Abituriyent ²⁴
51K subscribers
397 photos
151 videos
123 files
1.09K links
✅ @Abitur24 — eng so'nggi yangiliklar!

🔥 Kanalda abituriyentlar uchun eng muhim va dolzarb ma'lumotlarni kuzatib boring!

😉 Biz bilansiz, demak to'g'ri joydasiz!

Hamkorlik: https://t.me/United_agentligi/51
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8
Nodavlat OTMlar ro'yxati @nodavlattalim.pdf
54.8 KB
⚡️Diplomi O‘zbekistonda tan olinadigan oliygohlar nechta?

Bugungi kunda 106 ta nodavlat (xususiy 74 ta, xorijiy 32 ta) OTM oliy ta'lim xizmatlarini koʻrsatish vakolatiga ega.

Ilova qilinayotgan 106 ta oliygohlar diplomi Respublika hududi bevosita tan olinadi. (Faylda ro'yxat keltirilgan)

Asos: “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning 31-moddasi

Manba: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20🔥8👍4🤬1
#Rasmiy_munosabat

❗️Milliy sertifikat imtihonlariga muayyan hudud boʻyicha oʻtirish oʻrinlari soniga ro'yxatga olinadi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda sertifikatlash tizimidagi imtihonlar uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar yuzasidan turli fikr va mulohazalar bildirilmoqda. Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Ma’lumki, sertifikat imtihonlariga tashkiliy jihatdan sifatli, benuqson tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazishda adolat, shaffoflik va talabgorlar uchun yetarli shart-sharoit yaratish, natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining-2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan «Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Aynan mazkur o‘zgartirishlarga muvofiq, test sinovlarini o‘tkazish joyi, muayyan hududlar bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni hamda imtihon sanalari belgilanadi.
Shundan kelib chiqqan holda 2026-yilning ikkinchi yarmi uchun, ya’ni sentyabr oyida 125 753 ta, oktyabr oyida 129 535 ta, noyabr oyida 112 335 ta va dekabr oyida 128 680 ta, jami 496 303 ta o‘tirish o‘rni belgilangan.

Shu bilan birga, milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish davriyligi ham-oshirilmoqda. Xususan, 2026-yil sentyabr-dekabr oylarida matematika, kimyo, geografiya, biologiya, fizika, ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan 2 martadan, huquqshunoslik fanidan 1 marta, jami 15 ta imtihon o‘tkazilishi rejalashtirilgan (2025-yil-sentyabr-dekabr-oylarida jami 11 ta imtihon o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 255 217 nafar talabgor ishtirok etgan).

Hududlar kesimida o‘tirish o‘rinlarini belgilash talabgorlarning imtihonda ishtirok etishini cheklash, to‘lovlarni kamaytirish yoki yuqori natija ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan talabgorlar sonini sun’iy ravishda qisqartirish maqsadini ko‘zlamaydi. Mazkur tartibning maqsadi mavjud infratuzilma, texnik vositalar, xodimlar va nazorat resurslaridan oqilona foydalangan holda imtihonlarni barqaror va sifatli tashkil etish, hududlar bo‘yicha yuklamani maqbul taqsimlash hamda natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlashdan iboratdir.

Bilim va malakalarni baholash agentligi

Safimizga qo'shiling👇
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
❤25🔥4🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O’qishga kirolmagan abituriyent va o’qishni bitirgan talaba.

Safimizga qo'shiling👇
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
🤣45❤7😢6💯4
⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tayotgan talabgorlar diqqatiga!

2026-yil oktabr oyidagi milliy sertifikat imtihonlari uchun jami 128 000 ta o‘rin ajratilgan.

Bugungi holatga ko‘ra:

🔹 120 593 ta ariza topshirilgan;
🔹 shundan 61 596 ta ariza uchun to‘lov amalga oshirilgan.

4-oktabr kuni to‘lov qilinmagan arizalar bekor qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni Agentlik tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi va zarur hollarda qo‘shimcha choralar ko‘riladi.

Safimizga qo'shiling👇
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
❤18🔥2
⚡️Rasman: Birinchi yo’nalishga super kontrakt ochildi

Davlat qabul komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalari asosida tanlovda ishtirok etib, ikkinchi–beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga o‘z xohishiga ko‘ra, ustuvorlik tartibida tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishga ruxsat berildi.

Mazkur tartib maqsadli qabul asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Belgilangan mezonlarga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin bo‘lgan abituriyentlar arizalarni kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda rasmiylashtirishlari mumkin.

Abituriyent tomonidan rasmiylashtirilgan ariza oliy ta’lim muassasasi Qabul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Shundan so‘ng, abituriyent uchun QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.

Tasdiqlangan to‘lov-shartnomasini platformadan yuklab olish hamda unda belgilangan to‘lovlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish so‘raladi.

Safimizga qo'shiling👇
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
❤14🔥2😁1
🎓 TALABALAR UCHUN FOYDALI BOT!

Endi talabalar Slayd, referat, mustaqil ish, kurs ishi, maqola va boshqa ko‘plab o‘quv topshiriqlarini sun’iy intellektga asoslangan AI Assistent yordamida tayyorlashlari mumkin.

🚀 Eng qulay jihati — bularning barchasidan bot taqdim etadigan bonuslar orqali foydalanish mumkin!

📚 Vaqtingizni tejang, o‘qish jarayonini yanada qulaylashtiring va AI imkoniyatlaridan foydalaning.

Manzil: @SlaydX_bot

🤖 AI Assistent — talabalarning akademik yordamchisi!
❤9
#Xushxabar

Talabalar uchun AI akademik assistent ishga tushdi!

Endi talabalar sun’iy intellekt yordamida turli akademik vazifalarni tez va qulay bajarishlari mumkin.

📚 SlaydX akademik assistent imkoniyatlari:

📊 Prezentatsiyalar tayyorlash
📝 Referat va mustaqil ishlar tayyorlash
📖 Akademik matnlar yaratish
💡 Kurs ishlari va rezyume tayyorlash
🧩 Krossvord va testlar tuzish
📋 Dars rejalarini ishlab chiqish

SlaydX — talabalarning vaqtini tejash, o‘qish jarayonini yengillashtirish va kundalik akademik vazifalarni bajarishda ko‘maklashishga mo‘ljallangan AI yordamchi.

Siz ham sinab ko‘rishingiz mumkin:
👉 @SlaydX_bot

Safimizga qo'shiling👇
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
❤13👍8🔥2
⚡️Namanganlik abituriyent va talabalar diqqatiga!

Ko‘p yillik tajribaga ega, malakali ustoz tomonidan tarix fanidan individual va samarali tayyorlov mashg‘ulotlari tashkil etiladi.

🔸Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlov kurslari:

✔️Tarix fanidan Milliy sertifikat imtihoniga tayyorgarlik;
✔️Davlat attestatsiyasi imtihonlariga tayyorgarlik;
✔️OTMlarga o‘qishni ko‘chirish (perevod) imtihonlariga tayyorgarlik;
✔️Temurbeklar maktabiga kirish imtihonlariga tayyorgarlik;
✔️Ichki ishlar akademiyasiga kirish imtihonlariga tayyorgarlik;
✔️Davlat xavfsizlik xizmati tizimidagi ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorgarlik.

Darslarning afzalliklari:

🔹 Individual va yakka tartibdagi mashg‘ulotlar;
🔹 Zamonaviy ta’lim metodlari;
🔹 Mavzularni batafsil tushuntirish va mustahkamlash;
🔹 Testlar bilan muntazam ishlash;
🔹 Har bir o‘quvchining bilim darajasiga individual yondashuv.

🏆 Maqsadingiz Milliy sertifikat olishmi yoki nufuzli ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishmi? Tayyorgarlikni bugundan boshlang!

📍Manzil: Namangan shahri

📩Murojaat va ro‘yxatdan o‘tish: 👉 @Milliytarix01

Safimizga qo'shiling👇
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
https://t.me/+Xa6LRjERxwo4Njdi
❤3
⚡️Qishki “perevod” jarayonlari qachondan boshlanishiga 2 oy qoldi

Arizalar har yili 10-yanvardan 20-yanvargacha faqat onlayn — transfer.edu.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

Qishda faqat 2 ta uzrli sabab bilan o’qishni ko’chirishga ruxsat etiladi.

Batafsil ma’lumot bu yerda: https://www.instagram.com/reel/DfkHFG_NyQf/?obrf=MWs2ajc1ZzVyM3MxcA==

Kerakli hujjatlar: reyting daftarchasi, akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi hamda uzrli sababni tasdiqlovchi hujjat.

Jumladan:
➖ bir OTMdan boshqasiga o’qishni ko’chirib tiklashga ruxsat berilmaydi;
➖ yuborilgan arizani tahrirlab bo’lmaydi.

Qo’shimcha ma’lumotlarni mana bu 👉 HAVOLA👈 dan topishingiz mumkin!

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥1
🏆 Toşkent AI Hackathon: Ro’yxatdan ötişga atigi bir kun qoldi!

Toşkent AI Hackathon’da qatnaşiş uçun 13-noyabrgaça ariza topşiring.

17–19-noyabr kunlari jamoalar sun’iy intellekt yordamida real muammolarga yeçim yaratadi. Eng kuçli loyihalar mualliflarini quyidagi sovrinlar kutmoqda:

🥇 1-örin — Apple MacBook Air. 1-örinni olgan jamoaning HAR BIR A’ZOSI alohida Apple MacBook Air bilan taqdirlanadi.

🥈 2-örin — 20 000 000 söm

🥉 3-örin — 10 000 000 söm

⚡️ Maxsus nominatsiyalar:
🔛 “Eng qiziqarli taqdimot”;
🔛 “Eng dolzarb ijtimoiy loyiha”

Yönalişlar: farmatsevtika va soğliqni saqlaş, ta’lim, tadbirkorlik

❗️ Muhim: hakatonda faqat jamoa bölib qatnaşiş mumkin. Jamoasiz röyxatdan ötgan bölsangiz, jamoadoşlaringizni ham röyxatdan ötkazing. Har bir iştirokçi alohida röyxatdan ötadi va arizasi tasdiqlanişi kerak.

👥 Kimlar qatnaşa oladi:
• 16 yoşdan katta yoşlar;
• Toşkent şahri va Toşkent viloyatida istiqomat qiluvçilar;
• pasport yoki ID-kartaga ega bölganlar.

🤔 Röyxatdan ötiş 13-noyabrda yopiladi. Şoşiling eventflow.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Forwarded from Axmadjanov.uz
Kelgusi yildan o‘qishga kirish qiyinlashishi mumkin!

Bakalavriat: Prezident oliy ma’lumotlilar soni ko‘paygani, ammo ta’lim sifati yetarli emasligini ta’kidlab, endilikda sifatga e’tibor qaratish kerakligini aytdi.

Yangi vazir ushbu topshiriqni yuqori darajada bajarishi aniq. Va haqiqatdan ham bakalavr diplomi qadri avvalgi kollej diplomlari kabi qadrsizlanib borayotgandek.

Magistratura: Kelasi yilgi qabuldan boshlab magistraturaga kirishda OTMlarga qo‘shimcha ravishda mutaxassislik fanidan imtihon o‘tkazishga ruxsat berilgan.

Endilikda OTMlar magistrantlarni bakalavr diplomi bali va chet tili sertifikatidan tashqari, mutaxassisligiga mos imtihon orqali ham saralashi mumkin. Bu OTMning ixtiyorida. Menimcha, deyarli barcha OTMlar ushbu imkoniyatdan foydalanadi.

👉 @Axmadjanovuz
❤16👍1🔥1
Forwarded from Axmadjanov.uz
⚡️Talabalar 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin

Hukumatning 646-sonli qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.

📹 Batafsil videoda (VIDEO)

Ushbu xabarni talabalar guruhiga tashlab qo’ying

👉 @Axmadjanovuz
👍8❤6🔥5