AI darslar / Akmaljon Abdullayev
528 subscribers
128 photos
89 videos
1 file
30 links
Sun'iy intellektlar bo'yicha fikrlar, maslahatlar va darslar

Admin @abakan1212
Download Telegram
Yana bir yangilik bor. Manus ham vaqtinchalik bepul ishlatish imkonini beribdimish.

Hali o'zim ishlatib ko'rmadim. Avgust oyi imkoniyatlarga boy oy bo'lmoqda.

@AIDARSLAR
🔥5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko'cha intervyusi yo'nalishida FLUX 3 da video generatsiya qilib ko'rdim.

Bu yo'nalish bilan qiziqarli reelslar olsa bo'ladi. Bir sinab ko'rish kerak, qani instagramda qancha prosmotr olib bilarkanman.

@AIDARSLAR
🔥3
Yana bir yangilik bor, lekin bu safar ogohlantirish. Manus Meta’dan ajralarkan, ba’zi foydalanuvchilarning 29 dekabr 2025 dan keyingi ma’lumotlari 23–24 avgustda o‘chiriladi.

Agar ilovada xabar chiqqan bo‘lsa, 23 avgust ertalab 4:59 gacha (Toshkent) manus.im/backup dan zaxira qilib qo‘ying. 25 avgust 5:00 dan qayta ochiladi.

@AIDARSLAR
🔥1
Bugun Grok botni amalda sinab ko'rdim.

Grok botni Ai hamkasb sifatida reklama qilishgandi. Men uni hamkasb emas, juda yaxshi yordamchi degan bo'lardim.

Grok bot ning ichida bir nechta AI agentlar yaratishingiz mumkin. Ular turli xil vazifalarni bajaradi. Ularga alohida virtual kompyuter ajratilib, barcha amallar o'sha orqali bajariladi.

Grok botga mening telegram kanalimga kirib mening uslubimda AI yangilik yoz dedim. Agent meni nomindan telegramga kirib mening uslubimda post yozdi.

Keyin boshqa bir kanalimga rus kanaldan post olib tarjima qilib post qoldirishni so'radim. Uni ham a'lo darajada bajardi.

Avval shu ishni bajarish uchun make com da yoki n8n da alohida workflow nastroyka qilish kerak edi.

@AIDARSLAR
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ChatGPT har qanday fotosuratdan stikerlar yasashni o‘rgandi

Kutmagan edingiz, ammo ChatGPT Images bo‘limida alohida Stickers rejimi paydo bo‘ldi. Endi fotosurat yuklab, biror hazil yoki qahramonni tavsiflab berish orqali orqa foni shaffof (transparent) bo‘lgan tayyor stikerlar to‘plamini olish mumkin.

So‘ngra ularni iMessage yoki WhatsApp’da ishlatishingiz mumkin. Shaffof fon endi nafaqat stikerlar, balki oddiy tasvirlar uchun ham ishlaydi.

Funksiya Images bo‘limida joylashgan. U yerda shunchaki Stickers bandini tanlash va qanday natija olmoqchi ekanligingizni yozish kifoya.

@AIDARSLAR
🤝5🔥1
AI SLOP dan charchamaganlar uchun Cheksiz AI SLOP strim sayti ishga tushibmish. Foydalanuvchilar strim chatiga kirib prompt yozadilar. Sayt esa navbat bilan generatsiya qilingan videolarni ko'rsatib boradi uzluksiz tarzda.

G'oya muallifining ta'kidlashicha uzluksiz videoni API orqali generatsiya qilish uchun bi kunga 4k AQSH dollari kerak bo'larkan. Ushbu xarajatni sayt sponsori FAL AI o'z bo'yniga olibdi.

Hozirning o'zida saytni +1000 kishi kuzatmoqda infiniteslop.ai
👍4🔥1
Grokbot ni sinashda davom etyapman.

Ushbu kanal uchun kontent yaratishda maqsadli auditoriyani ko'p qiziqtiradigan mavzularni izlashni Grokbot ga vazifa qilib berdim.
AI creatorlar to'plangan telegram guruhhni oxirgi 10 kundagi xabarlarni to'liq o'qib chiqib, 10 kunlik muhokamadan TOP10 savolni saralab berdi.

Bu usul bilan auditoryiani nimalar qiziqtirayotganini tezroq aniqlash mumkin. Raqobatchilarning auditoriyasini topib ularning dardlarini eshhitib, shu dardlariga yechim beradigan kontent tayyorlasgh imkonini beradi.

Agar ushbu yo'nalish qiziq bo'lsa olovchalarni bosib tashlanglar, eksperimentlar va insaytlarni yozishda davom ettiraman.
🔥10🤔1
GPT da Shortcut lar (qisqa buyruqlar) borligini bilarmidingiz?

Uzuuundan uzun promptni yozib o'tirgandan ko'ra bitta qisqa buyruqni / slesh orqali bersangiz bo'ladi.

Misol ucun chatgptga rasmni yuklaysiz va quyidagi buyruqni yozsangiz rasmdagi natijalarni olasiz

1. Yuklangan rasm (referens rasm)
2. /packshot
3. /explodedview
4. /blueprint

P.S: 50 ga yaqin shunga o'xshash qisqa buyruqlarni topib qo'ydim. 20 ta olovcha qo'ysangizlar sizlar bilan ularni ulashaman.

@AIDARSLAR
🔥24👏2🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Claude Fable 5.1 va Claude Mythos 5.1 modellarini taqdim etildi.

Ular dasturlash va intellektual vazifalarni bajarish uchun dunyodagi eng ilg‘or modellardir.

P.S: Hozircha

@AIDARSLAR
🔥9
AI darslar / Akmaljon Abdullayev
GPT da Shortcut lar (qisqa buyruqlar) borligini bilarmidingiz? Uzuuundan uzun promptni yozib o'tirgandan ko'ra bitta qisqa buyruqni / slesh orqali bersangiz bo'ladi. Misol ucun chatgptga rasmni yuklaysiz va quyidagi buyruqni yozsangiz rasmdagi natijalarni…
Va'da qilganimdek ChatGPT uchun Shortkatlar to'plamini diqqatingizga havola etaman.

Buyum va mahsulotlarni suratga olish
/packshot
Mahsulotni toza fonda suratga olish
/productphoto
Reklama uchun mahsulot fotosurati
/explodedview
Obyektning alohida qismlarga ajratilgan ko‘rinishi
/cutaway
Korpusning bir qismi kesib olingan, ichki tuzilishi ko‘rinadi
/crosssection
Ko‘ndalang yoki bo‘ylama kesim
/xray
Shaffof korpus orqali ichki qismlar ko‘rinadi
/transparent
Yarim shaffof obyekt

Chizmalar va texnik vizualizatsiya
/blueprint
Texnik chizma
/technicaldrawing
Texnik illyustratsiya
/schematic
Prinsipial sxema
/wireframe
Karkasli 3D-model
/cad
CAD uslubidagi vizualizatsiya
/orthographic
Perspektiv buzilishlarsiz old, yon va orqa ko‘rinishlar
/isometric
Izometrik ko‘rinish

Arxitektura
/floorplan
Xonaning tepadan ko‘rinishdagi rejasi
/siteplan
Hududning bosh rejasi
/elevation
Binoning fasad ko‘rinishi
/section
Arxitekturaviy kesim

Sxemalar va infografika
/infographic
Infografika
/diagram
Obyekt yoki jarayon sxemasi
/flowchart
Jarayonning blok-sxemasi
/labeled
Qismlarning nomlari ko‘rsatilgan tasvir
/annotated
Izohlar va tushuntirishlar qo‘shilgan tasvir

Rakurslar va optika
/macro
Makrosuratga olish
/aerial
Havodan ko‘rinish
/droneview
Dron yordamida suratga olish
/birdseye
Tik tepadan ko‘rinish
/wormseye
Juda past nuqtadan suratga olish
/wideangle
Keng burchakli perspektiva
/telephoto
Uzun fokusli obyektiv bilan suratga olish
/fisheye
«Baliq ko‘zi» effekti

Fotografiya uslublari
/cinematic
Kinematografik uslubdagi fotosurat
/photoreal
Fotorealizm
/studiolighting
Studiya yoritishi

3D va materiallar
/clayrender
Bir rangli, loy model ko‘rinishidagi render
/lowpoly
Kam poligonli 3D
/highpoly
Yuqori darajada detallashtirilgan 3D-model
/matte
Xira, yaltiroq bo‘lmagan sirt
/glossy
Yaltiroq sirt
/chrome
Xromlangan material
/glass
Shisha

Dizayn
/conceptart
Konsept-art
/productdesign
Mahsulotning sanoat dizayni
/characterdesign
Personaj dizaynini yaratish
/environmentdesign
Muhit dizayni

Badiiy uslublar
/watercolor
Akvarel
/oilpainting
Moybo‘yoq bilan ishlangan rasm
/pencilsketch
Qalamda chizilgan eskiz
/inkdrawing
Tush bilan chizilgan rasm
/comicbook
Komiks
/manga
Manga
/anime
Anime
/noir
Nuar
/cyberpunk
Kiberpank

Buyruqlarni ketma-ket birlashtirish mumkin.
Masalan:
/productphoto /macro /studiolighting /photoreal
yoki
/explodedview /isometric /technicaldrawing
yoki
/cinematic /wideangle /noir

@AIDARSLAR
🔥6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Welcome to the AGI era

OpenAI GPT-6 Astra’ni chiqardi va ilk bor o‘zi AGI sun’iy umumiy intellekt davri haqida gapirmoqda.

Model kompyuterni boshqarishga mo‘ljallangan. Bu shunchaki chat emas, balki kompyuterda mustaqil ishlaydigan agent: shakllarni to‘ldiradi, tadqiqot olib boradi, elektron pochtani saralaydi va kodni tahrirlaydi.

OSWorld 2.0 sinovida Astra har bir vazifaga 40 daqiqa sarflab, 72,6% natija qayd etdi. Oldingi GPT-5.6 Sol modeli esa 65,7% natijaga erishish uchun 75 daqiqa sarflagan.

ExploitBench - dasturiy ta’minotdagi zaifliklarni aniqlash sinovida esa Astra 100% natija ko‘rsatdi. Sol’da bu ko‘rsatkich 78,5% edi.

@AIDARSLAR
🔥9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
GPT-6 Astrani sinayapman.

Motion videolar yaratish imkoniyati ham bor ekan. GPT-6 Astraning o'zi matnni yozib rasmlarni generatsiya qilib ushbu videoni yaratdi.

@AIDARSLAR
🔥6