АДУ, Сиртқи (махсус сиртқи) бўлими.
1.39K subscribers
2.07K photos
100 videos
621 files
3.96K links
Download Telegram
Forwarded from Xushnudbek.uz
🔄 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish
#perevod

Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori.

1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:

1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;

2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).

Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham.

2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish

Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20079

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20258

‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi.

3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish

Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20079

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati:
https://t.me/xushnudbek/20258

2023-yilgi super-kontrakt narxlari:
https://t.me/xushnudbek/21116

4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlar o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring.

5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish

Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi (transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz sayti orqali emas). Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin.

8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish

Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala.

***

Arizalar quyidagicha qabul qilinadi:

➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;

➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga;

➡️ rektor nomiga yozma yoki OTMda mavjud elektron tizim orqali — bir davlat OTM ichida yo’nalish, fakultet, ta'lim shakli yoki tilini ko‘chirish.

☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:
◾️ ariza (onlayn tarzda);
◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli);
◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).


👉 @xushnudbek 👈
Иккинчи мутахассисликка ҳужжат топшириш йўриқномаси

Бугун иккинчи ва ундан кейинги таълим бўйича ўқишга кириш учун онлайн ҳужжат топшириш бошланди.

➡️ https://idum.uz/uz/archives/14311

————————

Инструкция по подаче документов на вторую специальность

В Узбекистане началась онлайн-подача заявок на поступление во второе и последующее образование.

➡️ https://idum.uz/ru/archives/14311


⚡️ @talim_obrazovaniye
👉 Ойлик маошни ҳисоблаш
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Moziy sadolari
MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT - O'RTA MAXSUS.pdf
1.7 MB
Madrasalarda imtihonlar 2024-2025 o'quv yilidan ushbu fanlar dasturi asosida  tashkillashtirilishi maqsad qilingan. Mavzular va ma'lumotlar umumiylashtirilgan holatda taqdim etilgan.

https://t.me/moziy_sadolari
O'ZBEKISTON TARIXI - O'RTA MAXSUS.pdf
7 MB
Madrasalarda imtihonlar 2024-2025 o'quv yilidan ushbu fanlar dasturi asosida  tashkillashtirilishi maqsad qilingan. Mavzular va ma'lumotlar umumiylashtirilgan holatda taqdim etilgan.

https://t.me/moziy_sadolari
Forwarded from Xushnudbek.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
#perevod

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi.

Joriy yilda bittagina o'zgarish bor. San'at sohasida o'tish bali oshirilibdi. O'tgan yili san'at sohasida o'tish bali 80 ball edi, joriy yilda 93 ball etib belgilanibdi. Boshqa yo'nalishlarda o'zgarish yo'q.

Yuqoridagi o’tish ballari quyidagilarga taalluqli:

1️⃣ xorijdagi OTMlardan yurtimizdagi davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga;
2️⃣ yurtimizdagi nodavlat OTMlar hamda xorijiy OTMlarning filiallaridan davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga.

ESLATMA: o’qishni ko’chirish bo’yicha arizalar 15-iyuldan onlayn qabul qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Xorijdan va xususiy universitetlardan imtihonsiz "perevod" qilsa bo‘ladimi?
#perevod

Yaqinda internetda bir video tarqaldi. Unda turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlarga imtihonsiz o‘qishni ko‘chirish mumkinligi haqida aytilgan. Buni ko‘rgan minglab talabalarning yuragiga g‘ulg‘ula tushdi, halovati yo‘qoldi. “Nahotki men imtihonsiz osongina davlat oliygohiga o‘qishimni ko‘chira olsam?” deya shirin orzularga berilishdi.

Lekin bu yerda siz bilishingiz kerak bo‘lgan 3 ta masala bor:

1️⃣ Birinchidan, videodagi gaplar yangilik emas, ushbu tartib 2022-yildagi Prezident qarorida belgilangan, ya’ni 2 yildan buyon amalda.

2️⃣ Ikkinchidan, xorijdan va xususiy oliygohlardan davlat OTMlarining mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishiga o‘qishni ko‘chirish bir martalik "super-kontrakt" to‘lab, imtihonsiz ko‘chirish mumkin. Ya’ni bu yo‘nalishga qarab 50 mln so‘mdan 250 mln so‘mgacha bo‘ladi.

O‘tgan yilgi "super-kontrakt" narxlari bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/21116

3️⃣ Uchinchidan, mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirayotganda 99% holatda talaba bitta kurs pastdan o‘qishni boshlaydi. Chunki o‘quv rejasidagi fanlardagi farqlar soni ko‘p bo‘ladi.

Masalan, 1-kursni xorijda yoki xususiy oliygohda o‘qib tugatgan talaba bir martalik super-kontrakt uchun pul topgan taqdirda ham, davlat universitetiga borganda 1-kursni yana qaytadan o‘qiydi, 2-kursdan davom ettirmaydi. Boshqacha aytganda 1 yil yo‘qotadi. Agar yuqori kurs bo‘lsa, unda 2-3 yil yo‘qotishi ham mumkin.

O‘zi umuman o‘qishni ko‘chirayotganda shunga alohida e’tibor bering. Agar fanlardagi farqlar soni 4 ta va undan yuqori bo‘lsa, unda siz bitta kurs pastga tushishingiz mumkin.

Xullas, mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni imtihonsiz ko‘chirishni xohlayotganlar mana shu jihatlarni inobatga olishi kerak. Agar bu shunchalar oson ish bo‘lganda, 2 yildan buyon hamma shunaqa qilgan bo‘lar edi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Tuzatish: xorijdan mos va turdosh bo’lmagan yo’nalishga o’qishni ko’chirib bo’lmaydi. “Super-kontrakt” evaziga ham.

Yuqoridagi postda xorijiy oliygohlarning yurtimizdagi filiallari nazarda tutilgan edi.

Ya’ni yurtimizdagi xususiy/nodavlat oliygohlar hamda xorijiy OTMlarning O’zbekistondagi filiallaridan davlat OTMlarining mos va turdosh bo’lmagan yo’nalishiga o’qishni bir martalik “super-kontrakt” to’lab, imtihonsiz ko’chirish mumkin.

Lekin xorijdagi oliygohlardan bunday imkoniyat yo’q. Xorijdagilar faqat mos va turdosh yo’nalishga hamda test orqali o’qishini ko’chiradi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Shodiyor Toshpulotov
Super-kontrakt arzonlabdi-a?

@uzbekiston_365