Фонд развития культуры и искусства | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
3.16K subscribers
3.25K photos
281 videos
310 files
363 links
Официальный телеграм канал Фонда развития культуры и искусства Республики Узбекистан

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasining rasmiy telegram kanali

http://acdf.uz/
t.me/acdfuz
fb.com/acdfuz
tw.com/acdfuz_official
Download Telegram
YUNESKOning Parijadagi bosh qarorgohida “Abu Rayhon Beruniy. Geografik va intellektual sayohatlar” ko‘rgazma loyihasi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Ekspozitsiya zallarida interfaol multimedia proyeksiyasi o‘rnatilgan bo‘lib, unda tashrif buyuruvchilar Beruniy qo‘lyozmalari sahifalarini yuqori sifat va tasvirda ko‘rishlari mumkin. Namoyish buyumlari orasida Fanlar akademiyasi huzuridagi Sharqshunoslik instituti mutaxassislari tomonidan tayyorlangan Fransiya milliy kutubxonasi to‘plamlarida saqlanayotgan Abu Rayhon Beruniy qo‘lyozmalarining nusxalariga alohida o‘rin berilgan.

Ko‘rgazma loyihasini tayyorlash va ilmiy katalogni yaratishda o‘zbekistonlik olimlar yaqindan ishtirok etdilar. Parijdagi ochilish marosimida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori Bahrom Abduhalimov, A.R. Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar xazinasi mudiri Sharifjon Islomov, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori Bahrom Irzayev, Badiiy akademiya huzuridagi K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Muzeyshunoslik kafedrasi professori Zuhra Rahimova hozir bo‘ldilar. YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga “Miniatyura san’ati” (2020) va “Yog‘och o‘ymakorligi” yo‘nalishlari bo‘yicha nomzodlarni tayyorlashda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi Ulugʻbek nomidagi Astronomiya instituti professori, Jahon fanlar akademiyasi a’zosi, islom dunyosi Fanlar akademiyasi a’zosi Bobomurat Ahmedov, UNESCO-L’OREAL qo‘shma stipendiyasi sohibalari Dilfuza Egamberdiyeva va Nilufar Mamadaliyevalar faol ishtirok etdilar.

O‘zbekistonlik olimlar va yetakchi mutaxassislarga minnatdorchiligimizni izhor etamiz.
В штаб-квартире ЮНЕСКО в Париже продолжает свою работу выставочный проект «Абу Райхан Беруни. Географические и интеллектуальные путешествия».

В залах экспозиции представлены интерактивная мультимедийная проекция, на которой посетители смогут ознакомиться со страницами рукописей Беруни в высоком качестве. Особое место в экспозиции отведено копиям рукописей Абу Райхана Беруни подготовленными специалистами Института востоковедения при Академии Наук из собрания Национальной библиотеки Франции.

Узбекистанские ученые принимали участие в подготовке выставочного проекта и создании научного каталога. На церемонии открытия в Париже присутствовали: Бахром Абдухалимов, дирекор института востоковедения им. Абу Райхана Беруни при Академии наук Узбекистана, Шарифжон Исламов, заведующий Фонда рукописей института востоковедения им. Абу Райхана Беруни при Академии наук Узбекистана, Бахром Ирзаев, доктор исторических наук, старший научный сотрудник Государственного музея памяти жертв репрессий, Зухра Рахимова, профессор кафедры музееведения Национального института искусства и дизайна им.К.Бехзода при Академии художеств. Активно участвовала в подготовке номинантов по Искусству миниатюры (2020) и Искусству резки по дереву в список нематериального культурного наследия человечества ЮНЕСКО, Бобомурат Ахмедов, профессор Института Астрономии им. Улугбека при Академии наук Узбекистана. Член Всемирной академии наук, член Академии наук Исламского мира, Дилфуза Эгамбердиева, лауреат совместной стипендии ЮНЕСКО-L'OREAL, Нилуфар Мамадалиева, лауреат совместной стипендии ЮНЕСКО-L'OREAL.

Выражаем благодарность ученым и экспертам Узбекистана.
Toshkent modernistik me’morchiligi muhofazasi masalalariga bag‘ishlangan konferensiyaning o‘tkazilishini mamnuniyat bilan xabar qilamiz. “Toshkent dunyoning qayerida joylashgan?” nomli konferensiya 2023-yilning 18–19-oktabr kunlari O‘zbekiston Davlat san’at muzeyida bo‘lib o‘tadi.

Faxriy mehmonlar orasida me’mor Rem Kolhas, yozuvchi va muhofiz Shumon Basar, madaniy meros bo‘yicha boshqaruvchi Eduardo Eskalante Karrilyolar bor.

Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad Toshkent modernistik merosining ahamiyatiga diqqat-e’tiborni jalb etishdan iboratdir. Biz muloqotni yo‘lga qo‘yish va O‘zbekiston poytaxti qiyofasini asrab-avaylash bo‘yicha majmuaviy strategiyani ishlab chiqishga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan yetakchi mutaxassislarni bir joyga to‘playmiz.

Konferensiya bilan bir vaqtda muzeyda “Tashkent Modernism: Index” ko‘rgazma loyihasi taqdim etiladi. U ikki yillik jadal va puxta izlanishlar natijalari hamda Armin Linke tomonidan tasvirga tushirilgan meʼmoriy inshootlarning fotosuratlarini birlashtiradi.

Anjuman “Tashkent Modernism XX/XXI” loyihasini amalga oshirishga salmoqli hissa qo‘shgan me’mor va muarrix Jan-Lui Koen (1949–2023) xotirasiga bag‘ishlanadi.
Мы рады сообщить о проведении конференции, посвященной сохранению модернистской архитектуры Ташкента! Конференция Where in the World Is Tashkent состоится в Государственном музее искусств Узбекистана 18-19 октября 2023 года.
 
Среди почетных гостей –– архитектор Рем Колхас, писатель и куратор Шумон Басар, менеджер по культурному наследию Эдуардо Эскаланте Каррильо.
 
Цель конференции –– привлечь внимание к значению модернистского наследия Ташкента. Мы соберем экспертов из Узбекистана и других стран, чтобы наладить диалог и помочь в разработке комплексной стратегии сохранения облика столицы Узбекистана.
 
Одновременно с конференцией в музее будет представлен выставочный проект Tashkent Modernism: Index. Он объединяет результаты двухлетних интенсивных исследований и фотографии архитектурных объектов, сделанные Армином Линке.
 
Проведение конференции посвящено памяти архитектора и историка Жана-Луи Коэна (1949–2023), внесшего значительный вклад в реализацию проекта Tashkent Modernism XX/XXI.
“TASHKENT FILM ENCOUNTERS”ning kuzgi namoyishlari

Havo hali iliq bo‘lsa-da, sizlarni sentabr oyining dam olish kunlarini Jamg‘armaning hovlisida san’at haqidagi filmlarni tomosha qilish bilan o‘tkazishni taklif qilamiz.

Sizga zamonaviy san’at, XX asrning ikkinchi yarmidagi asosiy rassomlar va Markaziy Osiyodagi eng muhim badiiy muzeylardan biri haqidagi ommabop filmlar dasturini taqdim etamiz.

Filmlarni rassomlar, tadqiqotchilar va mualliflar taqdim etadilar. Dasturning birinchi qismi san’at haqidagi filmlardan iboratdir. Barcha kinokartinalar suratga olingan asl tilda ruscha subtitrlar bilan namoyish etiladi.

Karuselni varaqlab namoyishlar jadvali bilan tanishing.

ОСЕННИЕ ПОКАЗЫ TASHKENT FILM ENCOUNTERS

Пока еще тепло, мы приглашаем вас провести сентябрьские выходные во внутреннем дворе Фонда за просмотром фильмов об искусстве.

Представляем вам программу популярных фильмов о современном искусстве, ключевых художниках второй половины XX века и одном из важнейших художественных музеев Центральной Азии.

Фильмы представляют художники, исследователи и авторы. Первая часть программы — фильмы об искусстве. Все кино-картины будут показаны на языке оригинала с русскими субтитрами.

Листайте карусель: там вы найдете расписание показов.