1.29K subscribers
120 photos
12 videos
59 files
31 links
😊Assalomu alaykum eng yangi mavzulashtirilgan, aralash turdagi DTM darajasidagi adabiyot va ona tili fanlaridan testlar faqat bizning kanalda doʻstlaringizni ham taklif qiling!
Download Telegram
🎲 Тест «"Dtm mezonlaridagi adabiyotan testlar"mavzu; Ahmad Yassviy @adabiyot_quiz_testlar tuzuvchi;MirJalol Mahammadjonov.»
🖊 18 вопросов · 1 мин
🎲 Тест «"Adabiyot" " #Aralash4 " Kim qaysi oilada tugʻilgan3" Hammaga OMAD Kanal: @adabiyot_quiz_testlar Tuzuvchi: Abdulaziz Eshkulov»
🖊 19 вопросов · 30 сек
🎲 Тест «#Adabiyot1 "Hajvi ahli rasta" Testini ishlash uchun @adabiyot_quiz_testlar 👈👈 kanaliga aʼzo boʻling Hammaga OMAD»
🖊 20 вопросов · 30 сек
Gap tuzilishiga ko‘ra (hozirgi kunda) 3 xil:

👉Sodda gap;
👉Qo‘shma gap;
👉Murakkab qo‘shma gap.

👉↣Sodda gap ~ bir dona shakllangan kesimga ega gap va deyarli, unda necha kesim bo‘lishidan qat'i nazar, ega bitta bo‘ladi.

☞Sodda gap eganing ishtirokiga ko‘ra 2 xil:
🔷★egali gap ~ ega mavjud yoki yashirin bo‘ladi. Quyidagi turlari mavjud:
*egasi mavjud gap;
*egasi ma'lum gap;
*egadi umumlashgan gap.
🔷★egasiz gap ~ gapda egani tiklab bo‘lmaydigan gap. Quyidagi turlari mavjud:
🔺*egasi noma'lum gap;
🔺*atov gap;
🔺*so‘z gap.

❗️Ne ajabki, bugungi kunda ega va shaxs tushunchalari bir-biridan farqlanmaydi, vaholanki, ular boshqa-boshqa narsalar – gapda ega ishtirok etishi mumkin, shaxs ishtirok etmaydi:
*Ma'ruza matni yozildi ~ ega (ma'ruza matni) bor, shaxs yo‘q.

※ Shakllangan kesimlar miqdori qo‘shma yoki murakkab qo‘shma gapni hosil qiladi, tabiiyki, bu holatda birinchi gap kesimiga tobelangan bo‘lak(lar)ni ikkinchi gap kesimiga bog‘lab bo‘lmasligi lozim, yo‘qsa uyushiq kesimli sodda gap bo‘lib qoladi!
🎲 Тест «#Adabiyot Testini ishlash uchun @adabiyot_quiz_testlar kanaliga aʼzo boʻling!»
🖊 10 вопросов · 30 сек
🎲 Тест «#Ona_tili testini ishlash uchun @adabiyot_quiz_testlar 👈👈 kanaliga aʼzo boʻling!»
🖊 10 вопросов · 30 сек
🎲 Тест «#Adabiyot testini ishlash uchun @adabiyot_quiz_testlar 👈👈 kanaliga aʼzo boʻling!»
🖊 10 вопросов · 30 сек
🎲 Тест «#Adabiyot testini ishlash uchun @adabiyot_quiz_testlar 👈👈 kanaliga aʼzo boʻling!»
🖊 10 вопросов · 30 сек
↣Qo‘shma gap ~ ikkita shakllangan kesim ikkita ega va boshqa bo‘laklarni tobelantirib kelgan gaplar.

↑☞Bog‘lovchi vositaning turiga ko‘ra uch xil:
👉 Bog‘lovchisiz qo‘shma gap;
👉 Bog‘langan qo‘shma gap;
👉 Ergashgan qo‘shma gap.

📌Bog‘lovchisiz qo‘shma gap ~ ohang yordamida bog‘lanadi, yozuvda mazmuniga ko‘ra quyidagi tinish belgilari qo‘yiladi:

*Vergul;
❗️Bir paytda yuz bergan harakat: *Yaxshi o‘g‘il – el obro‘si, yaxshi qiz – uy obro‘si.
❗️Ketma-ket yuz bergan harakat:
*Avval ular bizga yetib olishsin, keyin birga jo‘naymiz.

*Tire;
❗️Zid munosabatli harakat:
*Yulduzlarni xayolida har xil rangga bo‘yab ko‘rdi – yulduzlar o‘z rangida xira miltirab turaverdi.
❗️Shart munosabatli harakat:
*To‘rt mashina o‘g‘it yubordik – fermerlarga vaqtida taqsimlansin.
❗️O‘xshatish munosabatli harakat:
*Qor yog‘di – don yog‘di.

*Ikki nuqta;
❗️Izohlash munosabatli harakat:
(deyarli, ko‘rsatish olmoshlari izohlanadi!)
*Mening bir jaydari falsafamdir shu: Hargiz iltimosga kuning qolmasin.
*Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir: tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz.

10-sinf darsligida sabab-oqibat munosabat mavjud hollarda ham ikki nuqta qo‘yilgan:
*Til millatning bebaho mulki: uni hamisha muhofaza qilmoq lozim.

*Nuqtali vergul;
❗️Bir-biriga yaqin bo‘lmagan munosabatli harakat:
*Kampirning jig‘i biyroni chiqdi; ombordan olib chiqqan bir savat paxtasi bilan chig‘irig‘ini ko‘tarib, vaysaganicha, uyiga kirib ketdi.
❗️Qo‘shma gaplar bir-biriga qiyoslanganda:
*Ish kuchini elga berma, yelga ber; jamg‘armani selga berma, elga ber.
#Dars

💨 Mirtemir asarlari janri ⤵️

♻️ Sherlari

💨 Tanburim ovozi
💨 Bulut
💨 Baliq ovi
💨 To'rg'ay
💨 Shudring
💨 Qishlog'im
💨 Bu - men tug'ilgan qishloq
💨 Onaginam
💨 Toshbu
💨 Betobligimda
💨 Kipriklarim
💨 Roziman - rizoman o'la o'lguncha
💨 Lolazordan o'tganda

♻️ She'riy to'plamlari

💨 Shu'lalar qo'ynida
💨 Zafar
💨 Qaynashlar
💨 Tong
💨 Bong
💨 Poytaxt
💨 O'ch
💨 Qoraqalpoq daftari
💨 Izlaganim
💨 Yodgorlik

♻️ Dostonlari

💨 Surat
💨 Ajdar
💨 Dilkusho
💨 Suv qizi
💨 Oysanamning to'yida
💨 Qo'zi

♻️ Tarjimalari

💨 Qirq qiz ( qoraqalpoq xalq dostoni )
💨 Manas ( qirg'iz xalq dostoni )
💨 Yo'lbars terisini yopingan qahramon ( Shota Rustaveli )
🎲 Тест «#Ona-tili_Adabiyot testini ishlash uchun @adabiyot_quiz_testlar 👈👈 kanaliga aʼzo boʻling!»
🖊 10 вопросов · 1 мин
⚡️ Bog‘langan qo‘shma gap ~ teng bog‘lovchilar, aniqlov ergashtiruv bog‘lovchisi, bog‘lovchi vasifasidagi vositalar (yuklama, modal so‘z va nimaligi bema'lum ~ bo‘lsa, esa so‘zlari) yordamida bog‘lanadi!

👉 ※Biriktiruv yordamida bog‘lansa, quyidagi ma'no bor deya olgaymiz:
📌*Ketma-ket sodir bo‘lgan harakat:
☞Eshik ochildi va xonaga rassom kirib keldi.
📌*Sabab-natija:
☞Anor so‘zlar va Zaynab qalbi dir-dir qaltirar.
📌*Payt munosabati:
☞Ro‘zimatning rangi o‘zgardi va ko‘zlarida hamisha o‘ynab turadigan tabassum ifodasi to‘satdan yo‘qoldi.
📌*Harakatning bir-biridan uzilmaganligi:
☞Eshik ochildi-da, xonaga rassom kirib keldi (rassom eshik dastasini tutib turibdi, deb tushuntiraman)
📌*Voqealarning tez almashganligi:
☞Eshik ochildi-yu, xonaga rassom kirib keldi. (ochilishi bilanoq, deyish mumkin)

👉 ※Zidlov yordamida bog‘langanda quyidagi ma'nolar anglashiladi:
📌*Zidlik munosabati (bu, asosan, kesimlar orqali anglashiladi):
☞Bu daraxtning bo‘yi baland, lekin mevasi kam.
📌*Ketma-ketlik munosabati (-u, -yu, -da orqali aks etadi ~ zidlik yo‘q degani emas)
☞Ba'zilari xordiq chiqarishga kirishadilar-u, ba'zilari podalari izidan cho‘lga qarab ketadilar.

👉 ※Ayiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langanda quyidagi ma'nolarga ega bo‘lur.
📌*Galma-gallik munosabati: (ketma-ketlidan farqi bunda harakatlar almashinib bajarilaveradi)
☞Dam kun birdan qizib ketadi, dam bulut kelib, jala quyadi. (bu holat bir necha bor takrorlanadi)
📌*Faqat bittasi bajariladigan harakat: (biri bajarilsa, ikkinchisi bajarilmaydi, yoki aksincha)
☞Yo siz keling, yo men boray.

👉 ※Inkor bog‘lovchisi yordamida faqat inkor ma'nosi anglashiladi.
☞Na ko‘nglimni to‘ka olaman, na o‘g‘limni so‘ka olaman.
Inkor yuklamasidan farqi kesimning tasdiq-inkorligida, xolos!

♀Na ko‘nglimni to‘ka olmayman, na o‘g‘limni so‘ka olmayman ~ bunda yuklama va gap bog‘lovchisiz qo‘shma gapdir!

👉 ※Bo‘lsa, esa (bo‘lmasa, yo‘qsa kabi so‘zlar ham ushbu "mas'uliyatli" vazifani bajara oladi) yordamida bog‘langan qo‘shma gaplarda quyidagi ma'nolar bor.
📌*Qiyoslash:
☞Tovus o‘zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o‘zining sharaf-shonini saqlaydi.
📌*Zidlash (qiyosiy zidlik, bunda antonim so‘zlar qiyoslanadi)
☞Jahl – dushman, aql esa do‘stdir.
♻️ Diqqat yangi quiz test baza

📚Badiiy asarlar bazasi mundarijasi ⤵️

1⃣ "Gulliverning sayohatlari "
2⃣ "Yulduzli tunlar "
3⃣ "Ruhlar isyoni "
4⃣ "Hellados" - Nodar Dumbadze
5⃣ "Oq kema"
6⃣ "Asrga tatigulik kun"
7⃣ "Mardlik afsonasi" - Shuhrat
8⃣ "Shum bola"
9⃣ "Chinor"
1⃣0⃣ "Nil va Rim" - Usmon Nosir
1⃣1⃣ "Dunyoning ishlari"
1⃣2⃣ "Mirzo Ulug'bek" tragediya
1⃣3⃣ "Muzqaymoq" - Odil Yoqubov
1⃣4⃣ "Qorako'z Majnun" - Said Ahmad
1⃣5⃣ "Bemor"
1⃣6⃣ "Dahshat" - Abdulla Qahhor
1⃣7⃣ "O'g'ri"
1⃣8⃣ "Mening o'g'rigina bolam"
1⃣9⃣ "Uloqda"
2⃣0⃣ "Alvido Bolalik" - Tohir Malik
2⃣1⃣ "Mehrobdan chayon"
2⃣2⃣ "O'tkan kunlar"
2⃣3⃣ "Jamila" - Ch.Aytmatov
2⃣4⃣ "Ufq" - trilogiyasi
2⃣5⃣ "Kichkina shahzoda "
2⃣6⃣ "Tanobchilar "
2⃣7⃣ "Nizomning tantiligi " ( Avlodlar dovoni" dan parcha /6-sinf
Forwarded from Deleted Account
Boshqa fanlardan ham manashunday guruhlarni tashkil qilaylikm.
{Sizni fikringiz biz uchun muhum}
Anonymous Poll
73%
Ha albatta
19%
Yòq shart emas
7%
Hozrch qattiy fikirda emasman
Ovoz berish natijalari 16:oo da e'lon qilinadi!!!

@adabiyot_quiz_testlar
1989-yil 21- oktyabr kuni Davlat tili to'g'risidagi qonun qabul qilingan, unga muvofiq O'ZBEK TILI—davlat tili etib belgilangan.

Bizning iftixorimiz, faxrimiz bo'lgan o'zbek tili bizga olam-olam hurmat olib keldi.Barcha yurtdoshlarimizga, o'zbek millatimizga bugungi bayram muborak bo'lsin, azizlar

@adabiyot_quiz_testlar
Assalomu alaykum qadri baland kanalimiz obunachilari 🤗🤗 Mana bugun 21 -oktabr "O‘zbek tiliga davlat maqomi " berilgan kun. Barcha- barchani bayram bilan chin dildan tabriklayman ☺️☺️.Sizlarga uzoq - umr , sihat - salomat tilab qolaman.
ONA TILIMGA Ona tilim- jon-u dilimsan ,
Menga buyuk , suyuk ilmsan.
Navoiyning yangragan so‘zi, Sen nurafshon, nurli yo‘limsan! Yaxshilikni yaratgan so‘zing , Yomonlikdan yiroqda o‘zing . Ezgulikka hamisha yorsan , Ming bir shukur , dunyoda Borsan!
Ona tilim yurak qatimdan
Mexr bõlib sochilgan jarang,
Quloğimga gõdak paytimda
Alla bõlib solingan ohang.

Ona tilim necha asrlar
Kurashida yengan palvonim
Necha avlod necha nasllar
Suyib òtgan turkiy zabonim.

Ona tilim-dõppi kiygan sõz
Doim yangi yõlcha-atlasi
Bir satriga tashlasangiz kõz
Tovlanadi ming-ming qirrasi.

Assalomu alaykum kanalimizning aziz va qadri baland bõlgan a'zolarimiz sizlarni bugungi bayram bilan muborakbot etamiz!
Boshlagan kuningiz nurga tõlsin azizlar!!!
😊😊😊😊😊😊😊😊😊😊😊😊😊
Til millat kõzgusidir deya bejiz ta'rif berilmaydi.
Azizlar yana bir bora bugungi bayram bilan muborakbod etaman...
😊😊😊😊