Kitob tahlili (#kitob_tahlili) 📝
🔹 Kitob nomi: Savdogar sahobalar yoxud saodat asrida tijorat.
🔸 Muallifi: Muhammad Amin Yildirim
Ushbu kitob har bir inson oʻqishi kerak bo'lgan kitoblardan biri desa mubolagʻa boʻlmaydi. Kitobda musulmon kishi pulni qanday va qayerdan topish, uni qay usulda nimalarga sarf qilish va uni yanada koʻpaytirish, shuningdek bu orqali bizning asl maqsadimiz bo'lmish ikki dunyo soadatiga erishish chiroyli misollar bilan tushuntirilgan.
Kitob toʻrt boʻlimdan iborat, ular:
1️⃣ Birinchi boʻlim. Johiliyatdan saodat asrigacha bo'lgan davrdagi tijoriy hayot.
2️⃣ Ikkinchi boʻlim. Tijoratchi Payg'ambar sollallohu alayhi vassalam.
3️⃣ Uchinchi boʻlim. Tijoratchi sahobalar.
4️⃣ To'rtinchi boʻlim. Saodat asridagi tijoriy hayot.
Kitob johiliyat davridagi tijoriy hayot haqidagi misol va hikoyalar bilan boshlanadi. Keyin Paygʻambarimiz (s. a. v.) paygʻambar bo'lgunliklarigacha qilgan savdolari, tijoriy safarlari va Islom kirib kelgandan keyingi oʻzgarishlar, birinchi islomiy bozorlar haqida so'z boradi. Undan keyin bizga haqiqiy oʻrnak boʻlgan Sahobalar hayotidan misollar keltiriladi. Bularni oʻqib shijoatingiz shunchalik oshadi, hozirig tilda aytganda motivatsiya olasiz. Va shu bilan saodat asridagi tijoriy hayot haqida va ularni tasvirlovchi qissalar bilan kitob yakunlanadi.
Ushbu kitob barcha uchun foydali boʻladi! Savollaringiz boʻlsa, izohlar ochiq)💬
abdumalik's blog — shunchaki blog emas📌
🔹 Kitob nomi: Savdogar sahobalar yoxud saodat asrida tijorat.
🔸 Muallifi: Muhammad Amin Yildirim
Ushbu kitob har bir inson oʻqishi kerak bo'lgan kitoblardan biri desa mubolagʻa boʻlmaydi. Kitobda musulmon kishi pulni qanday va qayerdan topish, uni qay usulda nimalarga sarf qilish va uni yanada koʻpaytirish, shuningdek bu orqali bizning asl maqsadimiz bo'lmish ikki dunyo soadatiga erishish chiroyli misollar bilan tushuntirilgan.
Kitob toʻrt boʻlimdan iborat, ular:
Kitob johiliyat davridagi tijoriy hayot haqidagi misol va hikoyalar bilan boshlanadi. Keyin Paygʻambarimiz (s. a. v.) paygʻambar bo'lgunliklarigacha qilgan savdolari, tijoriy safarlari va Islom kirib kelgandan keyingi oʻzgarishlar, birinchi islomiy bozorlar haqida so'z boradi. Undan keyin bizga haqiqiy oʻrnak boʻlgan Sahobalar hayotidan misollar keltiriladi. Bularni oʻqib shijoatingiz shunchalik oshadi, hozirig tilda aytganda motivatsiya olasiz. Va shu bilan saodat asridagi tijoriy hayot haqida va ularni tasvirlovchi qissalar bilan kitob yakunlanadi.
Ushbu kitob barcha uchun foydali boʻladi! Savollaringiz boʻlsa, izohlar ochiq)
abdumalik's blog — shunchaki blog emas
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥70👍6❤5⚡5❤🔥3✍3🕊2💯2🆒2
Har bir insonning oʻz borishi kerak boʻlgan manzili, oʻzining yoʻli bor... 🥇
Tasavvur qiling, siz koʻchada ketyapsiz qaysidir tomonga yuryapsiz, lekin u yerdan bir toʻda odam qarama qarshi tarafga yugurib ketyapti. Siz ularni koʻrib, u tomondan qandaydir xavf, yaʼni biror-bir hayvon kelyaptimi yoki qandaydir noxush hodisa boʻlyaptimi deb siz ham qochasiz. Qanchadir yoʻl yurib, ketayotganlardan so'raysiz — "Oʻzi biz qayerga ketyapmiz? Nima uchun?". Ular: "boshqalar shunday qilyapti, ular bilan birga ketyapmiz" deb aytishadi. Kimdan soʻrasangiz ham shunga o'xshash javob olasiz. Aslida boshqa manzilga borishni xohlaganingizni yoʻlning oxirida tushunasiz.🏃♂️
Hayotda ham huddi shunday. Esingizdami, yoshligimizda qanday orzularimiz bor edi? Qaysi kasbni egallamoqchi edik, qanday ishlar qilmoqchi edik. Afsuski, keyinchalik biz ham tepadagi holatga o'xshab hamma odamlar ketayotgan tarafga yurishni boshladik. Maktabda oʻqidik, universitet, ish. Maktab davrimizda boshqa yo'ldan yurishni istaganimizda bizga yoʻq deyishdi. Hammaning izidan yurishimizga qaysidir maʼnoda bajburlashdi...🫤
Lekin hech qachon kech emas. Toʻgʻri, boshidagi yo'ldan yurishga ancha kechikkandirmiz, endi u yerga qaytishni iloji boʻlmas, lekin shu yoʻlimiz davomida boshqa oʻzimiz xohlagan manzilga yetkazmoqchi boʻlgan yoʻllar chiqdi. Afsuski, bu yoʻlga ham boshqalarni fikridan qoʻrqib burilmadik. Birinchi holatda ham agar odamlar yurmagan yoʻldan yursangiz ular sizni ahʼmoqqa chiqarishadi, ularning fikricha siz qandaydir xavf tomon yuryapsiz. Lekin bu xavf xatarlar aslida yoʻq, ular shunchaki boshqalar shunday deb oʻylashgani uchun hamma shunday oʻylashni boshlagan.😶
Siz oʻzingizning manzilingiz tomon yuravering...🚀
abdumalik's blog — shunchaki blog emas📌
Tasavvur qiling, siz koʻchada ketyapsiz qaysidir tomonga yuryapsiz, lekin u yerdan bir toʻda odam qarama qarshi tarafga yugurib ketyapti. Siz ularni koʻrib, u tomondan qandaydir xavf, yaʼni biror-bir hayvon kelyaptimi yoki qandaydir noxush hodisa boʻlyaptimi deb siz ham qochasiz. Qanchadir yoʻl yurib, ketayotganlardan so'raysiz — "Oʻzi biz qayerga ketyapmiz? Nima uchun?". Ular: "boshqalar shunday qilyapti, ular bilan birga ketyapmiz" deb aytishadi. Kimdan soʻrasangiz ham shunga o'xshash javob olasiz. Aslida boshqa manzilga borishni xohlaganingizni yoʻlning oxirida tushunasiz.
Hayotda ham huddi shunday. Esingizdami, yoshligimizda qanday orzularimiz bor edi? Qaysi kasbni egallamoqchi edik, qanday ishlar qilmoqchi edik. Afsuski, keyinchalik biz ham tepadagi holatga o'xshab hamma odamlar ketayotgan tarafga yurishni boshladik. Maktabda oʻqidik, universitet, ish. Maktab davrimizda boshqa yo'ldan yurishni istaganimizda bizga yoʻq deyishdi. Hammaning izidan yurishimizga qaysidir maʼnoda bajburlashdi...
Lekin hech qachon kech emas. Toʻgʻri, boshidagi yo'ldan yurishga ancha kechikkandirmiz, endi u yerga qaytishni iloji boʻlmas, lekin shu yoʻlimiz davomida boshqa oʻzimiz xohlagan manzilga yetkazmoqchi boʻlgan yoʻllar chiqdi. Afsuski, bu yoʻlga ham boshqalarni fikridan qoʻrqib burilmadik. Birinchi holatda ham agar odamlar yurmagan yoʻldan yursangiz ular sizni ahʼmoqqa chiqarishadi, ularning fikricha siz qandaydir xavf tomon yuryapsiz. Lekin bu xavf xatarlar aslida yoʻq, ular shunchaki boshqalar shunday deb oʻylashgani uchun hamma shunday oʻylashni boshlagan.
Siz oʻzingizning manzilingiz tomon yuravering...
abdumalik's blog — shunchaki blog emas
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥89👍12⚡3🕊3🆒3❤2🌚2💯2😐2❤🔥1
Odam qalamga oʻxshaydi va umri davomida oʻzining hayotini chizadi. Unga faqatgina bir marotaba qogʻoz beriladi. Berilgan vaqtda qogʻoz boʻsh boʻladi va u sekin chizishni boshlaydi. Chizishga tayyor holga bizni ota-onamiz keltirgan bo'ladi (qirgʻichdan oʻtkazib). Qalam yaxshi chizishi uchun tez-tez qirgʻichdan ham oʻtib turishi kerak va buni hayotdagi qiyinchiliklarga misol qilsak boʻladi. Bu jarayon qiyin boʻlishi mumkin, lekin bundan oʻtmasdan yaxshi chizishni iloji yoʻq, agar sabr qilmasdan sinib qolsa (qalam misolida), yoki chizmay qoladi, yoki koʻproq qirgʻichdan oʻtishga toʻgʻri keladi. Undan tashqari qalamda oʻchirgʻich ham bor, bazida xato chizilib ketsa oʻchirish uchun. Biroq agar qattiq chizib yuborgan boʻlsa ming oʻchirsa ham baribir izi qolib ketadi, bu bizning unutishni xohlagan yomon xotiralarimiz. Yana bir narsa, bu chizgʻich, baʼzida chizgʻichsiz toʻgʻri chiza olmay qoladi qalam, biz ham huddi shunday, hayotda ustoz degan chizgʻichga muhtojmiz. Surat chiroyli boʻlishi uchun bitta rang yetarli boʻlmaydi, shuning uchun boshqa rangdagi turli qalamlar ham kerak bo'ladi. Bular bizning hayotimizdagi boshqa insonlar. Hamma ranglarni birdek ishlata olmaymiz, baʼzilarini koʻproq, baʼzilarini kamroq, baʼzilarini esa umuman keragi bo'lmaydi. Lekin bu rang kerak emas ekanligini chizib bo'lgandan keyin payqab qolamiz koʻp xollarda, shuningdek ular qoldirgan izni oʻchirish ancha qiyinroq...
abdumalik's blog — shunchaki blog emas📌
abdumalik's blog — shunchaki blog emas
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆒94🔥22✍7❤4👍4👏4⚡3❤🔥2🕊2
Biz tanamizni, aqlimizni ozuqalantirdik, lekin qalbimiz va ruhimizni unutib qo'ydik. Bir qanotimiz baquvvat, lekin ikkinchisi ancha mayib. Faqat bitta qanotda ucha olmasligimizni hali ham anglab yetmadik. Uchyapmiz deb o'yladik, aslida sudralayotgan edik. Uchishga harakat qildik, lekin quladik. Har xil qoyalarni orzu qildik, ularga uchishni maqsad qildik, harakat qildik, lekin sudralib yeta olmas ekanmiz. Bir muddatga to'xtab, ikkala qanotimizni ham birdek kuchaytirib keyin parvoz qilsak bo'ladi. Ha mayli..
Agar yo'qolib qolsak, ikkinchi qanotini davolash bilan band deb biling. Biz qaytamiz. Parvozimizni kuting...

😢74💯15👀14👍8❤🔥7🕊5⚡4🔥4🌚4👌1🆒1
Assalomu alaykum.
Kanalni oʻrgimchak toʻri bosib ketibdimi)
Oxirgi postda aqlimiz va miyamizga e'tibor berib, qalb va ruhimizni unutib qo'yganimiz haqida yozgan edim. Bir qanotimiz baquvvat, ikkinchisi zaif edi. Ikkinchisini kuchaytirish uchun tanaffus olgan edim. Natijasi bilan bo'lishmoqchiman:
Vanihoyat ikkala qanotimiz ham birdek bo'ldi! Faqat bitta muammo bor. Ikkinchi qanotimiz ham kuch yig'ishining o'rniga, birinchisi zaiflashib ketdi.) Зато ikkalasi ham tenglashdi. Ha mayli bunga ham.
Hullas kanal qaytdi, davom etamiz.
abdumalik's blog — shunchaki blog emas 📌

🔥33⚡6✍4👍2🎉2🌚2👀2❤🔥1❤1🆒1
O'zingiz ham bilasiz lekin... 📍
Bir "tanishim" instagramda oʻtirgan ekan. Qanday videolar koʻrayotganiga qiziqib qaradim. Asosan hammasi faqat vaqtni bekorga sarflaydigan, umuman foydasi yoʻq videolar. Sozlamalarga kirib bir kunda instagramga necha soat kirishini tekshirdik. Kuniga o'rtacha 8 soat sarf qilar ekan. (ba'zida hatto 11-12 soatgacha) Tasavvur qilyapsizmi, shuncha bekorga sarflangan vaqt?! 🤯
Kuniga agar 3 soat kirsangiz, bir yil davomida 1095 soat vaqtingizni shunchaki befoyda narslarga sarflagan bo'lasiz. 1095 soat bu BIR YARIM oy degani. Agar 8 soat instagramda oʻtirsangiz, bir yil davomida umringizni uchdan bir qismi uyquda va yana uchdan bir qismi instagramda oʻtib ketdi. 😶
Shuncha vaqt... Ozroq oʻylab koʻring! Balkim yetar, shuncha vaqtingiz ketdi, nima o'rgandingiz? Hech narsa! Minglab hattoki o'n minglab qisqa videolar ko'rdingiz, bechora ishlamaydigan miyyani shuncha keraksiz maʼlumotlar bilan toʻldirdingiz. Lekin hech qanday foyda yoq, faqat va faqat zarar! 📉
Oʻzingizni aldaysiz. Foydali profillar bor, shulardan foydali videolar koʻraman deb. Aslida esa unday emas. Toʻgʻri, foydali videolar ham koʻryapsiz lekin, shuncha vaqt ichida boshqa narsa bilan shugʻullansangiz undan ancha ko'proq foyda olasiz! 🗑
Qachon oʻchirasiz? Menimcha vaqti keldi! Oʻzingizni aldashni toʻxtating!
Instagramni oʻchirib YouTube Shortsga oʻtib olmang yana. :)

🔥35⚡5💯3👍2😁2😭2👀2❤🔥1❤1🌚1🙈1
Rejalar koʻp edi erta bahordan
Ulgura olmadim bitmadi ish ham
Yoz issiq taftini xis qilmay turib
Shoshilib kelmoqda qahraton qish ham.
#sheʼr | (Otabek Marufiy)
~~~
Kecha shu postni yuborgan edim, bugun bir yil bo'libdi. Vaqt ham ancha tez oʻtyapti.
Tez o'tishining bir qancha sabablari bor, lekin ushbu iqtibos yetarli javob bo'la oladi menimcha:
"Vaqt o‘zini sevganlarni sekin olib o‘tadi, ammo dangasalar uchun uchib o‘tadi."
©️ Ben Jonson
Haqiqatdan ham, vaqtni qadrlaydigan, har bir daqiqasini mazmunli o‘tkazishga harakat qiladigan odamlar uchun vaqt go‘yo sekinroq o‘tadi. Chunki ular har bir lahzani to‘la-to‘kis his qiladilar, qilayotgan ishlari ularga zavq bag‘ishlaydi va har bir soniyadan ko‘proq foyda olishga intiladilar. “Ammo dangasalar uchun uchib o‘tadi”. Chunki ular (biz) vaqtimizni ijtimoiy tarmoqlarda shunchaki o'tirishga, samarasiz ishlarga yoki hech narsa qilmasdan o‘tkazamiz, shuning uchun kunlar bir xil bo‘lib, tez o‘tib ketadi.
Vaqtimizni qadrlaylik. Zero, vaqtni e’tiborsiz qoldirgan odam o‘z hayotini e’tiborsiz qoldirgan odamdir. (Jorj Herbert)

⚡30🔥6❤🔥2✍2🏆2❤1👨💻1
Nechta kitob oʻqidingiz? 📚
Yil yakunida koʻpchilik nechta kitob oʻqiganligini hisoblaydi va baʼzida boshqalar bilan solishtiradi. Men ham sarhisob qilmoqchiman.
2024-yil oʻnlab kitoblar oʻqidim, kuniga yuzlab bet oʻqigan vaqtlarim ham boʻldi. Biroq shuni tushundimki, faqat OʻQIBMAN.
Shunday qilib eng katta xulosam:
Oʻqish — birinchi qadam. Undan keyin maksimal tushunish, anglash kerak. Muhim joylarini qayta oʻqish koʻproq tushunishga yordam beradi. Uni yozish, tahlil qilish, boshqa odamga aytish orqali chuqurroq anglash mumkin. Eng asosiysi hayotga tatbiq qilish. Va shu orqali kitob oʻqishdan koʻzlangan manzilga yetsa boʻladi.
Oʻzimni yoʻlga chiqqach birinchi qadamni qoʻyib, boshqa yoʻlga oʻtib yana bir qadam tashlab, burilib yana bir qadam yurgandek his qildim.
Bu yilgi mutolaa barchamiz uchun hayrli boʻlsin!

🔥29⚡5✍4❤🔥2❤1🏆1🆒1😎1
Yangi yilni "IELTS mania"dan qutilgan holda boshlash nasib qildi. 📄
Qayerga qaramay 14 yoshda 8.0, 16 yoshda 8.5 lar, hattoki 18 yoshda 9.0 ham olishdi. Xullas oʻtgan yili men ham bu musobaqaga bilmasdan balki majburan qo'shilib qolgan edim. Yaxshiyam ingliz tilini bilish faqatgina IELTS olish bilan boʻlmasligini vaqtida anglagan edim. Shunday qilib IELTSga tayyorgarlikni toʻxtatdim.
Yaqinda IDP Uzbekistan rahbari Umidjon aka Ishmukhamedov IELTS imtihonini topshirish imkoniyatini sovgʻa qildilar. Shu bilan yana IELTSga yoʻliqdim.👋
30-noyabr mock topshirib koʻrgan edim, 6.0 chiqqach shu ham boʻlaveradi deb uncha tayyorlanmadim. Faqat reading va listening qismidan har kuni biroz shugʻullanib bordim. Lekin bir hafta qolganida IELTS topshirayotganim "esimga tushib qoldi".) Shu bilan har kunlik listening va reading vazifalarimga writing'ni ham qoʻshdim. Writing qismiga urgʻu bera boshladim, shu bilan 7 kun yaxshilab writing ustida ishladim. Va oxirida yarim kun speaking bilan qattiq shugʻullandim. :)
Shu bilan solid7⃣ chiqdi. Menimcha yomon emas, toʻgʻrimi? Umidjon akaga ham katta rahmat)
Shaxsiy postlar yozmas edim-u, lekin bunisi zarar qilmasa kerak. Muhimi "IELTS mania"dan qutuldim.
Qayerga qaramay 14 yoshda 8.0, 16 yoshda 8.5 lar, hattoki 18 yoshda 9.0 ham olishdi. Xullas oʻtgan yili men ham bu musobaqaga bilmasdan balki majburan qo'shilib qolgan edim. Yaxshiyam ingliz tilini bilish faqatgina IELTS olish bilan boʻlmasligini vaqtida anglagan edim. Shunday qilib IELTSga tayyorgarlikni toʻxtatdim.
Yaqinda IDP Uzbekistan rahbari Umidjon aka Ishmukhamedov IELTS imtihonini topshirish imkoniyatini sovgʻa qildilar. Shu bilan yana IELTSga yoʻliqdim.
30-noyabr mock topshirib koʻrgan edim, 6.0 chiqqach shu ham boʻlaveradi deb uncha tayyorlanmadim. Faqat reading va listening qismidan har kuni biroz shugʻullanib bordim. Lekin bir hafta qolganida IELTS topshirayotganim "esimga tushib qoldi".) Shu bilan har kunlik listening va reading vazifalarimga writing'ni ham qoʻshdim. Writing qismiga urgʻu bera boshladim, shu bilan 7 kun yaxshilab writing ustida ishladim. Va oxirida yarim kun speaking bilan qattiq shugʻullandim. :)
Shu bilan solid
Shaxsiy postlar yozmas edim-u, lekin bunisi zarar qilmasa kerak. Muhimi "IELTS mania"dan qutuldim.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆42⚡9❤8👍5😎5🔥2❤🔥1🎉1🆒1
Shunday saytlar borki, ular orqali kunlab qiladigan ishingizni bir necha soniyada bajara olasiz.
Shunday ilovalar borki, pul sarflab qiladigan ishlarni bepulga qila olasiz.
Undan tashqari qanchadan qancha telegram botlar, sun'iy intelekt vositalar mavjud.
Bularning barchasini shu kanaldan topasiz!✅
@foydalan — Foydalaning, foyda oling.💡
Shunday ilovalar borki, pul sarflab qiladigan ishlarni bepulga qila olasiz.
Undan tashqari qanchadan qancha telegram botlar, sun'iy intelekt vositalar mavjud.
Bularning barchasini shu kanaldan topasiz!
@foydalan — Foydalaning, foyda oling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥28⚡4❤🔥2👍2👨💻2🆒2✍1❤1🌚1💯1
Juda ham eskirib ketdi hayotim
Gado egnidagi juldur libosday.
Ko'nglim ham kimlardir qo'lini artib,
G'ijimlab tashlangan kirchil qog'ozday...
Tuyg'ularim so'niq, hislarim tolgan.
Mog'orlab yotibdi eski orzular,
Hattoki o'zim ham kechadan qolgan.
Juda ham eskirib ketdi hayotim...
#sheʼr | (Halima Ahmad)

✍26💔6⚡2👍2🐳2👀2💘2❤1❤🔥1🤔1🌚1
Osmonlarga uzatdik qo‘lni,
Yuraklarga qo‘ndi bir surur.
Tanlagandik eng mushkul yo‘lni,
Oxir bizni o‘ldirdi g‘urur.
Bizga qarshi jang qildi samo,
Boshimizdan yog‘ildi qorlar.
Qishdan omon chiqqandik, ammo
Bizni qatl etdi bahorlar.
#sheʼr | Xayrulla Hamidov
Yuraklarga qo‘ndi bir surur.
Tanlagandik eng mushkul yo‘lni,
Oxir bizni o‘ldirdi g‘urur.
Bizga qarshi jang qildi samo,
Boshimizdan yog‘ildi qorlar.
Qishdan omon chiqqandik, ammo
Bizni qatl etdi bahorlar.
#sheʼr | Xayrulla Hamidov
🕊20⚡4✍4❤3😎3🐳1🌚1💔1👀1🫡1 1
Kichik harakat » Natija » O‘sish evaziga kattaroq harakat (har safar) » Katta natija
Hayotda ba’zan bizga kichik harakatlar ahamiyatsizdek tuyuladi, lekin vaqt o‘tishi bilan ular ulkan natijalarga olib kelishi mumkin. Bu narsa The one thing kitobida Domino effekti misolida yaxshi tushuntirilgan.
Kichik boshlanish – ulkan natijalar:
Tasavvur qiling, birinchi domino atigi 2 dyuym (5 sm) balandlikda. Agar har bir keyingi domino oldingisidan 50% kattaroq bo‘lsa, 31-domino balandligi Everest cho‘qqisidan 3000 fut baland bo‘ladi. 57-domino esa oygacha bo‘lgan masofaga yaqinlashadi!
Shaxsiy rivojlanishdagi 1% o‘sish bunga misol bo‘la oladi. Har kuni atigi 1% yaxshilanish yil davomida 37 baravar o‘sishga olib kelishi mumkin. Biror til o‘rganish, biznes boshlash yoki sport bilan shug‘ullanish – bularning barchasi kichik qadamlar bilan boshlanadi. Ammo davomiy harakat vaqti kelib katta yutuqlarga olib keladi.
Yoki yana bir g‘alatiroq misol — epidemiya yoki virus tarqalishi. Bitta kasallangan odam o‘rtacha 2-3 kishiga yuqtirsa, har bir yangi bemor yana shuncha odamga yuqtiradi va jarayon eksponentsial ravishda o‘sib boradi. Natijada:
1-kun:
2-kun:
3-kun:
4-kun:
10-kun:
Xullas siz ham birinchi dominoni yiqitishga jur’at qiling – vaqt o‘tishi bilan natijalari sizni hayratda qoldiradi!
Hayotda ba’zan bizga kichik harakatlar ahamiyatsizdek tuyuladi, lekin vaqt o‘tishi bilan ular ulkan natijalarga olib kelishi mumkin. Bu narsa The one thing kitobida Domino effekti misolida yaxshi tushuntirilgan.
Kichik boshlanish – ulkan natijalar:
Tasavvur qiling, birinchi domino atigi 2 dyuym (5 sm) balandlikda. Agar har bir keyingi domino oldingisidan 50% kattaroq bo‘lsa, 31-domino balandligi Everest cho‘qqisidan 3000 fut baland bo‘ladi. 57-domino esa oygacha bo‘lgan masofaga yaqinlashadi!
Shaxsiy rivojlanishdagi 1% o‘sish bunga misol bo‘la oladi. Har kuni atigi 1% yaxshilanish yil davomida 37 baravar o‘sishga olib kelishi mumkin. Biror til o‘rganish, biznes boshlash yoki sport bilan shug‘ullanish – bularning barchasi kichik qadamlar bilan boshlanadi. Ammo davomiy harakat vaqti kelib katta yutuqlarga olib keladi.
Yoki yana bir g‘alatiroq misol — epidemiya yoki virus tarqalishi. Bitta kasallangan odam o‘rtacha 2-3 kishiga yuqtirsa, har bir yangi bemor yana shuncha odamga yuqtiradi va jarayon eksponentsial ravishda o‘sib boradi. Natijada:
1-kun:
1 kishi kasal2-kun:
3 kishi3-kun:
9 kishi4-kun:
27 kishi10-kun:
59 049 kishi!Xullas siz ham birinchi dominoni yiqitishga jur’at qiling – vaqt o‘tishi bilan natijalari sizni hayratda qoldiradi!
⚡17🤝3 3👏2🔥1🕊1💯1🆒1
#Milliard. 🎯
Domino effektiga hayotiy misol... (davomi keyingi postda)
2021-yil, yanvar.
Sinfdoshlar guruhidan onlayn olimpiada haqida xabar keldi. O‘sha vaqtlar deyarli barcha fanlardan yaxshi o‘qiganman, olimpiadada qatnashmoqchi bo‘ldim. Lekin ishtirok etish yoki g‘olib bo‘lishdan ham ko‘ra "Bu qanday olimpiada? Kimlar uyushtiryapti? Qanday tashkillashtiriladi?" degan savollar qiziqroq edi. Xullas, men ham olimpiada tashkillashtirmoqchi bo‘ldim. Eng qizig‘i bitta olimpiada uchun kerak bo‘ladigan barcha ishlarni qilib chiqdim. Har bir sinf
Birinchi marta 100 kishi bilan ishlash juda stressli o‘tdi, hattoki boshqa bunday ishlarga yaqinlashmayman degan xulosaga keldim. Biroq jarayon men uchun qaysidir ma'noda zavqli edi, ayniqsa yakunlanganidan keyin o‘quvchilar va ota-onalardan kelgan fikrlarni o‘qib...
Nima bo‘lganda ham men uchun unutilmas tajriba bo‘lgan edi. O‘zi yig‘ilgan ~ 400 auditoriya (hech qanday reklamalarsiz), ~ 100 ta ishtirokchi...

(1-sinfdan 11-sinfgacha) uchun ikkita fandan (matematika, ingliz tili) savollar tuzib chiqdim, telegram kanal ochib postlar tashladim, dizaynlar tayyorladim, telegram bot qildim, oxirida barcha savollarni qo‘lda tekshirib, har bir ishtirokchiga qo‘lda sertifikat qilib chiqdim. Tahminan bir hafta to‘liq shuni ishlari bilan band bo‘ldim, kerak bo‘lsa kechasi uxlamay....Sonlarga keladigan bo‘lsak, 4000 atrofida odam bu olimpiada haqida xabar topdi (reklama qilmaganmiz, o‘zi ulashilgan). Shulardan 400 tacha odam telegram kanalimizga obuna bo‘lgan va tahminan 100 ta o‘quvchi olimpiadada qatnashgan.
Birinchi marta 100 kishi bilan ishlash juda stressli o‘tdi, hattoki boshqa bunday ishlarga yaqinlashmayman degan xulosaga keldim. Biroq jarayon men uchun qaysidir ma'noda zavqli edi, ayniqsa yakunlanganidan keyin o‘quvchilar va ota-onalardan kelgan fikrlarni o‘qib...
Nima bo‘lganda ham men uchun unutilmas tajriba bo‘lgan edi. O‘zi yig‘ilgan ~ 400 auditoriya (hech qanday reklamalarsiz), ~ 100 ta ishtirokchi...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥17 4⚡3👍2❤1🏆1
#Milliard. 🎯
Ushbu postning davomi. (hali yana davom etadi)
2025-yil, fevral-mart.
Hamkorlik uchun @abu_work'ga yozsangiz bo‘ladi.
100 » 100,000 » 1,000,000 » 10,000,000 » 100,000,000 » 1,000,000,000

"Kitobly bilan Kitobli bo‘ling!" shiori ostida Kitobly loyihasini boshladik. Maqsadimiz bepul kitoblar ulashish. 20 kun ichida 2 ta tanlov uyushtirdik. 140 ta kitob sovg‘a qilindi. Tanlovga umumiy 50,000 dan ortiq auditoriya jalb qilindi, undan tashqari o‘zimizning va hamkorlarning yana 6 ta kanaliga ~ 10,000 atrofida obunachi yig‘dik. Kitob ulashishda davom etamiz...Hozirda 80,000 atrofida auditoriyamiz bor. Barchasi ikki oy ichida yig‘ildi. Menimcha shu Domino effektiga yaxshigina misol bo‘la oladi. Martning oxirigacha 100,000 qilishimiz kerak) Yilning oxirigacha esa 1 million. Kun kelib milliardlik natijalar ham bo‘ladi, Xudo xohlasa...
Hamkorlik uchun @abu_work'ga yozsangiz bo‘ladi.
100 » 100,000 » 1,000,000 » 10,000,000 » 100,000,000 » 1,000,000,000
🔥21❤🔥5🏆4 3⚡2❤1😡1
10 yillik fikrlash modeli 💭
Ko‘pchilik odamlar 1 yil ichida hayotini butunlay o‘zgartirishni xohlaydi. Sport zaliga yoziladi, biznes boshlaydi, yangi tillarni o‘rganadi… Lekin oradan 2-3 oy o‘tmay, hammasi unutiladi. Bu yil ham hammada shunday bo‘ldi menimcha) Nega?
Sababi oddiy: biz juda qisqa muddatli natijalarga juda katta umid bog‘laymiz, lekin uzoq muddatli rejalar haqida kam o‘ylaymiz.
Aslida esa, buyuk o‘zgarishlar uzoq yillik sabr, sadoqat va izchil harakat natijasida yuz beradi.
"Buyuk ishlar to‘satdan amalga oshmaydi, balki ketma-ket bajarilgan mayda ishlar yig‘indisidir."
©️ Vincent van Gogh
Agar bugun biz 5-10 yillik reja ustida ishlay boshlasak, 2030-35-yilda butunlay yangi insonga aylanamiz. Lekin boshlamasak – hozirgi davrni eslab "yaxshi paytlar edi-a" deb eslab yuramiz..)
💭 Sizda qanday uzoq yillik reja bor?

💯19❤3🆒3⚡2🔥2🕊2 2👍1🏆1👀1
Kamondan o‘q uzatilishidan oldin orqaga tortiladi. Yuqoriga uchishdan oldin pastga egiladi.
Ba’zida hamma narsa orqaga ketyapti, degan tuyg‘u paydo bo‘ladi.
Rejalar to‘xtaydi. Shijoat sustlashadi. Atrof jim. Charchoq, noaniqlik, sukunat...
Ammo... O‘q ham oldinga uchishidan avval orqaga tortiladi. Qancha ko‘p tortilsa shuncha uzoq uchadi. (ip uzilib ketmasin:)
Bu chekinish — taslim emas, tayyorgarlik.
Bu sukunat — mag‘lubiyat emas, ichki kuch yig‘ish jarayoni.
Bu orqaga ketish — yiqilish emas, sakrash oldidan to‘planish.
Hayot orqaga tortayotgan bo‘lsa, balki uzoqqa uchirish uchun shu kuchni yig‘ayotgandir?
Balki maqsadlar kattaligidan unga yetish uchun aynan shunday orqaga tortilish kerakdir?
Shuning uchun...
Agar hozir hamma narsa to‘xtaganday tuyulsa — bu uchish oldidan yig‘ilayotgan kuchdir.
Muhimi uchayotganda to‘g‘ri yo‘nalishda uchish.
Chiroyli ko‘ringan tarafga o‘qni otavermasdan, asl maqsad taraf yo‘naltirish...
Mayli..
Hali uchadigan kunlar keladi... lekin hozircha — o‘q orqaga tortilishi kerak.

O‘q kamondan uzilgach — endi u faqat uchadi.
Yo‘nalishi aniqlangan, kuch to‘plangan, ip qo‘yib yuborilgan...
Lekin o‘qning manzilga yetishi uchun bir shart bor: diqqatni saqlash.
Agar u atrofdagi shamolga, shovqinga, chalg‘ituvchi narsalarga ergashib ketsa — tezligini yo‘qotadi, yo‘lidan og‘adi, manzilga yetolmaydi.
Hayotda ham menimcha shunday. Maqsad sari uchayotganda yo‘lda ko‘p chalg‘ituvchilar bo‘ladi: boshqalar fikri, mayda orzular, vaqtni yutuvchi narsalar...
Ular kuchni tarqatib yuborsa, manzil uzoqlashadi.
Shuning uchun chalg'ituvchilardan ehtiyot bo'lish kerak. Manzilni unuttirib qo'yishadi. Qayta eslanganda esa, afsuski oldingi tezlik bo'lmasligi mumkin...
Shu sababli chalg'ituvchilardan holi kanal ochildi. Siz ham qo'shilib oling, hamroh bo'lamiz:
➡️ t.me/ai_darchasi
O‘qning vazifasi — uchish emas, tegish.
Bizning vazifamiz ham — shunchaki yugurish emas, yetish.

⚡18🏆6
https://t.me/+Y_GDYHD1S4VlNWYy
https://t.me/+Y_GDYHD1S4VlNWYy
https://t.me/+Y_GDYHD1S4VlNWYy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡19🏆5