323 subscribers
98 photos
41 videos
339 files
366 links
Abiturientlar va repititor-ustozlar uchun yangiliklar va fayllar bazasi. Eng so‘ngi yangiliklarni bizda kuzatib boring.

Reklama uchun - @reklama_hizmat
Download Telegram
Test topshiriqlari qanday darsliklar asosida tuziladi?

Bu yil 11-sinfni tamomlayman. Oliy ta’lim muassasa­siga o‘qishga kirish uchun test savollari akademik litsey va kollej darsliklari asosida tuziladimi yoki 10–11-sinf darsliklari asosida?

Dilshoda MANAYEVA,  Sergeli tumanidagi 104-maktab o‘quvchisi

Test topshiriqlari amal­dagi tartibga binoan (Vazirlar Mahkama­sining 2018-yil 3-apreldagi 261-sonli qarorining 8-bandi) umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari o‘quv dastur­lariga muvofiq tuziladi. Bo‘lajak abituriyentlar o‘zi o‘qiydigan yoki bitirgan ta’lim muassasasi uchun tavsiya etilgan darsliklarni o‘qishi lozim. Boshqa ta’lim turi yoki ta’lim muassasalari uchun tavsiya etilgan darsliklarni o‘qish talab etilmaydi. Test topshiriqlari tegishli ta’lim muassasalari uchun tavsiya etilgan o‘quv dasturlari asosida tuziladi. Abituriyentlar uchun test topshiriqlari kitobini shakllan­tirishda ular bitirgan ta’lim muassasasi turi va muassa­sada tavsiya etilgan darsliklar inobatga olinadi.  

Orziqul BOBOYEV,  Davlat test markazi axborot xizmati boshlig‘i

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
Variyantlar(Matem_Fizika_Engilish).zip
16.1 MB
📑 Физика - математика йўналиши учун ДТМ вариантлари

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
#биласизми
Ғолиблари давлат олий таълим муассасаларига тест синовисиз ва қўшимча имтиҳонсиз қабул қилинадиган халқаро олимпиадалар

1. Халқаро математика олимпиадаси — International Mathematical Olympiad (IMO)

2. Халқаро физика олимпиадаси — International Physics Olympiad (IPhO)

3. Халқаро кимё олимпиадаси — International Chemistry Olympiad (IChO)

4.Халқаро биология олимпиадаси — International Biology Olympiad (IBO)

5.Халқаро информатика олимпиадаси — International Olympiad in Informatics (IOI)

Асос: http://lex.uz/docs/4320713

Aбитуриентлар махсус канали 👇

https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
Учта йўналишга алоҳида имтиҳон бўладими?
#abituriyent

1️⃣ Abituriyent 3 ta oliygohga hujjat topshirsa, 2 ta oliygohning imtihon kunlari bir kunga to'g'ri kelib qolish ehtimoli yo'qmi? Bu muammo qanday bartaraf etilari?

ЖАВОБ: Абутуриент фақат 1 кун, 1 марта имтиҳон топширади. Мана бу постимда бунинг тартибини тушунтиришга ҳаракат қилганман: https://t.me/xushnudbek/2273

Яъни абитуриент бир марта тестга киради, 90 (60) та саволга жавоб беради, бўлди. Шунинг ўзи етади. Мана шу 1 мартанинг ўзида у учта йўналишга тестга киргандай бўлади. Бошқа куни яна тестга киришига ҳожат қолмайди.


2️⃣ Chirchiq PI va Denov filiali psixologiya defektologiya yunalishiga topshirmoqchi bulsam imtihhonga Toshkentga borishim kkmi

ЖАВОБ: Йўқ, Тошкентга келишингиз шарт эмас. Ҳужжатларни Ўзбекистоннинг исталган туманида топшириш имкони бўлгани каби, тестни ҳам исталган ҳудудда топшира оласиз. Бунинг учун олдиндан аризада тестни қайси ҳудудда топширишни белгилайсиз.
Эътиборли томони, албатта ОТМ жойлашган ҳудудни танлашингиз ҳам шарт эмас. Масалан, бухоролик абитуриент учала йўналишни Тошкентга топширган бўлса ҳам, Бухорода тестга кириши мумкин.


3️⃣ Kvotalar qanday boʻladi? Masalan , Qoqon DPI ga topshirib, oxirgi o'rinda 140 ball bilan kirdi, ammo bittasi 141 bilan boshqa institutdan qaytib kelsa, 140 ball olgan oʻz oʻzidan kirmagan hisoblsnadimi? Yaʼni pastga tushib ketadimi?

ЖАВОБ: Ҳеч ким ҳеч қаёқдан қайтиб келмайди. Мана шунақа “қайтиб келишлар”, яъни "каша" бўлмаслиги учун ҳам якуний натижалар барча тест топшириб бўлгандан кейин эълон қилинади.

Абитуриент эртаси куни ўзининг тестдан олган балини билади холос, аммо ҳамма тест топшириб бўлмагунча, кирган ёки кирмаганини била олмайди. Ҳеч кимга аввал “Сиз кирдингиз” дея эълон қилиб, кейин “узр, фалончи баландроқ балл билан қайтиб келди, сиз киролмадингиз” дейишмайди.


Абитуриентларга оид бошқа хабарлар:
https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
Abituriyent DTM ruxsatnomasini qanday olishi mumkin?

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduxakimov feysbukdagi sahifasida DTM ruxsatnomasini olish tartibi haqida ma'lumot berdi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun «Abituriyent ruxsatnomasi»ni tarqatish 2019 yil 20 iyuldan boshlanadi.

«Abituriyent ruxsatnomasi»ni tarqatish quyidagicha amalga oshiriladi:
 
1. Abituriyentlar 20-29 iyul kunlari Internet orqali DTM www.dtm.uz rasmiy veb-saytining «Ruxsatnomani chop etish» bo‘limidagi maxsus oynaga pasport (yoki tug‘ilganlik guvohnomasi) seriyasi va raqamini kiritadi.

Ekranda paydo bo‘lgan «ABITURIYeNT RUXSATNOMASI» va «ABITURIYeNTGA ESLATMA»ni chop etib oladi.
 
2. www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan ruxsatnomasini 22 iyulgacha olmagan kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar 23-26 iyul kunlari quyidagi muassasalarga murojaat etishi va ruxsatnomalarini olishlari mumkin:

✓ yashash joyidan qat'i nazar, ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari;
✓ yashash joyidan qat'i nazar, ixtiyoriy OTM qabul komissiyalari;
✓ yashash joyidan qat'i nazar, ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari.

Ushbu tashkilot xodimlari www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib bo‘yicha «Abituriyent ruxsatnomasi»ni abituriyentga chop etib beradi.
 
3.  DTMning  www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan ruxsatnomasini 25 iyulgacha olmagan sirtqi va kechki ta'lim shakllari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar 26-29 iyul kunlari quyidagi muassasalarga murojaat etishi va ruxsatnomalarini olishlari mumkin:

✓ yashash joyidan qat'i nazar ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari;
✓ yashash joyidan qat'i nazar ixtiyoriy OTM qabul komissiyalari;
✓ yashash joyidan qat'i nazar ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari.

Ushbu tashkilot xodimlari DTMning www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib bo‘yicha «Abituriyent ruxsatnomasi»ni abituriyentga chop etib beradi.
 
Ruxsatnomalar barcha tashkilotlar tomonidan bepul chop etilib, tarqatiladi.

Абитуриентларга оид бошқа хабарлар:
https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
Toshkent viloyatida yangi OTM filiali tashkil etildi

Hukumat qarori bilan Astraxan davlat texnika universiteti (Rossiya Federatsiyasi)ning Toshkent viloyatidagi filiali tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, baliqchilik tarmog‘i ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarish va eng muhim ilmiy-tadqiqot vazifalarini hal etishga qodir bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni xalqaro ta'lim standartlari darajasida tayyorlash Filialning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Filial Bosh muassasa tomonidan ta'sis etiladi va kadrlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib asosiy bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha mutaxassislar, jumladan, ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi.

2019/2020 o‘quv yilida Toshkent davlat agrar universiteti Bosh muassasa bilan hamkorlikda “Suv bioresurslari va akvakultura” bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi shaklda to‘lov-kontrakt asosida rus guruhida kadrlar tayyorlashni davom ettiradi.

Filialning ta'lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

Filialda quyidagi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

Suv bioresurslari va akvakultura;
Ekologiya va tabiatdan foydalanish;
Baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi;
Baliqchilik xo‘jaligi iqtisodiyoti.

Filial bitiruvchilariga Astraxan davlat texnika universiteti (Rossiya Federatsiyasi)ning belgilangan namunadagi diplomi beriladi va ushbu diplom O‘zbekistonda oliy ta'lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida e'tirof etiladi.

2020 yil 1 avgustgacha Filial malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan tanlov asosida to‘ldirilishi ta'minlanadi. 

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент мактабларига қабул жараёнлари ҳақида матбуот анжумани

https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
​​Davlat boshqaruv akademiyasiga qabul uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4365-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasiga 2019/2020 o‘quv yilida tinglovchilarni qabul qilish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.

Test sinovlari videokuzatuv vositalari bilan jihozlangan katta sig‘imli binolarda tashkil etildi.
Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan 1285 nafar nomzoddan 1211 nafari ishtirok etdi, 74 nafari qatnashmadi.

Ayni paytda yopiq va maxfiy rejimda natijalarni hisoblash ishlari olib borilmoqda.

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
Абитуриентлардан ҳужжат топширишда янги жорий қилинган тўловлар асосида 53 млрд сўм маблағ йиғилди

Бу йил ҳужжат топширишда янги жорий қилинган тўловлар асосида 53 миллиард сўм атрофидаги маблағ йиғилган. Улар орасида адашиб пул тўлаганлар ҳам бўлган. Ижодий имтиҳон орқали ўқишга кирадиганлар ҳам адашиб пул тўлаган. Шу боис ҳозир ўша маблағлар қайтарилаяпти. Бу пуллар абитуриентларга қулайлик яратиш учун сарфланади. Кузатувчиларга ойлик сифатида берилади. Қолган маблағ тест саволларини янада такомиллаштириш учун йўналтирилади.

Халқаро пресс-клуб ўзининг Фейсбукдаги саҳифасида спикерлар ҳамда журналистлар ўртасида ўтган онлайн мулоқот чоғида Давлат тест маркази раҳбари Мажид Каримов бу ҳақда маълум қилди.

Абитуриентлар сони ўтган йилга нисбатан бу йил 30 фоизга кўп. Ўтган йили 800 минг ёш ҳужжат топширган бўлса, уларнинг 680 минги тест топширган. Бу йил абитуриентлар сони 1 миллион 66 минг 925 нафарни ташкил этди. Ижодий имтиҳон топширадиган ёшларимиз эса 86 мингдан зиёд. Ўтган йили тест синовлари 57 бинода ўтказилган эди, бу йил имтиҳонлар барча қулайликларга эга 69 бино бўлиб ўтади. Хавфсизликни таъминловчи воситалар ҳам шай ҳолатга келтирилди. 

Қарши ва Самарқанддаги абитуриентларнинг ҳужжатини топширишдаги муаммолар ҳақидаги саволга ДТМ раҳбари тизим ишдан чиққани, аммо қисқа вақт ичида муаммо бартараф этилганини қайд этди. Навбатлар абитуриентларнинг кўплигидан юзага келган, дея баҳоланди. Баъзи ташкилий масалалардаги камчиликлар бўлгани ва Фарғона тажрибаси жуда яхши ташкил этилгани айтилди. 15 июндан 5 июлгача 60 минг абитуриент рўйхатдан ўтган. Бу абитуриентларнинг қарийб 5 фоизи деганидир. Қолаверса, куннинг биринчи қисмида ҳужжат топширишга келадиганлар кўп бўлди. Бир кунда 100-120 минг абитуриент рўйхатга олинди. 

https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
magistratura maqsadli qabul.pdf
639.7 KB
#abituriyent

Магистратура бўйича мақсадли қабул квоталари рўйхати

Жами 10 та ОТМ
Республика бўйича 65 та квота

💾 PDF, 639 кб.


Абитуриентларга оид бошқа хабарлар:
https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
Ikkinchi mutaxassislik 2019.pdf
556.8 KB
Иккинчи ва ундан кейинги маълумот олиш (жумладан, сиртқи таълим шаклида) бўйича ОТМлар рўйхати

Жами 55 та ОТМ

💾 PDF, 556 кб.


Абитуриентларга оид бошқа хабарлар:
https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
​​Диққат, эълон!

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 26 сентябрдаги ПҚ-3952-сонли қарорига мувофиқ ташкил этилган Латвиянинг Ахборот тизимлари менежменти Олий мактабининг Фарғона филиалида қуйидаги йўналишларига қабул бошланди:

Бакалавриат:

👉 Тадбиркорлик фаолияти;
👉 Туризм;
👉 Ахборот технологиялари.

Магистратура:

👉 Тадбиркорлик фаолияти;
👉 Компьютер тизимлари.

Абитуриентлардан ҳужжатлар онлайн қабул қилинади: https://www.isma.lv/ru/dlya-postupayushchikh/e-zayavka

Фарғона давлат университетида маслаҳат маркази ташкил этилган.

Мурожаат учун телефонлар: +998905610839, +998906309911, +99873 244 4429

👉 https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📺 Siz sevgan filmdan parcha. O'zizga olin...🤣

#OPERATSIYA_i

🔻Kanalga a'zo bo'ling
https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Poytaxtdagi imtihonlarga nazar: birovning o‘rniga kirish holatlari hamon kuzatilmoqda

🔻Kanalga a'zo bo'ling
https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
​​Тест синовлари мобил телефонингизда!

«Ўзбектелеком» АК томонидан олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш тест синови жараёнларини онлайн кузатувининг Андроид тизимида ишловчи телефонлар учун мобил илова ишлаб чиқилди.

Каналга уланиш👇
https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
​​⚡️Диққат! Жавоблар эълон қилинмоқда!

Кеча тест топширганлар ўз балларини cabinet.dtm.uz сайти орқали шахсий кабинетларига кириб текшириб олишлари мумкин.

Жорий йилдан бошлаб балларни эълон қилишда жуда катта инновацион ўзгаришлар бўлган.

Биринчидан, абитуриентнинг жавоблар варақаси сканери ҳам жойланмоқда. Ҳақиқатдан ўзиники эканлигини кўра олади, ортиқса саволлар қолмайди.

Иккинчидан, қайси саволга тўғри, қайси саволга нотўғри жавоб берганини кўра олади. Бу ҳам катта ўзгариш.

Ажойиб, шунчаки ажойиб!

P.S.: деярли ҳаммасини «А» қилиб белгилаган таваккалчи абитуриент 44,1 балл олибди :)


Абитуриентларга оид бошқа хабарлар:
https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
⚡️Бунақаси илгари бўлмаган! Барчанинг баллари очиқ эълон қилинмоқда!
#abituriyent

Кўпчилик ДТМнинг яна бир инновацион янгилигидан бехабар, ўзимиз ҳам кеча бу ҳақида ёзишни унутибмиз.

mandat.dtm.uz сайтида барча абитуриентларнинг баллари очиқ ва шаффоф эълон қилинмоқда.

Яъни Сиз ўз йўналишингизни танлаб, Сизнинг рақибларингиз неча балл олганини, Сиз нечанчи ўринда турганингизни, кириш учун имкониятларингиз қай даражада эканлигини мандатни кутиб ўтирмасданоқ билишингиз мумкин.

Ушбу сайтда барча абитуриентларнинг исм-фамилияси, тест топширган куни ҳамда баллари кўрсатилмоқда.

Абитуриентлар жуда кўп бераётган саволлардан бири, ўзимизнинг балимизни эртаси куни биляпмиз, аммо қолганларнинг балини билмаймизку, токи мандат чиққунгача ДТМда ўзгартириб қўймаслигига ким кафолат беради, деган мазмунда эди.

Мана, шаффофлик сўраганмидингиз, олинг ўша шаффофликни! 😄


Абитуриентларга оид бошқа хабарлар:
https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
CEFRda tilni bilish darajalari


Ingliz tilini CEFR mezoniga ko’ra bilish darajalari quyidagicha tavsiflanadi:

A darajasi – elementar darajada o‘zlashtirish:

A1 daraja – nomzod aniq vazifalarni bajarish uchun lozim bo‘lgan tanish iboralarni tushunadi va o‘z nutqida ishlata oladi; o‘zini tanishtira oladi, boshqalarni tanishtira oladi, yashash manzili, tanishlari, mulki haqida savollarni bera oladi va shunday savollarga javob bera oladi, agarda suhbatdoshi sekinroq gapirsa va yordam berishga tayyor bo‘lsa qiyin bo‘lmagan suhbatda ishtirok eta oladi.

A2 daraja – nomzod hayotning asosiy jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim gaplarni va ko‘p uchraydigan iboralarni tushunadi (masalan, o‘zi va oila a’zolari haqidagi asosiy ma’lumotlar, xaridlar, ishga joylashish va h.k.) t̲a̲n̲i̲s̲h̲ v̲a̲ k̲u̲n̲d̲a̲l̲i̲k̲ m̲a̲v̲z̲u̲l̲a̲r̲d̲a̲ m̲a̲’l̲u̲m̲o̲t̲ a̲l̲m̲a̲s̲h̲i̲n̲u̲v̲i̲ b̲i̲l̲a̲n̲ b̲o̲g̲‘l̲i̲q̲ b̲o̲‘l̲g̲a̲n̲ v̲a̲z̲i̲f̲a̲l̲a̲r̲n̲i̲ b̲a̲j̲a̲r̲a̲ o̲l̲a̲d̲i̲ o‘zi, yaqinlari va qarindoshlari, kundalik hayot jarayonlari haqida sodda iboralar bilan gapirib bera oladi.

B darajasi – mustaqil o‘zlashtirish:

B1 darajasi – nomzod ishda, o‘qishda va boshqa holatlarda kelib chiqadigan mavzular bo‘yicha adabiy tilda berilgan ma’lumotlarning asosiy fikrlarini tushunadi o̲‘r̲g̲a̲n̲a̲y̲o̲t̲g̲a̲n̲ t̲i̲l̲ m̲a̲m̲l̲a̲k̲a̲t̲i̲d̲a̲ b̲o̲‘l̲g̲a̲n̲i̲d̲a̲ r̲o̲‘y̲ b̲e̲r̲i̲s̲h̲i̲ m̲u̲m̲k̲i̲n̲ b̲o̲‘l̲g̲a̲n̲ v̲a̲z̲i̲y̲a̲t̲l̲a̲r̲n̲i̲n̲g̲ a̲k̲s̲a̲r̲i̲y̲a̲t̲i̲d̲a̲ m̲u̲l̲o̲q̲o̲t̲ q̲i̲l̲a̲ o̲l̲a̲d̲i̲ tanish bo‘lgan yoki o‘zini qiziqtirgan mavzularda matn tuzaoladi; taasurotlarini, voqealarni, umidlarini, intilishlarini ta’riflab bera oladi, o‘z fikrini va kelajakdagi rejalarini bayon qila oladi.

B2 darajasi – nomzod abstrakt yoki aniq mavzularda yozilgan matnlarning umumiy mazmunini tushunadi, shu jumladan, mutaxassislikka oid mavzularda matnlarni c̲h̲e̲t̲ t̲i̲l̲i̲ o̲n̲a̲ t̲i̲l̲i̲s̲i̲ b̲o̲‘l̲g̲a̲n̲ s̲h̲a̲x̲s̲ b̲i̲l̲a̲n̲ m̲u̲l̲o̲q̲o̲t̲l̲a̲r̲d̲a̲ i̲k̲k̲a̲l̲a̲ t̲o̲m̲o̲n̲ u̲c̲h̲u̲n̲ h̲a̲m̲ q̲i̲y̲i̲n̲c̲h̲i̲l̲i̲k̲ t̲u̲g̲‘d̲i̲r̲m̲a̲y̲d̲i̲g̲a̲n̲ d̲a̲r̲a̲j̲a̲d̲a̲ t̲e̲z̲ g̲a̲p̲l̲a̲s̲h̲a̲ o̲l̲a̲d̲i̲ turli mavzularga aniq, atroflicha ma’ruza qilaoladi, asosiy muammoga bo‘lgan o‘z fikrini bayon eta oladi, turli fikrlarning afzalliklari va kamchiliklarini ko‘rsata oladi.

C darajasi – to‘liq o‘zlashtirish:

C1 darajasi – nomzod turlicha mavzularga bo‘lgan katta hajmdagi matnlarni tushunadi, yashirin ma’nosini aniqlay oladi t̲e̲z̲ g̲a̲p̲i̲r̲a̲ o̲l̲a̲d̲i̲ so‘zlar va iboralarni tanlashda qiyinalmaydi o̲‘z̲i̲n̲i̲n̲g̲ i̲l̲m̲i̲y̲ v̲a̲ m̲u̲t̲a̲x̲a̲s̲s̲i̲s̲l̲i̲k̲ f̲a̲o̲l̲i̲y̲a̲t̲i̲d̲a̲ x̲o̲r̲i̲j̲i̲y̲ t̲i̲l̲d̲a̲n̲ m̲u̲l̲o̲q̲o̲t̲ u̲c̲h̲u̲n̲ s̲a̲m̲a̲r̲a̲l̲i̲ f̲o̲y̲d̲a̲l̲a̲n̲a̲d̲i̲ murakkab mavzularga aniq, yaxshi tuzilgan ma’lumotni yetkazib bera oladi, matnni tuzish modellaridan, bog‘lanish va birlashtirish elementlaridan foydalanish qobiliyatlarini namoyon qila oladi.

C2 darajasi – nomzod tilni mukammal darajada biladi deyarli barcha og‘zaki yoki yozma ma’lumotlarni tushunadi; bir nechta og‘zaki va yozma manbalarga asoslangan holda matn tuza oladi, yuqori tempda va aniqlikda gapira oladi, hattoki eng murakkab vaziyatlarda ham ma’no tuslarini ko‘rsata oladi.

azamat.uz saytidan olindi

https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
Abituriyentlar ogohlantiriladi: Qarshidagi Xalqaro ijtimoiy-iqtisodiyot universiteti faoliyati noqonuniy

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, abituriyentlar va ularning ota-onalarini Qarshidagi Xalqaro ijtimoiy-iqtisodiyot Universiteti faoliyati noqonuniy ekanligidan ogohlantirmoqda. Inspeksiya Axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, so‘nggi kunlarda Xalqaro ijtimoiy-iqtisodiyot Universiteti nodavlat oliy ta'lim muassasasi va ushbu muassasa 2019/2020 o‘quv yiliga o‘qishga kirishga abituriyentlardan hujjat qabul qilayotganligi, ushbu xizmat uchun pul undirilayotganligi haqida fuqarolardan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Unda ta'kidlanishicha, Xalqaro ijtimoiy-iqtisodiyot Universiteti NTM Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga litsenziya olish uchun bir necha bor ariza bilan murojaat qilgan. Lekin mazkur muassasa oliy ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun belgilangan talab va normalarga javob bermaydi. U mulkiy huquq bilan tegishli bo‘lgan bino va inshootlar bilan ta'minlanmagan. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya asbob-uskunalari, o‘qitishning texnik vositalari va anjomlar bilan jihozlangan auditoriyalar va o‘quv xonalari mavjud emas. Ilg‘or xalqaro tajribalarni inobatga olib, o‘qitishning innovatsion shakllari hamda zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida ta'lim sohasidagi samaradorlik va natijadorlikni oshirish uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilmagan. Yuqoridagi sabablar bois, Inspeksiya tomonidan litsenziya berish rad etilgan. 

«Ushbu muassasaning norasmiy faoliyati bo‘yicha Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Qashqadaryo viloyati hokimligiga xat yuborilgan.
Oliy o‘quv yurtida o‘qish istagida bo‘lgan yoshlarga va ularning ota-onalariga Xalqaro ijtimoiy-iqtisodiyot Universiteti  NTM hech qanday litsenziyaga ega emasligini va ularning faoliyati noqonuniyligini eslatib o‘tmoqchimiz va bunday yolg‘on ma'lumotlarga ishonmasliklarini so‘rab qolamiz», - deyiladi axborotda.

Shu bilan birga, litsenziya olgan nodavlat ta'lim muassasalari to‘g‘risida ma'lumotlarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy veb-sahifasida joylashgan litsenziyalar reyestridan hamda +998 71 231-07-53 (ichki raqamlar 1020, 1027, 1037) orqali to‘liq ma'lumotlarni olish mumkinligi eslatilgan

Abituriyent.uz kanali

https://t.me/joinchat/AAAAAE5C5Tx5lungDPqfPg
Forwarded from Xushnudbek.uz
31 июль кунги тест натижалари эълон қилинди

Кеча тест топширганлар ўз балларини cabinet.dtm.uz сайти орқали шахсий кабинетларига кириб текшириб олишлари мумкин. Бунинг учун паспорт серияси ёки ID кодни киритиш кифоя.


👉 @xushnudbek 👈