Фонд развития культуры и искусства | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
3.39K subscribers
3.45K photos
294 videos
310 files
376 links
Официальный телеграм канал Фонда развития культуры и искусства Республики Узбекистан

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasining rasmiy telegram kanali

http://acdf.uz/
t.me/acdfuz
fb.com/acdfuz
tw.com/acdfuz_official
Download Telegram
O‘zbekiston milliy pavilionining 60-Xalqaro san’at ko‘rgazmasi – Venetsiya biennalesi ishtirok etishini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.

Joriy yil “Imkoniyatingni qo‘ldan boy berma!” nomli Milliy pavilion muhofizi sifatida ilk bor Toshkentdagi Zamonaviy sanʼat markazi rahnamolik qilib toshkentlik mo‘yqalam sohibalaridan iborat “Qizlar” guruhi jamoasi bilan hamkorlikda oʻzbek rassomi Aziza Qodiriy asarlarini taqdim etadi.

Pavilionda taqdim etilayotgan asosiy eksponatlar so‘zana ustasi Madina Qosimboyeva tomonidan qo‘lda tikilgan kashtalar turkumi bo‘ladi.
Ko‘rgazmaning bosh asari bo‘lmish teatr pardasi ham Madinaning ijod mahsulidir.

Biennalening “Har yerda chet elliklar” bosh shioriga hamohang ravishda “Imkoniyatingni qo‘ldan boy berma!” ko‘rgazmasi markaziy osiyolik ayollar kechinmalari orqali milliy mansublik va o‘zlikni anglash masalalarini tadqiq etib, migratsiya jarayonida o‘zlarini qayta anglash tushunchasini taklif etadi.

Pavilion 2024-yilning 20-aprelidan 24-noyabriga qadar “Arsenale”da jamoatchilik uchun muntazir.

Мы рады объявить об участии Национального павильона Узбекистана в 60—й Международной художественной выставке — Венецианской Биеннале.

В этом году куратором Национального павильона под названием «Не пропусти свой выход» впервые выступит Центр современного искусства в Ташкенте, представив работы узбекской художницы Азизы Кадыри в сотрудничестве с коллективом Qizlar, группой художниц из Ташкента.

Ключевыми экспонатами, представленными в павильоне станут серия вышивок, выполненных вручную мастером сюзане Мадиной Касымбаевой.
Центральная работа — театральный занавес, также исполнена Мадиной.

Перекликаясь с главной темой Биеннале «Везде иностранцы», выставка «Не пропусти свой выход» исследует вопросы национальной принадлежности и идентичности через опыт женщин из Центральной Азии, предлагая понимание того, как они переопределяют себя в процессе миграции.

Павильон будет открыт для публики в Арсенале с 20 апреля по 24 ноября 2024 года.
O‘tgan haftada O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mozaikalar milliy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilganini ma’lum qilgan edi.

Biz keng jamoatchilikni respublikamizning madaniy merosini asrab-avaylash jarayonlariga daxldor bo‘lib qo‘shilib, himoya va muhofazaga muhtoj bo‘lgan mozaikalarning joylashuvi haqida bizni xabardor qilishga chaqiramiz.

Agar siz qo‘shimcha nazoratni taqozo etuvchi mozaika va pannolar haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, ularning fotosurati va joylashgan joyini mosaic@acdf.uz manziliga yuboring.

На прошлой неделе Фонд развития культуры и искусства Узбекистана объявил о включении мозаик в национальной список культурного наследия.

Мы призываем широкую общественность подключиться к процессу сохранения культурного наследия республики и сообщать нам о местонахождении мозаик, которые нуждаются в защите и сохранении.

Если вы знаете о мозаиках и панно, которые требуют дополнительного контроля, отправляйте фотографию и локацию на почту mosaic@acdf.uz
2024-yilning 26-aprel – 12-may kunlari O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi qator Yevroosiyo mamlakatlar elchixonalari ko‘magida Toshkent shahrida VIII Xalqaro jaz festivalini o‘tkazadi.

Festival YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi shafeligida butun dunyoda nishonlanadigan 30-aprel – Xalqaro jaz kuniga mo‘ljallanib o‘tkaziladi. Elchixonalar taklifiga binoan festivalda Fransiya, Germaniya, Indoneziya, Isroil, Polsha, Ruminiya, Shveysariya va Ukrainadan tashrif buyurgan san’atkorlar o‘z mamlakatlarini tamsil etadilar. Jamg‘arma taklifiga binoan festivalda Gregori Porter, Kenni Garrett, Igor Butman kabi dongdor musiqachilar va boshqa taniqli sozandalar ijro etadilar. 27-aprel kuni oʻzbekistonlik jaz guruhlari chiqish qiladi.

2024-yilda festivalning barcha konsertlari “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi ortidagi maydonda ochiq osmon ostida o‘tkaziladi.

Kirish bepul.

С 26 апреля по 12 мая 2024 года Фонд развития культуры и искусства Узбекистана при содействии посольств ряда стран Евразии проведет в Ташкенте VIII Международный фестиваль джаза.

Фестиваль проводится под эгидой Представительства ЮНЕСКО в Узбекистане и приурочен к Международному дню джаза, который по всему миру отмечается 30 апреля. По приглашению посольств на фестивале свои страны представят артисты из Германии, Израиля, Индонезии, Польши, Румынии, Украины, Франции и Швейцарии. По приглашению Фонда на фестивале выступят такие выдающиеся музыканты, как Грегори Портер, Кенни Гарретт, Игорь Бутман и другие известные исполнители. 27 апреля выступят узбекистанские джазовые группы.

В 2024 году все концерты фестиваля пройдут под открытым небом на площадке за Дворцом международных форумов «Узбекистан».

Вход свободный.
“O‘zekspomarkaz”ning 5-pavilionida “Savitskiy kundaliklari. Qadimiy va navqiron” multimedia ko‘rgazmasi davom etmoqda, namoyishga qo‘yilgan rasmlar orasidan Igor Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyi kolleksiyasiga kiruvchi asarlar o‘rin olgan.

Markaziy Osiyoda ijod qilgan musavvirlar aksariyat hollarda kishilar muloqot qilib, yangiliklar almashish uchun jamlangan ijtimoiy hayot markazlari hisoblanmish choyxonalarni tasvirlaganlar. Bozor sahnalari ham ommabop bo‘lib, Ruvim Mazelning gilamdo‘zlik mavzularidan tortib to Nikolay Karaxan mo‘yqalamiga mansub sozandayu-xonandalar yoki Aleksandr Volkov tomonidan gavdalantirilgan talaba qizlarning hashamatli siymolarida har bir rassomning betakror uslublari ifodalangan.

Igor Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyida saqlanayotgan sara to‘plamlardan jonlangan mato suratlar sizlarga go‘zal manzaralarda vujudga kelgan dastgohli rangtasvirning barcha badiiy tarovatini o‘zida namoyon etadi.

Ko‘rgazma 2024-yilning 7-iyuniga qadar san’at ixlosmandlariga muntazir.

Har kuni soat 10:00 dan 20:00 gacha “O‘ZEKSPOMARKAZ”ning 5-pavilionida.

Chiptalar iticket.uz’da

В павильоне № 5 «УЗЭКСПОЦЕНТРА» продолжается мультимедийная выставка «Дневники Савицкого. Старое и новое», в экспозиции представлены работы из коллекции Государственного музея искусств имени Игоря Савицкого.

Художники, работавшие в Центральной Азии, часто изображали чайханы – центры общественной жизни, где люди собирались для общения и обмена новостями. Сцены базаров также были популярны, выражая уникальные стили каждого живописца, от ковровых мотивов Рувима Мазеля до монументальности изображения музыкантов Николаем Караханом или студенток Александром Волковым.

Ожившие полотна из собрания Государственного музея искусств имени Игоря Савицкого покажут вам всё художественное разнообразие станковой живописи, которая создавалась в живописных пейзажах.

Выставка открыта по 7 июня 2024 года

С 10:00 до 20:00 ежедневно в павильоне № 5 «УЗЭКСПОЦЕНТРА».

Билеты на iticket.uz
Butun respublika boʻylab mozaika va pannolar milliy madaniy meros roʻyxatiga kiritilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 154-son qaroriga muvofiq mozaikali binolarga reklama bannerlarini o‘rnatish taqiqlanadi.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Madaniy meros agentligi bu borada chora-tadbirlarni amalga oshirib, bugun Mirobod ko‘chasida joylashgan binodan reklama banneri olib tashlandi.

Agar siz milliy ro‘yxatga hali kiritilmagan mozaika yoki pannolar haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, marhamat, mosaic@acdf.uz elektron pochtasi orqali xabar bering.

Мозаики и панно по всей республике были включены в национальной список культурного наследия. Согласно постановлению №154 Кабинета Министров Республики Узбекистан, на зданиях с мозаиками запрещено размещать рекламные баннеры.

Фонд развития культуры и искусства Узбекистана и Агентства культурного наследия приняли меры в этом направлении, сегодня был проведен демонтаж рекламного баннера со здания, расположенного на улице Мирабад.


Если вы обладаете информацией о мозаиках или панно, которые еще не внесены в национальный список, сообщайте по электронной почте mosaic@acdf.uz
В павильоне № 5 УЗЭКСПОЦЕНТРА продолжается мультимедийная выставка «Дневники Савицкого. Старое и новое», в экспозиции которой представлены работы из коллекции Государственного музея искусств имени И. В. Савицкого.

Художник Рувим Мазель впервые попал в Туркменистан в 1915 году в составе царской армии, однако, уже через три года вернулся, чтобы работать в первой художественной школе для красноармейцев, которая позже называлась «Ударная школа искусств Востока». Живописец так сильно вдохновился замысловатыми узорами туркменского ковра, что и своё живописное искусство начал стилизовать по изгибы этого орнамента. Так появились самые известные работы Мазеля, построенные из геометрических фигур и схожие по стилистике с известными примерами художественного авангарда 20-х годов.

Ожившие полотна из коллекции Государственного музея искусств имени И. В. Савицкого покажут вам всё художественное разнообразие, которое создавалось в живописных песках и оазисах Центральной Азии.

Выставка открыта по 7 июня 2024 года
Вход с 10:00 до 20:00 ежедневно

Билеты на iticket.uz
“O‘zekspomarkaz”ning 5-pavilionida Igor Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyi kolleksiyasiga kiruvchi asarlar o‘rin olgan “Savitskiy kundaliklari. Qadimiy va navqiron” multimedia ko‘rgazmasi davom etmoqda.

Rassom Ruvim Mazel Turkmanistonga ilk bor 1915-yilda chor Rossiyasi armiyasi tarkibida kelib, ammo 3 yil o‘tgach Qizil Armiya jangchilariga moljallangan, keyinchalik “Sharq san’atining zarbdor maktabi”, deb nomlangan birinchi san’at maktabida ishlash maqsadida qaytib keladi. Rangtasvirchi turkman gilamining jimjimador naqshlaridan shu qadar ilhomlanadiki, u o‘z rangtasvir san’atini ushbu gullarning bezakli chiziqlariga monandlashtirishni boshlaydi. Shu zayl Mazelning handasaviy shakllarga tayangan, 1920-yillar badiiy avangardining mashhur namunalariga o‘xshash eng sara asarlari paydo bo‘ladi.

I.V.Savitskiy nomidagi Davlat sanʼat muzeyi kolleksiyasidan jonlangan mato suratlar sizga Markaziy Osiyoning manzarali barxan va vohalarida yaratilgan barcha badiiy tarovatni namoyon etadi.

Ko‘rgazma 2024-yilning 7-iyuniga qadar muxlislarga muntazir.
Kirish har kuni 10:00 dan 20:00 gacha.

Chiptalar iticket.uz’da
Bugun Britaniya Kengashi va O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi vakillari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Imzolangan bandlarga muvofiq, tomonlar IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi doirasidagi hamkorlikni kengaytiradilar.

Jamgʻarma va Britaniya Kengashi Oʻzbekistondagi ijodiy sanoat tarmoqlarida olib borilgan izlanishlarni almashish, “CreatiVillage” uchun ma’ruzachi va ijodkorlarni ragʻbatlantirish va jalb etish tashviqotini qo‘llab-quvvatlash, anjuman davomida ijodiy ta’lim bilan bogʻliq alohida sho‘balarni tashkil etishga kelishib oldilar.

Bundan tashqari konferensiyaning madaniy dasturiga Britaniya Kengashining Markaziy Osiyodagi hamkor hamkasblar tarmog‘i tadbiri doirasida ishlab chiqilgan ijodiy sayohatlar, shuningdek, Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi faoliyati va Buyuk Britaniya kreativ sanoati salohiyatini namoyish etuvchi interfaol peshlavhani tashkil etish nazarda tutilmoqda.

Britaniya Kengashi IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasining ta’lim bo‘yicha hamkori sifatida tashabbus ko‘rsatadi.