Фонд развития культуры и искусства | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
3.57K subscribers
3.77K photos
332 videos
310 files
408 links
Официальный телеграм канал Фонда развития культуры и искусства Республики Узбекистан

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasining rasmiy telegram kanali

http://acdf.uz/
t.me/acdfuz
fb.com/acdfuz
tw.com/acdfuz_official
Download Telegram
Katta mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, “Samarkand Marathon” @academy_acdf Bolalar akademiyasi yangi yilni 3 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan turli fanlarga oid mahorat darslari va o‘quv mashg‘ulotlaridan iborat yanada rang-barang, qiziqarli va foydali dastur bilan qarshiladi.

Har kuni dushanbadan shanbagacha Bolalar akademiyasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha turli-tuman darslar o‘tkaziladi:
- Tasviriy san’at;
- Defektologiya;
- Arifmetika;
- Atrofimizdagi olam;
- Mantiq va fikrlash;
- Shaxmat;
- Ingliz tili.

O‘z kasbining ustasi bo‘lmish katta tajribaga ega muallimlar tomonidan ta’lim beriladigan barcha darslar nihoyatda foydali va maroqli muhitda bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari tez fursatda robototexnika va aktyorlik mahorati bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Darslarda qatnashish bepul.

Qiziq yangiliklar va e’lonlarni o‘tkazib yubormaslik uchun Akademiya @academy_acdf sahifasiga obuna bo‘ling.
____

С огромной радостью сообщаем о том, что Детская Академия Samarkand Marathon @academy_acdf входит в новый год с еще большей разнообразной, интересной и полезной программой мастер-классов и уроков по различным направлениям доступных для детишек от 3 до 12 лет.

Каждый день с понедельника по субботу в Детской Академии проходят различные уроки по таким направлениям:
-Изобразительное искусство;
-Дефектология;
-Арифметика;
-Окружающий мир;
-Логика и мышление;
-Шахматы;
-Английский язык.

Все уроки, преподаваемые учителями с большим профессиональным опытом, проходят в очень полезной и интересной атмосфере. Кроме этого в скором времени пройдут воркшопы по робототехнике и актерскому мастерству.

Участие на уроках – бесплатное.

Подпишитесь на страницу Академии @academy_acdf чтобы не пропустить интересные новости и объявления.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2023-yil 6-fevral kuni Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Chirchiq shahrida joylashgan 14-sonli bolalar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun “Van Gog bo‘lmoq” multimedia ko‘rgazmasiga sayohatni uyushtirdi.

Shuningdek, ko‘rgazmada o‘quvchilarga buyuk hukmdor Bobur (1483–1530) haqidagi bolalar uchun mo‘ljallangan “Boburning hikoyasi. Shahzoda, shoh, donishmand” kitobi sovg‘a qilindi.

Avvalroq ushbu ko‘rgazmaga Toshkent shahridagi 30-sonli Mehribonlik uyi vakillari tashrif buyurgan edi.
____

6 февраля 2023 года Фонд развития культуры и искусства провел экскурсию на мультимедийной выставке «Быть Ван Гогом» для детского дома «МЕХРИБОНЛИК-14» расположенного в городе Чирчик.

Также на выставке детям были подарены книги о великом правителе Бабуре (1483–1530), которые представлены в детской адаптации «История Бабура. Принц, Император, Мудрец».

Ранее данную выставку посетил детский дом «Мехрибонлик-30» города Ташкента.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda katta balet kunlari

Tez kunlarda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatrida 2023-yilning 1–19-mart kunlari Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan Xalqaro balet festivali bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nafis raqs shodiyonasining keng miqyosli dasturlari doirasida turli mamlakat va balet maktablarining mashhur sahna asarlari namoyish etiladi. Ular orasidan Akrom Xon (Buyuk Britaniya) rejissyorligida “Changalzor o‘rmon kitobi yangi ijroda” baleti, qarorgohi Lozanna (Shveysariya)da joylashgan Moris Bejar baleti, Boris Eyfman teatri (Rossiya) rahbarligidagi “Pigmalion aks ta’siri” va “Yevgeniy Onegin” spektakllari hamda “Lazgi – muhabbat va qalb raqsi” milliy baleti (Oʻzbekiston) o‘rin olgan.

Chiptalar www.iticket.uz saytida
____

Дни большого балета в Ташкенте


Cовсем скоро, с 1 по 19 марта в Государственном академическом Большом театре Узбекистана имени Алишера Навои состоится Международный балетный фестиваль, организованный Фондом развития культуры и искусства Узбекистана.

В рамках его масштабной программы зрителям будут представлены знаменитые постановки разных стран и балетных школ среди которых – балет «Книга джунглей в новом исполнении» в постановке Акрам Хана (Великобритания), Балет Мориса Бежара в Лозанне (Швейцария), спектакли «Эффект Пигмалиона» и «Евгений Онегин» в постановке Театра балета Бориса Эйфмана (Россия), и национальный балет «Лазги — танец Души и Любви» (Узбекистан).

Билеты доступны на: www.iticket.uz
Luvr muzeyida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekistondan keltirilgan muzey ashyolarini restavratsiya qilishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 2019–2022-yillar davomida sopol, yog‘och, metall, devor suratlari va qog‘ozdan tayyorlangan 70 dan ortiq eng nodir buyumlarni ko‘rgazma uchun maxsus qayta ta’mirlagan Luvr restavratorlari ishtirok etdilar. Birlamchi qiyofaga keltirish jarayonida ushbu noyob kasb egalari bugungi kundagi Oʻzbekiston hududida mavjud bo‘lgan tamaddunlar hukm surgan qadim zamonlarda turli osori atiqalarning yaratilishidagi hayratlanarli uslub va ashyoviy birikmalarni kashf etdilar. Restavratorlar eksponatlarni ta’mirlash va avaylab saqlash bosqichlari tafsiloltlari haqida o‘rtoqlashib, o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan hamkorlikdagi faoliyat to‘g‘risida ham so‘zlab berdilar.

Davra suhbatida haykaltaroshlik bo‘yicha restavrator Ann Lyeje, yog‘och restavratori Delfin Lefevr, metall restavratori Kristin Parisel, devoriy suratlar bo‘yicha mutaxassis Jeraldin Fray va qog‘ozlar sohasi restavratori Aksel Dele ishtirok etdi.
В рамках выставки «Великолепие оазисов Узбекистана. На пересечении караванных путей» в музее Лувр, организованной Фондом развития культуры и искусства, состоялся круглый стол, посвященный реставрации музейных экспонатов из Узбекистана.

В мероприятии приняли участие реставраторы Лувра, которые с 2019 по 2022 год специально для выставки отреставрировали более 70 редчайших предметов керамики, дерева, металла, настенной живописи и бумаги. В ходе работ реставраторы открыли для себя удивительную технику и материалы различных предметов, созданных в древние времена цивилизациями, существовавшими на территории современного Узбекистана. Реставраторы поделились деталями об этапах реставрации и консервации экспонатов, а также рассказали о совместной работе с узбекскими специалистами.

В круглом столе приняли участие реставратор по скульптуре Анн Льеже, реставратор по дереву Дельфин Лефевр, реставратор по металлу Кристин Парисель, реставратор по настенной живописи Жеральдин Фрай и реставратор по бумаге Аксель Деле.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tiflosharhlovchilar uchun mahorat darsi doirasida “Paxtakor” stadionida o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan sport sharhlovchisi Otabek Jo‘rayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. U ishtirokchilar bilan sport sohasida sharhlash masalasining barcha nozik va o‘ziga xos jihatlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘zbekistonda ilk bor Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan jonli o‘yinlar vaqtida sport marosimlarini tiflosharhlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa, o‘z navbatida, zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojizlar uchun sport tadbirlarini tavsiflashni qulayroq tajribaga aylantiradi.

Otabek Jo‘raev bilan uchrashuv “Paxtakor” futbol klubi bilan hamkorlikda uyushtirildi.
____

В рамках мастер-класса для тифлокомментаторов на стадионе Пахтакор прошла встреча с профессиональным спортивным комментатором Отабеком Джураевым, который поделился с участниками всеми тонкостями и спецификой спортивного комментирования.

Впервые в Узбекистане, по инициативе Фонда развития культуры и искусства, появится практика спортивного тифлокомментирования в режиме реального времени, которая сделает спортивные события более доступными для слабовидящих и незрячих людей.

Встреча с Отабеком Джураевым прошла в сотрудничестве с футбольным клубом «Пахтакор».
Luvr muzeyida o‘zining musiqiy tajribalari bilan dong chiqargan zamonaviy fransuz sahnasining yorqin tirik afsonasi Rodolf Byurjening uch nafar o‘zbekistonlik sozandalar – Jamol Avezov (skripka va gʻijjak), Shuhrat Xolxo‘jayev (tambur va sato) va Maʼmur Zilolov (tor) bilan birgalikdagi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Markaziy Osiyo ohang va tovushlariga murojaat etilgan mazkur betakror tadbir O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan keng ko‘lamli “O‘zbekiston vohalarining mo‘jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” nomli ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazildi.
____

В музее Лувр прошел концерт культовой фигуры современной французской сцены Родольфа Бюрже, известной своими музыкальными экспериментами, совместно с тремя музыкантами из Узбекистана – Джамалом Авезовым (скрипка и гиджак), Шухратом Холхуджаевым (тамбур и сато) и Мамуром Зилоловым (тар).

Уникальное событие, обратившееся к ритмам и звукам из Центральной Азии и многовековым традициям узбекской музыки, прошло по инициативе Фонда развития культуры и искусства в рамках крупномасштабной выставки «Великолепие оазисов Узбекистана. На пересечении караванных путей».
Respublika bolalar kutubxonasi binosi uzoq tarixga ega. Binoning bugungi kungacha saqlanib qolgan qismi – eng qadimiysi hisoblanadi. 1880-yillarda Turkistondagi eng yirik paxta va moy ishlab chiqarish korxonasi mulkdorlari boʻlgan aka-uka Vadyayevlar Toshkent shahrining yangi qismida o‘rtamiyona qarorgoh qurdiradilar. 1909-yilda uy shaharga sotiladi. Shundan soʻng turli yillarda binoda Jamoatchilik majlislari, Toshkent harbiy bilim yurti harbiy qismi, Ozodlik uyi, Toshkent kengashi, Davlat rus operetta teatri va kinoteatr faoliyat yuritgan.

1965-yilga kelib dang‘illama inshootga kutubxona joylashtiriladi. Hozir bino restavratsiya va rekonstruksiya jarayonida, lekin tez orada kutubxona ochilib, o‘z ishini boshlaydi. Yangiliklardan boxabar bo‘lish uchun bizga obuna bo‘ling!

____

У здания Республиканской детской библиотеки длинная история. Сохранившаяся до наших дней часть постройки — самая старая. В 1880-х годах братья Вадьяевы, владельцы крупнейших хлопкомаслобойных заводов в Туркестане, построили небольшой особняк в новой части Ташкента. В 1909 году дом был продан городу. После в нем размещались Общественное собрание, рота Ташкентского военного училища, Дом свободы, Ташкентский совет, Государственный Русский Театр Оперетты и кинотеатр.

В 1965 году в особняке разместилась библиотека. Сейчас здание находится на реконструкции, но совсем скоро библиотека откроется и начнет работу. Подписывайтесь, чтобы следить за новостями!
“Tashkent Music Encounters” loyihasi doirasida O‘zbekiston estrada san’ati tamaltoshini qo‘ygan Botir Zokirovning vinil plastinkalari turkumi chiqarildi. Uning qachonlardir butun dunyoda yashindek shuhrat qozongan mashhur “Аrab tangosi” hali-hanuz cheksiz muxlislar qalbini xushnud aylashda davom etib kelmoqda.

250 ta plastinkadan iborat cheklangan miqdordagi to‘plam “Semikols Record Pressing” va Botir Zokirovlar oilasining mushtarak sa’y-harakatlari bilan olam yuzini ko‘rdi.

Taqdim etilgan “Seni izlayman” albomi keng jamoatchilikda mavjud bo‘lmagan Davlat teleradiokompaniyasining noyob studiya tasma yozuvlaridan tashkil topgan. To‘plam namunalarini O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi taraddud ko‘rayotgan bo‘lajak musiqiy anjumanlardan birida tinglashingiz mumkin.

Tomoshabin va tinglovchilarni yana ko‘plab qiziqarli loyihalar kutmoqda, shu bois yangiliklarni kuzatib borishni tavsiya etamiz!
_____

В рамках проекта Tashkent Music Encounters вышла серия виниловых пластинок Батыра Закирова — пионера эстрадного искусства Узбекистана. Его знаменитое «Арабское танго», некогда прогремевшее на весь мир, до сих пор продолжает радовать сердца многочисленных поклонников.

Лимитированная коллекция из 250 пластинок выпущена совместными усилиями Semikols Record Pressing и семьи Батыра Закирова.

Представленный альбом «Ищу тебя» составлен из уникальных студийных записей Гостелерадио, которых нет в общем доступе. Послушать коллекцию можно будет на одной из предстоящих музыкальных встреч, которые готовит Фонд развития культуры и искусства Узбекистана.
17-fevral kuni O‘zbekiston Мadaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan “Humo” xokkey klubi bilan hamkorlikda “Humo Arena” muz majmuasi ko‘magida mamlakatimiz tarixida ilk bor ko‘rish qobiliyati zaif odamlar uchun tiflosharhlash usulidan foydalangan holda xokkey o‘yini uyushtirildi.

Shu tariqa, ko‘plab ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar o‘z tasavvurida tiflosharhlovchi tomonidan aytib turilgan tasavvurlarni tasvirlab, sportning ajoyib olamini kashf eta olishdi va o‘yin muhitiga sho‘ng‘ishdi.

Natijada Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida real vaqt rejimida sportni tiflosharhlash amaliyoti paydo bo‘ldi, bu esa ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi insonlar uchun sport tadbirlarini yanada qulayroq qiladi.

____

17 февраля Фонд развития культуры и искусства Узбекистана в сотрудничестве с хоккейным клубом «Хумо» при поддержке ледового комплекса Humo Arena впервые в истории страны организовал хоккейный матч с тифлокомментированием для слабовидящих людей.

Таким образом, многие незрячие и слабовидящие смогли открыть для себя удивительный мир спорта и погрузиться в атмосферу матча, дорисовав в воображении подсказанные тифлокомментатором образы.

В итоге, благодаря содействию Фонда развития культуры и искусства появилась практика спортивного тифлокомментирования в режиме реального времени, которая делает спортивные события более доступными для слабовидящих и незрячих людей.