Фонд развития культуры и искусства | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
3.98K subscribers
4.96K photos
495 videos
310 files
491 links
Официальный телеграм канал Фонда развития культуры и искусства Республики Узбекистан

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasining rasmiy telegram kanali

http://acdf.uz/
t.me/acdfuz
fb.com/acdfuz
tw.com/acdfuz_official
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi 11 nafar o‘zbekistonlik usta hunarmandlarning mashhur “Homo Faber Guide” yo‘llanma ro‘yxatiga kiritilganini ma’lum qiladi.

Ushbu yutuqni nishonlash va oʻzbek hunarmandchiligining yuragi hisoblanmish koʻhna Buxoroda anʼanaviy hunarmandchilik sohasida xalqaro madaniy almashinuvni yanada rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida 30-may – 3-iyun kunlari munozara, mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar kabi maxsus tadbirlar oʻtkaziladi.

“Homo Faber” loyihasi shafeligida Buxoroda o‘tkazilayotgan tadbirlar O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining o‘zaro hamjihatlik va turfa hunarmandchilik amaliyotlariga ehtirom ko‘rsatish kabi yuksak qadriyatlarga sodiqligini namoyish etuvchi har yillik tadbirga aylanishi lozim. Aynan jahon madaniy boyligi va hunarmandchilik mahoratining rang-barangligini asrab-avaylash va ommalashtirishga qaratilgan tashabbuslar orqali o‘zbek an’anaviy hunarmandchiligi insoniyat madaniy merosidan munosib o‘rin egallashga haqli.



Фонд развития культуры и искусства Узбекистана объявляет о включении одиннадцати узбекских мастеров-ремесленников в знаменитый путеводитель Homo Faber Guide.

Чтобы отметить это достижение и способствовать дальнейшему развитию международного культурного обмена в области традиционных ремесел в Старой Бухаре — сердце узбекского ремесленничества, с 30 мая по 3 июня пройдут специальные мероприятия: дискуссии, мастер-классы и семинары.

Мероприятия под эгидой проекта Homo Faber в Бухаре должны стать ежегодным событием, демонстрирующим приверженность Фонда развития культуры и искусства Узбекистана идеалам взаимопонимания и уважения разнообразных ремесленных практик. Именно посредством инициатив, направленных на сохранение и популяризацию мирового богатства и разнообразия ремесленного мастерства, традиционные узбекские ремесла смогут занять заслуженное место в культурном наследии человечества.
30-may kuni 11 nafar oʻzbekistonlik hunarmandlarning nufuzli “Homo Faber Guide” roʻyxatiga kiritilishiga bagʻishlangan rasmiy tadbir boʻlib oʻtdi.

“Homo Faber Guide” qaydnomasi qo‘l mehnati bilan tayyorlangan hunarmandchilikni tarannum etadi. Mikelanjelo jamg‘armasi tomonidan yaratilgan onlayn maydoncha hunarmandlar, atelyelar, sanoat korxonalari, muzey, galereyalarni izlab topish imkonini beradi. Shuningdek, Yevropa va uning sarhadlaridan tashqarida mohir kosibchilikning hozirgi zamondagi rivoji bilan bog‘liq tajribani taqdim etadi.

Platforma hunarmandchilik jonbozlari, sara to‘plamlar shaydolari, sohaning nozik didli zarshunoslari, havasmand sayohatchilar va takomiliga yetgan san’at namunalarini yaratuvchi dizaynerlarni birlashtiradi. Ayni paytda portalda shisha damgarlaridan tortib niqob yasovchilargacha, qog‘oz haykaltaroshlaridan to kumush ustalarigacha bo‘lgan 2200 dan ortiq iste’dodli hunarmandlar va ularning betakror asarlari taqdim etilgan.

Sayyohlik yo‘llanmasiga kulol Akbar Rahimov, zardo‘zlik san’ati ustasi Nodir Rasulov, kulolchilik ustasi Abdulvohid Buxoriy, so‘zana ustasi Madina Qosimboyeva, zarb etuvchi, mis ustasi Jo‘rabek Sidiqov, yog‘och o‘ymakorligi ustasi Odamboy Masharipov, rangtasvir miniatyurasi rassomi va qadimiy kitoblar restavratori Davlat Toshev, usta kosib Hasan Umarov, ipak gazlamalari ustasi Nurmahammad Valiyev, gilamdo‘zlik ustasi Sabina Burxonova va “Meros” qog‘oz fabrikasi hunarmandlari kiritilganlar.

Shu kabi tashabbuslar sharofati bilan an’anaviy o‘zbek hunarmandchiligi insoniyat madaniy merosidan munosib o‘rin egallashga haqlidir.
30 мая состоялось официальное мероприятие, посвященное включению одиннадцати узбекских ремесленников в престижный путеводитель Homo Faber Guide.

В Homo Faber Guide представлена информация о мастерстве ручного труда. Онлайн-платформа, созданная Фондом Микеланджело, дает возможность осуществлять поиск по ремесленникам, ателье, производствам, музеям, галереям, а также представляет опыт, связанный с современным развитием ремесла в Европе и за ее пределами.

Платформа объединяет энтузиастов ремесел, коллекционеров, ценителей, любознательных путешественников и дизайнеров, создающих совершенные предметы. На данный момент на портале представлено свыше 2200 талантливых ремесленников: от стеклодувов до изготовителей масок, мастеров бумажной скульптуры и серебряных дел мастеров.

В путеводитель были включены: керамист Акбар Рахимов, мастер золотошвейного искусства Нодир Расулов, керамист Абдулвахид Бухорий, мастер сюзане Мадина Касымбаева, чеканщик, мастер по меди Джурабек Сидиков, мастер резьбы по дереву Одамбой Машарипов, мастер живописной миниатюры и реставратор старинных книг Давлат Тошев, мастер по изготовлению ножей Хасан Умаров, мастер по изготовлению шелковых тканей Нурмахаммад Валиев, мастер ковроткачества Сабина Бурханова, мастера бумажной фабрики Meros.

Благодаря таким инициативам традиционные узбекские ремесла смогут занять заслуженное место в культурном наследии человечества.
30-may kuni Buxoroda 11 nafar o‘zbekistonlik ustalarning nufuzli “Homo Faber Guide” sayyohlik qaydnomasiga kiritilishi munosabati bilan “Hunarmandlik kuchi” mavzusida ochiq bahs-munozara bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqotda O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Madaniy hamkorlik boshqarmasi loyiha rahbari, boshqaruvchisi Azizbek Mannopov va Mikelanjelo jamg‘armasi ijrochi direktori Alberto Kavalli ishtirok etdi. Tadbir qatnashchilari qatorida, shuningdek, taniqli dizayner va hunarmandlar Nada Debs (Livan) va Ahmad Angavi (Saudiya Arabistoni) ham hozir bo‘ldilar.

O‘zbekistonlik hunarmandlarning “Homo Faber” qo‘llanmasiga kiritilishi mamlakat uchun diqqatga sazovor voqea bo‘lib, u xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, hunarmandlarni O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shishga jalb etish, butun dunyo kashtachilik ustalarini Buxoroning zardo‘zlik san’ati bilan tanishtirish hamda mahalliy ustaxonalarda ijodkorlikni rag‘batlantirishga qaratilgan.



30 мая в Бухаре состоялась открытая дискуссия «Сила ремесла», посвященная включению 11 узбекских мастеров в престижный путеводитель Homo Faber Guide.

В открытой дискуссии приняли участие: Азизбек Маннопов, руководитель проекта, проектный менеджер Управления культурного сотрудничества Фонда развития культуры и искусства Узбекистана, Альберто Кавалли, исполнительный директор Фонда Микеланджело. Также среди участников события были известные дизайнеры и ремесленники Нада Дебс (Ливан) и Ахмад Ангави (Саудовская Аравия).

Включение узбекских мастеров в Homo Faber Guide является знаковым для страны событием и направлено на укрепление международного сотрудничества, привлечение ремесленников для содействия развитию Узбекистана, знакомству мастеров вышивки всего мира с золотошвейным искусством Бухары и стимулирование творчества в местных мастерских.
Bugun 1-iyunda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni nishonlanadi. Ushbu ayyom munosabati bilan O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan “Bolalardan – bolalarga” nomli konsert dasturi tashkil etilmoqda.

Bugun soat 19:00 da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi yonidagi ochiq maydonda poytaxtimizning taniqli ijodiy jamoalari “Aladdin”, “Melodiya” studiyalari va “Ariya” ijodiy ustaxonasi, shuningdek, Jasur Mirsagatov va “SAHAR” guruhi ijro etadilar.

Shodiyonaning jajji mehmonlari uchun nafaqat yorqin estrada tomoshasi, balki bolalar o‘zlarining sevimli qahramonlari bilan uchrashuvlari, o‘yin va tanlovlarda qatnashishlari mumkin bo‘lgan ko‘plab tadbirlar ham tayyorlab qo‘yilgan.

Kirish bepul.



1 июня отмечается Международный день защиты детей. В честь праздника Фонд развития культуры и искусства Узбекистана организовал концерт «От детей — детям».

Сегодня в 19:00 на открытой площадке у Национальной Библиотеки Узбекистана имени Алишера Навои выступят известные творческие коллективы столицы: студия «Аладдин», студия «Мелодия» и творческая мастерская «Ария», а также Жасур Мирсагатов и группа SAHAR.

Для маленьких гостей праздника будет приготовлено не только яркое эстрадное шоу, но и многочисленные активности: ребята смогут встретиться с любимыми персонажами, принять участие в играх и конкурсах.

Вход свободный.
2023-yil 7-iyun kuni Sankt-Peterburgdagi Aleksandrinsk katta sahnasida “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” balet spektaklining Rossiya premyerasi boʻlib oʻtadi.

Mashhur nemis baletmeysteri Raul Raymondo Rebekning taʼsirchan sahna asari YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan qadimiy Xorazm raqsi — lazgisiga bag‘ishlangan.

Betakror raqsning jozibasi va xalq cholgʻu asboblarining maftunkor sadosi, aql bovar qilmas yorugʻlik jilolari va eng soʻnggi sahna uslublaridan bebahra qolmang.

O‘zbekiston Milliy baleti ijrosi tomoshabinlarni aslo befarq qoldirmaydi!



7 июня 2023 года в Санкт-Петербурге на основной сцене Александринского театра состоится российская премьера балетного спектакля «Лазги. Танец души и любви».

Эффектная постановка известного немецкого балетмейстера Рауля Раймондо Ребека посвящена древнему хорезмскому танцу лазги, который был включен ЮНЕСКО в список нематериального культурного наследия человечества.

Не пропустите очарование уникального танца и завораживающее звучание народных музыкальных инструментов, невероятную световую партитуру и новейшие сценические технологии.

Выступление Национального балета Узбекистана не оставит зрителей равнодушными!
Bugun “O‘ZEKSPOMARKAZ” ko‘rgazma markazida “Monedan Kandinskiygacha. San’atdagi inqilob” multimedia ko‘rgazmasi o‘z ishini yakunlaydi.

Ushbu ko‘rgazma loyihasi sharofati bilan tashrif buyuruvchilar 9 nafar taniqli musavvirlar – Klod Mone, Jorj Syora, Vinsent van Gog, Edvard Munk, Pol Sezann, Xuan Gris, Rober Delone, Paul Kleye va Vasiliy Kandinskiyning hayoti va ijodi haqidagi tafsilotlarga oshno bo‘lish hamda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida vujudga kelgan impressionizm, puantilizm, postimpressionizm, kubizm va ekspressionizm kabi eng muhim badiiy yo‘nalishlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Loyihaning multimedia shakli ko‘plab rassomlarning rangtasvir va musiqani uyg‘unlashtirish xususidagi orzularini ro‘yobga chiqardi.



Сегодня в выставочном центре «УЗЭКСПОЦЕНТР» завершает свою работу мультимедийная выставка «От Моне до Кандинского. Революция в искусстве».

Благодаря этому выставочному проекту посетители смогли узнать больше о жизни и творчестве девяти знаменитых художников: Клода Моне, Жоржа Сёра, Винсента Ван Гога, Эдварда Мунка, Поля Сезанна, Хуана Гриса, Робера Делоне, Пауля Клее и Василия Кандинского, а также познакомиться с важнейшими художественными направлениями конца XIX — начала XX вв., таких как импрессионизм, пуантилизм, постимпрессионизм, кубизм и экспрессионизм.

Мультимедийный формат проекта воплотил в жизнь мечту многих художников о совмещении живописи и музыки.
29-iyun kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi sahnasida Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri va Kirill Rixter “The Sands of Time” nomli konsert dasturini taqdim etadilar.

Kirill Rixter tomonidan yaratilgan asar o‘zbek madaniyatidan ilhomlangan taassurotlar ostida bastalangan o‘ziga xos sayr ko‘zgusidir: simfonik orkestr va ohanrabo fortepiano sadolari Umar Xayyom, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Mohlaroyim Nodira she’riyati bilan uzviy bog‘lanib ketadi. “The Sands of Time”ning orkestr tasavvuridagi yakkaxon qismlarini Kirill Rixter (piano), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nodira Pirmatova (vokal) va G‘ulomjon Muhamedjonov (doira) ijro etadilar.

Sahna asari O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida bo‘lib o‘tadi.



29 июня на сцене Дворца международных форумов «Узбекистан» Национальный симфонический оркестр Узбекистана под руководством Алибека Кабдурахманова и Кирилл Рихтер представят концертную программу The Sands of Time.

Созданное Кириллом Рихтером произведение — своего рода панорама, созданная под впечатлением от узбекской культуры: звучание симфонического оркестра и солирующего фортепиано переплетается с поэзией Омара Хайяма, Алишера Навои, Захириддина Бабура, Махларайим Надиры. Сольные партии в оркестровой фантазии The Sands of Time исполнят Кирилл Рихтер (фортепиано), заслуженная артистка Республики Узбекистан Нодира Пирматова (вокал) и Гуламджон Мухамеджанов (дойра).

Выступление состоится при поддержке Фонда развития культуры и искусства Узбекистана.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“ZAAMIN ULTRA 2023”ga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda.

17–18-iyun kunlari Zomin milliy tabiat bog‘ida har yili o‘tkaziladigan “Samarqand Marathon” xayriya marafonlari turkumiga kiruvchi “ZAAMIN ULTRA 2023” xalqaro ultramarafon musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Dengiz sathidan 2200–2500 metr balandlikda joylashgan poyga yo‘lagida 4 ta masofa mavjud bo‘ladi:

- 50 km;
- 21 km;
- 10 km;
- 2 km.

Roʻyxatdan oʻtish va marafonning toʻliq dasturi https://zaaminultra.uz/ saytida.
___

Продолжается регистрация на “ZAAMIN ULTRA 2023”.


17-18 июня в Зааминском национальном природном парке состоится Международный ультрамарафон “ZAAMIN ULTRA 2023”, который входит в серию ежегодных благотворительных марафонов Samarkand Marathon.

Над трассой забега, расположенной на высоте 2 200 – 2 500 метров над уровнем моря, будут доступны 4 дистанции:

-50 км;
-21 км;
-10 км;
-2 км.

Регистрация и полная программа марафона на сайте: https://zaaminultra.uz/