АДУ, Сиртқи (махсус сиртқи) бўлими.
1.65K subscribers
2.06K photos
99 videos
617 files
3.95K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Япония мактабларида ўқувчилардан 4 синфга қадар ҳеч қандай имтиҳон олишмайди!"

🇯🇵 Японларнинг нимага Дунёнинг ТОП 10 Aқлли халқлар қаторига киришига сабаблар
👇🏻👇🏻

https://telegram.me/joinchat/SDdS2FAiH5e4grs5
#Биласизми

🔰Педагогларнинг фаолиятига таълим олувчилар билимини тўғри ва холис баҳолашига таъсир кўрсатиш орқали аралашиш ёки педагогнинг хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилиш:

фуқароларга БҲМнинг 7 бараваридан 10 бараваригача, мансабдор шахсларга эса 10 бараваридан 15 бараваригача жарима солишга сабаб бўлади.

📁 Мазкур ҳуқуқбузарликлар маъмурий жазо чораси қўлланилганидан кейин 1 йил давомида такрор содир этилса:

фуқароларга БҲМнинг 10 бараваридан 15 бараваригача, мансабдор шахсларга эса 15 бараваридан 20 бараваригача миқдорда жарима солишга ёки 15 суткагача маъмурий қамоққа олишга сабаб бўлади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
Forwarded from Xushnudbek.uz
Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida Prezideni farmoni qabul qilindi.

https://president.uz/uz/lists/view/7256

Farmon bilan tizimda katta o’zgarishlar bo’ladi. Bu haqda birin-ketin tushuntirish beramiz.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️Qabul 5-iyundan boshlanadi!!!

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda:

a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;

b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;

o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi;

ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Magistratura va doktorantura uchun qaysi darajadagi til bilish sertifikati talab etiladi?

Magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi:

©️1️⃣ xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida;

🅱️2️⃣ gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida;

🅱️1️⃣ boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
Endi xususiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalari ham davlat granti taqsimotida ishtirok etishi mumkin. Buning uchun davlat oliy ta’lim muassasalari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshirishi kerak.

Boshqacha aytganda UzBMB test sinovlari orqali talaba qabul qiladigan nodavlat OTMlarning talabalari ham xuddi davlat OTMlari talabalari kabi davlat grantiga teng huquqli da’vogarlik qilishi mumkin.

Bunda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bir talaba uchun ajratiladigan mablag‘ moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida bir talaba uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat miqdoridan oshmagan hajmda moliyalashtiriladi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Bu nima degani?

Ya’ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Keyingi o‘quv yilidan boshlab maktabda o‘quv-pedagogik hujjatlarni yuritish to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi.

Xususan, elektron baholar tabeli emaktab.uz platformasida avtomatik tarzda shakllanadi va ota-onalar uchun tizimdan yuklab olish imkoniyati yaratiladi.

Bu orqali tabeldagi baholarni o‘zgartirish va soxtalashtirishning oldi olinadi.

Elektron shaklga o‘tkaziladigan hujjatlar:
● Sinf jurnali;
● Baholar tabeli;
● Qoldirilgan va o‘rni to‘ldirilgan darslarni hisobga olish daftari;
● Pedagogik kengash bayonnomalari daftari;
● O‘quvchilar harakati daftari;
● Shahodatnomalarni hisobga olish daftari.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️ Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun 30-31-may kunlari qo’shimcha attestatsiya oʻtkaziladi.

Ushbu pedagoglar malaka (test) sinovlarida ishtirok etishlari uchun vazirlikning hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan Ishchi guruhlarga uzrli sababini asos qilgan holda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Quyidagilar uzrli sabab deya hisoblanishi mumkin:

— vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi;
— davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi;
— respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi;
— vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi;
— yaqin qarindoshining vafoti;
— vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslar.

Malaka sinovlari ushbu manzillarda oʻtkaziladi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi

Yangi o‘quv yilidan boshlab, ta’lim krediti:

oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun – talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kontrakt.edu.uz axborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo‘lganda;

professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun – o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar prof.edu.uz axborot tizimida mavjud bo‘lganda ajratiladi.

O‘z dasturiy ta’minotiga ega bo‘lgan oliy va professional ta’lim tashkilotlari ta’lim kreditini olish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli axborot tizimlariga o‘z axborot tizimini integratsiya qilishi yoki ulardan foydalanishi majburiy hisoblanadi.

Boshqacha aytganda, xususiy va nodavlat OTMlarning tizimi "HEMIS"ga ulanmagan bo‘lsa, unda ushbu OTM talabalariga ta’lim krediti ajratilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomani olish uchun qaysi mezonlarga qaraladi?
#abituriyent

Ushbu tavsiyanomani olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarga mos tushishi kerak:

kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar (Oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik о‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda oila kam ta’minlangan deb e’tirof etiladi);

— tо‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

— turmush о‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

nogironligi bо‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

— ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

— ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan, shuningdek, umumiy о‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatga ega bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi BARCHA talabgor xotin-qizlarga beriladi.

❗️Tavsiyanoma olish uchun xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron ariza yuborish kerak. Arizalar 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

Ehtiyojmand xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?
Batafsil bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20045


👉 @xushnudbek 👈