JavaScript | 𝗢𝗳𝗳𝗶𝗰𝗶𝗮𝗹 𝗰𝗵𝗮𝗻𝗻𝗲𝗹
36 subscribers
51 photos
7 videos
1 file
85 links
💾 Bio: "The channel is made for learners who study most well-known coding language «JavaScript»".

Telegram: t.me/absJavaScript
X: twitter.com/absJavaScript
Download Telegram
📢 E’tibor bering! Sizning fikringiz muhim!

Hurmatli dasturchilar! 👨‍💻

"Premium bepul" darslarining yana 10 tasi sizga taqdim etildi! Biz siz uchun eng foydali va tushunarli darslarni tayyorlashga harakat qildik. Endi sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

👥👥👥 Hurmat bilan "@absJavaScript kanali" jamoasi!

🔗 @absJavaScript
👍3❤‍🔥1
Darslar qanday bo‘ldi?

🗳 So‘rovnomada ishtirok eting va o‘z fikringizni bildiring! Sizning javoblaringiz kelgusi darslarni yanada yaxshiroq qilishimizga yordam beradi!
Anonymous Poll
80%
Juda zo‘r, davom etsin! 🚀
0%
Foydali, lekin biroz soddaroq tushuntirilsa yaxshi bo‘lardi 🤔
0%
Qiyin, tushunishga qiynalmoqdaman 😔
20%
Men boshqa mavzular bo‘yicha darslar xohlayman 📝 ((izohda
❤‍🔥3👍1
DSA (Data Structures and Algorithms) ni o'rganish uchun 5 ta qadam:

1⃣-qadam:
Birinchi navbatda biror dasturlash tilini o'rganish lozim. Misol uchun: Java, C++, JavaScript, Python. Ushbu tillar algoritm va ma'lumotlar tuzilmalari bilan ishlash uchun mos keladi.

2⃣-qadam:
Time Complexity va Space Complexity tushunchalarini o'rganish zarur. Bu algoritmning samaradorligini baholashda muhim rol o'ynaydi.

3⃣-qadam:
Ma'lumotlar tuzilmalari (Data Structures) va algoritmlar (Algorithms) bilan tanishish:

Data Structures: Array, String, Linked List, Stack, Queue, Tree, Graph.

Algorithms: Searching, Sorting, Divide & Conquer, Hashing, Greedy, Recursion, Backtracking, Tree & Graph Traversal, Dynamic Programming.

4⃣-qadam:
Data Structures va algoritmlarni amalda qo‘llab ko‘rish.
Amaliyot qilish uchun tavsiya etilgan manbalar: LeetCode, CodeChef, Codeforces, HackerRank, GeeksforGeeks.

5⃣-qadam:
DSA bo‘yicha bilim va mahoratingizni oshirish uchun turli xil manbalar yoki onlayn musobaqalarda ishtirok eting.
Musobaqalar uchun foydali saytlar: TopCoder, HackerRank, CodeChef, LeetCode, Codeforces.


Agar masalalarni ishlashda qiyinchilikka duch kelsangiz yoki DSA ni o'rganmoqchi bo‘lsangiz, yuqorida sanab o'tilgan 5 qadamni qo'llab ko'ring. Bu bosqichlar sizga jarayonni osonlashtiradi va natijada samarali o‘rganishingizga yordam beradi.


🔗 @absJavaScript
🆒2❤‍🔥1👍1
#Foydali #Kodlar #Telefon #Qongiroq
Telefoningiz oʻchiqligida sizga kimlar qoʻngʻiroq qilganini bilmoqchimisiz! Kodlarni ustiga bosib nusxa oling va bajarib koʻring! ((Oʻzingizga kerakligini 😁

📞 "Ucell" kompaniyasi uchun:
*321#


📞 "Mobiuz" kompaniyasi uchun:
*111*0131#


📞 "Beeline" kompaniyasi uchun:
*110*061#


📞 "Uztelecom" kompaniyasi uchun:
*111*9*4*1#
🆒2❤‍🔥1👍1
☎️ BANKLARNING TELEFON RAQAMLARI

Bank xizmatlari bo‘yicha to‘liqroq ma’lumot olish yoki plastik karta blokka tushib qolganda banklarning quyida ko‘rsatilgan telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling.

🏦 Asakabank—1152
🏦 O‘zmilliybank—1344
🏦 Xalq Banki—1106
🏦 Aziya Alyans Bank—1270
🏦 Ipoteka-bank—1233
🏦 Agrobank—1216
🏦 Turonbank—1220
🏦 MKB Bank—1285
🏦 O‘zsanoatqurilishbank—1180
🏦 Ipak Yo‘li Banki—1296
🏦 Biznesni rivojlantirish banki—1254
🏦 Tenge Bank—1245
🏦 Trastbank—1287
🏦 Davr Bank—1284
🏦 Infinbank—1214
🏦 Hamkorbank—1256
🏦 Garant Bank—1326
🏦 Ziraat Bank—1293
🏦 Anorbank—1290
🏦 TBS Bank—1150
🏦 Universalbank—1355
🏦 Kapitalbank—1340
🏦 Apex Bank—1881
🏦 Hayot Bank—1320
🏦 Orient Finans Bank—4004
🏦 Smart Bank—1377
🏦 Yangi Bank — (+99878)-777-88-87
🏦 KDB Bank—(+99878)-120-80-00
🏦 Saderot Bank—(+99871)-252-11-61
🏦 Uzum Bank—(+99878)-777-07-99
🏦 Oktobank—(+99871)-202-33-33
🏦 Avobank—(+99878)-888-78-87
🏦 Poytaxtbank—(+99871)-214-20-00
🏦 Aloqabank—(+99871)-230-7777
🏦 Markaziy bank—(+99871)-212-62-05

🔗 @absJavaScript
👍2❤‍🔥1😁1🆒1
👋 Hammaga salom! Kanal ahli! Kanal aktivligi qanday ‽

Bizni kuzatib boring:
Telegram | X
👍2❤‍🔥1🔥1
11. – JavaScript sintaksisi va konsol


🚀 JavaScriptga ilk qadam!

Assalomu alaykum, dasturlashga qiziqqan do‘stlar!
Bugun siz bilan JavaScript sintaksisi bilan tanishamiz va konsolda kod yozishni o‘rganamiz.


✍️ Sintaksisbu dasturlash tilining grammatikasi. To‘g‘ri sintaksis yozilmasa, kod ishlamaydi.
console.log("Salom, JavaScript!");

🛠 console.log()bu brauzerning konsolida ma’lumot chiqarish uchun ishlatiladi.

🖥 Konsolni ochish uchun:

• Chrome: F12 → “Console”

• Firefox: Ctrl + Shift + K


Misol:
console.log(5 + 3); // 8
console.log("Bugun dars 11");

Siz uchun vazifa:
O‘zingiz haqingizda 3 ta console.log() yozing.

Keyingi postda "O'zgaruvchilar: var, let, const" haqida o‘rganamiz.

🔗 @absJavaScript | #JaSc@absJavaScript
❤‍🔥1👍1
#JavaScript #Frontend #Dasturlash #LearnJS #WebDevelopment #absJavaScript

2️⃣ Dars 12 – O‘zgaruvchilar: var, let, const


💡 JavaScriptda o‘zgaruvchi — bu ma’lumotni saqlovchi konteyner.


🔹 var — eski usul (hozir kam ishlatiladi)
var ism = "Falonchi";
console.log(ism);

⚠️ var — funksional ko‘lamga ega, ya’ni faqat funksiya ichida ishlaydi.
Qayta e’lon qilish mumkin, ammo bu xatolarga olib kelishi mumkin.



🔹 let — zamonaviy va xavfsiz
let yosh = 18;
yosh = 19;
console.log(yosh);

letblok ko‘lamga ega.
✍️ Qiymatini o‘zgartirish mumkin, lekin qayta e’lon qilib bo‘lmaydi.



🔹 const — o‘zgarmas qiymatlar uchun
const PI = 3.14;
console.log(PI);

🔐 const bilan e’lon qilingan qiymat hech qachon o‘zgarmaydi.
🎯 Asosan doimiy qiymatlar uchun ishlatiladi.



Qachon qaysi biri ishlatiladi?

letqiymatni keyin o‘zgartirish kerak bo‘lsa

constbutunlay o‘zgarmaydigan qiymat bo‘lsa

varishlatmaslik tavsiya etiladi


🧪 Amaliy masala:
let ism = "Ali";
let yosh = 20;

console.log(ism + " " + yosh + " yoshda.");

🧠 Natija: Ali 20 yoshda.

Avvalgi postda "JavaScript sintaksisi va konsol" haqida tushuncha berilgan.
Keyingi postda "Ma’lumot turlari (Data Types)" haqida o‘rganamiz.

🔗 @absJavaScript | #JaSc@absJavaScript
❤‍🔥1👍1
#JavaScript #Frontend #Dasturlash #LearnJS #WebDevelopment #absJavaScript

2️⃣ Dars 13 – Ma’lumot turlari (Data Types)

🧠 JavaScriptda ma’lumotlar turli ko‘rinishda bo‘ladi. Har birining o‘ziga xos vazifasi bor.

🔸 Primiv (oddiy) ma’lumot turlari:
1. Stringmatnlar uchun
let ism = "Islombek";

2. Numberbutun yoki o‘nlik sonlar
let yosh = 18;
let narx = 12.5;

3. Booleantrue yoki false
let to‘g‘ri = true;
let noto‘g‘ri = false;

4. Undefinedqiymat belgilanmagan
let x;
console.log(x); // undefined

5. Nullbo‘sh qiymat
let qiymat = null;

6. Symbolnoyob identifikator (kam ishlatiladi)
7. BigIntkatta sonlar uchun
let kattaSon = 1234567890123456789012345678901234567890n;


🔹 Obyekt turlari (Complex types):
Object
let talaba = {
ism: "Ali",
yosh: 20
};

Array (Massiv)
let ranglar = ["qizil", "yashil", "ko‘k"];

Function
function salomBer() {
console.log("Salom!");
}


📌 typeof operatori
Ma’lumot turini aniqlash uchun ishlatiladi:
let yosh = 18;
console.log(typeof yosh); // number


📘 Har bir ma’lumot turi o‘z joyida ishlatiladi. Masalan, tugmani bosilganini tekshirishda boolean, ismni saqlashda string, narxda number kerak bo‘ladi.


Avvalgi postda "Oʻzgaruvchilar: var, let, const" o‘zgaruvchilari haqida tushuncha berilgan.
Keyingi postda "Operatorlar (Amallar)" haqida o‘rganamiz.

🔗 @absJavaScript | #JaSc@absJavaScript
❤‍🔥1👍1
#JavaScript #Frontend #Dasturlash #LearnJS #WebDevelopment #absJavaScript

2️⃣ Dars 14 – Operatorlar (Amallar)

🔧 JavaScriptda operatorlar orqali qiymatlar ustida turli hisob-kitoblar va solishtirishlar amalga oshiriladi.


🔹 Aritmetik operatorlar:
let a = 10;
let b = 3;

console.log(a + b); // 13
console.log(a - b); // 7
console.log(a * b); // 30
console.log(a / b); // 3.333...
console.log(a % b); // 1

+ — qo‘shish
- — ayirish
✖️ * — ko‘paytirish
/ — bo‘lish
♻️ % — qoldiqni olish


🔹 Tayyorlovchi (assignment) operatorlar:
let x = 5;
x += 2; // x = x + 2
console.log(x); // 7

➡️ = – belgilash
+=, -=, ✖️ *=, /=, ♻️ %=


🔹 Solishtirish operatorlari:
console.log(5 == "5");   // true
console.log(5 === "5"); // false
console.log(5 != 3); // true
console.log(5 > 3); // true
console.log(5 <= 5); // true

== – qiymat tengmi?
=== – qiymat va turi tengmi?
!=, !== – teng emas
🔼 <, >, <=, >=


🔹 Mantiqiy (logical) operatorlar:
let yosh = 20;
console.log(yosh > 18 && yosh < 25); // true

&& – va
|| – yoki
! – inkor (not)


Amaliy masala:
let yosh = 16;

if (yosh >= 18) {
console.log("Siz katta yoshdasiz");
} else {
console.log("Siz hali voyaga yetmagansiz");
}


Avvalgi postda "Ma’lumot turlari (Data Types)" haqida tushuncha berilgan.
Keyingi postda "Shart operatorlari (if, else, switch)" haqida o‘rganamiz.

🔗 @absJavaScript | #JaSc@absJavaScript
❤‍🔥1👍1
JavaScript Array Methods Cheat Sheet 🤓

Master all essential JS array methods with this one-stop guide – map, filter, reduce, and more! 🔥

React ❤️ for more content like this
👍2