Abdusattor
57.1K subscribers
31 photos
3 videos
15 links
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot
Download Telegram
💬Go‘zal bahorning 10-kunida sizlarga Seneka ismli Rim faylasufining bir gapini eslatib o‘tmoqchiman:

“Bizga qisqa hayot berilmaydi, lekin biz uni muhim bo‘lmagan ishlar uchun uvol qilib qisqartirib qo‘yamiz. Hayot aslida uzoq davom etadi, agar uni qanday ishlatishni bilsangiz.”

Bugun juda ham yoqimli havo bo‘ldi, dunyo ishlarini chetga surib, kechgi sayrga chiqing.

Barchangizni Muborak Ramazon oyi bilan tabriklayman!

@abdusattor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abdusattor
❗️Bugun “Maqsad” nomli loyihamizni sizlarga taqdim etamiz.  Maqsad — bir maqsad yo‘lida yig‘ilganlar hamjamiyati. Bu loyiha maqsadlarga agressiv erishadigan, intizom sevuvchi va shaxsiy masʼuliyat bilan yashashni xohlaydigan erkaklar uchun. Va bugungi mavzumiz…
Loyihamizning ilk videosi 600k'ga yaqin ko‘rilibdi

Biz bu videoning bu darajada ommalashib ketishini kutmagan edik. Video ostida qoldirilgan izohlar shaxsan meni hayratga soldi.

Videoda biz hozirgi vaqtda erkaklarning zaiflashib borayotgani, o’z vaqtida ulg’aymayotganligi va bunga yumshoqlashib ketayotgan jamiyat sababchi ekanligini aytganmiz. Ushbu videoda keltirib o’tilgan tahlillar va turli manbalardan olingan statistik ma’lumotlar mavzuning shunchaki o’ylab topilmaganligini, aksincha jamiyatda haqiqiatan ham shunday og’riq mavjudligini ko’rsatadi.

Xususan, erkaklik inqirozi videosi chiqarilgandan keyin juda ham ko’pchilik yoshlar aynan videoda aytib o’tilgan psixologik holatga tushib qolganini yoki shunday holatni boshidan o’tkazganligini aytib menga xabarlar yozishdi. Agar ushbu video orqali kimlargadir yordamim tekkan bo’lsa, men bundan bag’oyat xursand bo'laman.

Shu bilan birga, men jamoam bilan birga sizlar uchun yana bir qiziq mavzu ustida ish olib boryapmiz. Tez kunlarda ushbu materialni sizlarga havola etaman. O’ylaymanki, ushbu video ham insonlar uchun manfaatli bo’ladi!

📹 ”Erkaklik inqirozi”

@abdusattor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abdusattor
Bugun sizlarga “MAQSAD” loyihamizning uzoq kutilgan ikkinchi sonini taqdim etamiz❗️ Ko’plab odamlar intizom deganda faqatgina o’zini majburlash deb o’ylashadi. Ammo intizomga kundalik odatlarimiz ham katta ta’sir ko’rsatadi. Ushbu videoda siz bevosita intizomingiz…
🍰 Shakar ommaviy narkotik

Shakar haqida chiqargan ushbu videomiz salkam 700K ko’rilibdi. Bu meni juda ham xursand qildi. Videoda men aytib o’tgan ma’lumotlar va tavsiyalar ko’pchilik insonlarga manfaatli bo’lganini menga yozilayotga izohlardan ko’rib turibman. Ushbu videodan keyin ko’plab insonlar shakardan butulay yoki 30 kun davomida voz kechganliklarini va ushbu qaror ularning hayotlariga ijobiy ta’sir qilganini yozishdi.

To’g’risini aytsam mening o’zim ham bu kabi natija bo’lishini kutmagan edim. Asosiysi insonlar o’zlari uchun manfaatli ma’lumot olishdi. Bundan tashqari juda ham ko’p insonlar shakar deganda faqatgina choyga qo’shiladigan oddiy oq shakarni tushunib qolishgan. Afsuski shakar nafaqat choyga qo’shiladigan mahsulot balki atrofimizdagi biz iste’mol qiloyatgan barcha mahsulotning tarkibiga qo’shiladigan “NARKOTIKDIR”.

📹 "Shakar ommaviy narkotik"

@abdusattor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔔Vaqt tez o‘tib ketyaptimi yoki biz vaqtni tez o‘tkazib yuboryapmizmi?

Ushbu video inson naqadar qo‘rqinchli darajada ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo‘lib qolganligi va bu odat qay darajada inson hayotini barbod qilib turganligi haqida.

Ishonamanki, ushbu video raqamli iste'mol madaniyatingizni qaytadan ko‘rib chiqishingizga va ma'noli hayot kechirishingizga yordam beradi.

📹 Raqamli qullar. Nosog'lom jamiyat:
https://youtu.be/D9t2Zj1zYzc

@abdusattor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📺 Qadri bor ma'lumot uzoq diqqat talab etadi.

📹Videoni ko’rish.

@abdusattor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sizni natijasiz hayotdan qutqarishi mumkin bo‘lgan fikrni ulashmoqchiman.

Cheksiz ma’lumotlar oqimi bor dunyoda o‘zingizni go‘yoki “foydali” ish bilan shug‘ullanyapman deb aldashingiz juda ham oson.

Internetda navbatdagi “foydali” video, hissiyotlar uyg’otadigan iqtiboslar va muvvafaqiyatga erishgan insonlarning aqlga sig’mas gaplari.

Barchasi bir tiyin!

Chunki inson hayot sifatining u yig’ib kelgan ma’lumotlar emas, balki kundalik hayotiga tadbiq qilgan ma’lumotlari oshiradi.

Dunyodagi eng zo’r aqllar sizga maslahat bergan taqdirda ham, ularni amalda qo’llamasangiz, siz “foydali” video emas, “foydasiz” video ko’rgan hisoblanasiz.

O’zingizni aldamang!

@abdusattor
📹Maqsad izlaganlar. Shaxsiy mas'uliyat kuchi.

Balki loyihamizning eng muhim videosi ham aynan shudir. Chunki loyihamizning ushbu sonini ko’rganingizdan keyin nega loyiha nomi maqsadligi va nima uchun men har doim shaxs doirasidagi mavzularni gapirishimni tushunib olasiz.

Men sizlar bilan hayotingizga juda katta ta’sir qilishi mumkin bo’lgan g’oya bilan bo’lishganimga ishonaman.

Bu g’oya shaxsan o’zimning hayotimni o’zgartirgan. Dunyodagi eng kuchli odamlar ham aynan shu g’oya bilan yashashadi.

Bundan tashqari, sizlar uchun yana bir yangiligim bor. Ushbu videoda “Maqsad Club” nomli yopiq hamjamiyatimiz ochilganini ham e'lon qilganman! Hamjamiyat haqida barcha ma'lumot video oxirida aytilgan.

VIDEONI KO'RISH UCHUN:
📹 Maqsad izlaganlar. Shaxsiy mas'uliyat kuchi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝Maqsad Club yopiq hamjamiyatini ochilganini e’lon qilamiz!

Klub o’z a’zolari uchun quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

1. Maqsad klubimiz a'zolari uchun maxsus videolari;
2. Sog’lom tana va sog’lom aql rivoji uchun kerakli ma’lumotlar;
3. O’z sohasida kuchli bilimga ega bo’lgan mutaxassislar bilan onlayn suhbatlar;
4. Klub a’zolari bilan oflayn uchrashuvlar va turli chellenjlar;
5. Har oy klub a'zolari bilan birga kitobxonlik o'tkaziladi;
6. Yopiq hamjamiyatimiz CHATI orqali o’zaro muloqot.

yopiq klub uchun a'zolik to'lovi oyiga 88 000 so'mni tashkil qiladi. To'lov har oylik hisoblanadi.

Biz bilan birga rivojlanishni istagan barchani yopiq klubimizda kutib qolamiz.

Bir maqsad yo’lida birlashganlar aql bovar qilmas kuchga ega!

Klubga qo'shilish uchun quyidagi akkauntga "" belgisini yuboring:
@maqsadmanager
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌Hayotimni o'zgartirgan tushuncha.

Shaxsiy mas'uliyat va Maqsad Club yopiq hamjamiyati haqida ma'lumot.

Bir maqsad yo’lida birlashganlar aql bovar qilmas kuchga ega!

Klubga qo'shilish uchun quyidagi akkauntga "" belgisini yuboring:
@maqsadmanager
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Abdusattor
Voice message
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Natija uchun qo’llanma” Maqsad yopiq klubimizdagi birinchi videodan parcha.

Ushbu mavzu birinchi bo’lib shaxsiy kanalimda ochilgan, shu sababdan bu videoni aynan o’sha audioga qo’shimcha sifatida qabul qilsangiz bo’ladi.

@abdusattor
"Maqsad Club" hamjamiyatimizga 1 oy bo'ldi.

🏆 Iyun oyi uchun yopiq klubimizning sarxisobi:

1. Natija uchun qo'llanma (Video)
2. Kitob o’qidiganlar muvaffaqiyatli emas, kitob o’qish qobiliyatiga egalar muvaffaqiyatli (Audio podcast)
3. Somatotip (tana tuzilishi) turlari. Abdulla Jabborov (Video)
4. Yaxshi odatlarni sun’iy boshqarish orqali ehtimollikni oshirish. (Audio podcast)
5. Savol-javob "Qora ishchi bo'lib qolganim afzalmi?" (Video)
6. Ijtimoiy tabaqalanish. (Audio podcast)
7. “Atom Odatlar” kitobining yakuniy tahlili. (Video)
8. Uyqu bo’yicha qo’llanma (Video)
va bir necha postlar.

Bundan tashqari:
1. 2 ta challenge boshladik
2. Klubimiz a'zolari uchun 2 ta hamkorlik o'rnatdik
3. Fitness va kitob tahlillar bo'yicha 2 ta ustoz spiker jalb etdik.

Bu loyiha sizning hayotingizni o’zgartiradi deb va’da bermayman, lekin hohishingiz bo’lsa ta’sir o’tkazishi aniq.

🏅Hamjamiyatga qo’shilish narxi hali ham 88.000 so’m, @maqsadmanager ga + belgisini yuborsangiz qo’shilish uchun havolani qabul qilasiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bir xilgi odamlar “Kamroq uxlab, ko’proq ishlash kerak” degan mantiqsiz va ma’suliyatsiz maslahat berishni yaxshi ko’radilar. Ular kuniga 5 soat uxlab o’zlarini yaxshi xis qilishlari ishga bo’lgan mehrda emas, balki ularning tabiyatidadir.

“Maqsad Club” hamjamiyatimizda “Uyqu uchun qo’llanma” deb nomlangan videoda bu haqida gaplashib o’tganmiz. Sizlar ham aynan o’sha joyini ko’ringlar.

Videoni ko’rish uchun:
📹Kam uxlash muvaffaqiyatmi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Maqsad Club
Ishlatmayapsizmi? Demak kerak emas.

Inson tanasi juda ham zo’r optimizatsiyaga yo’naltirilgan tizim. Agar siz ma’lum bir tanangiz funksiyasini ishlatmasangiz, organizm undan vos kechadi. Nega? Chunki foydasi yo’q narsaga, quvvat ketqizish mantiqsiz.

Siz bir yil davomida 10 kg muskul yig’diz deylik, siz jismonan ularga bosim bermasangiz, tanangiz ulardan vos kechishni boshlaydi. Nega? Chunki 1 kg muskulni ushlab turish uchun, organizm unga alohida resurs sarflaydi, kaloriyalar, vitaminlar, har xil moddalar. Tekinxo’rlar, ishlamaydiganlar organizmga kerak emas.

Har bir tana a’zoyingiz yaratilgan vazifasini bajarishi shart. Tishlaringiz qattiq ovqat tishlamay qo’ysa, to’kilishni boshlaydi. Oyoqlaringiz yurmay qo’ysa, tizzangizdagi suyuqlik jabr ko’radi. Va yillar o’tganidan keyin tizzangiz og’rishni boshlaydi.

Ta’nangizni haqqi bor, haqqini hech bo’lmaganida qisman bajaring. Gap uzoq umr ko’rishda emas, sifatli umr ko’rishda.
🔔 30 kun 04:00 da uygʻondim

O‘rtacha zamonaviy insonning kundalik hayoti jamiyatni rad etgan o‘spirinning xonasiga o‘xshaydi: u juda ham tartibsiz va o‘sha tartibsizlikda hayotda o‘z yo‘lini topishga harakat qiladi. Lekin tartibsizlik ichida tartibli fikrlash mumkin emas. Shu sababdan bugun sizlar bilan kun tartibining asosi bo‘lgan uyqu tartibi haqida gaplashamiz.

📹 VIDEONI KOʻRISH UCHUN:
https://youtu.be/VopAdzlsGJc?si=H9iVT18eldqioMuN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shu postni o’qib turganingizda, tanangizdagi bir hujayra ma’lum bir sabablarga ko’ra kayfiyatini o’zgartirsa, biz yana bir bor qiziqarli biologik jarayonni ko’rgan bo’lamiz. Sizda endi rak bor.

Bu juda ham qiziq, chunki siz dunyodagi eng sog’lom turmush tarzini tutadigan odam bo’lgan taqdiringizda ham, siz bunday holatdan mustasno emassiz.

Hammasi sizning qo’lingizda emas!

Hayotning go’zal tarafi ham shunda, bizga berilgan shartlar bilan yashashga majburmiz. Mas'uliyatli insonni bu hafa qilishi mumkin, mas'uliyatsizni esa aksincha. Lekin bu haqiqat, insonni hayotida juda ko’p narsa uning boshqaruvida emas.

Lekin, bizning boshqaruvimizdagi kichik hayot qismiga to’laqonli o'zimiz javob beramiz. Bugun nima foydali ish qildingiz? Chunki hammasi ham sizning qo’lingizda bo’lmagan taqdirda ham, qo’lingizdan kelganini qilishingiz, inson sifatida ma’suliyat olganingizdir.

Chunki ertaga hujayrangiznining kayfiyatini o’zgarib qolishi mumkin.
💎 “Maqsad Club” hamjamiyati: Iyul oyi sarhisobi

Hamjamiyatimiz ochilganiga 2 oy bo'ldi.

Birinchi oydagi natijalardan so'ng, iyul oyida:

1. “Maqsad Club” botimiz ishga tushdi (Maqsad Club ekotizimi shu botda qurilishni boshlaydi)
2. Savol-javob: Abdulla Jabborov bilan jonli videochat
3. Yurish sizni qutqaradi (Video)
4. Yolg’iz inson hech narsaga qodir emas (Audio podcast)
5. Savol-javob: "O’zbekcha Separatsiya. Ota-onadan mustaqil bo’lish. Ulg’aygan inson ta’rifi." (Video)
6. Bo'ydoqlar orasidagi gormonal o'zgarishlar. Furqatov Akbarshox (Video)
7. O'qish uchun berilgan 2 ta kitobning yakuniy tahlili. (Video)
8. Sifatli va to'g'ri ozish. Abdulla Jabborov (Video)
va 10dan ortiq postlar.

Bundan tashqari:
1. Yangi challenj boshladik;
2. Yana bir yangi hamkorlik o'rnatildi;
3. Sog'liq yo'nalishi bo'yicha ustoz spiker jalb qildik.

P.s. Avgust oyidan shaxsan o'zim 365 kun davomida kuniga 10$ dan raqamli aktivlarga sarmoya kiritish chellenjini boshladim.

🏅Hamjamiyatga qo’shilish narxi hali ham 88.000 so’m, @maqsadmanager ga + belgisini yuborsangiz qo’shilish uchun havolani qabul qilasiz.
Ko‘pchilik erkaklar hayotida kuryer, yuk tashuvchi, yoki ofitsiantlik kabi ishlarni qiladigan davri bo‘ladi. Bu vaqtinchalik jarayon. Chunki yuk tashish kasb emas. Bu ishlarni qilishdan asosiy maqsad rivojlanish bo'lishi kerak.

Maqsad clubimiz savol-javob rubrikasida “Rivojlanishim kerakmi yoki qora ishchi bo’lib qolganim afzalmi?” savoliga javob tariqasida bir video chiqargan edik.

Video parchasini ko’rish uchun:
📹 Qora ishchi bo’lib qolgan afzalmi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📹Bir oddiy g'oya atrofida kerakli odamlar harakati yig'ilganida bu harakat qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi mani hayratga soladi. Va bu harakatimizni haqiqatdan ham qadriga yetib, zamonaviy dunyoda qimmat bo'lgan, diqqatingizni ajratganingiz uchun shaxsan o'zimni va jamoamizni nomidan rahmat deyman. Loyihani boshlaganimizdan beri hali biron bir qilgan mehnatimizni yerda qoldirmadinglar va doimiy ravishda sizlardan qo'llab quvvatlashni xis qilib turdik.

Umumiy olganda YouTube platformasida atiga 5ta video orqali, 2,500,000 ko'rishlar soniga va 120,000 obunachiga ega bo'ldik. Bu raqamlar shunchaki raqamlar emas, bu tirik insonlar diqqati va men buni juda ham qadrlayman.

Sizlar bor ekansizlar demak bizni to'xtashga haqqimiz yo'q.

@abdusattor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM