Abituriyentlar.uz
96.1K subscribers
1.31K photos
490 videos
247 files
2.4K links
@Abituriyentlar | Rasmiy sahifasining telegram kanali☑️

💰 Reklama: t.me/EduRek/21

📑 № 970252

📩 Murojaat uchun: @ABTmurojaatBot

facebook.com/abituriyentlarUz

instagram.com/abituriyentlar

youtube.com/Abituriyentlar

vk.com/abituriyentlar
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu yilgi test sinovlari yopiq binolarda oʻtkazilishi mumkin

Ayni paytda DTM tomonidan testlarni oʻtkazish boʻyicha 2 xil ssenariy ustida ish olib borilmoqda:

1️⃣ Test sinovlarini anʼanaviy shaklda 94 ta katta sigʻimli binolarda oʻtkazish;

2️⃣ agar mabodo karantin qoidalari kuchaytirilsa, test sinovlarini 2020 va 2021-yildagi kabi 53 ta ochiq maydonlar (stadion va xiyobonlar)da oʻtkazish.

Menga qolsa, bu yil har nima boʻlgan taqdirda ham testlarni anʼanaviy shaklda — yopiq pavilyonlarda oʻtkazish kerak va asosiysi oʻsha binolarga aloqani toʻsuvchi uskunalar oʻrnatish shart! 2 yil davomida pandemiya deb ancha yengilliklar berildi, bu bir tomondan yaxshidir, ammo salbiy oqibatlarini ham koʻrdik. Stadion va bogʻlarda nazorat qilish juda qiyin boʻldi, ayniqsa telefonlarni. Xudoga shukr, hozir ahvol birmuncha yaxshi, shu sababli faqat va faqat 1-variantni tanlash kerak.

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA
📌 Imtihonda telefon yoki shpargalka bilan qo‘lga tushgan abituriyentlar birdaniga 5-7 yilgacha chetlashtirilishi mumkin.

❗️DTM Adliya vazirligi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda taqiqlangan vositalardan foydalangan abituriyentlar uchun qonuniy choralar ko‘rish yo‘llari ustida ishlamoqda.

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA
​​⚡️Maktabda qaysi fanlardan imtihon boʻlishi aniq boʻldi

Endilikda maktablarning 9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun ayrim fanlar boʻyicha attestatsiya oʻtkaziladi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 28-fevraldagi 70-sonli boʻyrugʻida belgilandi.

Unga asosan:
👉 2021-2022-oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari uchun: ona tili va adabiyot, oʻzbek tili/rus tili, matematika, tarix, jismoniy tarbiya va qoʻshimcha ravishda oʻquvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan boʻyicha;

👉 11-sinf bitiruvchilari uchun: ona tili va adabiyot, matematika, chet tili, tarix va va qoʻshimcha ravishda oʻquvchilarning tanlovi asosida belgilangan fan boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi belgilandi.

Umumtaʼlim maktablarida taʼlim beriladigan barcha tillarda yakuniy davlat attestatsiyalari oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha namunaviy nazorat materiallari Respublika taʼlim markazi tomonidan tayyorlanib, taʼlim markazining rasmiy saytida eʼlon qilinadi.

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

© Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
Forwarded from Abituriyentlar.uz
​​Siz topshirgan yoʻnalishga qaysi fanlardan imtihon boʻladi ?

#SAVOL: Matematika va fizika fanidan tayyorlanayotgan abituriyentlar qaysi taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirishlari mumkin?

#JAVOB:
Matematika va fizika👉
https://t.me/c/1218922865/1365

Matematika va chet tili👉
https://t.me/c/1218922865/1366

Biologiya va kimyo👉
https://t.me/c/1218922865/1367

Ona tili va adabiyot, chet tili👉
https://t.me/c/1218922865/1368

Tarix, chet tili👉
https://t.me/c/1218922865/1369

• Matematika, geografiya👉
https://t.me/c/1218922865/1376

Matematika, kimyo👉
https://t.me/c/1218922865/1377

Tarix va geografiya👉
https://t.me/c/1218922865/1384

Tarix, ona tili va adabiyot👉
https://t.me/c/1218922865/1385

Biologiya, ona tili va adabiyot👉
https://t.me/c/1218922865/1413

🔗Qolgan fanlarni koʻrish...

❗️♻️BARCHA ABITURIYENTLARGA TARQATING!
ULAR HAM XABARDOR BO'LISHSIN.

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

© Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
Maktablarda imtihon qachon boshlanadi ?

9-SINFLAR UCHUN:
👉 2-7-may — Jismoniy tarbiya fanidan.

👉 26-may — Ona tili va adabiyot fanidan.

👉 30-may — matematika fanidan bitiruv imtihonlari o‘tkaziladi.


11-SINFLAR UCHUN:
👉 27-may — ona tili va adabiyot fanidan.

👉 31-may — matematika fanidan kunlari bitiruv imtihonlari o‘tkaziladi.

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

© Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
Samarqand davlat tibbiyot instituti Samarqand davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etiladi.

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

© Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
​​Maktab direktori 3mln 240ming soʻm pul oladi, qachonki maktabda 90% bitiruvchilar oʻqishga kirishsa 😅

Maktab bitiruvchilarining OTMga oʻqishga kirish hamda ishga joylashish koʻrsatkichlari asosida har yili 1-fevralgacha oʻtgan yilgi erishilgan natijalardan kelib chiqib maktablarning rahbar xodimlari ragʻbatlantiriladi.

🔰Ragʻbatlantirish BHMning quyidagi miqdorlarida belgilanadi:

oʻquvchilarining 90 foizi va undan ortiq qismi oʻqishga kirsa va (yoki) ishga joylashsa maktab direktorlari – 12 baravar (3 mln 240 ming soʻm), direktori oʻrinbosarlari – 6 baravar (1 mln 620 ming soʻm);

oʻquvchilarining 85–89 foizi oʻqishga kirsa va (yoki) ishga joylashsa maktab direktorlari – 9 baravar (2 mln 430 ming soʻm), direktor oʻrinbosarlari – 4,5 baravar (1 mln 215 ming soʻm);

oʻquvchilarining 80–84 foiz qismi oʻqishga kirsa va (yoki) ishga joylashsa maktab direktorlari – 6 baravar (1 mln 620 ming soʻm), direktor oʻrinbosarlari – 3 baravar (810 ming soʻm).

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

© Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
UXLAMA! ​​ABITURIYENT.

Hoy abituriyent uxlama,
Yengilmagin g'aflatga.
Yaqin qoldi imtihon,
Qolib ketma kulfatga.

Ota-onang sen uchun,
Ishlamoqda tinmayin.

Uxlolmaydi tunlari,
Dam neligin bilmayin.

O'ylayapsan o'zingcha,
"Yiqilsam ne bo'lardi,
Baxtimga dadam borku
Kontraktim to'lardi".

Agar budjetga o'tsang
Otang hafa bo'larmu?
Yoki mushtipar onang
Baxtsiz bo'lib qolarmu?

Yigitlar hayolingiz,
Olmoqda qizlar balki.
Qalamqoshlar, zebolar
Hoy-havasku shunchaki!

Hoy, uzunsoch ishonma,
Alpqomatning so'ziga.
O'qishga o'tib ketsa,
Ko'rinmaysan ko'ziga.

Yaxshisi har biringiz,
O'ylangiz imtixonni.
Keyin topib olarsiz,
Alpqomat-u, jononni!!!

To'g'ri vaqtimiz ham,
Oz qoldi o'zi juda.
Shularni ham o'ylab SIZ,
Vaqt o'tkazmang bexuda.

Bilmingizga ishoning,
To'ldiring kamingizni.
Axir birov (sizni) o'ylamas ,
Bilmaydi g'amingizni.

Mehnat qilgan albatta,
Yetadi murodiga.
Rahmatlar keltiradi,
Avlod-u ajdodiga.

Hali ko'o'o'p yozardimu,
Dars tayyorlash kerakda.
Shoirlik bir kasallik,
Bo'sh vaqtda ermakda.

Xullas har biringizga,
OMAD tilab qolaman.
Inshaalloh sizlarni,
Poytaxtda kutvolaman!

❗️Abituriyent do'stlaringizga yuboring!

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇
https://t.me/+rnySOva6ZgpmMjIy
https://t.me/+rnySOva6ZgpmMjIy
Kirish imtihonlari bekor qilindimi ?

DTM tarqatiladimi ?


Yuqoridagi ovozli xabarda ushbu savollarga javob olishingiz mumkin👆 00:00

© Manba

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/+rnySOva6ZgpmMjIy
https://t.me/+rnySOva6ZgpmMjIy


© Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
​​​​​​Talaba boʻlmoqchimisiz, unda, albatta, oʻqing!

Abituriyent - bu hayotini oʻzgartirish uchun yoʻlga chiqqan shaxs. Hamma ham odam boʻlib tugʻiladi, ammo kimdir inson boʻlib, kimdir odamligicha vafot etadi. Dunyoda birovga yomonlik qilmasdan yashaganing sening yaxshi inson ekanligingdan dalolat emas. Agar hamma narsaga loqayd boʻlsang, faqat oʻzingni oʻylasang, dangasa, tanbal boʻlsang va hech boʻlmasa, bir marta hayotingni oʻzgartirishga urunib koʻrmasang, insonlikka daʼvo qilma.

Inson uchun doimo harakatda boʻlmoq - tiriklikning belgisi.

☝️Sen bugundan abituriyentsan, bu degani talabalik tomon yoʻl olding. Demak, sen hayotingni oʻzgartirishni xohlaysan. Shunday ekan, quyidagilarni yodda tut:

Hech qachon vaqtim yoʻq dema!
– Hohish boʻlsa, vaqt topiladi. Dunyoni boshqarayotgan mashhurlarning sutkasi senikidan ortiq emas.

Hech qachon eslab qololmayman dema!
— Inson istasa, hammasini yodda saqlaydi, Alloh senga bergan xotiraga shubha qilma. Xotirangni boʻysundir.

Hech qachon tushunmayman dema!
— Dunyoda tushunish qobilyati va ong berilgan yagona tirik jon sensan.

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

© Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
Yarim tun🌃

Abituriyent - bu kecha-yu kunduz xonasining chirog‘i yoniq bo'ladigan inson!

Minglab xonadonlarda tinim bilmay bilim olayotgan abituriyentlar borligidan biz xursandmiz! Doimo olg'a intiling.

Vaqt g'animat. Unutmang! Omad doimo kuchlilar tomonida bo'ladi!

© Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
😄 Ana holos! imtihonsiz "ПЕРЕВОД" 😂

A bu Vazirlik o'zi ham bilmasa kerak bunaqa xat yozganini!
😁

Bu FAKE xabarni, menimcha perevod qilishni juda xohlaydiganlar o'zlarini xursand qilish maqsadida tayyorlashgan.

Hullas, chuchvara atmen😝.

Perevod yildan yilga qiyinlashsa qiyinlashadiku, bunaqa oson bo'lmaydi. Bunga asos ham yo'q.
Karantin yo'q, urush yo'q. Nega imtihonlarsiz perevod qilinishi kerak ?

Eng qizig'i, O'zbekistondagi oliygohlarda barcha perevodchilarni qabul qiladigan o'quv binolar ham yetarmikin ?

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

© Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
❗️Navoiy davlat konchilik instituti universitet sifatida qayta tashkil etiladi

Prezident «Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Yangi universitet huzurida bitta institut, ilmiy texnologiya sanoat parki, 2 ta politexnika hamda 2 ta sanoat texnikumi bo‘ladi.

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

© Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
​​😳319 mingdan ortiq ( 36% ) abituriyentlar 56,7 ball ham toʻplay olmagan

DTMning mandat.dtm.uz saytidagi ochiq maʼlumotlariga koʻra, joriy yilda 892 ming 710 nafar abituriyent testga kirgan.

Ming afsuslar boʻlsinkim, ularning 319 ming nafari (35,8%) oʻtish balining eng quyi chegarasi boʻlgan 56,7 balni ham toʻplay olmagan. Bu dahshat!

Eng yomon koʻrsatkich, Toshkent viloyatida (39,1%), nisbatan yaxshiroq natija Toshkent shahrida (29,5%) qayd etilgan (pastdagi jadvalga qarang).

56,7 ball — bu toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori 189 balning 30%i degani. Yaʼni abituriyent hech boʻlmasa 30% bilimga ega boʻlsa, ushbu koʻrsatkichni toʻplay oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak toʻgʻri boʻlar balki.

Yaʼni 2 bahoga oʻqiganlar ham taxminan 35-55% natija koʻrsata olishi kerak.

Tasavvur qilyapsizmi, yaqin oʻrtada maktablarimizni tugatgan abituriyentlarning 36% foizi, aniqrogʻi 319 ming yoshlar (balki orasida kam sonli yoshi kattalar ham bordir) fanlarni 2 bahoga ham bilishmaydi.🤦‍♂️

56,7 ball toʻplash shunchalik qiyinmi? Nechta savolga toʻgʻri javob berish kerak edi?

Ushbu balni olish uchun quyidagicha javob berish kifoya edi:

Majburiy blokdagi 10 ta savoldan 5️⃣ tasiga;
Mutaxassislik blokidagi 20 ta savoldan 4️⃣ tasiga.

Shunda 56,7 ball olish mumkin edi. Kechirasizlaru, buning nimasi qiyin?

Majburiy blokdagi savollar oʻta va oʻta oson darajada boʻlsa, mutaxassislik blokidagi savollarga esa hammasini bitta harf, masalan „A“ qilib belgilasa ham 4 tadan oshiq chiqsa, nahotki 319 ming abituriyentlar shuni ham eplay olmagan? Bu dahshat emasmi?

Yoshlarni gapirtirsa, darrov «ota-onam kambagʻal, sharoitimiz yoʻq, repetitorga pulimiz yetmaydi», deb gap boshlaydi va aybni osongina otasiga toʻnkab qoʻya qoladi. Vaholanki, hech boʻlmasa 2 baho darajasida oʻqish uchun repetitorga borish shartmas. Ozgina qoʻliga kitob olsa, salgina koʻnglida xohish boʻlsa yetarli edi.

Oʻzbekistondagi barcha yoʻnalishlarning 70%ida kirish bali 100 baldan past boʻlgan. Boshqacha aytganda 100 ball toʻplay olgan abituriyent 2720 ta yoʻnalishga kira olar edi. Demak, oʻqishga kirish aslida qiyinmas, shunchaki ommaviy bilimsizlik bizni qamrab olgan.

Raqamlardan koʻrinib turibdiki, abituriyentlarning umumiy bilim darajasi ancha past. Yillar davomida taʼlimning tashlab qoʻyilgani, bugun oʻzining salbiy «mevasini» bermoqda. Bu bizni koʻproq tashvishga solishi, xalq taʼlimi tizimiga bor kuchimizni, mablagʻimizni ayamasdan tashlashimiz kerakligini anglatadi.

Sizningcha, nega bilim darajamiz xavotirli darajaga kelib qoldi?

Oʻquvchilarning katta qismi eng elementar va sodda bilimlarni ham bilmasligiga sabab nima?

Manba: @xushnudbek

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

© Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
#TEZKOR

Toshkent davlat pedagogika universiteti Xalq ta’limi vazirligi tarkibiga o‘tadi, maktab o‘qituvchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha respublikadagi tayanch muassasaga aylantiriladiPrezident

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

© Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
❗️Davlat imtihonidan yiqilgan talabaga 1 yilda 2 marta imtihon topshirish huquqi berildi

▪️Shu paytgacha yakuniy davlat attestatsiya sinovidan o‘ta olmagan talaba yana 1 yil kutishi kerak edi.

Yangi tartibga ko‘ra, endi talaba imtihondan yiqilsa, 3 yil davomida yiliga 2 marta imtihon topshirishi mumkin. Davlat imtihoni talabalardan yig‘iladigan arizalar soniga qarab tashkillashtiriladi.

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

© Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
​​❗️ O‘qishni ko‘chirishda o‘tish ballari — 2021

Xorijiy OTM, shuningdek, O‘zbekistondagi filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini ko‘chirishda quyidagi o‘tish ballari belgilangan:

Toshkent davlat yuridik universiteti uchun — 105,84 ball;
Toshkent davlat transport universiteti uchun — 104 ball;
Tibbiyot OTMlari uchun — 100 ball;
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti — 100 ball;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti uchun — 80 ball;
Milliy rassomlik va dizayn instituti — 70,56 ball;
Oliy ta’lim vazirligi tizimidagi OTM uchun — 66,1 ball;
Navoiy davlat konchilik instituti va uning Nukus filiali uchun — 66,1 ball.
Toshkent davlat agrar universiteti hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti uchun — 66,1 ball;
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va uning filiallari uchun — 56,7 ball;
Toshkent davlat agrar universitetining filiallari hamda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti uchun — 56,7 ball;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiallari uchun — 56,7 ball.

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

© Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
​​⚡️Tibbiyot oliygohlari talabalariga shifokor bo‘lib ishlashiga ruxsat beriladi

Shavkat Mirziyoyev: Tibbiyot oliygohlarining magistratura bosqichida va bakalavriatning 5–6-kurslarida o‘qiyotgan talabalarga, yo‘llanma asosida, birlamchi va tez yordam tizimida shifokor bo‘lib ishlashga ruxsat beriladi.

Bu orqali har yili 7 mingga yaqin talaba munosib ish haqi olib, ta’limni amaliyot bilan birga olib borish imkoniga ega bo‘ladi.

Amaliyot davrida yo‘nalishini o‘zgartirishga qaror qilgan talabalarga o‘qishni boshqa turdosh mutaxassisliklar bo‘yicha davom ettirishga ruxsat beriladi.
---------------------------------------------------
2022/2023-o‘quv yilidan boshlab tibbiyot oliygohlariga davlat grantlari asosida qabul kvotalari hududlarda shifokorlarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib, maqsadli oshirib boriladi.

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

© Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
​​⚡️Milliy universitet Top 500 universitetlar roʻyxatiga kirdi

📈 Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligi dunyo universitetlarining “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings) natijalarini eʼlon qildi.

Unga asosan Oʻzbekiston Milliy universiteti “QS by Subject Rankings”da “Matematika” sohasida erishgan natijalariga koʻra dunyoning kuchli 500 talik universitetlar qatori (451-500 oʻrin)dan joy oldi.

OʻzMU olimlarining Scopus bazasida indeksatsiya qilinadigan maqolalari soni, ularga iqtiboslik darajasining yuqoriligi, dunyo matematiklari tomonidan universitet akademik obroʻsi yuqori baholaganligi xalqaro reytingda eʼtirof etildi.

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

© Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
Ehtiyojmand oilalar farzandlari oliygohlarga kirishda test sinovlarida ishtirok etish to‘lovlaridan ozod etiladi (135 ming so‘m) — Prezident

Safimizga qoʻshiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

© Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube