#Adliya_xabari
TDYU Osiyo xalqaro arbitraj markazi bilan hamkorlik qiladi
Toshkent davlat yuridik universiteti delegatsiyasi Kuala-Lumpur shahrida boʻlib utayotgan birinchi Oʻzbekiston — Malayziya taʼlim forumida ishtirok etmoqda.
Bugun TDYU rektori v.b., professor Islambek Rustambekov Osiyo xalqaro arbitraj markazi vakillari bilan uchrashdi. Tomonlar TDYU va Osiyo xalqaro arbitraj markazi oʻrtasida arbitraj, Islom arbitraji, sport arbitraji, mediatsiya yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilish, universitet talabalari uchun taʼlim va amaliyot dasturlarini yoʻlga qoʻyish, birgalikda konferensiya, davra suhbati va boshqa tadbirlarni tashkil etish borasida fikr almashdi. Muzokaralar yakunida ikki muassasa oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Delegatsiya vakillari Osiyo xalqaro arbitraj markazi faoliyati, bu yerda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, markaz kutubxonasi bilan yaqindan tanishdi.
📌 Kanalga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha
💬 ai.lex.uz — sunʼiy intellekt javob beradi
Savol: Quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan elektr uchun subsidiya olish tartibi qanday?
📌 Kanalga ulanish
Savol: Quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan elektr uchun subsidiya olish tartibi qanday?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya
❗️ Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihoni oʻtkazilmoqda.
Jarayonlar Internet tarmogʻida translyatsiya qilinmoqda 👉https://www.youtube.com/watch?v=NQf75sxT37Q
📌 Kanalga ulanish
Jarayonlar Internet tarmogʻida translyatsiya qilinmoqda 👉https://www.youtube.com/watch?v=NQf75sxT37Q
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash
Ravshan Irmatov “Ziyo ulash” aksiyasini qoʻllab-quvvatladi
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hujjatlarini yangilash uchun Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi davlat xizmatlari markaziga keldi. Biroq, tashrif faqat shu masala bilan cheklanib qolmadi.
Ravshan Irmatov Adliya vazirligi tashabbusi bilan boshlangan “Ziyo ulash” aksiyasini qoʻllab-quvvatlashga qaror qilib, “bukkrossing” burchagini toʻldirish uchun bir necha kitob olib keldi.
Butun dunyoda adolatli hakamlik va professionallik timsoli sifatida tanilgan Ravshan Irmatov kitob oʻqish inson rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi:
Loyiha doirasida har bir istaganlar kitob olib kelib, “bukkrossing” burchagida qoldirishi va oʻrniga boshqasini olishi mumkin. Shu tariqa kitoblar bir oʻquvchidan boshqasiga “sayohat” qilib, bilimlar aylanmasini hosil qiladi.
💡 Kitob bering, kitob oling — ziyo ulashing!

“Futbol intizom, adolat va strategiyani oʻrgatadi. Ammo bilim va dunyoqarash ham shunchalik muhim. Kitob — donolik manbai, shuning uchun men “Ziyo ulash” kabi kitobxonlikni hamma uchun qulay qiladigan tashabbusni qoʻllab-quvvatlashdan xursandman!”
Loyiha doirasida har bir istaganlar kitob olib kelib, “bukkrossing” burchagida qoldirishi va oʻrniga boshqasini olishi mumkin. Shu tariqa kitoblar bir oʻquvchidan boshqasiga “sayohat” qilib, bilimlar aylanmasini hosil qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Oʻzbekiston Hukumati va Shveysariya Federal Kengashi oʻrtasida “Musodara qilingan aktivlarni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitim” imzolandi
Bugun, 6-fevral kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston tomonidan adliya vaziri Akbar Toshqulov hamda Shveysariya tomonidan Shveysariyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Konstantin Obolenskiy oʻrtasida “Musodara qilingan aktivlarni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitim” imzolandi.
Bitim doirasida taxminan 182 mln dollar miqdoridagi mablagʻlar Oʻzbekistonga qaytarilishi belgilangan. Mazkur mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi ayrim fuqarolari tomonidan noqonuniy orttirilgan boʻlib, 2012-yilda Shveysariya Bosh prokuraturasi tomonidan G.Karimovaga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ish yurituvi doirasida toʻlaqonli musodara qilingan edi.
Mablagʻlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Uzbekistan Vision 2030 Fondi” Koʻp sheriklik trast Jamgʻarmasi orqali qaytariladi.
Taʼkidlash lozimki, muqaddam 2022-yil 16-avgustda Shveysariyaning Bern shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Shveysariya Konfederatsiyasi oʻrtasidagi “Shveysariya Konfederatsiyasi hududida musodara qilingan noqonuniy orttirilgan aktivlarni Oʻzbekiston Respublikasi aholisining manfaatlari yoʻlida qaytarish usullari toʻgʻrisidagi bitim” imzolangan. Ushbu bitim noqonuniy orttirilgan aktivlarni BMTning “Uzbekistan Vision 2030 Fondi” deb nomlangan Koʻp sheriklik trast Jamgʻarmasi orqali Oʻzbekistonga qaytarish mexanizmi hamda asosiy tamoyillar va maqsadlarni belgilaydi.
Mazkur ishlar doirasida 2022-yil avgustda imzolangan birinchi bitim taxminan 131 mln dollar miqdoridagi mablagʻlarni Oʻzbekistonga qaytarilishini nazarda tutadi. Yangi bitim imzolanishi bilan Oʻzbekiston aholisining manfaatlari yoʻlida qaytarilgan mablagʻlarning jami miqdori 313 mln dollarga yetadi.
“Uzbekistan Vision 2030 Fondi” orqali qaytarilayotgan mablagʻlar Oʻzbekiston aholisining manfaatlari uchun, xususan sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalarida ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi. Fond va uning loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiq manbada oʻzbek va ingliz tillarida fondning https://www.ishonch.org/ veb-saytida joylashtirilgan.

Adliya vaziri Buyuk Britaniya elchisi bilan uchrashdi
Bugun, 6-fevral kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Timoti Smartni qabul qildi.
Uchrashuv boshida adliya vaziri Oʻzbekiston hamda Buyuk Britaniya oʻrtasidagi hamkorlik dinamikasi hamda adliya va huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida toʻxtalib oʻtdi.
Jumladan, elchixona bilan hamkorlikda Buyuk Britaniya tajribasi asosida tashkil qilingan aholiga bepul yuridik yordam koʻrsatish va fuqarolarga huquqiy maslahatlar berish tizimi samaradorligi muhokama qilindi.
Buyuk Britaniya Intellektual mulk idorasi va Oʻzbekiston Adliya vazirligi oʻrtasida intellektual mulk obyektlarini himoya qilish sohasida oʻrnatilgan hamkorlik natijasida Oʻzbekistonning JSTga qoʻshilish jarayonlarida milliy qonunchilik TRIPS qoidalariga uygʻunlashtirildi.
Janob elchi, oʻz navbatida, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholab, ayollarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish, gender tengligi siyosatini mustahkamlash, nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish hamda ular uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratish yoʻnalishlaridagi saʼy-harakatlarni eʼtirof etdi.
Timoti Smart janoblari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Toshkent Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi huzurida Xalqaro tijorat sudini tashkil etilishini yuqori baholab, mazkur sud kelgusida xorijiy investitsiyalarning ishonchi himoyasini taʼminlashga xizmat qilishini qayd etdi.
Uchrashuv davomida Tomonlar hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Jumladan, intellektual mulk himoyasi, noqonuniy ortirilgan aktivlarni qaytarish, sud-huquq islohotlari hamda Buyuk Britaniyaning yirik yuridik kompaniyalarini Oʻzbekistonda faoliyatini yoʻlga qoʻyish va boshqalar boʻyicha hamkorlik qilishga kelishib olishdi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov “Ziyo ulash” aksiyasiga qoʻshildi:

Adliya vazirligi yaxshi tashabbus boshlagani haqida eshitib qoldim. Respublikamizdagi barcha davlat xizmatlari markazlarida kitob ulashish tadbiri – “Ziyo ulash” nomli aksiya oʻtkazilmoqda ekan. Bugun men ham shu aksiyada ishtirok etib, oʻzim oʻqigan kitoblarimdan hamma foydalanishi uchun ulashib keldim.
Agar sizning ham uyingizda oʻzingiz oʻqib boʻlgan va boshqalarga manfaati tegishi mumkin boʻlgan kitoblar boʻlsa, istalgan davlat xizmatlari markaziga olib borib topshiring. U yerda mavjud kitoblardan xohlaganingizni olib, mutolaa uchun olib ketishingiz mumkin.
Yaxshi tarafi, aksiyada muddat yoʻq. Uning davomli boʻlishi esa siz-u bizga bogʻliq. Kitob ulashishdan toʻxtamaylik.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
5 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirdi
Joriy yilning 6-fevral kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan o‘tkazildi.
Malaka imtihonida talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat sohasi va vorislik huquqi bo‘yicha savodxonligi sinovdan o‘tkazildi. Imtihon suhbat asosida og‘zaki savol-javob tarzida bo‘lib o‘tdi.
Malaka imtihonida ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 23 nafar talabgor ushbu malaka imtihonida ishtirok etishiga ruxsat berildi.
Malaka imtihoni natijasiga ko‘ra 5 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi. Jumladan:
Namangan viloyatidan:
▫️Mamatkulov Murodilla Abdisamatovich;
Sirdaryo viloyatidan:
▫️Xamroyev Sodiqjon Baxrom o‘g‘li;
Toshkent shahridan:
▫️Xalilov Iqboljon Yuldashbayevich;
Xorazm viloyatidan:
▫️Abduraximova Laylo Aybekovna;
▫️Radjapova Zebo Ikramovna.
Malaka imtihoni joriy yilning 6-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining www.minjust.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda malaka imtihoni jarayoni yozib olindi.

#Statistika
Aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari (turlari) soni o‘tgan 7 yil mobaynida 6 barobar oshdi
Davlat xizmatlari markazlari orqali 2018-yilda 63 ta xizmat turi koʻrsatilgan boʻlsa, 2024-yilga kelib bu koʻrsatkich 403 tani tashkil etmoqda.

Ijro intizomi — samaradorlik omili
Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev va Prezident Administratsiyasi masʼullaridan iborat respublika ishchi guruhi aʼzolari tomonidan Sirdaryo viloyat hokimligi majlislar zalida “Ijro intizomi – samaradorlik omili” mavzusida seminar tashkil etildi.
Unda viloyatdagi korxona va tashkilotlarda ijro intizomiga masʼul xodimlar, videokonfrensaloqa shaklida shahar va tumanlar hokimliklaridan masʼullar ishtirok etdi.
Tadbirda Prezident va Hukumatning hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosini “Ijro.gov.uz” tizimi orqali bajarilishida yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilinib, ushbu yoʻnalishda amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar hamda topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan tushuntirish berib oʻtildi.

📊 Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilgan xizmatlari soni yillar hisobida
📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Oʻzbekiston va Malayziya sud-ekspertlik sohasida hamkorlik qiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirishga qaratilgan hujjatlar qatorida Sud-ekspertlik faoliyati sohasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi.
Malayziya va Oʻzbekiston Hukumati oʻrtasidagi mazkur bitimning asosiy maqsadi — sud-ekspertiza sohasi boʻyicha oʻzaro mustahkam aloqalarni oʻrnatish, sud-ekspertiza sohasida samarali va oʻzaro manfaatli tajriba almashish hamda hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan iboratdir.
Mazkur bitim doirasida ikki davlat oʻrtasida sud-ekspertlik faoliyatining nazariy va huquqiy, tashkiliy va metodologik muammolarini birgalikda oʻrganishga, shuningdek, sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga, amaldagi ekspertiza tadqiqotlarning usul va metodikalarini takomillashtirish va yangilarini yaratishga oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga erishiladi.
Jumladan, ushbu bitim isteʼmol mahsulotlari tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) mavjudligi va ichimlik suvining tarkibini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirishda tajriba almashilishiga xizmat qiladi.