонларга тизиб қўйган офисини қулфлайди-да, кетворади.

Булар миф эмас. Бу бизнинг ишимизнинг яхши томонларидандир. Аммо бу имтиёзларни биз қимматга сотиб оламиз, десам, сизга эриш туюлмасин. Биз бу имтиёзлар учун берадиган энг қиммат тўлов: иш билан уй орасида чегаранинг йўқлигидир. Тўғри, биз хоҳлаган жойдан туриб ишлашимиз мумкин, аммо бу дегани уйда ҳам ишдан чалғиш, узоқлашишга имконимиз йўқ.

Мен таниган профессор-ўқитувчи бор-ки, шанбани якшанба демай ишлайди. Одатда ҳафта кунлари ўтган қисмда таърифлаб ўтганим биринчи икки ҳалқани ёпишга етар-етмас бўлади. Яъни минимум вазифалардан нарига ўтиш, масалан қўшимча иш қилиш (кўп профессорлар газеталарда мақолалар ёзиб туради, баъзилари радио ва ТВда ишлайди), грант аризалари ёзиш учун вақтни фақат кечқурун, ёки ҳафта охиридан, оила учун ажратилиши керак вақтдан юлишга тўғри келади.

Бу гапларим бироз нолишга ўхшаб қолди. Аслида, ишимни яхши кўраман, бошқа биронта ишни қилмаган бўлардим. Оз бўлса-да, ишдаги эркинлигим ёқади, ўзимга қизиқ мавзуларни тадқиқ қилиш, талабалар билан мунтазам мулоқотда бўлиш, китоб ўқиш ва ёзиш каби турли машғулотларни ўзида жамлаган бошқа шундай иш қаерда бор? Ташқаридан қараганда осон бўлиб туюладиган иш ҳамиша ҳам осон эмаслигини таъкидлаб ўтмоқчиман, холос.

Кейинги, тўртинчи қисмда нималар ҳақида ёзай? Профессорлар ҳаётидан сизга яна нималар қизиқ? Мулоҳазаларингизни ёзиб қолдиринг 😊

1-қисм

2-қисм

Манба: profsherzod

📍
@akademik_burchak да бўлинг🛋
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM