Abdusattor
62.9K subscribers
34 photos
6 videos
18 links
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot
Download Telegram
Channel created
Xullas shakarli mahsulotlardan to’liq vos kechish maqsadida 1 oyli “challenge” boshladim. Hayotim yaxshi tomonga o’zgarishiga aminman. Ushbu kanalda hayotingiz uchun juda foydali va qiziqarli ma’lumotlarni berib boraman 😊

@abdusattor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Anu stiker qo’yib kulayotganlar ohirgacha bora olmaydi deb o’ylayabsizlarda 😅

Lekin noto’g’ri ovqatlanish sabab ishimda ham samaradorligim tushib ketdi. Shakarli va gazli ichimliklar, fast food va ko’p go’shtli mahsulotlar sabab o’zimni juda og’ir xis qila boshladim.

Hullas boya kechka ovqatga shularni yedim. Menga judayam yoqdi. To’ydim va judayam yengilman. Yengil ovqatdan keyin insonni ishlagisi keladi.

Bu borada ushbu kanalda sizlarga ajoyib ilmiy tadqiqotlar berib boraman 😇

@abdusattor
💉 Shakar - ommaviy narkotik.

🧬Dofamin tizimi, ishlarni chala qoldirish va diqqatni jamlolmaslik.

@abdusattor
🔑 Qo’lingizdagi imkoniyatdan foydalaning!

Kasb tanlash va noaniqlikdagi tanlovlar.

@abdusattor
💻 Motivatsiya bu axlat!

Dushanbadan boshlash, shaxsiy ma’suliyat, intizom va tizim.

👉 @abdusattor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😎 Shakarsizlashtirish!

Esingizda bo’lsa 15 kun oldin shakardan voz kechish chellenjini boshlagan edim va yaqinda bu mavzu haqida qiziq statistikani uchratib qoldim.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra ayni vaqtda Amerikada sog’liq inqirozi ro’y bermoqda va buning sababi bizning kundalik iste'mol qiladigan ovqatlarimiz bilan bog'liq ekan. Ma’lumotlarga ko’ra, 50 yil oldin har 8 amerikalik katta yoshli odamlardan 1 nafari semirib ketgan bo'lsa, bugungi kunda semirish har 3 ta odamdan 1 tasiga to’g’ri kelmoqda. Shu bilan birga, surunkali kasalliklarning tez o'sishiga eng katta hissa qo’shuvchi mahsulot ham “shakar” ekanligi ilmiy tadqiqotlar tomonidan isbotlangan.

O’zi nima sababdan juda ko’p shakar iste'mol qilamiz?

Buning asosiy sabablaridan biri shundaki, shakar har doim tanamiz uchun arzon energiya manbai bo'lib kelgan.
Ushbu audioyimda 💬 aytib o’tganimdek, miyyamiz doimo kam energiya sarflab ko’proq natijaga ega bo’lishni xohlaydi. Shakarni surunkali iste’mol qilish sababli u barchamizni yillar davomida o’ziga asir qilib kelgan.

Shu sababli men shakar asirligidan qutulish uchun “JANG🪖 boshladim. Sizlarni ham men bilan bir safda jang qilishga chaqiraman! Men 30 kunlik “Shakarsizlashtirish” chellenjim haqida katta bir video tayyorlash niyatidaman va videoda shakarsiz yashash insonga qanday baxt olib kelishi haqida aytib bermoqchiman.

@abdusattor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Imkoniyat yo’qligi, harakat qilmaslik uchun bahona bo’la oladimi?

👉 @abdusattor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔔 Shukur qilish va rozi bo’lmaslik

Men ko’p hollarda shunaqa fikrga duch kelaman: odamlar shukur qilish deganda hech qanday harakat qilmasdan, rivojlanmasdan faqatgina bor narsalarga qanoat qilib o’tirishni tushunishadi. Agar siz o’z holatingizdan norozi bo’lsangiz va uni o’zgartirishga harakat qilsangiz buni noshukurlik deb bilishadi.

Men Chirchiqdan Toshkentga avtobusda qatnashga rozi bo’lmaganman! Atrofimdagi insonlardek 800 ming so’mlik oylik olishga rozi bo’lmaganman! Har oy kimningdir qo’lida arzimas oylik uchun ishlashga rozi bo’lmaganman! Kelajakda farzandlarim qiyin sharoitlarda katta bo’lishlariga rozi bo’lmaganman! Shu sababli hayotimni o’zgartirish uchun bor kuchim bilan harakat qilganman. Allohga shukurki, menga kutganimdan ham ziyodasi nasib etdi. Agar men o’sha vaqtda o’zimdagi bor narsaga “shukur” qilib harakat qilmasdan yuraverganimda bu kunlarga kelmas edim balki. Hozir ham men bundan ko’prog’iga loyiqman deb bilaman va Alloh nasib qilsa yana rivojlanishda davom etaman.

Zerikarli ishga, zerikarli muhitga va zerikarli mavjudlikga rozi bo'lmang, hayot bunday bo'lmasligi kerak, asosiysi bunga rozi bo'lmaslik va doim izlanishda, harakatda bo’lishdir.

👉 @abdusattor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥Erkaklikka qarshi urush

Dard propagandasi, yetishilmagan sevgi va erkaklar maqsadi.

👉 @abdusattor
🔒 Qullar qaror qabul qilmaydi!

Ozod insonning asosiy belgisi bu mustaqil qaror qabul qila olish va u qaror ortidan keladigan barcha mas'uliyatni o'z bo'yniga olishdir. Qaror qabul qila olmaydigan insonlarni qullardan hech qanday farqi yo'q, chunki ularning hayotini boshqalar hal qiladi. Kuchsiz odamlarga esa qullikning o'ziga yarasha foydali taraflari bor va bu mas'uliyat yo'qligi. Unday odamlar mas’uliyat olmaslik uchun qullikka ham tayyor bo'lishadi. Siz qul emasmisiz? Demak mustaqil qaror qabul qilishingiz va mas'uliyatni o’z yelkangizga olishingiz kerak. Yelkangiz juda kichik bo'lsa ham.

Tarixdan xalqlar o'z mustaqilligi uchun qon to'kishgan va bilingki sizning ozodligingiz ham o'zidan-o’zi kelib qolmagan. Ozodligingizni yengil xarakter bilan yo’qotib qo'ymang.

@abdusattor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oxirgi gaplarim ba'zi odamlarni ranjitganga o'xshaydi. Siz xohlaganingizcha o'ylashingiz mumkin, lekin bir narsani unutmang, dunyo sizning orzu-umidlaringizni qondirish uchun yaratilmagan.

@abdusattor
Sizning hayotingizga nima ta'sir qiladi?

Har bir insonning o'ziga xos dunyo qarashi bor.

Shunday qilib, odam o'zini biron bir narsaga loyiq emas deb hisoblasa, u rostdan ham shunday bo'ladi.

Agar siz muammolaringizni diqqat bilan tahlil qilsangiz, ularning asl ildizi sizning fikrlaringiz va dunyo qarashingizda ekanligini ko’rishingiz mumkin.

@abdusattor
👨‍💻Noliydigan jamiyat va uning dunyoqarashi.

@abdusattor
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bugun “Maqsad” nomli loyihamizni sizlarga taqdim etamiz. 

Maqsad — bir maqsad yo‘lida yig‘ilganlar hamjamiyati. Bu loyiha maqsadlarga agressiv erishadigan, intizom sevuvchi va shaxsiy masʼuliyat bilan yashashni xohlaydigan erkaklar uchun. Va bugungi mavzumiz aynan erkaklarga bag‘ishlanadi.

Atrofidagi imkoniyatlarni ko‘rolmasdan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan avlod qaror qabul qilolmay, ikkilanib qatʼiyatsizlik bilan yashamoqda.

Nega hozirgi kunning erkaklari kuchsiz bo‘lib qolgan? 

Qiziq, bu avval ham shundaymidi? Agar bizning davrimizga kelib shunday bo‘lgan bo‘lsa, buning sababi nimada?

📹 Yuqoridagi savollarga javob YouTube kanalimizda: https://youtu.be/NpgJ5rOdBXw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM