AGROKIMYOVIY TAHLIL MARKAZI
394 subscribers
3.04K photos
150 videos
1 file
791 links
Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'simliklar karantini va himoyasi agentligi Respublika Agrokimyoviy tahlil markazining rasmiy kanali.

+99871 260 42 20
https://agrokimlab.uz
Download Telegram
🔐 SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLARINGIZ — SIZNING HUQUQLARINGIZ!

Har bir fuqaro o‘ziga doir ma’lumotlar qanday to‘planayotgani va undan qanday foydalanilayotganini bilishga haqli.

📌 Siz quyidagi huquqlarga egasiz:
🔹 O‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlar mavjudligini bilish;
🔹 Ma’lumotlarga ishlov berish haqida axborot olish;
🔹 Ma’lumotlardan foydalanish maqsadini bilish;
🔹 Ma’lumotlaringizdan kimlar foydalanayotganini bilish;
🔹 Huquqlaringiz buzilgan taqdirda vakolatli davlat organiga yoki sudga murojaat qilish.

✍️ Shuningdek, qonunda belgilangan tartibda bergan roziligingizni qaytarib olishingiz mumkin.

⚖️ Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni.

📚 O‘z huquqlaringizni biling va shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qiling!

🌐agrokimlab.uz/
✅ telegram
🌐 Facebook
🔥YouTube
📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡1
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan futbol musobaqasi o‘tkazildi

⚽️ O‘zbekiston respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tizim tashiklotlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazilmoqda.

🖋 Bellashuvlarda 4 ta guruhga bo‘lingan holda jami 16 ta jamoa ishtirok etadi. Birinchi bosqichda "A" va "B" guruhi jamoalari maydonga tushishdi.

🏃‍♂️ Ushbu murosasiz, keskin va qiziqarli kechgan bahslarda Markazimiz jamoasi ham munosib tarzda faol ishtirok etishdi. Xodimlarimiz nafaqat ish faoliyatida, balki yashil maydonda ham haqiqiy jipslik, yuksak jamoaviy ruh, mahorat va g‘alabaga bo‘lgan kuchli iroda hamda shijoatlarini to‘liq namoyon etishdi.

⚽️ Futbol musobaqasining navbatdagi bosqichida "V" va "G" guruhidagi jamoalar maydonga tushadilar.

🤝 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu musobaqa sport orqali jamoalarni birlashtirib, sog‘lom raqobat va do‘stlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Zero, sog‘lom va ahil jamoa — samarali mehnat va yuksak natijalarning muhim omilidir.

🌐 agrokimlab.uz/
✅ telegram
🌐 Facebook
🔥 YouTube
📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2⚡1
ICHKI TURIZM — MILLIY MEROSIMIZNI ANGLASH, TARIXIMIZNI O‘RGANISH VA QADRLASH YO‘LIDA

📍Bugungi kunda yurtimizda ichki turizmni rivojlantirish, fuqarolarning tarixiy-madaniy maskanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy qadriyatlarimiz va boy ma’naviy merosimizni keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda Respublika agrokimyoviy tahlil markazi hamda Toshkent viloyati agrokimyoviy tahlil markazi xodimlari ishtirokida poytaxtimizdagi muhim tarixiy-ma’rifiy maskanlardan biri — Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif tashkil etildi.

🕌 TARIX VA MA’RIFAT UYG‘UNLIGI
Tashrif davomida xodimlar Islom sivilizatsiyasi markazining o‘ziga xos me’moriy qiyofasi, unda mujassam etilgan tarixiy va madaniy meros namunalari bilan yaqindan tanishdilar.
Markazda ajdodlarimizning ilm-fan, ma’rifat va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, Movarounnahr zaminidan yetishib chiqqan buyuk allomalar va mutafakkirlarning jahon sivilizatsiyasidagi beqiyos o‘rni haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lindi.
Ayniqsa, tarixiy qo‘lyozmalar, nodir manbalar, qadimiy ashyolar va milliy merosimizni aks ettiruvchi eksponatlar xodimlarda katta taassurot qoldirdi.

🌿 MA’NAVIY HORDIQ VA JAMOAVIY BIRDAMLIK
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tashriflar nafaqat xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, balki ularning dunyoqarashini kengaytirish, tariximiz va milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, jamoaviy sayohatlar xodimlar o‘rtasidagi samimiy munosabatlarni mustahkamlash, o‘zaro hamjihatlik va birdamlikni oshirishga xizmat qiladi.
Zero, o‘z tarixini bilgan, milliy merosini qadrlagan insonning kelajakka bo‘lgan ishonchi ham mustahkam bo‘ladi.

🇺🇿 Yurtimizning har bir go‘shasida o‘ziga xos tarix, betakror madaniyat va bebaho meros mujassam. Ularni o‘rganish, asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish barchamizning ezgu vazifamizdir.

Respublika agrokimyoviy tahlil markazi hamda Toshkent viloyati agrokimyoviy tahlil markazi jamoalari tomonidan amalga oshirilayotgan bunday tashriflar xodimlarning ma’naviy dunyosini boyitish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish va yurtimizning tarixiy maskanlarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

🌐 agrokimlab.uz/
✅ telegram
🌐 Facebook
🔥 YouTube
📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3⚡1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 PREZIDENT ADMINISTRATSIYASI — YANGI KONSTITUTSIYAVIY QONUN ASOSIDA

📌 O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni qabul qilindi.

❓ Prezident Administratsiyasi nima bilan shug‘ullanadi?
❓ Uning asosiy vazifalari va vakolatlari nimalardan iborat?
❓ Davlat organlari bilan qanday hamkorlik qiladi?
❓ Prezident hujjatlarining ijrosi qanday nazorat qilinadi?

🎬 Ushbu videoda qonunning eng muhim jihatlarini qisqa va tushunarli tarzda ko‘rib chiqamiz:

🔹 Administratsiyaning huquqiy maqomi
🔹 Asosiy prinsip va vazifalar
🔹 Vakolatlar va ijroni ta’minlash mexanizmi
🔹 Davlat organlari bilan hamkorlik
🔹 Monitoring va nazorat
🔹 Ochiqlik va jamoatchilik bilan muloqot
🔹 Davlat xizmatchilarining mas’uliyati va javobgarligi

⚖️ Qonunni bilish — huquqiy savodxonlikning muhim qismi.

📍 O‘RQ-1166-son, 14-avgust 2026-yil

🌐 agrokimlab.uz/
✅ telegram
🌐 Facebook
🔥 YouTube
📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡1
🌱 TUPROQ TAHLILI — YUQORI HOSIL VA OQILONA O‘G‘ITLASHNING MUHIM OMILI

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida yuqori va sifatli hosil yetishtirish bilan bir qatorda, mineral o‘g‘itlardan ilmiy asosda, me’yorida va samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bunda eng avvalo tuproqning agroximiyaviy holatini chuqur o‘rganish talab etiladi.

🧪 Tuproq tahlili nima uchun kerak?
Tuproq tarkibidagi oziqa elementlarining miqdori barcha maydonlarda bir xil bo‘lmaydi. Bir hududda azot yetarli bo‘lishi mumkin, boshqa maydonda esa fosfor yoki kaliy miqdori kam bo‘lishi mumkin.
Shu sababli barcha maydonlarga bir xil miqdorda o‘g‘it berish har doim ham kutilgan natijani bermaydi.
Laboratoriya tahlili orqali tuproqning asosiy agroximiyaviy ko‘rsatkichlari aniqlanib, mavjud holatga mos ravishda o‘g‘itlash bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqiladi.

🌾 To‘g‘ri tahlil — to‘g‘ri qaror
Tuproqni tahlil qilish orqali:
🔹 o‘simlik uchun zarur oziqa elementlari miqdorini aniqlash;
🔹 tuproqdagi mavjud oziqa zaxirasini baholash;
🔹 o‘g‘itlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;
🔹 ortiqcha o‘g‘it sarfining oldini olish;
🔹 o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligini oshirish;
🔹 tuproq unumdorligini saqlash va oshirish imkoniyati yaratiladi.

👨‍🔬 Agrokimyoviy tahlil markazi mutaxassislari tomonidan hududlarda tuproq namunalarini olish, laboratoriya sharoitida tahlil qilish hamda olingan natijalar asosida tegishli tavsiyalar berish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, dalalarda olib borilayotgan amaliy ishlar davomida fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi sohasi vakillariga tuproq tahlilining ahamiyati, o‘g‘itlardan oqilona foydalanish va tuproq unumdorligini saqlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.

🌱 Unumdor tuproq — mo‘l hosil garovi.
🧪 Tuproqni tahlil qiling.
📊 Natijaga asoslaning.
🌾 O‘g‘itdan samarali foydalaning.
💚 Tuproq unumdorligini asrang.



🌐 agrokimlab.uz/
✅ telegram
🌐 Facebook
🔥 YouTube
📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2⚡1
🔬Farg'ona viloyatiga zamonaviy laboratoriya uskunalari olib kelindi

📄 Davlatimiz rahbarining 2026-yil 12-maydagi “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya sohalarida yagona davlat boshqaruvi va nazorat tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–84-son Farmoni bilan “daladan dasturxongacha” tamoyili joriy etilmoqda.

🍃 Yangi yondashuv aholini xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashni maqsad qilgan bo'lib, xalqaro standartlar asosida nazorat mahsulot yetishtirish, ishlab chiqarish jarayonining o'zidan boshlanadi.

🔬 Farg‘ona viloyatida Agrokimyo va tuproq tahlili markazida zamonaviy laboratoriya infratuzilmasining yaratilishi sohadagi imkoniyatlarni sezilarli darajada kengaytirdi.

🧑‍🔬 Markazga eng so‘nggi zamonaviy laboratoriya jihozlarining keltirilishi natijasida tuproq va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi 500 dan ortiq turdagi pestitsid qoldiqlari, og‘ir metallar va nitratlarni aniqlash imkoniyati yaratildi.

🌐Telegram 💬Facebook
📷 Instagram 📺Youtube
✖Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6⚡1
🌱 TUPROQ UNUMDORLIGI VA IQTISODIY TEJAMKORLIK 🧪

🌿 Sideratsiya texnologiyasi — qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan yuklamani kamaytirish, tuproqdagi gumus (chirindi) miqdorini oshirish va ekinlardan yuqori hamda sifatli hosil olishning eng samarali ekologik usullaridan biri hisoblanadi. 🌍
💡 Ma’lumki, mineral o‘g‘itlarning narxi yildan-yilga oshib borishi bilan birga, ularni haddan tashqari ko‘p qo‘llash tuproq strukturasini buzadi va sho‘rlanish jarayonlarini kuchaytiradi. Shu bois, tabiiy va tejamkor yechim sifatida sideratlarni joriy etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 📉

🔬 1. Sideratlarning tuproqqa va o‘simlikka ilmiy asoslangan ta’siri
🦠 Azot bilan tabiiy ta’minlash: Dukkakli ekinlar (mosh, no‘xat, beda turlari) ildiz tizimidagi tugunak bakteriyalari orqali havodagi erkin azotni o‘zlashtirib, tuproqda to‘playdi.
🌾 Gumus zaxirasini boyitish: Yashil massa tuproqqa haydalilganda mikroorganizmlar faolligi keskin oshib, organik moddalar (gumus) miqdori ko‘payadi. Bu esa tuproqning suv sig‘imi, havo o‘tkazuvchanligi va mexanik tarkibini tubdan yaxshilaydi. 💧
🛡 Ekotizim va fitosanitar holat: Sideratlar tuproqdagi o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan birikmalarni (fosfor va kaliyning qiyin eruvchi shakllarini) o‘simliklar o‘zlashtira oladigan holatga keltiradi, shuningdek, begona o‘tlar va kasallik tarqatuvchilarning tarqalishini jilovlaydi.

📊 2. Biometrik ko‘rsatkichlar va taqqoslama tahlil
Ilmiy-amaliy kuzatishlar va tahlillarga ko‘ra, sideratsiya jarayonining samaradorligi quyidagi raqamlarda yaqqol namoyon bo‘ladi:
⚖️ Asosiy ko‘rsatkich: 1 gektar yerga o‘rtacha 35–45 tonna yashil massa haydab yuborilganda, tuproqqa sof holda 150–200 kg azot qo‘shiladi.
🐂 Bu ko‘rsatkich hajm va ta’sir kuchi jihatidan o‘rtacha 35–40 tonna sifatli go‘ng berishga teng yoki ba'zi holatlarda undan ham yuqori samaradorlik ko‘rsatadi. 📈
⚗️ Fosfor va kaliy balansi: Ko‘kat o‘g‘itlar tarkibida azot miqdori go‘ngdagiga nisbatan yuqori bo‘lib, fosfor va kaliy elementlari nisbatan mo‘tadil miqdorda saqlanadi. Kompleks oziqlanish uchun ularni mineral o‘g‘itlarning kichik me’yori bilan birgalikda qo‘llash eng yuqori natija beradi. ✨
🌾 3. Respublikamiz sharoitida ekiladigan asosiy siderat turlari
Tuproq-iqlim sharoitimizga mos keluvchi va yuqori yashil massa beruvchi ekinlar:
🫘 Dukkaklilar: Mosh, kuzgi no‘xat (chivaqi), lyupin, seradella, qashqarbeda, yovvoyi loviya, burchoq va shabdor (Eron bedasi).
🌱 Boshoqli va boshqa turdagilar: Kuzgi javdar, suli, raygras va bersim.

🚜 4. Agrotexnik tavsiyalar va qo‘llash muddati
Sideratsiya texnologiyasidan kutilgan yuqori samaroni olish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish tavsiya etiladi:

📅 Ekish muddati: Sideratlar asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari (paxta, g‘alla, sabzavotlar) yig‘ib olingandan so‘ng kuzda yoki erta bahorda ekinlar oralig‘ida ekiladi.
💧 Kislotalilik va namlik: Urug‘ unib chiqishi va o‘simlik jadal rivojlanishi uchun tuproqda yetarli namlik bo‘lishi shart.
🛠 Tuproqqa kiritish (haydash) muddati: Yashil o‘g‘itlar o‘simliklarning gullash arafasida yoki gullash boshlangan davrida o‘rib, darhol tuproqqa 15–22 sm chuqurlikda haydab yuborilishi kerak. Bu bosqichda poya va barglar yumshoq bo‘lib, tuproqda tez parchalanadi hamda mikroorganizmlar uchun ozuqaga aylanadi. 🌿

🌱 Agrokimyoviy tahlil markazining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga obuna bo’ling.

🌐 AGROKIMLAB.UZ 👈
📱 TELEGRAM 👈
📱 INSTAGRAM 👈
📱 FACEBOOK 👈
📱 YOUTUBE 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8⚡1
Bugun Respublika agrokimyoviy tahlil markazi jamoasi uchun alohida va quvonchli kun. Markazimiz direktori, o‘zining ko‘p yillik mehnat faoliyati, boy tajribasi, tashabbuskorligi, mas’uliyatli yondashuvi hamda jamoaga bo‘lgan e’tibori bilan hurmat qozonib kelayotgan Muxitdinov Vasliddin Najmitdinovichning tavallud ayyomi!

Hurmatli Vasliddin Najmitdinovich!

Sizni ushbu qutlug‘ sana — tavallud ayyomingiz munosabati bilan Respublika agrokimyoviy tahlil markazi jamoasi nomidan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!

Inson hayotida shunday sanalar borki, ular nafaqat bir yoshning yana bir pog‘onasini bosib o‘tganini, balki ortda qolgan yillar davomida amalga oshirilgan ezgu ishlar, erishilgan yutuqlar, orttirilgan tajriba va hayotiy saboqlarni sarhisob qilish uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Sizning mehnat faoliyatingiz ham fidoyilik, izlanish, mas’uliyat va el-yurt manfaatlariga xizmat qilishga bo‘lgan intilishlar bilan chambarchas bog‘liq.

Rahbar sifatida Sizning jamoani bir maqsad sari birlashtirish, har bir xodimning mehnatini qadrlash, ish jarayonlariga mas’uliyat bilan yondashish hamda oldimizga qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga yo‘naltirish borasidagi sa’y-harakatlaringiz alohida e’tirofga loyiq.

Bugungi kunda Respublika agrokimyoviy tahlil markazi oldida turgan muhim va mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirishda rahbariyatning to‘g‘ri yo‘nalishi, jamoaning hamjihatligi va har bir xodimning o‘z ishiga bo‘lgan mas’uliyatli munosabati muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan, Sizning rahbarlik faoliyatingiz davomida markazning rivoji, ish samaradorligini oshirish, jamoada sog‘lom va do‘stona muhitni mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz tahsinga sazovordir.

Sizga xos bo‘lgan vazminlik, talabchanlik, mas’uliyat, odamlar bilan to‘g‘ri va samimiy munosabat o‘rnatish, har bir masalaga chuqur yondashish kabi fazilatlar jamoa orasida Sizga bo‘lgan hurmat va ishonchni yanada mustahkamlab kelmoqda.

Muhtaram Vasliddin Najmitdinovich!

Sizga, avvalo, mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, qalb hotirjamligi va uzoq umr tilaymiz. Har bir yangi kuningiz quvonchli xabarlar, ezgu niyatlar va ulkan muvaffaqiyatlar bilan boshlansin.

Kelgusidagi mas’uliyatli faoliyatingizda yangi marralar, katta yutuqlar va ulkan zafarlar hamisha hamrohingiz bo‘lsin. Siz boshchilik qilayotgan jamoaning bugungi yutuqlari yanada mustahkamlanib, kelgusida bundan-da katta natijalarga erishish nasib etsin.

Hayotingizda xonadoningiz fayzi, oilangiz mehr-muhabbati va yaqinlaringiz e’tibori hech qachon arimasin. Farzandlaringiz va yaqinlaringizning baxt-u kamolini ko‘rib, ularning yutuqlaridan doimo faxrlanib yurish baxti nasib etsin.

Har bir ezgu maqsadingiz ro‘yobga chiqsin, boshlagan xayrli ishlaringiz samarali yakun topsin. Mehnat faoliyatingiz davomida xalqimiz, sohamiz va jamoamiz ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz doimo munosib e’tirof etilib, yangi imkoniyatlar eshigi ochilib boraversin.

Yangi yoshingiz hayotingizdagi yangi va yanada go‘zal sahifalarning boshlanishi bo‘lsin!

Hurmatli Vasliddin Najmitdinovich!

Sizni yana bir bor tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik, baxt-saodat, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam iroda va kuch-g‘ayrat tilaymiz. Har doimo el-yurt ardog‘ida, hamkasblaringiz hurmatida, yaqinlaringiz mehrida bo‘lib yuring!

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Yangi yoshingiz qutlug‘ va barakali kelsin!

Hurmat bilan,
Respublika agrokimyoviy tahlil markazi jamoasi
1👍32⚡4🔥4