1.31K subscribers
120 photos
12 videos
59 files
31 links
😊Assalomu alaykum eng yangi mavzulashtirilgan, aralash turdagi DTM darajasidagi adabiyot va ona tili fanlaridan testlar faqat bizning kanalda doʻstlaringizni ham taklif qiling!
Download Telegram
📚📚URG'U📚📚
So'z bo'g'inlaridan yoki gapda ishtirok etayotgan so'zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq aytilishi urg'u deyiladi

Urģu 2 xil bo'ladi
1. So'z urģusi (leksik urg'u )
2. Gap urģusi (frazaviy urg'u )

So'z boģinlaridan birining boshqalaridan kuchliroq talaffuz qilinishi so'z urgusi, gap tarkibidagi so'zlardan birining boshqalaridan kuchliroq aytilishi gap urģusi yoki mantiqiy urg'u deyiladi.
O'zbek tilida urg'u asosan so'zning oxirgi bo'g'iniga tushadi va kòchuvchandir

Ozbek tilida Urģu olmaydigan qòshimchalar📕
1. Fe'l yasovchi -i; -la qòshimchasi
2. -ma bòlishsizlik qòshimchasi
3. Shaxs son va kesimlik qòshimchasi
4. Sof kòmakchilar urg'u olmaydi
5. Yuklamalar Urģu olmaydi
6. Ravish yasovchi qòshimchalar
7. Dona va chama son qòshimchalari
8. -day; -dek o'xshatish qiyoslash qòshimchalari
🎲#ADABIYOT_VAQTI.” testi
🖊 8 ta savol · 15 soniya
#KUN_ADIBI📗📗

Abdulla Oripov hayoti va ijodi📎📖

"Shabnam shovullaydi bo'g'lar qo'ynida
Salqin tuman ichra bo'zarar tonglar.., Quyoshning erinchak yog'dularida,Nafis yaltiraydi bargi xazonlar...".
Abdulla Oripov..
Abdulla Oripov 🖇
Abdulla Oripov hayoti va ijodi🖇📕📗
Абдулла Орипов

ВАФО

“Менга вафо қилмагач санам
Хотинларга ҳурматим нечун?”
Шу байтларни ёзаётган дам
Осонмиди Лермонтов учун.

Энди мисга айланган олтин,
Вафо сўзин англашар аранг.
Лермонтовни айблашдан олдин,
Ҳаётга ҳам қайрилиб қаранг.

2015 йил 8 февраль

Абдулла Орипов
📚FONETIKA📚
UNLI📕
Unli tovush-òpkadan chiqayotgan havo oģiz bo'shlig'ida hech qanday to'siqqa uchramay chiqishidan hosil bo'ladi
Unlilar: i; e; a; u; ò; o

Unlilar 3 xil tasnif qilinadi
1.🔴 Gorizantal harakatiga ko'ra 2 xil
1. Til oldi: i; e; a;
2. Til orqa: u; ò; of
2.🔴 Vertikal harakatiga ko'ra 3 xil
1. Yuqori tor: i; u;
2. Òrta keng: e; ò;
3. Quyi keng: a; o;
3.🔴 Lablarning ishtirokiga ko'ra 2 xil
1. Lablanmagan: i; e; a;
2. Lablangan: u; ò; o;

UNDOSH📕
Undosh tovush-òpkada chiqayotgan havo oqimi oģiz bo'shlig'ida to'siqqa uchrashidan hosil bo'ladi va 5 xil tasnif qilinadi
1.🔴 Hosil bo'lish o'rniga ko'ra (qaysi nutq azosi ishtirok etishiga ko'ra)
1. Lab undoshlari
1. Lab-lab: b, m, p
2. Lab-tish: v, f
2. Til undoshlari (til qismlarining harakatiga ko'ra)
1. Til oldi:d; r; s; sh; n; t; j; z; ch; l;
2. Til òrta: y
3. Til orqa: g; k; ng;
4. Chuqur til orqa: q; ģ; x;
3. Bòģiz undoshi: h

2.🔴 Hosil bo'lish usuliga ko'ra 2 xil
1. Portlovchi: b; d; k; j; p; ch; q; m; n; ng; t; g;
2. Sirģaluvchi: v; f; s; z; l; r; y; x; h; j; ģ; sh;

3.🔴 Tovush paychalarining ishtirokiga ko'ra 2 xil
1. Jarangli: b; v; g; d; z; j; ģ; m; n; ng; l; r; y;
2. Jarangsiz: p; f; k; t; s; sh; ch; x; h; q;

4.🔴 Ovoz va shovqin ishtirokiga ko'ra 2 xil
1. Sonor: m; n; ng; l; r;
2. Shovqinli: qolgan barcha undoshlar

5.🔴 Tarkibiga ko'ra 2 xil
1. Qorishiq:ch;
2. Sof: qolgan barcha undoshlar

Bulardan tashqari hosil bo'lish usuliga ko'ra quyidagi undoshlar mavjud
Burun undoshi: m; n; ng;
Yon undosh: l;
Titroq undosh: r;
💞 Moychechak Qalblilar 💞 uchun eng zo'r kanallaridan biri...

Albatta kiring @QalbimChechagim

🌿 Bismillah....♡
🌿 Insha'Allah....♡
🌿 Alhamdulillah...♡
🌿 MashaAllah....♡

@QalbimChechagim🍃🌼
@QalbimChechagim🍃🌼
@QalbimChechagim🍃🌼
@QalbimChechagim🍃🌼
♻️Sinekdoxa♻️

Quyidagi gaplarda sinekdoxa asosida ma‘no ko‘chishi kuzatiladi :
1.🟡Besh qo‘l barobar emas.
2.🟡 O‘n qo‘li ~ o‘n hunar
3.🟡Olma archayotib qo‘lini kesib oldi
4.🟡Dunyoda o‘zimizdan keyin qoladigan tuyog‘imiz...
5 .🟡Olma guli gul emas, taqsam chakkamda turmas
6.🟡Yig‘ilishga mo‘ylovni ham chaqiring
7.🟡G‘ildirakni yuzgizdim
8.🟡Cho‘loqqa achinish bilan qaradi
9.🟡Sajda aylar ul zohid mehrob aro, Men sajda qilurman egma qoshima
10.🟡Mumtoz she‘riyatda oy yuz, qorako‘z, oq bilak, sarv qad, egma qosh ➡️sinekdoxaga misol bo‘la oladi
11.🟡Qandaydir qo‘llar uni amal kursisiga o‘tqizdi
12.🟡Hozirgi yoshlarimizning baxtiga yomon ko‘z tegmasin
13.🟡Kechgacha tuz totmadi
14.🟡Eshitgan quloq nima deydi?
15.🟡Bizning eshikka ham kiring, aylanay
16.🟡Besh og‘izni qanday boqaman
17.🟡Uyda meni ikkita qorako‘z kutib turibdi
18.🟡Mahallamizda begona oyoqlar paydo bo‘ldi
19.🟡Guruhimizni birlashtirish uchun bir bosh kerak bo‘lib qoldi
20.🟡Bitta tuyoq bilan beshta bolani boqdim
21.🟡Hajringda qaro boshim oqardi
22.🟡Beshala qo‘lingni og‘zingga tiqma
📌Metafora📌

Quyidagi gaplarda metafora asosida ma‘no ko‘chishi kuzatiladi :
1.🟢Bo‘ston qishlog‘iga og‘ir ~ vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi.
2.🟢Quyoshning oltin qalami nur taratar edi.
3.🟢Ko‘z yoshi sel bo‘ldi, bo‘ron o‘kirdi.
4. 🟢Rahmi kelib bulutning
Yig‘lab to‘kar yoshini.
Qushlar qochar, majnuntol
Ko‘taradi boshini.
Bulutning orasidan
Quyosh kulib qaraydi,
Majnuntolning yuvilgan
Sochlarini taraydi.
5. 🟢Qalam ushladimmi, demak, o‘yin bas,
Yayrab ocholmaydi gul dudug‘ini.
6. 🟢Tuzsiz she‘rlarim deb shirindan ~ shirin
Bolalarim yurar oyoq uchida.
7.🟢 Mungli kuy yurakni tirnar edi
8. 🟢Yo‘lchining so‘zlariga hayratlanib chol yoqasini ushladi.
9. 🟢Zebining qish ichi zanglab qolgan ko‘ngli endi ochila boshlagan edi.
10. 🟢Kuyov qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib : ,,ishoning, dada, Karomatni boshimga ko‘taraman‘‘ , - dedi.
11.🟢 Yangi binolar qurilishi asossiz ravishda cho‘zib yuborilmoqda.
12. 🟢Beodob qizning gapini onasi tekislab turdi.
13.🟢 Navoiy ko‘hna Sharqning ulug‘ mutafakkiri sifatida o‘z asarlari bilan o‘sha davr ijtimoiy masalalarini ham ko‘tarib chiqdi.
14. 🟢Go‘zal bu gaplarning hammasini yuragining tubiga joylagan edi, uni hech kimga oshkor ayta olmasdi.
🔎Metonimiya🔎

Quyidagi gaplarda metonimiya asosida ma‘no ko‘chishi kuzatiladi :
1🟣Osmon fonarini ham yoqdi shu onda
2🟣,,Rossiya‘‘ ga qanday borsam bo‘ladi?
3🟣Ichak~chavog‘im tugadi, endi kalla sotaman.
4🟣Mabodo ,,Besh bolali yigitcha kelmadimi?
5🟣Navbatim sumka ko‘targan ,,jinsi‘‘ dan keyin
6🟣Navoiyni kechadan beri ko‘tarib yuribman
7🟣Alisher Navoiyni so‘nggi yo‘lga kuzatishga butun Hirot yig‘ildi.
8🟣Boqi Soqiyevich tumbadan piyola va 95 choy oldi
9🟣Salim kirib kasalning oyog‘iga o‘tirdi
10🟣Maktab bolalari uchun ,,G‘uncha‘‘ yaxshi
11🟣Saida o‘ninchini bu yil bitirdi
12🟣,,E, sizlar hukumat emasmi?‘‘- dedi chol
13🟣Urush ko‘pchilikning yostig‘ini quritdi
14🟣Majlis qaror qiladi
15🟣Tong otar chog‘ida juda sog‘inib Bedil o‘qir edim
16🟣Lermontovni tashlamadim hech
17🟣Alisher Navoiy o‘z qalami bilan butun dunyoni zabt etdi
18🟣,,Bunyodkor‘‘
,,Sog‘diyona‘‘ ni qabul qilib o‘z maydonida g‘alabaga erishdi.
📚📚📚 TUTUQ BELGISI 📚📚📚

1.⚫️ Unlidan keyin kelib uni chòziq talaffuz etishni ta'minlaydi. Maslan: A'zo, ma'yuz, ta'zim, e'lon, shu'la

2.⚫️ Undoshdan keyin kelib uni o'zidan keyin kelgan unlidan ajratib talaffuz etishni ta'minlaydi. Masalan: San'at, in'om, mas'ul, qat'iy

3.⚫️ S va H òrtasida kelib Sh emasligini ta'minlaydi Masalan: Is'hoq
📚📚📚BO'G'IN📚📚📚
Bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar birikmasi bòģin deyiladi. Bòģin unlilar soniga qarab ajratiladi.
Bòģinning 2 xil turi bor
1.🛑 Ochiq bòģin
Unli bilan tugasa ochiq bòģin hisoblanadi
2.🛑 Yopiq bòģin
Undosh bilan tugasa yopiq bòģin hisoblanadi

Bòģinning amaliy ahamiyati

1.⭕️ Savod òrgatish bòģin asosida

2.⭕️ She'riy misralarda bòģinlar sonining tengligi ahamiyati

3.⭕️ Satrdan-satrga kòchirish bòģin asosida bo'ladi
📚📚 ORFOGRAFIYA 📚📚
Orfografiya- to'g'ri yozuv qoidalarini òrganadi va quyidagi yozuv qoidalari mavjud

1.♻️♻️ Fonetik yozuv - qanday talaffuz qilinsa shunday yoziladi va quyidagi òzgarishlarga uchraydi
1. Tovush almashinishi: sayla+v=saylov ong+la=angla
2. Tovush tushushi: men+ni=meni burun+i=burni
3. Tovush orttirilishi: bu+ga=bunga u+da=unda
4. Tovush ikkilanishi: isi+q=issiq sasi+q=sassiq

2.♻️♻️ Morfologik yozuv - qanday aytilishiga qarab emas imlo qonun-qoidalariga asosan yoziladi. Masalan aytti emas aytdi, yigichcha emas yigitcha
Takroriy so'zlar ham morfologik yozuv asosida yoziladi Masalan qop-qora, dum-dumaloq, qip-qizil

3.♻️♻️ Shakliy yozuv - chetdan kirib kelgan so'zlar òsha davlatda qanday yozilsa bu yerda ham shunday yoziladi. Masalan sport, valuta, kampyuter
#Dars

💨 Abdulla Oripov

📚 A.Oripovning 1996 - yildan buyon hozirgacha DTM imtihonlarida savollar tushadigan she'rlar ro'yxati ⤵️

🔰 "Qushcha"
🔰 "Sen bahorni sog'inmadingmi?"
🔰 "Yuzma - yuz"
🔰 "O'zbekiston"
🔰 "Munojotni tinglab .."
🔰 "Yurtim shamoli "
🔰 "Qo'riqxona"
🔰 "Yurtim shamoli "
🔰 "Men nechun sevaman , O'zbekistonni ? "
🔰 "Temir odam "
🔰 " Genetika "
🔰 "Men anglab yetgan falsafa"
🔰 "Onajon"
🔰 "Bola edim.."
🔰 "Ona sayyora"
🔰 "Ayol"
🔰 "Odamlar"
🔰 "Bahor"
🔰 "O'zbekman"
🔰 "Ketganlar yodi bu "
🔰 "Birinchi muhabbatim "
Urushning so'nggi qurboni (hikoya)
O'tkir Hoshimov
Anor (hikoya)
Abdulla Qahhor