ai mastava
3.97K subscribers
370 photos
16 videos
3 files
325 links
→ Faqat Ai yangiliklar
@birfoizbilim loyihasi
→ hozircha ochiq kanal
Download Telegram
Bozorlardagi "SaaSpocalypse" vahimasi bejiz emas — qisqa vaqt ichida enterprise software kompaniyalari 2 trillion dollarga yaqin qiymatini yo'qotdi.

Gap shundaki, OpenAI o'zining yangi AI agentlari bilan Salesforce, Adobe va Atlassian kabi gigantlarni bozoridan siqib chiqarmoqchi. Agar ushbu agentlar mijozlar bilan ishlash (CRM) yoki kadrlar (HR) bo'limi vazifalarini odamlarsiz mustaqil bajarsa, bizneslarga yigirma yillik mashhur "per-seat" (har bir ish o'rni uchun to'lov) litsenziya modeli umuman kerak bo'lmay qoladi.

@aimastava
👎6🥰1
Gemini endi Samsung va Pixelda o’zi ovqat va taksi buyurtma qiladi oladi. Hozircha AQSH va Janubiy Koreyada. Kecha bir joyda shu haqida gapirgan edim. Biz bilgan dasturlar amaldan chiqib ketishni boshlayapti allaqachon.

@aimastava
🤯19👍14🤔3🔥2👨‍💻2
Google Gemini 3 Pro ni tugatyapti ekan. Shu haqida ogohlantirish xabari keldi. Mabodo API kalitlaring bilan ishlatayotgan bo’lsalaring update qilib qo’yinglar.

@aimastava
🔥92
Nano Banana 2 chiqdi — endi Pro darajadagi sifat hamma uchun standart.

Gemini 3.1 Flash Image dvigatelida ishlovchi ushbu model Gemini ilovasi va Google Qidiruv tizimiga to‘liq integratsiya qilindi. Asosiy o‘zgarishlar: 4K tiniqlikdagi tasvirlar, personajlar qiyofasini o‘zgartirmasdan saqlab qolish (character consistency) va rasmdagi matnlarni xatosiz yozish imkoniyati — bularning barchasi avvalgidan ancha tez ishlaydi. Dasturchilar uchun API allaqachon ochiq, xavfsizlik uchun esa har bir rasmga ko‘rinmas SynthID va C2PA raqamli belgilari qo‘yiladi.

@aimastava
👍14🔥73
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Robototexnika sun’iy intellekt orasidagi 5 yillik bo’shliq qisqarib boryapti. Bu video chiqqaniga hali 2 hafta bo’lmadi. Xitoydagi bahorgi festivaldan olingan. Ko’ring va kelajakni guvohi bo’ling. Yaqin kelajakni nazarimda.

@aimastava — do’stlaringiz bilan bo’lishing. Sun’iy intellekt haqidagi saralangan ma’lumotlar.
👍17😱10🔥8🤩32
Sam Altman likillab Anthropicni o’rniga biz bilan kelishdi Urush vazirligi deb twit yozibdi.

Bu odam shunchalar xor bo’ldiki birorta prinsipsiz qoldi.

@aimastava
😁32👍5🔥4
Yandexni qurgan Arkadi Voloj Rossiya fuqaroligidan voz kechibdi. U hozirda Isroil fuqarosi hisoblanadi va Nebius guruhiga rahbarlik qiladi. (Bulutli AI infratuzilmalar beradi)

@aimastava
👎34🔥3😁2
Claude App store da 1 ga chiqdi.
👍42🔥4
Pentagon bilan hamkorlikni e’lon qilgandan keyin ChatGPTdagi obulanalrni bekor qilish 295% oshibdi. Daxshatli keys bo’lyapti kelajak PR mutahassislari uchun.

O’lganni ustiga tepgandek, Anthropic o’zini ‘memory’ funksiyasini bepul tarif egalari uchun ochibdi va boshqa raqobatchi (ChatGPT, Gemini, va h. kz) profillaridagi yozishmalar bir zumda o’z xotirasiga o’tkazish funksiyasini ochibdi 😄

@aimastava
😁57🔥14👍6👨‍💻1
Saharlikka tursam, Google yangi Gemini 3.1 Flash Lite modelini chiqaribdi — Gemini 3 oilasidagi eng tez va eng arzon model. AI ni hammaga qulay narxda yetkazish maqsad qilingan. Tezlik, tejamkorlik va sifat — uchala narsa bir joyda deb reklama qilinyapti. Bizneslar uchun AI'ni keng ko'lamda joriy qilish endi ancha osonlashadi. Qisqasi, Google "arzon, lekin aqlli" degan formulani topmoqchi.

@aimastava
👍17🔥74
GPT-5.4 chiqdi.

OpenAI tomonidan taqdim etilgan yangi GPT-5.4 modeli kompaniyaning kompyuterdan bevosita foydalanish imkoniyatiga ega ilk ishlanmasi bo‘lib, u Standard, Thinking va Pro versiyalarida chiqdi.

Ushbu model 1 million tokenga teng ulkan kontekst oynasiga ega hamda avvalgi GPT-5.2 versiyasiga nisbatan faktlardagi xatolarni 18 foizga kamaytirgan holda professional ishlar uchun eng mukammal vosita sifatida ta’riflanmoqda.

Mazkur muhim yangilanish Anthropic bilan raqobat kuchaygan va OpenAI’ning yillik daromadi 25 milliard dollardan oshgan bir vaqtda e’lon qilindi.

@aimastava
🔥17👍7