Фонд развития культуры и искусства | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
3.57K subscribers
3.77K photos
330 videos
310 files
408 links
Официальный телеграм канал Фонда развития культуры и искусства Республики Узбекистан

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasining rasmiy telegram kanali

http://acdf.uz/
t.me/acdfuz
fb.com/acdfuz
tw.com/acdfuz_official
Download Telegram
21-fevral kuni Luvr muzeyida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasiga maxsus safar uyushtirildi.

Ko‘rgazmaning ilmiy muhofizi Rokko Rante boshchiligida o‘tkazilgan sayohat turli mamlakatlarning YUNESKO huzuridagi doimiy vakillari uchun Parijda tashkil etildi.

Mehmonlar O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosini aks ettiruvchi ko‘rgazmaning noyob ashyo va buyumlari bilan tanishib, ko‘rgazmaning keng miqyosi va ulug‘vorligiga tahsin izhor etdilar. Tashrif yakunida har bir mehmonga ko‘rgazma uchun maxsus tayyorlangan ilmiy katalog hadya etildi.

___


21 февраля в музее Лувра прошел специальный тур по выставке «Великолепие оазисов Узбекистана. На перекрестке караванных путей», организованный Фондом развития культуры и искусства Узбекистана.

Тур, проведенный научным куратором выставки Рокко Ранте, был организован для постоянных представителей разных стран в ЮНЕСКО в Париже.

Гости были ознакомлены с уникальными экспонатами выставки, отражающим богатое историческое и культурное наследие Узбекистана и выразили восхищение масштабностью и грандиозностью выставки. В конце тура, каждому гостю были подарены научные каталоги, подготовленные специально для выставки.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
19-mart kuni Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida A.Navoiy teatrida “Lazgi” baleti ijro etiladi.

“Qalb va muhabbat” ma’nolarini anglatuvchi lazgi raqsi 3 ming yillik tarixga ega bo‘lib, sir-asror va afsonalarga chulg‘angan. Xorazm zaminida dunyoga kelgan raqs insonning ijodkorlik salohiyatiga oid qadimiy hikmatni o‘zida mujassam etib, harakatlar orqali tevarakdagi tabiat hodisalari, muhabbat va baxt tuyg‘ularini aks ettiradi.

Raymondo Rebekning ajoyib xoreografiyasi, yorug‘lik, musiqa va plastikaning favqulodda uyg‘unligi hamda O‘zbekiston Milliy balet truppasining shukuhli ijrosi tomoshabinlarda alohida taassurot qoldiradi.

Chiptalar iticket.uz saytida

____

19 марта при поддержке Фонда развития культуры и искусства в театре им. Навои пройдет балет Lazgi.

История танца Лазги, что означает "Душа и Любовь, насчитывает 3000 лет и окутана тайнами и мифами. Рожденный на земле Хорезма, он воплощает древнюю мудрость о творческом потенциале человека, через движение отражая явления окружающей природы, чувства любви и счастья.

Великолепная хореография Раймондо Ребека, невероятное сочетание света, музыки и пластики, а также блистательное выступление труппы Национального балета Узбекистана произведут особое впечатление на зрителей.

Билеты доступны на сайте: iticket.uz
22-fevral kuni Behzod Abduraimovning Luvrdagi yakkaxon konserti bo‘lib o‘tdi.

Konsert Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari. Karvon yoʻllari chorrahasida” nomli ilk keng miqyosli madaniy va tarixiy meros ko‘rgazmasining madaniy dasturi doirasida boʻlib oʻtdi.

Behzod Abduraimov – yuksak mahoratli o‘zbek pianino sozandasi yevropalik jamoatchiligi uchun Robert Shumanning “Kreisleriana Op.16”, rus bastakori Modest Musorgskiyning “Ko‘rgazmadagi surat”, bastakor Dilorom Saydaminovaning “Ko‘hna Buxoro devorlari” kabi mashhur musiqiy asarlarini ijro etib berdi.

Luvrdagi “O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari. Karvon yoʻllari chorrahasida” koʻrgazmasi 2023-yilning 6-martiga qadar davom etadi.

___


22 февраля состоялся сольный концерт Бехзода Абдураимова в Лувре.

Концерт проходил в рамках культурной программы к первой масштабной выставки культурного и исторического наследия: «Великолепие оазисов Узбекистана. На пересечении караванных путей», организованной Фондом развития культуры и искусства.

Бехзод Абдураимов — узбекский пианист-виртуоз, исполнивший для европейской публики такие известные музыкальные произведения как: «Крейслериана соч.16» Роберта Шумана, «Картина с выставки» русского композитора Модеста Мусоргского, «Стены древней Бухары» композитора Дилором Сайдаминовой.

Выставка «Великолепие оазисов Узбекистана. На пересечении караванных путей» в Лувре открыта для посещения по 6 марта 2023 года.
Kutubxona haqidagi fotosurat va hikoyalaringizni yuboring

Kutubxonaga toshkentliklarning bir necha avlodi tashrif buyurgan. Kimdir bu yerga atigi bir necha marotaba kelgan bo‘lsa, kimdir muntazam ravishda kelgan, kimdir esa hatto ishga joylashib, bir necha o‘n yillar davomida baxtiyor xizmat qilgan – kutubxona devorlari ko‘plab kishilarning shaxsiy voqealariga guvoh. Shahar arxividan topilgan nodir kadrlarda 60-yillarning oxirlarida maktab o‘quvchilarining o‘qish zalida o‘tirgani, may oyining iliq tonggida esa xodimalar kirish ostonasida turganlarini ko‘ramiz.
Respublika bolalar kutubxonasi tarixini kuzatish imkonini beruvchi sanoqli fotosuratlar qolgan. Toshkentliklarning shaxsiy suratlari davrni anglash uchun almashtirib bo‘lmas osori atiqalardir.

Aholining O‘zbekiston kutubxonalari to‘g‘risidagi fotosuratlari, hikoyalari va xotiralarini library@acdf.uz va Bevosita muloqot orqali kutib qolamiz. Shuningdek, Siz tadqiqotlar boshqaruvchisi Ester @eafraid bilan telefon orqali bog‘lanishingiz mumkin. Suratlar, slaydlar va plyonkalar skaner nusxa olingandan so‘ng qaytariladi. Har bir hikoya va har bir kadr Respublika bolalar kutubxonasiga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot ishlariga hissa bo‘lib xizmat qiladi.
Присылайте ваши фотографии и истории о библиотеке

Библиотеку посещало несколько поколений ташкентцев. Кто-то зашел сюда всего пару раз, кто-то приходил постоянно, кто-то даже устроился на работу и счастливо прослужил несколько десятилетий — стены библиотеки помнят много личных историй. На редких кадрах, найденных в городском архиве, мы видим, как школьники конца 60-х сидят в читальном зале, а сотрудницы стоят у главного входа теплым майским утром.
Фотографий, позволяющих проследить историю Республиканской детской библиотеки, осталось немного. Личные фотографии ташкентцев — незаменимые для понимания эпохи артефакты.

Фотографии, истории, воспоминания жителей о библиотеках Узбекистана мы ждем на library@acdf.uz и в директ. Вы также можете связаться с менеджером исследования Эстер @eafraid по телефону. Фотографии, слайды и пленки будут возвращены после сканирования. Каждая история и каждый кадр станут вкладом в исследовательскую работу, посвященную Республиканской детской библиотеке.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek Milliy qo‘g‘irchoq teatrida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Shomurod Yusupov badiiy rahbarligida Samuil Marshak asari asosida sahnalashtirilgan “O‘n ikki oy” tomoshasi namoyish etildi.

Spektaklning o‘ziga xosligi uning tiflosharhlash yordamida o‘tkazilgani bo‘lib, undan ko‘plab sust ko‘ruvchi va ko‘zi ojiz tashrif buyuruvchilar bahramand bo‘ldilar.

Jajji tomoshabinlar o‘zlari uchun hayratlanarli ertakona olamni kashf etib, unda ular tabiat qonunlari va ezgulikning yovuzlik ustidan qozongan tantanasi haqida bilib oldilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining uzoq muddatli pirovard maqsadlaridan biri mamlakatimiz madaniyat muassasalarida barcha uchun barobar muhitni rivojlantirishdan iboratdir.

___

В Узбекском Национальном театре кукол совместно с Фондом развития культуры и искусства состоялся спектакль «Двенадцать месяцев» по мотивам произведения Самуила Маршака в постановке заслуженного артиста Республики Узбекистан Шамурата Юсупова.

Особенность спектакля в том, что он прошел с участием тифлокомментирования и его смогли посетить многие слабовидящие и незрячие люди.

Маленьким зрителям открылся удивительный, сказочный мир, в котором они узнали о законах природы и торжестве добра над злом.

Одной из долгосрочных целей Фонда развития культуры и искусства при Кабинете Министров Республики Узбекистан является развитие инклюзивной среды в культурных учреждениях страны.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 1-mart kuni O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan yangi “Monedan Kandinskiygacha. San’atda inqilob” multimedia ko‘rgazmasi tashkil etildi.

HD proyeksiya, animatsion grafika va klassik musiqani o‘zida mujassam etgan ko‘rgazma tashrif buyuruvchilarga 9 ta jahonga mashhur modernizm ustalari: Klod Mone, Jorj Seurat, Vinsent van Gog, Edvard Munk, Pol Sezan, Xuan Gris, Robert Delaunay, Pol Klee va Vasiliy Kandinskiyning asarlarini taqdim etadi. Tomoshabinlar XIX asr oxiri - XX asr boshlarining eng muhim badiiy yo‘nalishlari bo‘lgan impressionizm, punktizm, postimpressionizm, kubizm va ekspressionizmlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ko‘rgazma 2023-yilning 1-iyuniga qadar davom etadi va har kuni soat 10:00 dan 20:00 gacha ishlaydi.

Chiptalar: www.iticket.uz

____


1 марта в выставочном центре "УЗЭКСПОЦЕНТР" открылась новая мультимедийная выставка «От Моне до Кандинского. Революция в искусстве» организуемый Фондом развития культуры и искусства Узбекистана. 

Выставка, вобравшая в себя HD-проекцию, анимированную графику и классическую музыку, представит посетителям работы 9 всемирно известных мастеров модернизма: Клода Моне, Жоржа Сёра, Винсента Ван Гога, Эдварда Мунка, Поля Сезанна, Хуана Гриса, Робера Делоне, Пауля Клее и Василия Кандинского. У зрителей появится возможность поближе познакомится с важнейшими художественными направлениями конца XIX — начала XX веков таких как: импрессионизм, пуантилизм, постимпрессионизм, кубизм и экспрессионизм.

Выставка продлится до 1 июня 2023 года и доступна каждый день с 10:00 до 20:00.

Билеты на сайте: www.iticket.uz
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi “O‘zbekiston: Markaziy Osiyo bo‘ylab zamonlar osha sayohat” hujjatli filmi Italiyada o‘tkazilayotgan “Firenze Archeofilm” kinofestivalining “Arxeologiya” yo‘nalishi bo‘yicha saralash bosqichidan o‘tganini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi.

Filmga taniqli kino sanoati arbobi Jivko Darakchiyev rahbarlik qilgan.

Jamg‘arma bilan hammualliflikda suratga olingan mazkur film Luvrdagi “O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari. Karvon yoʻllari chorrahasida” ko‘rgazmasi arafasiga mo‘ljallanib, ro‘yobga chiqdi.

Festival 1-5 mart kunlari Florensiyada boʻlib oʻtadi.

____

Фонд развития культуры и искусства рад сообщить, что документальный фильм «Узбекистан: путешествие вне времени по Центральной Азии» был отобран на кинофестиваль Firenze Archeofilm Festival в Италии в категории «Археология».

Режиссером фильма выступил известный кинематографист Живко Даракчиев.

Этот фильм, снятый в соавторстве с Фондом, приурочен к выставке «Великолепие оазисов Узбекистана. На пересечение караванных путей» в Лувре.

Фестиваль будет проходить с 1 по 5 марта во Флоренции.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1–2 mart kunlari O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Xalqaro balet festivali A.Navoiy nomidagi Katta teatrda o‘tkazilgan jahonga mashhur Moris Bejarning “Bolero” baleti bilan boshlandi.

Tomoshabinlarga birvarakayiga 4 ta zabardast sahna tomoshalari – Jill Romanning “Alors on danse ...!”, shaxsan Moris Bejarning “Quatre preludes pour violoncelle”, “Liebe un Tod” va “Bolero” taqdim etildi.

“Bolero” — baletga befarq bo‘lmagan har bir kishiga ma’lum. Bejar rahbarligidagi sahna asarlari so‘zsiz keng jamoatchilikning tabiiy e’tiborini jalb qilib kelgan. San’at ustasi yo‘lining davomchisi bo‘lmish, 20 yillik tajribaga ega xoreograf Jil Roman 2007-yildan buyon truppaga rahbarlik qiladi. Uning ijodiy yutuqlariga dunyo bo‘ylab sayyor safarlarda bo‘lib kelayotgan jamoa mahoratini yanada oshirish va taraqqiy ettirish kiradi. 

Yuksak nafis raqs san’ati olamidagi voqealarni kuzatib boring va navbatdagi konsertlarga tashrif buyuring. Keyinchalik yanada qiziqarli bo‘ladi!

#xalqarobaletfestivali #acdf #kattabalethaftaligi #balettashkent
___

1-2 марта стартовал Международный балетный фестиваль, организуемый Фондом развития культуры и искусства Узбекистана, начавшийся с всемирно известного балета Мориса Бежара — “Bolero”, который прошел в ГАБТ имени А.Навои.

Зрителям было представлено сразу 4 грандиозных постановки: "Alors on danse...!" Жиля Романа, "Quatre preludes pour violoncelle", "Liebe un Tod" и “Bolero" Мориса Бежара.

Балет «Болеро»  известен каждому неравнодушному к балету.
Постановки Бежара неизменно вызывают интерес у широкой публики. Преемник мастера, Жиль Роман — хореограф с 20-летним стажем возглавляет труппу с 2007 года. Среди его достижений  — совершенствование и развитие коллектива, гастролирующего по всему миру.

#международныйбалетныйфестиваль #acdf #неделябольшогобалета #балетташкент
2023-yilning 25-aprelidan 13-mayiga qadar Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi koʻmagida YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi va Toshkentda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpusning qator mamlakatlari bilan hamkorlikda VII Xalqaro jaz festivali boʻlib o‘tadi.

Festival har yili 30-aprelda nishonlanadigan 2011-yilda YUNESKO tomonidan rasman e’lon qilingan Xalqaro jaz kuniga mo‘ljallanib uyushtirilmoqda. O‘zbekiston jahon jaz tantanalarini nishonlashda 2015-yildan buyon ishtirok etib keladi.

Shodiyona tadbirlar O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar sozandalarini birlashtirish yo‘lida konsert, mahorat darslari va ijodiy uchrashuvlarni o‘tkazish hamda madaniy hamkorlik uchun makon yaratish maqsadida tashkil etilmoqda. Jamg‘arma tashabbusi bilan festivalda Fransiya, Germaniya, Isroil, Italiya, Polsha, Ruminiya, Shveytsariya, Ukraina, Vengriya kabi davlatlardan jahon miqyosidagi san’atkorlar ishtirok etadi.

Chiptalar tez orada www.iticket.uz saytida.
___

С 25 апреля по 13 мая 2023 года Фонд развития культуры и искусства совместно с Представительством ЮНЕСКО в Узбекистане и дипломатическим корпусом ряда стран, аккредитованных в Ташкенте, проводит VII Международный фестиваль джаза.

Проведение фестиваля приурочено к Международному дню джаза, который с 2012 года отмечается 30 апреля по инициативе ЮНЕСКО. Узбекистан участвует в глобальном праздновании джаза с 2015 года.

Фестиваль проводится с целью объединения музыкантов Узбекистана и зарубежных стран для проведения концертов, мастер-классов и творческих встреч, а также создания пространства для культурного сотрудничества. В программе фестиваля примут участие исполнители из Великобритании, Венгрии, Германии, Израиля, Италии, Ливана, Нидерландов, Польши, России, Румынии, США, Украины, Франции, Швейцарии и Узбекистана.

Билеты скоро будут доступны на сайте www.iticket.uz
Bugun Luvrda O‘zbekistonning tarixiy va madaniy merosiga bag‘ishlangan yirik loyiha — “O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi o‘z ishini yakunlamoqda.

“O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” — uzoq kutilgan va katta mehnat sarflangan loyiha. Ko‘rgazmaga tayyorgarlik ishlari 4 yil davom etgan. Mashhur Parij muzeyi uchun sopol, yog‘och, metall, devor suratlari va qog‘ozdan tayyorlangan 70 dan ortiq eng nodir eksponatlar restavratsiya qilindi. O‘zbekiston muzeylaridan jami 138 ta buyumlar namoyish etildi. Mintaqaning madaniy merosi ilk bor dunyodagi eng yirik muzeylardan birida namoyish etilib, Buyuk Ipak yo‘lining ochilmagan tarixi xalqaro jamoatchilikka namoyish etildi.

2022-yilning 23-noyabrida ochilganidan buyon ko‘rgazmaga 260 000 nafardan ortiq kishi tashrif buyurdi. O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ushbu muhim loyihani amalga oshirishda ishtirok etgan barcha mutaxassislarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

____

Сегодня в Лувре заканчивает свою работу масштабный проект, посвященный культурному и историческому наследию Узбекистана — выставка «Великолепие оазисов Узбекистана. На пересечении караванных путей». 

«Великолепие оазисов Узбекистана. На пересечение караванных путей» — долгожданный и трудоемкий проект. На подготовку к выставке ушло четыре года. Более 70 редчайших экспонатов из керамики, дерева, металла, настенной живописи и бумаги были отреставрированы для показа в знаменитом парижском музее. Всего  было представлено 138 предметов из музеев Узбекистана. Впервые богатое культурное наследие региона было показано в одном из крупнейших музеев мира, открывая историю Великого шелкового пути для международной публики.

С момента открытия 23 ноября 2022 года выставку посетило более 260,000 человек. Фонд развития культуры и искусства Узбекистана, выражает благодарность всем специалистам, участвовавших в реализации этого важного проекта.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
5–6-mart kunlari O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan Xalqaro balet festivali doirasida A.Navoiy nomidagi Katta teatrda Akram Xonning “Changalzor o‘rmon kitobi yangi talqinda” baleti namoyish etildi.

Akram Xon – zamonaviy raqs san’ati yulduzi. Bu gal ham u o‘z jamoasi bilan birgalikda qamrov va intilishlari chinakamiga falakqadar bo‘lgan loyiha tayyorladi: ular R.Kiplingning mumtoz asari voqealari qahramoni bo‘lmish Mauglining sarguzashtlarini tana zaboniga o‘girdilar.

Muxlislar nafis raqs san’ati, peshqadam harakatlanuvchi suratlar hamda baletning tasviriy aks ta’sirlaridan bahramand bo‘ldilar. Tomoshada insonlarga xos daxldorlik hissi, o‘zgalar dardiga befarq bo‘lmaslik, shuningdek tabiat olami bilan chambarchas bog‘liqlik va unga bo‘lgan ehtiromning ahamiyati haqida so‘z bordi.

Xalqaro balet festivali doirasidagi tadbirlarini o‘tkazib yubormaslik uchun rasmiy sahifamizga obuna bo‘ling.

#xalqarobaletfestivali #acdf #kattabalethaftaligi #balettoshkent #changalzorkitobi

____

5 и 6 марта в рамках Международного балетного фестиваля, организуемый Фондом развития культуры и искусства Узбекистана, в ГАБТ имени А. Навои состоялись показы балета Акрама Хана “Jungle Book reimagined”.

Акрам Хан — звезда современной хореографии. И в этот раз он со своей командой подготовил по-настоящему амбициозный проект: они переложили на язык тела приключения Маугли — героя истории классического произведения Редьярда Киплинга.

Зрители насладились утонченной хореографией, ультрасовременной анимацией и визуальными эффектами балета, которая рассказала о присущей нам потребности принадлежать и быть связанными с другими, а также о важности связи с миром природы и уважения к нему.

Подпишитесь на нашу официальную страницу чтобы не пропустить события в рамках Международного балетного фестиваля.

#международныйбалетныйфестиваль #acdf #неделябольшогобалета #балетташкент #junglebook
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi barcha ayollarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaydi!

Tarix davomida ayollar dunyo madaniyati va san’atiga katta hissa qo‘shib, o‘ylar makonida alohida iz qoldirdilar.

Erkaklar uchun ular har doim ilhom manbai bo‘lib xizmat qilgan, buning natijasida dunyo miqyosidagi ko‘plab durdona asarlar yaratilgan.

O‘zligingizcha qoling va tarixni birgalikda yarating!

____________

Фонд развития культуры и искусства Узбекистана поздравляет всех женщин с Международным Женским Днем!

На протяжении всей истории женщины вносили значительный вклад в мировую культуру и искусство, оставляя особый след в пространстве смыслов.

Для мужчин же они всегда служили источником вдохновения, благодаря чему были созданы многие шедевры мирового масштаба.

Будьте собой и творите историю вместе!
Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi “Oʻzbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan to Kushonlar sulolasigacha” nomli yangi koʻrgazma loyihasini taqdim etadi.

Arxeologik topilmalarga bagʻishlangan va eramizdan avvalgi IV asrning ikkinchi yarmida makedoniyalik Iskandar hukmronligidan to milodiy IV asrdagi Kushonlar hukmronligining ohirigacha boʻlgan davrni qamrab oluvchi koʻrgazma ikki maskanda – Berlindagi Jeyms Simon galereyasi va Yangi muzeyida tashkil etiladi.

“Oʻzbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan to Kushonlar sulolasigacha” koʻrgazmasi 2023-yilning 4-mayidan 2024-yilning 14-yanvariga qadar boʻlib oʻtadi.
___________

Фонд развития культуры и искусства Узбекистана представляет новый выставочный проект «Археологические сокровища Узбекистана. От Александра Македонского до Кушанской империи».
 
Выставка, посвящённая археологическим находкам и охватывающая период от правления Александра Македонского во второй половине IV века до н.э. до конца Кушанского правления в IV веке н.э., будет проходить в двух пространствах — в галерее Джеймса Симона и в Новом музее Берлина.
 
Выставка «Археологические сокровища Узбекистана. От Александра Македонского до Кушанской империи» будет открыта с 4 мая 2023 года по 14 января 2024 года.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
8–9-mart kunlari A.Navoiy nomidagi Katta teatrda Xalqaro balet festivali doirasida taniqli xoreograf Boris Eyfmanning “Yevgeniy Onegin” balet spektakli bo‘lib o‘tdi.

Tomoshabinlar maftunkor mualliflar guldastasi asarlariga oshno bo‘ldilar: daho shoir Aleksandr Pushkinning nazmiy romani XIX asr taniqli rus bastakori Pyotr Chaykovskiy musiqasi Rossiyaning eng yaxshi gitarachilaridan biri Aleksandr Sitkovetskiyning rok talqinida.

#xalqarobaletfestivali #acdf #kattabalethaftaligi #balettoshkent
___

8-9 марта в ГАБТ имени А. Навои в рамках Международного балетного фестиваля состоялась балетная постановка известного хореографа Бориса Эйфмана — «Евгений Онегин».

Зрители окунулись в потрясающий авторский коллаж: роман в стихах гениального поэта Александра Пушкина на музыку знаменитого русского композитора XIX века Петра Чайковского в рок-интерпретации одного из лучших гитаристов России Александра Ситковецкого.

#международныйбалетныйфестиваль #acdf #неделябольшогобалета #балетташкент
1-may kuni Berlin shahrida yurtimizning madaniy va tarixiy merosiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston arxeologik xazinalari: makedoniyalik Iskandardan Kushonlar sulolasigacha” nomli ko‘rgazmaning ochilishi arafasida Berlin filarmoniyasining katta zalida pianino sozandasi Kirill Rixterning dirijyor Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri jo‘rligida konserti bo‘ladi.

Dilrabo ohanglar oqshomi uchun maxsus Kirill Rixter o‘zbek she’riyati, o‘zi bastalagan musiqa hamda sayqal bergan sahna bezaklariga asoslangan betakror asarni taqdim etadi.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan ko‘rgazma 2023-yilning 4-mayidan 2024-yilning 14-yanvariga qadar Jeyms Simon galereyasi va Berlin Yangi muzeyida bo‘lib o‘tadi.
___

1 мая в Берлине в преддверии открытия выставки «Археологические сокровища Узбекистана: от Александра Македонского до Кушанской империи» посвященной культурному и историческому наследию Узбекистана в Большом зале Берлинской филармонии состоится концерт пианиста Кирилла Рихтера совместно с Национальным симфоническим оркестром Узбекистана под руководством дирижера Алибека Кабдурахманова.

Специально для концерта Кирилл Рихтер готовит уникальное произведение, основанное на узбекской поэзии, своей музыке и сценографии.

Выставка организованная Фондом развития культуры и искусства Узбекистана пройдет с 4 мая 2023 года по 14 января 2024 года в галерее Джеймса Симона и Новом Музее Берлина.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
19-mart kuni O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida afsonaviy "Bahor" ansambli Dubaydagi "Dubay Opera" sahnasida ilk konsert dasturini namoyish etadi.

Tomoshabinlarni ajoyib raqslar, nafis milliy liboslar va xalq cholg‘ularining o‘zgacha ijrosiga burkangan yorqin shou kutmoqda.

Chiptalar dubaiopera.com saytida

____

19 марта при поддержке Фонда развития культуры и искусства Узбекистана легендарный ансамбль «Бахор» выступит на сцене “Dubai Opera” в Дубае.

Зрителей ждет грандиозное шоу с эффектными танцевальными номерами, национальными костюмами и завораживающей игрой на народных инструментах.

Билеты доступны на сайте: dubaiopera.com