Kecha Novza masjidida Azimjon Po'latovni( Azimjon's Fikrlog ) ko'rib qoldim. Biroz suxbatlashdik. O'zim uchun kerakli maslahatlar oldim. Azimjon aka dasturlashda bo'layotgan va bo'lishi kutilayotgan katta yangiliklar xaqida aytib o'tdilar. Google dagi katta maoshli ISHINI tashlab ketish arafasida ekanini aytdilar. Xozirgi kunda 42.uz dagi kurslarini Toshkentda offline o'zlari o'tayotgan ekan. 1 oylarda Polshaga qaytib ketaman dedi. O'zbekistonda 2026-yil dasturlashda katta yangiliklar bo'lishi xaqida aytdilar. Chet elllik investorlar O'zbekistondagi yakka tartibda ish olib borayotgan dasturchilarga va yaxshi startup projectlar uchun 1 mlrd dollar investitsiya kiritishni reja qilishgan ekan. Va yana bir O'zbekistonda ishlayotgan dasturchilar uchun katta yangilik -- endi dasturchilar uchun daromad solig'i 12% emas 1% etib belgilanishi reja qilingan ekan. Azimjon aka Polshada dasturchilar uchun daromad solig'i 50% ekanini aytib o'tdi, ya'ni teng yarmi.
Bu xammasi - dasturchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar shuni anglatadiki, O'zbekistonda axborot texnologiyalari, raqamlashtirish, avtomatlashtirishni oldingidan xam kengroq joriy qilish maqsad qilingan!

π₯4
Forwarded from Vohid Karimov
Ukam yaqinda hayotidagi muhim bir davrni boshlaydi β talabalik. Ukamga quyidagi maslahatlarni berdim:
β Maqsadlarni katta qo'y. Kichik maqsadlar bilan hayot juda tez juda zerikarli bo'lib ketadi. Energiya maqsadlarni yaratmaydi, aksincha maqsadlar energiya yaratadi.
β O'zingni aqlli va kuchli talabalar bilan o'ra. Bir guruhning eng aqllisi bo'lgandan ko'ra, boshqa bir guruhning eng aqlsizi bo'l. Aqlli odamlar orasida tezroq o'sasan. Ular seni yerda ushlab turishadi.
β Ko'p loyihalar qil. Yangi texnologiyalar o'rganib ular bilan pet projectlar yarat. Hackathonlarga qatnash. O'rtoqlaring bilan study group yaratib yangi narsalar o'rgan. Foydali postlar va artikllar yoz. Qiziq videolar yaratib YouTubega joyla. O'qish tugashini yoki 2-kurs bo'lishni kutma, ishga (boshida internshipga) topshir. Intervyularga bor, yeqil, qayta tayyorlan, yana bor. Shu qilgan ishlaring seni har doim boshqa odamlardan ajratib turadi.
β Qisqa yo'l qidirma. Bu o'zingni har doim qiyna degani emas. Yo'lingdan oson yo'l chiqsa undan albatta foydalan, lekin har doim qisqa yo'llarni qidirma. Ko'p erishishga arzigulik narsalar uchun qisqa yo'l yo'q.
β Universitetda berilgan bilimlar bilan cheklanib qolma. O'zing uchun self-study intizomini yarat, maqsadlaringga yetishish uchun learning machine'ga aylanishing kerak. Universitet qanchalik kuchli bo'lmasin u senga faqat dengizdan bir tomchi bilimni bera oladi holos.
β Kamtar bo'l. Biror narsani bilmaysanmi? Bilmayman deyishni o'rgan. Biror narsani tushunmadingmi? Savollar so'rashdan uyalma (uyalish ham manmanlikni bir turi). Professor yoki student noto'g'ri narsa aytdimi? Ularni to'g'irlashga shoshilma. Fikringni hurmat bilan yetkazishni mashq qil.
Trust the process, enjoy the process.

π«‘3
Forwarded from Azimjon's Fikrlog
20 yoshga maslahat.
Kapitalizm shu yerda. Keldi. Ikki ko'zi cho'ntagingda.
Til o'rgan deydi. Sport bilan shug'ullan deydi. Dasturlash kelajak deydi. Diplom ol deydi β xullas xarajatlarga o'tirg'izadi.
Mayli, sotib ol - olaman desang, faqat umring bilan to'lama. Kelajaging bilan to'lama. Qarzga kirma. Qarzdan uzoq yur.
Ovqat tashima. Ertaga qarzga botganingda oldingda bo'lmaydigan oshnalaring uchun choyxonaga pul yig'ma.
Toqqa chiqolmadingmi? Ho'p bugun Amirsoyga borolmasang, ertaga Shvetsariyaga borasan nasib, faqat o'ksinma.
Taksida yurma β piyoda yur. Musiqa eshitma β o'zing bilan gaplash. Kino ko'rma β hikoyangni yoz.
Pul topishga shoshilma, sarflashdan oldin 100 marta o'ylab ko'r.

Forwarded from Esanboyev Javohir