АДУ, Сиртқи (махсус сиртқи) бўлими.
1.39K subscribers
2.07K photos
100 videos
621 files
3.96K links
Download Telegram
⚡️MAQSADLI QABUL KVOTASI-2023
#abituriyent 

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN

Respublika miqyosda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jami 3 ming 803 ta (o‘tgan yilgidan 183 taga ko‘p) davlat granti bo‘yicha alohida kvota ajratilgan.

▪️Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi
2 542 ta;
sirtqi981 ta;
kechki223 ta;
masofaviy57 ta.

ESLATMA: ushbu imtiyozli kvotalar tanlangan beshta yo‘nalishga ham o‘tadi. Oddiy holatda imtiyozlar faqat birinchi yo‘nalishga taalluqli bo‘lar edi, ammo nogironligi bor shaxslar uchun istisno sifatida beshalasiga ham o‘tishi belgilangan.

Qoida bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning maʼlumotlari my.uzbmb.uz  saytida avtomatik o‘zi chiqadi. Qo’lda kiritish shart emas.

Nogironligi bor shaxslarga 2% ball qo‘shib beradimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Ayrim pedagogika yo’nalishlarida staj bo’lmasa ham sirtqi ta’limga hujjat topshirishga ruxsat berildi
#abituriyent

Avval xabar berganimizdek, pedagogika sohasida sirtqi ta’lim shakliga umumiy qabul to’xtatilgan edi. Ya’ni 14 ta pedagogik yo’nalishda sirtqi ta’lim butunlay yopilgan (ro’yxati yuqoridagi suratda), qolgan yo’nalishlarga esa faqat 5 yil pedagogik stajga ega xodimlargina hujjat topshira oladigan bo’lgandi.

Aytaylik, joriy yilda maktabni tugatgan abituriyent hech qaysi pedagogika yo’nalishiga sirtqi ta’lim uchun hujjat topshira olmas edi (kunduzgi va kechki ta’limda bunday taqiq yo’q).

Endilikda Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan, ayrim pedagogik yo’nalishlarning sirtqisiga hujjat topshirishga ruxsat berildi. Aniqrog’i 5 yillik staj talab etiladigan yo’nalishlarning aniq ro’yxati tasdiqlandi. Bular:

🔹 boshlang‘ich ta’lim;
🔹 tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
🔹 musiqa ta’limi;
🔹 jismoniy madaniyat;
🔹 texnologik ta’lim.

👆Mana shu 5 ta yo’nalishning sirtqi ta’lim shakliga xalq ta’limi tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lib, hozirda ushbu tizimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan pedagog xodimlar abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘ta oladi. Boshqalarga hujjat topshirishga ruxsat yo’q.

Quyidagi yo’nalishlarning sirtqisiga esa istalgan abituriyentlar hujjat topshira oladi:

🔸Pedagogika;
🔸Maktabgacha taʼlim;
🔸Tarix;
🔸Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport;
🔸Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi.

Ushbu ta’lim yo‘nalishlarining sirtqisiga hujjat topshirish uchun pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish staji talab etilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
“Perevod” imtihonida qaysi fanlardan imtihon bo’ladi?
#abituriyent

Xorijdagi OTMlardan yoki yurtimizdagi nodavlat va xorijiy OTMlardan davlat oliygohlariga o’qishni ko’chirish uchun talabgorlar imtihon topshirishlari kerak. Imtihonda belgilangan o’tish balini olgan talabalarga “perevod” uchun ruxsat beriladi.

2023-yil uchun o’tish ballari mana bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20079

Ko’pchilik joriy yilgi “perevod”da qaysi fandan imtihon olinishi haqida savol bermoqda. Buning javobi quyidagicha:

joriy yilgi “perevod”da o’tgan yilgi qabulda qaysi fanlardan imtihon olingan bo’lsa, o’shalardan imtihon olinadi. Bular:

👉 Majburiy fanlar bloki:
(barcha yo’nalish uchun tushadi)

1) Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili)
2) Matematika
3) O‘zbekiston tarixi

Uchala fanning har biridan 10 tadan savol tushadi, har biri uchun 1,1 ball beriladi.

Majburiy blokdan jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

👉 Taʼlim yo‘nalishiga mos mutaxassislik blokidagi fanlar:
(yo‘nalishiga qarab o‘zgaradi)

1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3,1 ball;
2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 2,1 ball.

Mutaxassislik fanidan jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

⌛️ O‘ylash uchun jami 3 soat vaqt.

XULOSA: joriy yil “perevod” imtihonida 5 ta fan, 90 ta savol, 189 maksimal ball.

Yurisprudensiya yo’nalishlarida qaysi fandan imtihon bo’ladi?

Buning javobi ham oddiy. O’tgan yili qaysi fandan test bo’lgan bo’lsa, bu yil ham shundan bo’ladi. Ya’ni o’tgan yili yurisprudensiya yo’nalishi uchun tarix fani 1-blok asosiy mutaxassislik fani bo’lgan. Shu sababli joriy yilgi “perevod” imtihonida ham tarixdan savol beriladi, huquqdan emas.

Chunki huquqdan birinchi marta bu yil test savollari tushadi. Bu degani kelgusi yilgi “perevod” imtihonlarida yurisprudensiya yo’nalishlari uchun huquqdan savol tushadi, tarixdan emas.


👉 @xushnudbek 👈
Xususiy OTMning litsenziyasi bekor bo‘lsa, uning talabalari taqdiri nima bo‘ladi?
#abituriyent

Oxirgi vaqtlarda nodavlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan yoki kirmoqchi bo‘lgan ko‘pchilikni shu savol qiziqtirmoqda.

Savol: Xususiy OTMning litsenziyasi bekor bo‘lishi mumkinmi?

Javob: Ha mumkin. Faoliyatida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan xususiy OTMning litsenziyasi vakolatli organning talabi bilan bekor qilinishi mumkin.

Savol: Bunday hollarda shu OTMda o‘qib turgan talabaning taqdiri nima bo‘ladi?

Javob: Talabalik maqomini yo‘qotmaydi.

Ilgari qonunchilikda bunga oid aniq qoida mavjud emasdi, boshqacharoq aytganda bu qonunchilikdagi bo'shliq edi. Prezidentning shu yil 3-iyuldagi PQ–200-son qaroriga muvofiq, litsenziyasi bekor qilingan ta’lim tashkiloti yoki yopilgan ta’lim dasturida o‘qiyotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga ko‘chirish huquqi berildi.

Ya'ni biror nodavlat OTMning litsenziyasi bekor bo'lsa va yopilib ketsa, o'sha yerda tahsil olayotgan talabalar DAVLAT va NODAVLAT ta'lim muassasalariga "perevod" qilishi mumkin. Bu risklarni biroz bo'lsa-da kamaytiradi.

💬 P/S: Albatta, shaxsan men birorta nodavlat OTM yopilmasligi tarafdoriman, chunki endi oyoqqa turayotgan xususiy ta'lim imidji uchun bu katta zarar bo'ladi, xalqimiz xususiy ta'limdan yanada ko'proq xavotirlanishni boshlaydi. Ammo hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin va shunaqa kutilmagan holatlar uchun ham qonuniy yechim yaratib qo'yishdi, shunisi yaxshi bo'ldi.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Chet tilidan ijodiy imtihon sanalari e’lon qilindi
#abituriyent

📆 17-23-iyul kunlari barcha hududlarda 8 ta OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladi.

Imtihon 2 bosqichda tashkil etilib:

1️⃣-bosqichda gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni — 17-20-iyul kunlari kompyuterda;

2️⃣-bosqichda tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini baholash imtihoni — 21-23-iyul kunlari qog‘oz shaklda bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishlari mumkin.

📌 Abituriyentlar imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Chet-tili-07-13

❗️ Izoh: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ruxsatnoma shakllantirilmaydi. Ularga chet tilidan maksimal ball beriladi.


👉 @xushnudbek 👈
‼️Hurmatli, abituriyentlar! Sizlardan iltimos, qayerda o‘qish niyatingiz bo‘lsa, hozirdan o‘sha yerga topshiring. Perevodni unuting.
#abituriyent

Mevachilik va uzumchilikka kirib, keyin shifokor bo‘laman, degan xomxayollarni miyangizdan chiqarib tashlang. Mevachilik qayerdayu tibbiyot qayerda.

Shifokor bo‘lmoqchimisiz, marhamat, hozir yaxshi o‘qing va jiddiy tayyorlaning, tibbiyot yo‘nalishlaridan biriga topshirib, yuqori ball bilan talaba bo‘ling.

Lekin “keyin perevod qivolaman” degan ko‘zbo‘yamachilikka bormang, Xudo xayringizni bersin, iltimos.

‼️ Yana bir iltimos, qaysi hududda o‘qish sizga qulay bo‘lsa, o‘sha hududga topshiring.

Ball pastroq bo‘larkan, deb uzoq hududga hujjat topshirib, o‘qishga kirgach, 1 yildan keyin “voy-dod, bu yerda qiynalib ketdimku, bizni dardimizni ham eshitadigan odam bormi, meni yashash joyimga, ota-onamning oldiga perevod qilinglar” deb nolib yurmang. Sizni hech kim boshqa hududga topshirsin, deb majburlayotgani yo‘q, qarorni o‘zingiz mustaqil qabul qilyapsiz, demak, o‘zingiz javob bering endi shunga.

Sharoitingiz bo‘lsa, boshqa hududga topshiring, sharoitingiz bo‘lmasa, topshirmang. Perevoddan umid qilmang. 99% holatda perevod qilolmaysiz.

‼️Kelajagingiz uchun masʼuliyatli bo‘ling, qaror qabul qilishda jiddiyroq yondoshing, iltimos.


👉 @xushnudbek 👈
Kimlar abituriyent sifatida o‘qishga topshira olishadi?
#abituriyent 

Yuqoridagi savolga bittada javob berishga harakat qilaman. Demak, OTMlarning bakalavriat bosqichiga quyidagilar hujjat topshira olishadi:

1️⃣ Umumiy o‘rta taʼlimning 11-sinfini tugatganlar.

Bunda barcha maktablar, shu jumladan Prezident va ijod maktablari, ixtisoslashgan va harbiy maktablar, litseylar, gimnaziyalar, kasb-hunar maktablari, xullas barchasi kirib ketadi. Muhim jihati albatta 11-sinf negizida shahodatnoma bo‘lishi kerak, 10-sinfni tugatib topshirib, talaba bo‘lib o‘qish imkoni yo‘q;

2️⃣ Professional va o’rta maxsus taʼlim tashkilotini tugatganlar.

Bunda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar kiradi. Faqat bir jihati, agar kollejga 9-sinfni tugatib kirganlar bo’lsa, hujjatni kollej diplomi bilan topshiradi, agar kollejga 11-sinfni tugatib kirgan bo’lsa, unda maktab shahodatnomasi bilan topshiradi.

Akademik litsey bitiruvchilari — diplomi bilan;
Texnikum bitiruvchilari — 11-sinf shahodatnomasi (yoki litsey diplomi) bilan topshiradi. Texnikum diplomi bilan emas.

3️⃣ Kasb-hunar kolleji va texnikumda o’qiyotganlar

Bugungi kunda professional ta’lim tashkilotida o’qiyotganlar garchi hali o’qishi tugamagan bo’lsa-da, bemalol hujjat topshira oladi. Faqat yuqorida aytganimdek, ular 11-sinf shahodatnomasi bilan topshiradi;

4️⃣ Oliy taʼlimda o‘qiyotgan talabalar.

Bunda hozirda O‘zbekistondagi davlat yoki nodavlat, shuningdek xorijdagi OTMlarda talaba bo‘lib o‘qiyotganlar maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin. O‘qishga kirgan taqdirda qayerda o‘qishini o‘zi tanlaydi, xohlasa hozirgi talabaligini davom ettiradi, xohlasa yangi kirgan joyida o‘qiydi.

Talabalarning o‘qishga topshirishi hech qanday muammo (masalan, o‘qishdan chetlatish) olib kelmaydi. Ammo Sizlardan iltimosim, shunchaki o‘yin uchun topshirib o‘tirmang, mabodo o‘qishga kirsangizu, keyin tashlab ketsangiz, bitta abituriyent joyini behudaga band qilgan bo‘lasiz, keyinchalik bo‘shab qolgan o‘ringa hech kimni olishmaydi;

5️⃣ OTMlarni tugatgan diplomli oliy maʼlumotlilar.

Allaqachon bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lgan shaxslar ham bemalol yana qayta bakalavriat bosqichiga hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Ular ham xuddi hozirgi talabalar singari maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishadi, universitet diplomi bilan emas. Bu yerda yana bir jihat, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lganlarning (grant yoki kontraktda o‘qiganligidan qatʼi nazar) ikkinchi marta talaba bo‘lishi faqat to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi. Yaʼni ular grantga daʼvogarlik qila olmaydi, kirsa ham faqat kontraktda o‘qishadi.

Xullas, mana shu yuqoridagi 5 ta toifadagi shaxslar bemalol my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Barchaga omad!


👉 @xushnudbek 👈