ACTIVATE AUDIO PROVIDER
686 subscribers
48 photos
2 files
4 links
Kanal materiallaridan foydalanish, ulashish mumkin. Manba ko'rsatilishini so'raymiz.
Download Telegram
ONE BAD DAY IN MY LIFE...



#hard
👍35🖕1
Audio
👍253🥰1🖕1
MY FUTURE HOUSE



#hard
👍512🔥1🖕1
Audio
👍34🔥52🖕1
Kanal foydalanuvchilariga adiolarni saralash oson bo'lishi uchun har bir matnga darajasi va hajmiga qarab kerakli heshteglarni joylashtirib chiqdik:

#easy
#medium
#above_medium
#hard
20👍12👏3🥱2🙏1
Forwarded from SHAXZOD JAMOL O'G'LI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
37👍31👎6🔥3🖕1
Forwarded from SHAXZOD JAMOL O'G'LI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
38👍30👎5🔥1👏1
Forwarded from SHAXZOD JAMOL O'G'LI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
40👍30🔥5👎2🖕1
Yangi audiolar xohlaysizmi?
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
👍85🤩95🔥32
TRUCK DRIVER

Ushbu matnlarni samarali yodlashning eng qulay yo'li audiolarni qayta-qayta tinglash va birgalikda takrorlashdir.
🔥26👍12❤‍🔥4💘31
Audio
👍13❤‍🔥5🔥3💘3🖕1
CHAMPION

Ushbu matnlarni samarali yodlashning eng qulay yo'li audiolarni qayta-qayta tinglash va birgalikda takrorlashdir.
🔥16👍73🏆3💘3
Audio
🔥14👍2👏1🖕1
GUIDE

Ushbu matnlarni samarali yodlashning eng qulay yo'li audiolarni qayta-qayta tinglash va birgalikda takrorlashdir.
🔥18👍8❤‍🔥5💘4👏2
Audio
🔥92👍2😎2🖕1
🔥16👍81👏1🖕1
Anchadan buyon audiolar yuklanmayapti. Hozir ham kanal materiallaridan foydalanayotganlar bormikan?
👍82🔥16👨‍💻7🎉4👏1
Forwarded from POSITIVE ENGLISH TEACHER
Ingliz tilida shunday bir holat bor. Ikki fe'l ketma ket kelganida ikkinchi fe'l o'zida to ni qo'shib oladi. Masalan:

I want to sleep.
We are planning to go.
He asked me to stay here.

Ushbu holat infinitiv fe'llari bilan sodir bo'ladi. Quyidagi pdf da o'zidan keyingi fe'lga infinitiv shakli (ya'ni to ) ni oldiradigan bir qator eng keng tarqalgan fe'llarni taqdim etmoqdaman. Fe'llarni yodlash oson bo'lsin uchun ularga doir barcha misollarni pulga aloqador gaplar bilan yoritdik. Do'stlaringizga ulashishni unutmang.


#teachers_help_teachers
@positive_english_teacher
🔥10👍54🤮2🖕1
Forwarded from POSITIVE ENGLISH TEACHER
QACHON DARS QILISH KERAK?

Ushbu postim kunning qaysi qismida dars qilish degan savolga emas, balki qaysi kundan boshlab dars qilish kerak degan savolga javob beradi.
Siz bu postni o'qiyotgan bo'lsangiz, unda siz yoki kursga/maktabga qatnaysiz yoki o'qituvchisiz. Masalan deylik, seshanba kuni kursingiz soat 6 da tugadi. Siz o'sha seshanba kuniyoq dars tayyorlashni boshlaysizmi? Agar javobingiz ha bo'lsa, demak siz muvaffaqiyatga qarab boryapsiz. Agar javobingiz "Yo'q, men chorshanbadan boshlayman" bo'lsa unda xato qilmoqdasiz.

Kurs yoki maktab vazifasini u berilgan kunidayoq bajarishni boshlash kerak. Sabablari:

1. Ko'proq narsaga ulgurasiz. Aslida seshanba kuni soat 7 da uyga kelsangiz, ovqatlanib dam olganingizdan keyin ham kamida 2-3 soat dars tayyorlashga vaqtingiz bo'ladi. Bu vaqtda ancha narsa qilsa bo'ladi. Lekin siz chorshanba kuni dars tayyorlashni boshlasangiz vazifalaringiz hammasi yig'ilib keladi va ulgurmasligingiz ehtimoli baland bo'ladi.

2. Agar uyga vazifalaringizni seshanba kunining o'zida boshlasangiz, ustozingiz bergan ko'rsatmalar, darsda o'tilgan mavzu yodingizda turgan bo'ladi va bu mavzuni yanada sifatli o'rganishingizga imkon beradi. Agar ertasi kuni vazifa qilishni boshlasangiz, hech narsa esingizda qolmaganini sezasiz...

3. Seshanba kunida dars tayyorlashni boshlasangiz stress, xavotir, sarosima kabi salbiy hislardan holi boʻlasiz. Bu hammamizda boʻlgan, tan olishimiz kerak. Men manashunaqa stress, sarosima va xavotirdan qoʻrqqanim uchun ham abituriyentligimda doim har kuni dars qilar edim. Kursim bo'ladigan kundan bir kun oldin emas. Seshanba kuni berilgan uyga vazifani seshanba kuniyoq avtobusda hayolimda bajarishni boshlar edim.

Sizga ham uyga vazifalarni kechiktirmasdan bajarishni tavsiya qilaman, shunda vaqtingiz samarali bo'ladi, uyga vazifangiz sifatli bo'ladi va o'zingiz ham ancha xotirjam boʻlib yurasiz.
🔥31👍111🎉1🖕1
Forwarded from POSITIVE ENGLISH TEACHER
YOʻQCHILIK ENG YAXSHI SABOQ(MI?)

Hech e'tibor berganmisiz, koʻplab muvaffaqiyatli hamda mehnatkash odamlar bolaligida yoki hayotining qaysidir bosqichida moddiy qiyinchilikdan oʻtgan.
Rahmatli dadam hozir men yashayotgan uyni quruq yer holida sotib olganlar hamda 1992-yildan boshlab topganlarini faqat uy qurish uchun sarf qilganlar. Onam ham barcha tillalarini sotib uy qurish uchun qoʻshganlar. Ikkita akam hamda opamning ulgʻayib dunyoni tanish davrlari shu paytga mos kelgan. Ular oʻsha davrlarni yaxshi eslaydilar hamda mehnatkashlikni ayni oʻsha davrlarda hayotiy koʻnikma qilib olishganini aytishadi.

Shaxsan men ham moddiy qiyinchilikda oʻsgan bolalar nisbatan imkoniyatlarga oʻch hamda mehnatkash boʻlishadi deb oʻylayman.

Lekin, hozir mavzu faqat bu haqida emas. Bugun men aksariyat ota-onalar bolalariga "Men yoshligimda falon-falon qiyinchilikni koʻrganman..." deb ularga motivatsiya bermoqchi boʻlishadi. Biroq biz yashayotgan hozirgi davr nisbatan anchagina farovon. Doʻkonlar arzon yegulikka toʻla, kiyim kechak sotib olish mashaqqat emas, dasturxonda noz-ne'matlar turfa xil. Xo'sh, bizning bolalarimizga bolaligimizdagi qiyinchiliklarni aytib bersak ularning bizga rahmi kelib yaxshi oʻqib ketishadimi?

Afsuski, yoʻq.

Bugungi kun bolasida hamdardlik hissi boʻlishi mumkin, lekin u sizning yoshligingizda boʻlib oʻtgan yoʻqchilikni anglolmaydi va anglashga qodir ham emas. Toki, shu qiyinchilik uning boshidan oʻtmagunicha tushunmaydi ham.

Xoʻsh, unda nima qilish kerak? Bolaga moddiy qiyinchilik berish kerakmi? Sun'iy yoʻqchilik paydo qilish kerakmi?

Mening fikrimcha, bugunning zamonaviy bolalari yaxshi oʻqishi uchun eng avvali doimiy doʻstona muloqot, davomiy nazorat hamda tinimsiz undov kerak.

Doimiy doʻstona suhbat. (Ayniqsa otalar uchun) Qanchalik zerikarli va noqulay tuyilmasin bolangizni har kun oldingizga chaqirib yuzma-yuz gaplashing. Maktabida nima boʻlganini soʻrang, oʻqishlari-kurslari qanday ketayotganini soʻrang. Unga qanchalik ishonch bildirganingizni hamda nimalarni kutishingizni ayting.

Davomiy nazorat. Farzandingizga koʻzingiz tushgani zahoti undan uyga vazifalarini bajargani yoki yoʻqligi borasida hisobot soʻrang.

Tinimsiz undov. Farzandingizga yaxshi oʻqish hamda qattiq mehnat orqali odamlar nimaga erishishi mumkinligini eslating. Tirik misollarni keltiring, masalan Ronaldo, Messi, Jeki Chan, Abduqodir Husanov va yana juda koʻplab odamlar.


Aziz ota-onalar! Farzandingiz siz koʻrgan yoʻqchilikni koʻrmagan, koʻrishga ham majbur emas va koʻrmasa ham kerak. Bundan kelib chiqadiki, endi sizning gʻamli oʻtmishingiz haqidagi uzoq hikoyalar ularga ta'sir qilmaydi va ularga boshqacha turtki kerak.


Hali kelgusida ushbu postimning ayrim joylarini yanada kengaytirib qayta yozib joylayman.
🔥167👍7👏1