AI darslar / Akmaljon Abdullayev
527 subscribers
129 photos
89 videos
1 file
30 links
Sun'iy intellektlar bo'yicha fikrlar, maslahatlar va darslar

Admin @abakan1212
Download Telegram
GPT da Shortcut lar (qisqa buyruqlar) borligini bilarmidingiz?

Uzuuundan uzun promptni yozib o'tirgandan ko'ra bitta qisqa buyruqni / slesh orqali bersangiz bo'ladi.

Misol ucun chatgptga rasmni yuklaysiz va quyidagi buyruqni yozsangiz rasmdagi natijalarni olasiz

1. Yuklangan rasm (referens rasm)
2. /packshot
3. /explodedview
4. /blueprint

P.S: 50 ga yaqin shunga o'xshash qisqa buyruqlarni topib qo'ydim. 20 ta olovcha qo'ysangizlar sizlar bilan ularni ulashaman.

@AIDARSLAR
🔥24👏2🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Claude Fable 5.1 va Claude Mythos 5.1 modellarini taqdim etildi.

Ular dasturlash va intellektual vazifalarni bajarish uchun dunyodagi eng ilg‘or modellardir.

P.S: Hozircha

@AIDARSLAR
🔥9
AI darslar / Akmaljon Abdullayev
GPT da Shortcut lar (qisqa buyruqlar) borligini bilarmidingiz? Uzuuundan uzun promptni yozib o'tirgandan ko'ra bitta qisqa buyruqni / slesh orqali bersangiz bo'ladi. Misol ucun chatgptga rasmni yuklaysiz va quyidagi buyruqni yozsangiz rasmdagi natijalarni…
Va'da qilganimdek ChatGPT uchun Shortkatlar to'plamini diqqatingizga havola etaman.

Buyum va mahsulotlarni suratga olish
/packshot
Mahsulotni toza fonda suratga olish
/productphoto
Reklama uchun mahsulot fotosurati
/explodedview
Obyektning alohida qismlarga ajratilgan ko‘rinishi
/cutaway
Korpusning bir qismi kesib olingan, ichki tuzilishi ko‘rinadi
/crosssection
Ko‘ndalang yoki bo‘ylama kesim
/xray
Shaffof korpus orqali ichki qismlar ko‘rinadi
/transparent
Yarim shaffof obyekt

Chizmalar va texnik vizualizatsiya
/blueprint
Texnik chizma
/technicaldrawing
Texnik illyustratsiya
/schematic
Prinsipial sxema
/wireframe
Karkasli 3D-model
/cad
CAD uslubidagi vizualizatsiya
/orthographic
Perspektiv buzilishlarsiz old, yon va orqa ko‘rinishlar
/isometric
Izometrik ko‘rinish

Arxitektura
/floorplan
Xonaning tepadan ko‘rinishdagi rejasi
/siteplan
Hududning bosh rejasi
/elevation
Binoning fasad ko‘rinishi
/section
Arxitekturaviy kesim

Sxemalar va infografika
/infographic
Infografika
/diagram
Obyekt yoki jarayon sxemasi
/flowchart
Jarayonning blok-sxemasi
/labeled
Qismlarning nomlari ko‘rsatilgan tasvir
/annotated
Izohlar va tushuntirishlar qo‘shilgan tasvir

Rakurslar va optika
/macro
Makrosuratga olish
/aerial
Havodan ko‘rinish
/droneview
Dron yordamida suratga olish
/birdseye
Tik tepadan ko‘rinish
/wormseye
Juda past nuqtadan suratga olish
/wideangle
Keng burchakli perspektiva
/telephoto
Uzun fokusli obyektiv bilan suratga olish
/fisheye
«Baliq ko‘zi» effekti

Fotografiya uslublari
/cinematic
Kinematografik uslubdagi fotosurat
/photoreal
Fotorealizm
/studiolighting
Studiya yoritishi

3D va materiallar
/clayrender
Bir rangli, loy model ko‘rinishidagi render
/lowpoly
Kam poligonli 3D
/highpoly
Yuqori darajada detallashtirilgan 3D-model
/matte
Xira, yaltiroq bo‘lmagan sirt
/glossy
Yaltiroq sirt
/chrome
Xromlangan material
/glass
Shisha

Dizayn
/conceptart
Konsept-art
/productdesign
Mahsulotning sanoat dizayni
/characterdesign
Personaj dizaynini yaratish
/environmentdesign
Muhit dizayni

Badiiy uslublar
/watercolor
Akvarel
/oilpainting
Moybo‘yoq bilan ishlangan rasm
/pencilsketch
Qalamda chizilgan eskiz
/inkdrawing
Tush bilan chizilgan rasm
/comicbook
Komiks
/manga
Manga
/anime
Anime
/noir
Nuar
/cyberpunk
Kiberpank

Buyruqlarni ketma-ket birlashtirish mumkin.
Masalan:
/productphoto /macro /studiolighting /photoreal
yoki
/explodedview /isometric /technicaldrawing
yoki
/cinematic /wideangle /noir

@AIDARSLAR
🔥6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Welcome to the AGI era

OpenAI GPT-6 Astra’ni chiqardi va ilk bor o‘zi AGI sun’iy umumiy intellekt davri haqida gapirmoqda.

Model kompyuterni boshqarishga mo‘ljallangan. Bu shunchaki chat emas, balki kompyuterda mustaqil ishlaydigan agent: shakllarni to‘ldiradi, tadqiqot olib boradi, elektron pochtani saralaydi va kodni tahrirlaydi.

OSWorld 2.0 sinovida Astra har bir vazifaga 40 daqiqa sarflab, 72,6% natija qayd etdi. Oldingi GPT-5.6 Sol modeli esa 65,7% natijaga erishish uchun 75 daqiqa sarflagan.

ExploitBench - dasturiy ta’minotdagi zaifliklarni aniqlash sinovida esa Astra 100% natija ko‘rsatdi. Sol’da bu ko‘rsatkich 78,5% edi.

@AIDARSLAR
🔥9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
GPT-6 Astrani sinayapman.

Motion videolar yaratish imkoniyati ham bor ekan. GPT-6 Astraning o'zi matnni yozib rasmlarni generatsiya qilib ushbu videoni yaratdi.

@AIDARSLAR
🔥6
Instagramga kirdim.

Besh daqiqada bildim: men hayotimni bekorga yashabman. Dam olganman, ko‘rsatmaganman. Ovqat yeganman, suratga olmaganman. Xursand bo‘lganman lekin dalili yo‘q. Shuncha yil yaxshi yashaganman, degan gapimga endi kim ishonadi?

Yuqoridagi monologchani GPT-6 Astra yozib berdi, endi bemalol stendaplarga chiqsam bo'ladi. Stsenariyni to'liq GPTga yozdirardim.

@AIDARSLAR
😁8👍2
Quyidagi videoni AI guruhlarning birida ko'rib qoldim. Sizlar bilan bo'lishgim keldi. Yaxshi video chiqibdi. Monologchalardan tuzilgan yangi telegram kanal ochaymi yoki 😁

@AIDARSLAR
👍4
Bu Astra deganlari tokenxo'r ekanda

Haftalik limitni 2 kunda tugatib qo'ydim. 5-6 ta vazifa bergandim, limitning oxiri ko'rinib qoldi. Lekin menga yoqdi. Keyingi postlarda Astra to'g'risidagi taassurotlarimni jamlab bu haqda fikrlarimni yozaman.

Sizchi Astrani ishlatib ko'rdingizmi?

@AIDARSLAR
👍6
2026 yil 3 sentyabrda OpenAI GPT-6 Astrani taqdim etdi.Men buni navbatdagi kichik yangilanish deb o‘ylagandim. Biroz aqlliroq, biroz tezroq, ammo baribir o‘sha chatbot. Lekin unday emas ekan.

Open AI uni "Eng aqlli va eng yaxshi moslashtirilgan modelimiz" deb aytyapti. Modelni sinab ko'rganimdan keyin shuni bildimki, bu modelning kuchli tarafi aqlliligi yoki tezligida emas, balki uning mustaqil harakat qila olish qobiliyatidadir.

Astra kompyuterdan xuddi inson kabi foydalana oladi. Veb-saytlarni ko‘radi, tugmalarni bosadi, ekrandagi ma’lumotlarni o‘qiydi, shakllarni to‘ldiradi, ilovalar ichida harakatlanadi va bir nechta bosqichdan iborat ish jarayonlarini mustaqil ravishda bajara oladi. Model endi shunchaki vazifa haqida o‘ylabgina qolmaydi. U vazifani amalda bajaradi.

GPT-5.6 xonadagi eng aqlli yordamchi edi. GPT-6 Astra esa xonadan chiqib, kompyuter oldiga boradigan va ishni o‘zi bajaradigan yordamchiga aylandi. Faqatgina bunga o'rganib qolib, qaram bo'lib qolmasak bo'ldi.

@AIDARSLAR
🔥5👍2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ma'lumotlarga asoslangan motion video yaratdim.

Astradan Buxoro shahridagi kafe va restoranlarning TOP 10 reytingini video sifatida yarat deb so'radim. Ma'lumotlarni yandeks maps dan olishni ta'kidlab o'tdim.

U Yandeks maps ga kirib Buxoro shahridagi kafe va restoranlarni ro'yxatini tuzdi (178 ta). Keyin shu ro'yxatdan eng ko'p ijobiy ovoz olgan restoranlarni saralab chiqib video yaratdi. Bu ishlarni bajarish uhun 15 daqiqa sarfladi.

@AIDARSLAR
👍6🔥2👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
GPT Astra Kanye West ning rasmini Google kalendarda chizmoqda.

Tokenlarni bekorga sarflamaylik, birodarlar!

@AIDARSLAR
👍6🤯4🤔1
OpenAI ChatGPT Images 2.5 ni taqdim etdi.

OpenAI ChatGPT ichidagi tasvirlar generatorini yangiladi. Yangi model retsenz / namuna (referens)dagi insonlar qiyofasini yaxshiroq saqlab qoladi, ayrim detallarni aniqroq tahrirlaydi va avvalgi versiyaga qaraganda tasvirlarni 50% gacha tezroq yaratadi.

Asosiy yangilanish tahrirlash jarayoniga tegishli. Undan aniq bir obyekt, fon yoki matnni almashtirishni so‘rash mumkin — model qolgan kompozitsiyani o‘zgartirmaslikka harakat qiladi. Ketma-ket bir nechta o‘zgartirishlar kiritilganda ham sifat va avvalgi tahrirlar ancha barqaror saqlanadi.

ChatGPT’da Sketch funksiyasi paydo bo‘ldi. Endi bevosita chat ichida xona, kiyim yoki istalgan kompozitsiyaning xomaki eskizini chizish, unga tavsif qo‘shish va shu asosda tayyor tasvirni olish mumkin.

Shuningdek, posterlar, merch va boshqa ommabop formatlar uchun shablonlar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasm ustiga izoh (kommentariy) qoldirish hamda tasvirni prompte bilan birga ulashish imkoniyati qo‘shildi.

@AIDARSLAR
👍4🔥21
Suno v6 taqdim etildi.

Neyrotarmoq ilk bor yirik musiqa leybllari bilan hamkorlikda ishlab chiqildi. Endi u butun trekni qayta yaratmasdan, qo‘shiqdagi alohida qatorlarni o‘zgartira oladi hamda stemlar bilan ancha aniq ishlaydi - kompozitsiyadan gitara, vokal yoki istalgan boshqa cholg‘u asbobini alohida ajratib olish mumkin.

Tizim ichida uchta versiya mavjud:
v6 - toza va kutilgan natija olish uchun asosiy variant;
v6-wild - tajribalar hamda noodatiy, ammo qiziqarli g‘oyalar uchun;
v6-mini - barcha uchun tezkor va bepul model.

Promtlar uchun matn, audio, ovoz, rasm va videolar mos keladi.
🔥3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Remove slop” - Ushbu prompt GPT-Image 2.5 tasvirlaringizdagi asl detallarni saqlab qolgan holda, ularga tabiiyroq, “inson qo‘li tekkan” ko‘rinish berishda yordam beradi.

@AIDARSLAR
👍52
Sun'iy intellektlar yordamida raqamli mahsulotlar yaratish juda qulay.

Ma'lumotlar bepul dostupda internetda to'la. Lekin strukturalangan ma'lumot o'z qiymatiga ega. Strukturalangan ma'lumotlardan iborat raqamli mahsulotlar yaratishni boshladim

Insta ilmoqlar to'plami
🔥6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Google, Sheets’ni mini-ilovalar konstruktoriга aylantirdi.

Google Sheets’da Sheets canvas funksiyasi paydo bo‘ldi. Gemini 3.8 Flash asosida ishlaydigan bu funksiya jadvaldagi ma’lumotlarni oddiy matnli so‘rov orqali interaktiv mini-ilovaga aylantiradi. Hech qanday kod yozish shart emas.

Masalan, vazifalar ro‘yxatidan Kanban doskasi, hisobotdan to‘liq dashboard, moliyaviy modeldan esa interaktiv prognoz yaratish mumkin. Bundan tashqari, tadbirlar jadvali, ustuvorlik matritsalari va jamoaviy breynstorming uchun doskalar ham qo‘llab-quvvatlanadi.

Eng qulay tomoni, hammasi asl jadval bilan bog‘langan. Kartochkani boshqa joyga ko‘chirsangiz, mas’ul shaxsni o‘zgartirsangiz yoki interfeys orqali yangi band qo‘shsangiz, ma’lumotlar jadval kataklarida ham avtomatik ravishda yangilanadi.

Natijada Google Sheets ichida deyarli to‘liq no-code ilovalar konstruktori hosil bo‘ladi. Kerakli interfeysni oddiy so‘zlar bilan tasvirlaysiz, Gemini esa uni mavjud ma’lumotlar asosida yaratib beradi.

Sheets canvas hozirning o‘zida Google Workspace Business va Enterprise’ning ayrim tariflarida, shuningdek Google AI Pro va Ultra foydalanuvchilari uchun mavjud.

@AIDARSLAR
🔥7
Anthropic rahbari ilg‘or AI rivojini sekinlashtirishga chaqirdi

Dario Amodei eng kuchli AI modellarining rivojlanish sur’atini cheklash kerakligini aytdi. Uning fikricha, tadqiqotlarni to‘xtatish emas, balki xavfsizlik tizimlariga AI imkoniyatlari ortidan yetib olish uchun vaqt berish zarur.

Sababi, AI allaqachon yangi avlod AI tizimlarini yaratishda yordam bermoqda va bu jarayon insonlarning ularni tushunish hamda nazorat qilish qobiliyatidan tezlashib ketishi mumkin.

Amodei mustaqil auditorlar nazorati, kompaniyalar uchun umumiy xavfsizlik standartlari va kelajakda xalqaro cheklovlarni taklif qilmoqda. Anthropic esa tashqi tekshiruvchilarga ichki jarayonlarga keng kirish imkonini bermoqchi.

Uning bahosicha, kuchli AI modellar paydo bo‘lishini hatto 1–2 yilga sekinlashtirish xavflarni sezilarli kamaytirishi mumkin.

P.S: Xa, sekinlashsin, biz moslahish va o'rganishga ulgurmayapmiz 😎

@AIDARSLAR
👍2👏1😐1