Adpi.uz | Rasmiy kanal
13.9K subscribers
47K photos
2.47K videos
190 files
15.3K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Andijon davlat pedagogika institutida iqtidorli qizlarning milliy va shaxsiy brendini shakllantirish bo‘yicha mutaxassislar darsi tashkil etildi


Payshanba — yoshlar kuni doirasida Andijon davlat pedagogika institutida iqtidorli talaba-qizlarning liderlik salohiyatini rivojlantirish, ularning zamonaviy dunyoqarashini kengaytirish hamda milliy va shaxsiy brendini shakllantirishga ko‘maklashish maqsadida mutaxassislar ishtirokida maxsus seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur tadbirda institut rahbariyati, soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar hamda faol talaba-qizlar ishtirok etdi. Seminar davomida yoshlarning jamiyatdagi o‘rni, zamonaviy kommunikatsiya, imij yaratish, shaxsiy brendni rivojlantirish hamda milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mutaxassislar tomonidan talaba-qizlarga shaxsiy brendni shakllantirishning asosiy tamoyillari, ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish, omma bilan muloqot qilish madaniyati, liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda o‘z salohiyatini to‘g‘ri namoyon etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida iqtidorli qizlarning ilm-fan, ta’lim, san’at va jamoatchilik sohalaridagi faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularni yangi tashabbus va loyihalarga keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
🟧🟧🟧🟧🟧🟧🟧🟧🟧

Andijon davlat pedagogika institutida bitiruvchi talaba-yoshlar uchun huquqiy ochiq seminar tashkil etildi


Payshanba — yoshlar kuni doirasida Andijon davlat pedagogika institutida bitiruvchi talaba-yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning mehnat faoliyatiga oid huquqiy bilimlarini mustahkamlash hamda ishga joylashish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy munosabatlar yuzasidan tushunchalar berish maqsadida ochiq seminar va davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Andijon davlat pedagogika instituti rektori Baxtiyor Rasulov, Andijon viloyati Adliya boshqarmasi vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda bitiruvchi talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Seminar davomida yoshlarning mehnat huquqlari, ishga qabul qilish tartibi, mehnat shartnomalarini tuzish, ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar, yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda qonunchilikdagi imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mutaxassislar tomonidan bitiruvchilarga ishga joylashish jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan muammolar, ularning huquqiy yechimlari hamda o‘z huquqlarini himoya qilish mexanizmlari yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi. Shuningdek, seminar ochiq muloqot shaklida tashkil etilib, talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.

Tadbir davomida institut rektori Baxtiyor Rasulov yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasb va mehnat bozori talablariga mos tayyorlash hamda huquqiy savodxonligini oshirish ta’lim muassasasining ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#Ogohlik

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar!

So‘nggi kunlarda Andijon davlat pedagogika instituti rektori B. Rasulov nomidan turli soxta (feyk) akkauntlar ochilib, xodimlarga turli topshiriqlar berish, qo‘ng‘iroq qilish, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlar va tasdiqlash kodlarini so‘rash holatlari kuzatilmoqda.

Ma’lum qilamizki, ushbu akkauntlar institut rektoriga tegishli emas va ular firibgarlik maqsadida tashkil etilgan.

⚠️ Agar sizga:
telefon orqali qo‘ng‘iroq qilinsa;
— Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali yozilsa;
— SMS tasdiqlash kodi, parol, bank kartasi ma’lumotlari yoki boshqa shaxsiy ma’lumotlar so‘ralsa;
— turli havolalar yuborilib, ularga kirish talab qilinsa,


ASLO hech qanday ma’lumot bermang va yuborilgan havolalarni ochmang.


📌 Shuningdek, bunday holatlarga duch kelsangiz:
— soxta akkauntning skrinshotini saqlab qolishingiz;
— mas’ullarga yuborishingiz;
— imkon qadar akkauntni “Spam” va “Report” qilishingiz so‘raladi.

Eslatib o‘tamiz, institut rektorining yagona rasmiy va shaxsiy Telegram akkaunti — @rasbahmax

Ushbu akkauntdan tashqari barcha akkauntlar soxta hisoblanadi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌85👍1
Yoshlar bandligiga amaliy ko‘mak: ADPI bitiruvchilari uchun kredit mablag‘lari ajratildi

Andijon davlat pedagogika institutida Payshanba – yoshlar kuni doirasida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida navbatdagi amaliy tashabbus amalga oshirildi.

Institut rektori Baxtiyor Rasulov boshchiligida bitiruvchi kurs talabalari Andijon viloyati Milliy bank OAJ binosiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida yoshlarni “Kelajakka qadam” dasturi doirasida qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes g‘oyalarini moliyalashtirish va mustaqil faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda Milliy bank Andijon viloyati boshqaruvi Kengashi raisi Ozodbek To‘xtasinov tomonidan talabalar samimiy kutib olinib, ularga kredit olish tartibi, yaratilgan imtiyozlar va mavjud imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Eng muhim jihati shundaki, uchrashuv davomida 5 nafar bitiruvchi talabaning “Kelajakka qadam” dasturi doirasida ajratilgan kredit mablag‘lari shu joyning o‘zida bank kartalariga o‘tkazib berildi. Bu esa yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning amaliy natijasidir.

Mazkur tashabbus yoshlarning o‘z biznesini boshlashi, yangi ish o‘rinlari yaratishi hamda iqtisodiy faolligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Forwarded from Edu.uz
Yozni tog‘ bag‘rida mazmunli o‘tkazing!

😇 "WikiMarafon" loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan "WikiSfera II" oromgohiga qabul boshlandi. Arizalar 20-maydan 20-iyunga qadar @WikiTanlov_bot orqali qabul qilinadi.

🤩 Oromgohning bu galgi mavzusi mashhur Garri Potter filmlari ruhida bo‘lib, dastur doirasida turli o‘quv seminarlari, intellektual va jamoaviy o‘yinlar tashkil qilinadi.

Yo‘llanmani qo‘lga kiritish tartibi hamda tanlov bosqichlari bilan quyidagi nizom orqali batafsil tanishishingiz mumkin — "WikiSfera II" nizomi.

#yangi_sahifa

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Andijon davlat pedagogika institutida PF-54-sonli Farmon ijrosiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 21-may sanasida Andijon davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi “Mamlakatda yangi ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish tizimini joriy qilish hamda ilm-fanni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-54-sonli Farmoni ijrosini ta’minlashga qaratilgan seminar muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Tadbir davomida mamlakatda innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish tizimini rivojlantirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, hamda spin-off korxonalarni tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Seminarda soha mutaxassislari tomonidan spin-off loyihalarni tashkil etish tartibi, ularning huquqiy asoslari hamda ushbu yo‘nalishda yaratilgan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda yosh tadqiqotchilar tashabbuslarini rag‘batlantirish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 Telegram 🟦 Facebook 🟦 Instagram 🟦 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2