Фонд развития культуры и искусства | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
3.27K subscribers
3.3K photos
286 videos
310 files
365 links
Официальный телеграм канал Фонда развития культуры и искусства Республики Узбекистан

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasining rasmiy telegram kanali

http://acdf.uz/
t.me/acdfuz
fb.com/acdfuz
tw.com/acdfuz_official
Download Telegram
Bugun Yaponiyada O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaning Yaponiya Madaniyat masalalari agentligi bosh direktori Nirohiko Nakahara bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ikki mamlakat oʻrtasida madaniyat va sanʼat sohasidagi hamkorlik istiqbollari va rejalari muhokama qilindi.

Mamlakatlarning madaniyat va san’at masalalari bo‘yicha faol hamkorligiga, jumladan, Nara milliy muzeyi va Osaka etnografik muzeyida ko‘rgazmalarni hamda “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” sahna asari bilan O‘zbekiston milliy baletining ilk sayyor safarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Yaponiya muzeylari bilan faol bahamjihatlikda arxeologik ko‘rgazmalar va madaniy tadbirlarni o‘tkazish rejalari hamda Tokio muzeyi vakillarining O‘zbekistonga muzey sara to‘plamlarini o‘rganish uchun tashrifini uyushtirishga urg‘u berildi.

Сегодня в Японии состоялась встреча Гаянэ Умеровой, председателя Фонда развития культуры и искусства Узбекистана с Нирохико Накахара, генеральным директором Агентства по делам культуры Японии. Были обсуждены перспективы и планы на сотрудничество в сфере культуры и искусства между двумя странами.

Особое внимание было уделено активному взаимодействию стран по вопросам культуры и искусства, в том числе — проведение выставки в Национальном музее Нары, выставки в этнографическом музее Осаки и премьерные гастроли Национального балета Узбекистана с постановкой «Лазги. Танец души и любви» в Японию.

Также было подчеркнуто активное взаимодействие с японскими музеями и планы на проведение археологических выставок и культурных мероприятий и визит представителей Токийского музея в Узбекистан для изучения музейных коллекций.
Madaniyat va san’at sohasidagi xalqaro madaniy muloqotni mustahkamlash doirasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova Yaponiya milliy madaniy meros instituti maslahatchisi Kuni Sato bilan uchrashdi.

Ushbu uchrashuv tajriba almashish va loyihalarni amalga oshirish uchun yangi hamkorlik ufqlarini ochadi. Muhokama qilingan mavzular sirasiga Tokio va Nara milliy muzeylarida 2027-yilda, Osaka etnografiya muzeyida esa 2026-yilda arxeologik koʻrgazmalarni tashkil etish kirdi. Mazkur tadbirlar ikkala mamlakatning betakror madaniy va tarixiy merosini namoyish etishdek ulkan salohiyatga ega.

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik ikkala mamlakat madaniy hayotiga salmoqli manfaat keltirib, arxeologiya va etnografiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning yanada ravnaq topishiga xizmat qiladi.

Muzokaralar O‘zbekiston va Yaponiya madaniyat rishtalarining mustahkamlanishida zalvarli bosqichga aylanmoqda.

В рамках укрепления международного сотрудничества в области культуры и искусства Гаянэ Умерова, председатель Фонда развития культуры и искусства Узбекистана провела встречу с Куни Сато, советником Национальных институтов культурного наследия Японии.

Эта встреча открывает новые возможности для обмена опытом и реализации совместных проектов. В числе обсуждаемых тем были организация археологических выставок в Национальных музеях Токио и Нары в 2027 году и в Этнографическом музее Осаки в 2026 году. Эти мероприятия несут в себе огромный потенциал для демонстрации уникального культурно-исторического наследия обеих стран.

Сотрудничество между Узбекистаном и Японией принесет значительную пользу культурной жизни обеих стран и способствует развитию научных исследований в области археологии и этнографии.

Встреча стала важной вехой в укреплении культурных связей между Узбекистаном и Японией.
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Butunjahon “Expo Osaka 2025” ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy pavilioni ishtirok etishini e’lon qiladi. Pavilion qurilishiga tamal toshini qo‘yish marosimi debocha yasadi. Milliy pavilion loyihasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Pavilionning umumiy sathi 800 kvadrat metrdan ortiq maydonni tashkil etadi. Ko‘rgazmada Barqaror rivojlanish maqsadlarining uch ustuvor yo‘nalishi: “sifatli ta’lim”, “hamyonbop va toza energiya” hamda “sanoatlashtirish, innovatsiyalar va infratuzilma” rejalariga muvofiq O‘zbekistondagi o‘zgarishlar jarayonini namoyish etuvchi loyihalarni birlashtirgan “Bilimlar bog‘i” loyihasi taqdim etiladi.

O‘zbekistonning “Expo Osaka 2025” ko‘rgazmasida ishtirok etishi mamlakat uchun milliy yutuqlarni namoyish etish, sayyohlikni rivojlantirish, sarmoyalarni jalb qilish hamda xalqaro hamkorlik va madaniy almashinuvni kengaytirish uchun yangi istiqbollarni ochadi.

Фонд развития культуры и искусства Узбекистана объявляет об участии Национального павильона Узбекистана во Всемирной выставке Expo Osaka 2025. Начало строительство павильона было положено церемонией закладки первого камня. Проект Национального павильона осуществляется совместно с Министерством инвестиций, промышленности и торговли.

Общая площадь павильона составит более 800 квадратных метров. В экспозиции будет представлен проект «Сад знаний», который объединит в себе проекты, демонстрирующие процесс трансформации Узбекистана, согласно трем приоритетным Целям устойчивого развития: «качественное образование», «недорогостоящая и чистая энергия» и «индустриализация, инновации и инфраструктура».

Участие Узбекистана в Expo Osaka 2025 открывает перед страной новые перспективы для демонстрации национальных достижений, развития туризма, привлечения инвестиций, а также для расширения международного сотрудничества и культурного обмена.
Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi Gayane Umerovaning yaponiyalik meʼmor, Pritsker mukofoti sohibi Tadao Ando bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

O‘zbekiston davlat san’at muzeyi yangi binosining me’moriy loyihasi va dizayn g‘oyasi ustidagi ishlar tugagach, uni amalga oshirish yakuniy bosqichga o‘tadi. Tadao Andoga loyiha ijrosi bo‘yicha mualliflik nazoratini olib borish yuklandi.

Joriy yilda yaponiyalik me’mor loyihasiga asosan bino qurilishi boshlanadi.

В рамках официального визита в Японию, состоялась встреча Гаянэ Умеровой, председателя Фонда развития культуры и искусства Узбекистана с японским архитектором Тадао Андо, лауреатом Притцкеровской премии.

После окончания работы над архитектурным проектом и дизайн-концепцией нового здания Государственного музея искусств Узбекистана, реализация переходит в завершающую стадию — Тадао Андо был поручен авторский надзор за исполнением проекта.

В этом году начнется строительство здания по проекту японского архитектора.
2024-yilning 16–17-aprel kunlari Italiyada “O‘zbekiston: Sahrodagi avangard” ko‘rgazma loyihasining ochilishi bo‘lib o‘tadi.

“O‘zbekiston: Sahrodagi avangard” ko‘rgazmasi Italiya va jahon jamoatchiligiga XX asr birinchi yarmi san’ati tarixining muhim, ammo u qadar ma’lum bo‘lmagan bobini taqdim etadi. U ikkita bo‘limdan iborat bo‘lib, ikkita maskan: Venetsiyadagi Ka Foskari universiteti ko‘rgazma maydonida “Shakl va ramz” va Florensiyaning Pitti saroyida “Nur va rang” nomi bilan o‘tkaziladi. Loyiha Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi koʻmagida yaratilgan boʻlib, unga Ka Foskari universiteti huzuridagi Rus sanʼati tadqiqotlari markazi (CSAR)dan Silvia Burini va Juzeppe Barbieri kuratorlik qiladilar.

Ko‘rgazmalarda XX asrning birinchi yarmida yaratilgan 172 tadan ortiq rangtasvir asarlari va suratlar, shuningdek, Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi va O‘zbekiston davlat san’at muzeyida saqlanayotgan milliy bezak va amaliy san’at buyumlari namoyish etiladi.

“O‘zbekiston: Sahrodagi avangard” ko‘rgazmasining “Nur va rang” bo‘limi 2024-yil 16-apreldan 30-iyungacha Florensiyadagi Pitti saroyida ochiladi.
“Shakl va ramz” loyihasi 17-apreldan 29-sentabrgacha Venetsiyadagi Ka Foskari universitetining koʻrgazma maydonida muxlislar uchun muntazir.
16 и 17 апреля 2024 года в Италии состоится открытие выставочного проекта «Узбекистан: Авангард в пустыне».

Выставка «Узбекистан: Авангард в пустыне» представит итальянской и международной публике важную, хотя и малоизвестную главу истории искусства первой половины XX века. Она включает в себя два раздела, которые пройдут на двух площадках: «Форма и символ» в экспозиционном пространстве университета Ка-Фоскари, Венеция и «Свет и цвет» во Дворце Питти, Флоренция. Проект создан при поддержке Фонда развития культуры и искусства Узбекистана, кураторами стали Сильвия Бурини и Джузеппе Барбьери из Центра изучения русского искусства при университете Ка-Фоскари (CSAR).

На выставках будут представлены более 172 живописных работ и рисунков, созданных в первой половине XX века, а также предметы национального декоративно-прикладного искусства из собраний Государственного музея искусств Каракалпакстана имени Игоря Савицкого и Государственного музея искусств Узбекистана.

Раздел выставки «Узбекистан: Авангард в Пустыне» «Свет и цвет» будет открыта во Флоренции в палаццо Питти с 16 апреля по 30 июня 2024 года
«Форма и символ» будет открыта с 17 апредя по 29 сентября 2024 года в экспозиционном пространстве университета Ка-Фоскари в Венеции.
2021-yildan beri O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mozaika va pannolarni asrab-avaylash loyihasi ustida ishlab kelmoqda. O‘shandan buyon O‘zbekistondagi mavjud qadama naqsh va pannolarni milliy madaniy meros ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha choralar ko‘rildi.

Izlanishlar xulosalari asosida Ilmiy ekspertlar kengashi 154 ta obyektni “Milliy roʻyxat”ga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Buning sharofati bilan mozaikalarni puxta o‘rganish davom ettiriladi va ularni muhofaza qilish yuzasidan kelgusi chora-tadbirlar ko‘riladi. Bu o‘z navbatida, sayyohlik salohiyatini oshirib, mozaikalar ham mamlakat aholisi, ham sayyohlar uchun saqlanib qolinadi.

С 2021 года Фонд развития культуры и искусства Узбекистана работает над проектом по сохранению мозаик и панно. С тех пор были проведены шаги по их включению в национальный список культурного наследия, имеющихся в Узбекистане мозаик и панно.

По итогам научно-экспертный совет вынес решение о включении в «Национальный список» 154 объектов.

Благодаря этому, продолжится дальнейшее изучение мозаик, будут приняты дальнейшие меры по их сохранению. Благодаря этому, возрастет туристический потенциал — мозаики будут сохранены как для жителей страны, так и для туристов.