Фонд развития культуры и искусства | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
3.99K subscribers
4.96K photos
495 videos
310 files
491 links
Официальный телеграм канал Фонда развития культуры и искусства Республики Узбекистан

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasining rasmiy telegram kanali

http://acdf.uz/
t.me/acdfuz
fb.com/acdfuz
tw.com/acdfuz_official
Download Telegram
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Sizlarni muqaddas Iyd al-Adho ayyomi bilan samimiy qutlaydi!

Sizlarga ofiyat, farovonlik va beadad ne’matlar ato bo‘lishiga tilakdoshmiz. Ushbu nurafshon bayram xonadoningizni fayz-baraka va mehr-muruvvatga chulg‘asin!

Фонд развития культуры и искусства Узбекистана сердечно поздравляет вас со священным праздником Курбан хайит!

Желаем вам гармонии, благополучия и всех благ. Пусть этот светлый праздник наполнит ваш дом уютом и теплом!
2024-yilning 17-iyun kuni Fransiya poytaxti Parijda YUNESKO ishlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi raisi Gayane Umerova Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan agentligi – YUNESKO Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashdi.

Tomonlar 2025-yil noyabrda so‘nggi qirq yil ichida ilk marotaba Parijdagi qarorgoh sarhadlaridan tashqarida — Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan YUNESKO (1945-yil 16-noyabrda tashkil etilgan) Bosh konferensiyasining bo‘lajak yubiley sessiyasiga puxta taraddud ko‘rishning amaliy jihatlarini muhokama qildilar.

YUNESKOning mazkur tarixiy anjumanini O‘zbekistonda yuqori tashkilotchilik saviyasida uyushtirishni ta’minlash bo‘yicha tayyorgarlik ishlari va mushtarak chora-tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Samarqandda oʻtkaziladigan Bosh konferensiya davomida YUNESKO vakolatlari doirasida yangi jahonshumul tashabbuslarni hamda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga doir strategik loyiha va dasturlarni takomillashtirish va qabul qilish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuv iliq va do‘stona muhitda o‘tib, unda YUNESKO va O‘zbekiston o‘rtasidagi keng ko‘lamli sheriklikni yanada yuqori pogʻonaga olib chiqishga qatʼiy tayyorlik ruhi tasdiqlandi.


17 июня 2024 года в Париже, Франция состоялась встреча Гаянэ Умеровой, председателя Национальной комиссии ЮНЕСКО Республики Узбекистан с Одри Азуле, генеральным директором ЮНЕСКО - специализированного учреждения Организации Объединённых Наций по вопросам образования, науки и культуры.

Стороны обсудили практические аспекты по комплексной подготовки к предстоящей в ноябре 2025 года в городе Самарканде юбилейной сессии Генеральной конференции ЮНЕСКО (основана 16 ноября 1945г.), которая впервые за последние сорок лет пройдет за пределами штаб-квартиры в Париже.

Особое внимание уделено реализации подготовительной работы и совместных мер по обеспечению проведения этого исторического мероприятия ЮНЕСКО в Узбекистане на самом высоком организационно-содержательном уровне.

Достигнуты договорённости по подготовки и принятия в ходе предстоящей Генеральной конференции в Самарканде новых глобальных инициатив в рамках мандата ЮНЕСКО, а также стратегических проектов и программ по развитию двустороннего сотрудничества.

Встреча прошла в теплой и дружеской атмосфере, подтверждена приверженность и далее укреплять полномасштабное партнерство между ЮНЕСКО и Узбекистаном.
2024-yilning 18-iyun kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi raisi Gayane Umerova va O‘zbekistonning YUNESKO huzuridagi doimiy vakili Kamol Muxtorovning YUNESKO Jahon merosi markazi direktori Lazar Elundu Assomo bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonning madaniy va tarixiy merosi, shu jumladan, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va Xivadagi jahon merosi obyektlarini muhofaza qilish, boshqarish hamda asrab-avaylash sohalaridagi mushtarak hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, 1972-yilgi Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq “Wilmotte & Associés” va “Deloitte” kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan Buxoro shahrining bosh rejasini ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.

O‘zbekiston tarixiy meros obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro maslahatlashuv qo‘mitasi faoliyatini qayta tiklash va YUNESKO yetakchi mutaxassislarining mamlakatimizga maslahatlashuv maqsadidagi tashrifini tashkil etishga doir kelishuvlarga erishildi.

18 июня 2024 года в Париже, Франция состоялась встреча Гаянэ Умеровой, председателя Национальной комиссии по делам ЮНЕСКО Республики Узбекистана и Камола Мухтарова, постоянного представителя Узбекистана при ЮНЕСКО с Лазаром Элунду Ассомо, директором Центра всемирного наследия ЮНЕСКО.

Рассмотрены перспективные направления по расширению взаимодействия в области защиты, управления и сохранения культурно-исторического наследия Узбекистана в т.ч. объектов Всемирного наследия в Бухаре, Шахрисабзе, Хиве и Самарканде. Также обсуждены вопросы разработки мастер-плана Бухары, который осуществляется компаниями Wilmotte & Associés и Deloitte в соответствии с Конвенцией об охране всемирного культурного и природного наследия от 1972г.

Достигнуты договоренности по возобновлению деятельности Международного консультативного комитета по вопросам защиты объектов исторического наследия Узбекистана, а также организации консультативной миссии экспертов ЮНЕСКО в нашу страну.
Jamoatchilikning yuqori qiziqish va istaklariga binoan Boku shahridagi Haydar Aliyev markazida boʻlib oʻtayotgan “Choklardagi meros: Oʻzbekistonning kashtachilik va tikuvchilik anʼanalari bo‘ylab sayohat” koʻrgazmasi 2024-yil 30-noyabrga qadar uzaytirildi.

Namoyish uchun Oʻzbekiston muzey sara to‘plamlariga mansub 148 dan ortiq bezakli amaliy sanʼat namunalari: Buxoro, Jizzax, Nurota, Samarqand, Shahrisabz va Toshkentning zarbof chopon va soʻzanalari, shuningdek, kumush, feruza va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari taqdim etilgan.

O‘zbekistonning madaniy va tarixiy merosidan 2024-yil 30-noyabrga qadar Boku shahridagi Haydar Aliyev markazida bahramand bo‘lish mumkin.

В связи высоким интересом публики, выставка «Наследие в стежках: Путешествие по вышивкам и швейным традициям Узбекистана» в центре Гейдара Алиева, Баку была продлена по 30 ноября 2024 года.

В экспозиции представлены более 148 объектов декоративно-прикладного искусства из музейного собрания Узбекистана: золотошвейные чапаны, сюзане из Ташкента, Джизака, Самарканда, Шахрисабза, Нураты и Бухары, а также ювелирные украшения из серебра, бирюзы и драгоценных камней.

Увидеть культурно-историческое наследие Узбекистана можно по 30 ноября 2024 года в центре Гейдара Алиева в Баку.
2024-yil 26-sentabr kuni Buyuk Britaniyaning Londondagi Britaniya muzeyida “Ipak yoʻllari” koʻrgazmasi o‘z ishini boshlaydi. O‘zbekistonning muzey kolleksiyalariga mansub 14 ta eksponat Buyuk Britaniyaning bosh muzeyida namoyish etiladi.

Qulochi bo‘yicha keng qamrovli va jo‘g‘rofiy miqyosi bo‘yicha ulkan bo‘lgan “Ipak yo‘llari” ko‘rgazmasida kishilar, buyumlar va g‘oyalarning muttasil hijrati madaniyat va tarixni shakllantirishga qay yo‘sinda turtki bergani kashf etiladi. Loyiha mazkur har bir omil solnomasidagi hal qiluvchi – milodiy 500–1000-yillardagi davrni qamrab oladi.

Aksariyat ashyolar, shu jumladan, shatranj donalarining eng ko‘hna to‘plamlaridan biri va Afrosiyobdagi hashamatli 6 metrlik “Elchilar xonasi” devoriy surati Londonda ilk bor namoyish etiladi. O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi “Ipak yo‘li” ko‘rgazmasi uchun “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi hamda O‘zbekiston davlat san’at muzeyida saqlanayotgan 14 ta eksponatni taqdim etadi. Ular orasida Markaziy Osiyoning Buyuk Ipak yo‘li tarixidagi ahamiyatiga dalolat bo‘luvchi Varaxsha saroyi alvon mehmonxonasining devoriy surati, qopqoqli suyakdon, so‘g‘d yozuvi tushirilgan kumush idish, Kofirqal’a xarobasiga oid ko‘za va boshqa noyob arxeologik topilmalar mavjud.

“Ipak yoʻllari” koʻrgazmasi 2024-yil 26-sentabrdan 2025-yilning 23-fevraliga qadar Britaniya muzeyidagi “Sainsbury” koʻrgazmalar galereyasida namoyish etiladi.

26 сентября 2024 года в Британском музее Лондон, Великобритания откроется выставка Silk Roads («Шелковые пути»). 14 экспонатов из музейных собраний Узбекистана будут показаны в главном музее Великобритании.

Масштабная по своему размаху и огромная по географическому охвату, выставка Silk Roads продемонстрирует, как перемещения людей, предметов и идей по Шелковому пути способствовали формированию культуры и истории. Проект сосредоточится на определяющем периоде их истории, с 500 по 1000 гг. н.э.

Многие из предметов будут показаны в Лондоне впервые, включая один из самых древних наборов шахматных фигур и монументальную шестиметровую настенную роспись из «Зала Послов» в Афросиабе. Фонд развития культуры и искусства Узбекистана представит для выставки Silk Roads 14 экспонатов из Самаркандского государственного музея-заповедника и Государственного музея искусств Узбекистана. Среди них: настенная роспись Красного зала дворца Варахша, оссуарий c крышкой, серебряное блюдо с согдийскими надписями, кувшин из Кафыр-калы и другие уникальные археологические находки, демонстрирующие важность Центральной Азии в истории Шелкового пути.

Выставка Silk Roads будет открыта с 26 сентября 2024 года по 23 февраля 2025 года в галерее выставок Сэйнсбери в Британском музее.
Kelgusi dam olish kunlari 29–30-iyunda Boʻstonliq tumanida “Sky Camp Bo‘stonliq 2024” togʻ sporti festivali boʻlib oʻtadi!

O‘z kuchini sinab ko‘rish, Amirsoyning ajoyib tabiati va manzaralaridan bahramand bo‘lish hamda shahar behalovatini tark etib, mashg‘ulotlarga qizg‘in dam olish kunlarini tog‘da o‘tkazishni istagan har bir kishi quyidagi tadbirlarda qatnashishi mumkin:

🚵🏻 Sky Camp BIKE – tog‘ yuqori tezlikli yo‘l velopoygasi. Masofasi 13,5 km, balandlikka ko‘tarilish – 691 m;
🏔Sky Camp TRAIL – 10 va 20 km.lik, balandlikka ko‘tarilish – 619 m va 1238 m bo‘lgan noravon joylarda yugurish;
🗻Sky Camp PEAK – Amirsoyning pastki bekatidan yuqori bekatiga qadar balandlikka ko‘tarilishi 724 m bo‘lgan 4,2 km.lik tog‘ cho‘qqisiga chiqish poygasi;
🧘🏼♀️Sky Camp ZEN – yugurish, yoga va meditatsiyani birlashtiradi;
🏃🏻♂️2 kunlik eko-plogging;
🎤“Tesla Boy” guruhining konserti.

Batafsil dastur va roʻyxatdan oʻtish: https://events.samarkandmarathon.uz
_

Уже в эти выходные, 29 и 30 июня в Бостанлыкском районе пройдет горный фестиваль спорта Sky Camp Bo`stonliq 2024!

Все, кто хочет испытать свои силы, насладиться невероятной природой и видами Амирсоя, а также переключиться от городской суеты и провести активные выходные в горах смогут присоединиться к следующим активностям:

🚵🏻 Sky Camp BIKE — горная шоссейная велогонка. Дистанция 13,5 км, набор высоты 691 м;
🏔Sky Camp TRAIL —трейл-забег на дистанции 10 км и 20 км с набором высоты 619 и 1238 м;
🗻Sky Camp PEAK — скайраннинг от нижней на верхнюю станцию Амирсоя на дистанцию 4,2 км с набором высоты 724 м;
🧘🏼‍♀️Sky Camp ZEN — сочетает в себе бег, йогу и медитацию;
🏃🏻‍♂️2 дня плоггинга;
🎤Концерт группы Tesla Boy.

Подробная программа и регистрация: https://events.samarkandmarathon.uz/
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
22-iyun kuni Venetsiyada an’anaviy San’at oqshomi (Art Night Venice) bo‘lib o‘tdi. Ko‘p sonli tashrif buyuruvchilar “O‘zbekiston. Sahrodagi avangard” ko‘rgazma loyihasiga bag‘ishlangan tadbirlarga oshno bo‘lish uchun Ka Foskari universitetiga to‘plandilar.

Ko‘rgazma 18:00 dan 01:00 gacha faoliyat yuritib, muhofizlar hamrohligida namoyishga qo‘yilgan ashyo va buyumlar bo’ylab sayrlar tashkil etildi. Bolalar uchun o‘yinlardan iborat mahorat darsi ham bo‘lib o‘tdi. 22:30 da avangard rassomlar tomonidan o‘tkazilgan she’rxonlik kechasi shukuh baxsh etib, oqshom so‘nggida esa Ka Foskari universiteti hovlisida video namoyishli vizual tomosha taqdim etildi.

San’at oqshomi dasturining tadbirlari ko‘plab tashrif buyuruvchilarni o‘ziga rom etib, ular O‘zbekistonning avangard durdonalarini o‘zlari uchun kashf etdilar.
_

22 июня в Венеции состоялась традиционная Ночь искусств (Art Night Venice). Большое количество посетителей собралось в университете Ка-Фоскари, чтобы увидеть мероприятия посвященные выставочному проекту «Узбекистан. Авангард в пустыне».

Выставка была открыта с 18:00 до 01:00, проходили кураторские туры по экспозиции. Для детей провели мастер-класс с играми. В 22:30 состоялось чтение стихов художников-авангардистов, а завершением вечера стал визуальный перформанс с видео во дворе университета Ка-Фоскари.

События программы Ночи искусств собрали большое количество посетителей, которые смогли открыть для себя шедевры авангарда из Узбекистана.
25-iyun kuni Seul shahrida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova Koreya Xalqaro madaniy hamkorlik jamg‘armasi (KOFICE) Bosh kotibi janob Kyungnam Kim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi o‘ttiz yildan ortiq vaqt davomidagi samarali hamkorlik muhokama qilindi. Tomonlar mazkur hamkorlik rishtalarini mushtarak madaniy tadbirlarni tashkil etish hamda tajriba almashish orqali yanada mustahkamlash istagini bildirdilar.

Koreyaning 1990-yillarning oxirlaridan buyon barq urib kelayotgan kreativ sanoat tarmoqlaridagi muvaffaqiyati alohida qayd etildi. Ushbu masalada zafarli yuksalishlarga erishishda davlatning kreativ kontentni yaratish sohasini rivojlantirishni rag‘batlantirish, ko‘p miqdordagi ta’lim dasturlari, shuningdek, ixtisoslashtirilgan muassasalarni yaratish va boshqa ko‘plab sa’y-harakatlardan iborat majmuaviy qo‘llab-quvvatlovi xizmat qilgan. KOFICE vakillari ushbu sohada o‘z bilim va malakalarini almashishga tayyor ekanliklarini izhor qildilar.
_

25 июня в Сеуле Гаянэ Умерова, председатель Фонда развития культуры и искусства Узбекистана провела встречу с Генеральным секретарем Корейского фонда международного культурного сотрудничества (KOFICE) г-ном Ким Кёнг Намом.

Во время встречи обсуждалось плодотворное сотрудничество между Узбекистаном и Кореей на протяжении более трех десятилетий. Сторонами была озвучено желание по укреплению данного сотрудничества - посредством создания совместных культурных мероприятий, а также обмен опытом.

Особо был отмечен успех Кореи в креативных индустриях, развитие которых началось в стране с конца 90-х годов. Успеху в данном вопросе способствовала комплексная поддержка государства – поощрение развития сферы создания креативного контента, создание большого количества образовательных программ, а также профильных институций и многое другое. Представители KOFICE выразили свою готовность в обмене знаниями в данной сфере.