Siz ham eplaysiz
Kecha Glide degan dastur yasaydigan platforma haqida bir ukamizning blogida o'qib qoldim.
Bugun, 4 soatga yaqin platformani o'rganishga vaqt sarfladim. Kodsiz dasturlash bo'yicha mutaxassisligim sabab o'rganish juda oson bo'ldi.
Keyin, tahminan 45 daqiqa ichida o'zimga vazifalar dasturi tuzdim. Shu havolaga kirib dasturdan foydalanib ko'rinishingiz mumkin.
Platforma UX / UI'ga ancha e'tibor beribdi, dasturni qulay va chiroyli qilish oson ekan, shu tomonlama AppSheet'dan ustun bo'lolsa kerak, kelajakda.
To'liq funksionallarini sinab ko'rishim uchun yana 3-4 kun kerak bo'ladi, to'liq tugatib bu haqida yana yozarman, nasib qilsa.
Endi o'ylab ko'ring, shu vazifalar dasturini odatiy usulda ishlab chiqishga kamida 15-20 kun, bo'lmasam 1-2 oy vaqt, kamida $5000 bemalol ketadi.
Yana dizayner, frontchi, backentchilarga TZ yozib berish kerak. Ustiga ularni boshqarib turadigan loyiha menejeri bo'lmasa bo'lmaydi, dastur bitganda test ham qilinadi.
Albatta, kodsiz dasturlash biznesning murakkab muammolarini yecholmaydi, lekin, 70-80% masalalarni qiynalmasdan hal qilish mumkin, biz maktabimizda shunday qilamiz.
Hali soha tanlamagan yoki o'zgartirish haqida o'ylab yurgan bo'lsangiz o'zingizni kodsiz dasturlash sohasida sinab ko'rishni tavsiya qilaman.
O'rganish juda oson, siz ham eplolasiz. Keyin, ko'p vaqt ketmaydi, daromadi ham bizdagi o'rtacha oylikdan ancha baland, tez ish topolasiz.
O'rganib bo'lib qo'lingizdan ish kelib qolgan bo'lsa menga yozing, ehtimol o'zimiz ishga olarmiz yoki bizdan mutaxassis so'rayotgan kompaniyalarga yuboramiz.
https://t.me/abdulloh_shamsutdinov

Hazm qilamizmi?
Barcha ilmimizni 100% deb olamiz. Statistikaga ko’ra bilimni amalga qo’llash o’rtacha 5% atrofida.
Endi o’lik bilimni 110% ga ko’targandan ko’ra amalda qo’llash darajamizni 15% oshirish foydaliroq bo’lsa kerak, shundaymi?
Aslida bajarish foizingizni ko’tarishga sarflagan vaqtingiz yangi bilim olishga qaraganda sizga ko’p foyda keltiradi.
Har kuni eng ozi 15 daqiqa kitob o’qish haqida ilm hammada bor, lekin aksarimizda amalda YouTube shortlar. Tasdiqlaymizmi?
Ko’p ovqat yeyish bilan ish bitmaydi, to’g’ri hazm qilishni ham yòlga qòyishimiz kerak.

Har doim ham bizda emas
Ko’pincha muammoga yechim qidirishda uni izolyatsiyada deb o’ylaymiz. Voqelikda u huddi sistema kabi, o’zaro bog’liq.
Masalan, do’stingizni IELTS imtixonidan 8.0 ball olishini kutgandingiz, natija 7.0 ball chiqdi. Osongina yetarlicha tayorlanmagan, deymiz. Aslida boshqa omil, ehtimol, bir nechta omillar birgalikda natijaga ta’sir qilgan bo’lishi mumkin.
Masalan, imtihon kuni qorni og’rib qolgan bo’lishi yoki kechasi yaxshi uxlolmasdan charchoq hissi bilan test topshirgandir, balki onasi og’irroq kasal bo’lib qolgan bo’lsa diqqat qilolmagan, ehtimol yuqoridagilarni barchasi.
Turli yechimlarga ochiq bo’lishimiz qiyin muammolarga yuzlashganimizda umidsizlikka tushmasligimizga yordam beradi.
Yana gap shundaki, ba’zan to’g’ri yechimlarni o’z aqlimiz bilan topolmaymiz, boshqalarning yordamiga muhtoj bo’lamiz.
Buni istalgan muvaffaqiyatli shaxsiyatlar yaxshi bilishadi. Shu sabab “Bilmayman” deyishdan hijolat bo’lmaydilar.

Jang hali oldinda.
2023-yil, aprel oyidamiz. Jamoada 5 kishimiz, ish go‘yoki cheksiz. 70 nafarga yaqin jamoani shakllantirish, 300 dan ortiq talaba yig‘ish, o‘quv binosi qurilishini tamomlash, maktabni jihozlash, litsenziya talablarini bajarish, jarayonlarni avtomatlashtirish va hk.
Deyarli har haftada dedlaynlar bor, boshqaruv jamoasi kuniga 2-3 soat suhbatlashamiz, yangi qarorlar qilamiz. Bo‘sh odam yo‘q, vazifalar tayin. Kechalari 8-9 gacha ishlash odatiy hol, ba’zida yarim tungacha qolamiz.
Yoz keldi. Har kuni o‘nlab ota-onalar bilan suhbatlashamiz, o‘quvchilarni imtihon qilamiz, turli mehmonlarni kutamiz, bloggerlar bilan reklamalar olamiz. Xotirjam kitob o‘qishga vaqt yo‘q, dam olishga chiqish haqida gap bo‘lishi mumkin emas.
Sentyabr, ochilish o‘tdi. Litsenziya oldik, o‘quvchilarimiz 300 nafardan, jamoa a'zolari esa 80 nafardan oshdi. Oktyabrdan boshlab ishlar ancha yengilladi, endi kutilmagan ishlarni aytmaganda boshqaruvchilar uchun vazifalar juda kam.
Oldingi kabi quvvat, ishtiyoq yo‘q, ishdan zerikish seziladi. Xuddi hammasi joyida, buyog‘iga hech narsa bizni o‘sishdan to‘xtatib qo‘yolmaydi. Ammo, voqelikda bunday bo‘lmaydi.
Davlatlar ehtimoliy urushlarga tinch davrlarda yillab tayorlanadi, maqsad— o‘sha vaqtda yutqazib qo‘ymaslik. Buning uchun harbiy sohaga katta pul ajratadi, yangi siyosiy hamkorliklar quradi, turli harbiy mashg‘ulotlar, sinovlarni muntazam o‘tkazadi.
Aslida, biznesda ham, shaxsda ham urush va tinchlik vaqtlari bo‘ladi. Kim tinch zamonlarda yetarlicha rivojlansa, urushda o‘sha g‘alaba qozonadi. Urush kutilmaganda sodir bo‘ladi. Kuchli raqobat kutilmaganda keladi.
Bahor va yoz fasllari bizda jang vaqtlari edi. Shu sabab tinmadik, bor bilim, tajriba va energiyamizni berdik. Endi kelajakdagi yangi urushlarga tayorlanishimiz kerak, qiyini shu, chunki xotirjam bo'lib qolish xavfi bor. Kim shu vaqtlardan to‘g‘ri foydalanolsa g‘olib o‘sha bo‘ladi.
Siz talaba bo‘lsangiz o‘qish davrini, yangi xodim bo‘lsangiz yaxshi oylik olayotgan, ish kam paytlaringizni tinchlik vaqti deb biling, urush hali oldinda.

Balki u istamas
16 yosh yigitcha edim. Litseyda bir qizni yoqtirib qoldim. Universitetga kirib uylanishni niyat qildim. Gaplashmasdim. Zimdan sevardim.
Litseyni bitirdik. Universitetga qabul qilindim. U kirolmadi. Boshqa yigitga erga tegib ketdi. Biroz qiynaldim.
21 yosh, poytaxtda, 3-kursman. Ishlashni boshladim. Ishxonada ham bir qizni yoqtirib qoldim. Biror marta gap otmadim. 2 oyda sovchi yubordim, berishmadi. Yana biroz qiynaldim.
Ayni holat 23 yoshda ham takrorlandi. 24 ga kirib nihoyat uylandim. Faqat kriteriyalarim ancha o’zgargan ekan. Avvalgi qizlarni berishmagani uchun xursand bo’ldim.
Hozir yoshim 26 da, 2-3 yil oldin to’g’ri deb bilgan tushunchalarimning ba’zilarini xato deb bilaman. Noto’g’ri qarorlarim endi ko’rinyapti.
Shaxsiyatlar o’zgaradi. Tanlovlar o’zgaradi. Avvalgi biz o’lamiz, bugungi men yashaydi, qaror qiladi. Erisholmagan istaklarimizga ko’p qayg’urmaylik, ehtimol kelajakdagi biz buni istamas.
@abdulloh_shamsutdinov

Kimdir yetar deydimi?
Dota, Wow va futbol singari kompyuter o‘yinlarini juda yoqtiraman. 5-sinfdan o‘ynashni boshlaganman. Keyin, maktabni geym klubda bitirdim.
O‘yinlarga muhabbatimdan litseyning 1-kursida klubga ishga kirib oldim. Kuniga 12-14 soat o‘ynardim. 1-kurs shunday tamomlandi. Litseyda tanish bor edi, bormaslik uchun kiritilgandim o‘zi.
Yoz oyi, litseyga dam. Dadaxon ismli o‘rtog‘im klubga keldi. U menga o‘xshamasdi, juda zo‘r o‘qirdi. “Do‘st, yetar endi, kelajakda ham ota-onangni, oilangni shunday boqasanmi” ma’nosida gapirdi.
O‘ylab qarasam, o‘yinlarda “Герой” ekanman. Lekin, uyda kamchiliklar to‘la, qozon sal kam bo‘sh. Dadam ishlarini yo‘qotib, Rossiyaga ishlashga ketgan. Akamlar bir amallab ro‘zg‘or qiladi. Герой’ligim hech narsa qilolmadi.
Qattiq ta’sir qildi. Kompyuterni tashladim. 2-kurs boshidan matematikaga, 3-kursga o‘tishga yaqin esa ingliz tiliga repetitorga qatnashni boshladim. “Yangicha dunyoda” yashash yoqib qoldi. O‘shanda bugunga poydevor qurish boshlangan ekan.
Hozir ham shu do‘stim va u kabi boshqa sanoqli do‘stlarim bilan yaqinmiz. Uzoqdagilari bilan oyda bir, yaqindagilari bilan deyarli har kuni ko‘rishamiz. Dardlashamiz. Bir-birimizga zarur o‘rinlarda “Yetar endi” deyolamiz.
Buni katta ne’matligini endi tushunyapman. Faqat bu kabi do‘stlar juda kam bo‘lar ekan. Kimda bor bo‘lsa ularni qadriga yetsin. Ularga bizdan hech narsa kerak emas. Shunchaki bizni yaxshiroq inson bo‘lishimizni istashadi, xolos.

Oynada kim?
Yaxshi ish yo’q. Tez tez ish alishtirishingizga to’g’ri kelyapti.
Birida oylik kam, boshqasida qadriyatlar to’g’ri kelmaydi.
Endi topdim degan joyingizda ham jamoa bilan chiqisholmayapsiz.
Sizni haydashmoqchi, hayronsiz. Ishingizni to’g’ri qilyapsiz-ku axir.
Muammo boshqalarda, sharoit yo’qligida. Sizni tushunishmayapti.
Noliysiz, shikoyat qilasiz. Endi ishdan bo’shaysiz yoki bo’shatilasiz.
Aybdor ular. Siz qo’lingizdan kelganini qildingiz. Qadringizga yetishmadi.
Bu ssikl davom etaveradi. Alining hamma bilan muammosi bo’lsa muammo Alida derdik.
Kim bilsin, bugunning Alisi bizdir. Oynaga qaraymiz.

Orzudan boshlangan
2017-yil, Toshkent. IELTS o’qishim kerak edi. Poytaxtda kurslar qimmat, to’lolmasdim. Bir yaqinimiz holatni eshitib to’lab berishlarini aytdilar.
Kurs qidirishni boshladim. Universitet oldidagi “Bodomzor” masjidi ro’parasiga yangi markaz ochilibdi, peshindan keyin kirdim.
Testdan keyin speaking imtihonini kutyapman. Bir yosh ustoz chiqib keldilar. Salomdan so’ng suhbat faqat ingliz tilida bo’ldi. Ustozning upper-intermediate darajadagi guruhlariga qabul qilindim.
Ustoz xatto masjidga chiqqanimizda ham faqat ingliz tilida gapiradilar, darslari super. Inson sifatida samimiy, hazilkash va xuddi tug’ishgan aka singari mehribon edilar, har birimizga.
3 oydan so’ng kursga to’lagani pul yetmay qoldi. Darslarni to’xatishim haqida ustozga telegram orqali xabar berdim. Sababini so’radilar, aytdim. Pul haqida o’ylamasdan kursni davom etishimni tayinladilar.
Ko’p o’tmay yoz keldi, kursni baribir to’xtatishga to’g’ri keldi. Lekin, ustozni juda yoqtirib qolgan edim. O’qishni bitirsam ustoz bilan jamoalarida ishlashni orzu qildim.
Bir kuni tush ko’rdim. Tushimda Ustoz bilan bir jamoada ekanmiz. Uyg’onib juda hursand bo’ldim. Ich-ichimdan O’zidan hayotda ham shunday bo’lishini so’radim.
Taqdir ekan, Ustoz 2021-yilda o’z jamoalariga qo’shdilar. Ustoz sabab bu blog boshlangan, hozirgi mutaxassis Abdulloh shakllandi. Moliyaviy barqaror bo’ldim. Sportni qayta boshladim. Hayot talabasi — doimiy o’rganuvchi bo’ldim.
Ustozni o’z prinsiplari uchun yuz ming dollarlardan voz kechganlarini shaxsan guvohi bo’ldim. O’zlariga zulm, tuxmat qilganlarga va haqlarini yeb ketganlarga iymon bilan sabr qilganlarini ko’rdim. Biror marta yomonlamadilar.
Bugun Ustoz bilan bir g’oya uchun birgamiz. Rivojlanish uchun birgamiz. Bir-birimizni isloh qilish uchun birgamiz.
Ustozim — Azizbek Rahimov, biz uchun ham ustoz, ham aka va oxiratli do’stlar. Hammasi uchun sizga, ota-onangizga rahmat.
---
Tushim haqidagi voqeani boshqalarga ham aytib berishni istar edim. Vaqti hozir ekan, ichimdan kelganlarni hech qanday senzurasiz yozdim va sizlar bilan bo’lishdim. Bularni yuzlariga aytolmasdim, hijolat bo’lib.
Bu kabi ustozlarimdan Elbek aka Bahromov ham borlar, u kishi haqida ham kelajakda yozaman, albatta.

Telegram
Aziz Rahimov
Bog’lanish uchun: @Azizrahimov
Reklama olmaymiz.
Reklama olmaymiz.
Kim bilishga haqli?
Sizni tushunmayapti. Nima his qilayotganingizni bildirish foydasiz, deb bilasiz. So’zini bo’lmay tinglaysiz, boshqa gapirmaysiz. Xonadan jimgina chiqasiz.
Ishga avvalgidek ishtiyoq yo’q, majburan kelasiz. Holat aqlni band qiladi, behalovatsiz. Ketish yechimi ko’rina boshlaydi.
Ketarsiz yoki qolarsiz, ahamiyatsiz. Ichingiz g’ash. Aytolmagan gaplaringiz, izhor qilinmagan hislaringiz qiynayveradi.
Yosh o’tyapti. Ko’ngildan qolgan insonlar yana bittaga ko’paydi. G’ashlik hissi ham. Odamlarga ishonishdan qo’rqib qolyapsiz.
To’planyapti. Aytilmagan so’zlar, bildirilmagan hislar ichingizni to’ldirish bilan band. Yelkangiz bo’sh, lekin qalbda yuk to’la.
Yelkadagi yukni tashlash badanga rohat beradi. Yetar ichingizga to’plaganingiz. Aytavering, o’ziga aytmasangiz boshqaga aytasiz.
Og’riqlaringizga sabab bo’lgan kishidan ko’ra ularni bilishga haqli boshqa inson bormi o’zi?

O’g’irlashgan edi
1-sinfning birinchi kuni. Kelajakda kim bo‘lmoqchi ekanligimiz so‘ralyapti.
Navbat menga keldi. Zo‘rg‘a o‘rnimdan turdim va javob berdim. Xona birdan kulgiga to‘ldi.
Juda qattiq xafa bo‘ldim. Boshqalarga bildirmay ichimda yig‘ladim. Shu bo‘yi bu savolga javob bermayman.
Ulg‘ayganim sari javobimni eslab o‘zim ham kuladigan bo‘ldim. Orzuga ayb yo‘q, yosh bolaga yarashaverar ekan.
Hozir yoshim 25 dan oshdi. 1-sinfdagi Abdullohning orzulariga ishonishni boshladim. Katta orzular bilan yashash yoqib qoldi.
Keyin bilsam rejalar orzulardan paydo bo‘lar ekan. Bugun orzudagi o‘zimni yaxshi taniyman. Va uni qurish bilan bandman.
Siz-chi? Orzularingizni o‘g‘irlatmadingizmi?

Rejalar…
2023-yilda bitmagan ishlar qolib ketdi. Shaxsiy intizom yetmadi. Omad kelmadi. Kutilmagan vaziyatlar bo’ldi.
2024-yildamiz. Umidimiz katta, aniq rejalar tuzdik. Bu yil boshqacha bo’ladi, deb avvalo o’zimizni ishontirdik. Keyin boshqalarni.
Holat har yili takrorlanadi. Sarhisob qilganimizda rejalarni aksarini bajarolmagan bo’lamiz. Biroz xafa ham bo’lamiz.
Yil 12 oyda bir takrorlanadi, va biz unga e’tibor bilan rejalar tuzamiz. Kunlarimiz esa har 24 soatda takrorlanadi.
Uzoq masofaga o’q otish qiyin. Ayniqsa, yaqinga aniq tekkizishni o’rganmagan bo’lsak. Balki, shug’ullanishni yaqinroq nishonlardan boshlarmiz?

Omadim keldi(mi?)
Men uchun omad imkoniyat degani.
Omadi keldi = imkoniyatdan foydalana oldi.
Omadi kelmadi = imkoniyatdan foydalana olmadi.
Imkoniyatdan foydalana olish uchun ba’zan resurs, ba’zida salohiyat, ba’zida esa ikkisi birdaniga kerak.
Resurs: Asli $15k turadigan mashina $10k’ga chiqib qoldi. Shu vaqtda $10k pulim bo‘lsa va sotib olsam = omadim keldi = imkoniyatdan foydalanoldim.
Salohiyat: Havas qiladigan shaxsim shogird qidiryapti ekan. Talablariga mos kelsam va buni ko‘rsatib berolsam, qabul qilinaman = omadim keldi = imkoniyatdan foydalanoldim.
Imkoniyat qachon kelishi noma’lum. Masala tayyormizmi yoki yo’q?
Men tayyorlanyapman, siz-chi?

Va’dani kichigi bo‘lmaydi.
Kechga xabar beraman, deb xabar bermaslik ham va’dabozlik.
Esingizdan chiqib qolishi sizni muammoingiz.
Sabab tufayli kechiktirish yoki bekor qilish mumkin. Sharti avvaldan ogohlantirish.
Piyolaga bir ho‘plam choy quyganda ham choynakda choy kamayaveradi.
Ishonch ham choynakdagi choyga o‘xshaydi. Ozmi-ko‘pmi, har safar kamayadi.
Farqi, choynakka choy damlash juda oson. Yo‘qotilgan ishonchni esa tomchilab to‘ldirasiz.
Yangi tanishgan har bir insonimizni o‘zimizdan yaxshi va ishonchli, deb ishonamiz.
Choyni to‘kib tugatguniga qadar.

Sizga atalgan(mi?)
Yozganlarimga 100% amal qilaman, degan da’voyim yo‘q.
O‘zim tushungan, amal qilishni boshlagan va boshqalarga foydali, deb bilgan fikrlarimni yozaman.
Postlarimda biror kimni nazarda tutib, omma oldida tanbeh berish prinsiplarimga tushmaydi.
Faqat, yozishga ko‘pincha o‘zim va atrofimdagilarning xatti-harakati va munosabati turtki bo‘ladi.
Sizni tanqid qilmoqchi bo‘lsam o‘zingizga aytaman, yolg‘iz. Sizdan ham shuni kutaman, birodar.

Kimga ko’rsatolamiz?
Aynigan, yaroqsiz va zararli narsalarni yeganda ziyoni tezda bilinadi, jismonan kasal bo‘lamiz.
Lekin, ma’nan zararli, foydasiz va yengil-yelpi kontent iste’molining ziyoni qisqa vaqtda bilinmaydi.
Bugun Youtube algoritmi nima “ovqat” iste’mol qilayotganimizni aniq ko‘rsatib beryapti.
Yaqingacha do‘sting kimligini ayt, seni kimligingni aytib beraman, derdik.
Hozir esa Youtube’ingni ochib ber, seni kimligingni aytib beraman, deyish mumkin bo‘lib qoldi.
Xo‘sh, Youtube ilovamizni yangi tanishmoqchi bo‘lgan insonlarimiz, yoqtirib qolgan kishimiz yoki hamkorlarimizga ochib berolamizmi?
Menda javob hozircha “yo’q” ekan. Sizda-chi?
@abdulloh_shamsutdinovn

Xodim emassiz.
Qayerda ishlashingiz farqsiz. Siz ham biznesmensiz, xodim emas.
Biznes egasi ham, rahbari ham, yagona ishchisi ham siz.
Mutaxassislik degan xizmat sotasiz. Frilansda bir martalik, kompaniyada esa ko‘p martalik.
Raqobatchingiz ko‘p. Jamoaga siz olib kelgan do‘stingiz ham o‘zingizga raqobatchi.
Bugungi xizmat sifatingiz ertangi bozor talabiga tushmaydi. Yangi “xizmatchilar” chiqaveradi.
Xizmat sifatini har kuni yaxshilash kerak, mijozlaringiz boshqa hamkor topmasdan.

Oynam
Do‘stim, kamchiliklarimni, noto‘g‘ri qaror va ishlarimni ko‘rsangiz eslatavering.
Avval aytgan bo‘lsangiz ham mayli.
Ba’zan bilganlarimni unutishim, nafsimga yengilishim bor.
Xatolarimni bilib ham o‘zgarmasligim, o‘zgarolmasligim mumkin.
Siz oyna bo‘lishda davom eting. Qaraganda aslimni ko‘ray.
Shoyad, har safar biroz bo‘lsa ham dog‘larim ketsin.
——-
“Do’st” so’zi o’rniga hamkasb, turmush o’rtoq kabi boshqa insonlarni ham qo’yib o’qishingiz mumkin.

Qafas
Qafasda ulg‘aygan sher ozodlikka chiqib mustaqil ovqat topolmaydi. Muhtojlikdan o‘ladi.
Sherda ov qilish va sardorlik kabi ko‘nikmalar og‘ir sharoitlarga, ovqatsiz kunlarga bardosh berish bilan shakllanadi.
Boy tadbirkor, mashhur sportchi, taniqli siyosatchi singari har qanday muvaffaqiyatli shaxslarning hech biri qafasda ulg’aymagan, ulg’aymaydi ham.
Qafas xavfsiz, ta’minoti bor. Lekin, arslon bo‘lib tug‘ilgan hayvon ichkarida mushuk bo‘lib yashashga majbur.
Sher bo‘lib yashamoqchi bo‘lsangiz qiyinchiliklarda it kabi akillashni to‘xtating, qafasga tushmasingizdan avval.

Talantingizni aniqlash usuli
Sinfdosh, o‘rtoqlar orasida choyxona gapi chiqishi bilan qachon bo‘lishi, qayerda o‘tirishimiz haqida birinchilardan taklif berardim.
Bozorlikni kim qilishi, pul yig‘ilgunicha cho‘ntagidan pul qo‘shib turish har gal muammo edi. Ko‘pincha mas’uliyatni olardim.
Mahallada to‘y bo‘lsa osh tashish va bollarni shunga yo‘naltirib baqir-chaqir qilib turish yoqardi. Keyinroq to‘yxonada ofitsiant bo‘lib ham ishladim.
Bugun bir milliarderning kitobida o’qib qoldim. Kishi nima ishda eng zo‘r natija ko‘rsatishini bilish uchun yoshligida nima ishlarni zo‘r va yaxshi ko‘rib qilganini eslasin deyilibdi.
Hozir ishda men g‘oya odami emasman. Bizda yangi tashabbuslar Azizbek akamdan chiqadi. Lekin ularni tezroq amalga joriy qilish va doimiy nazorat qilish menga juda yoqadi va vazifam.
O‘ylab qarasam bugun ham bolalikda maroq bilan bajargan ishlarim bilan band ekanman. Farqi, vazifalar ko‘rinishi boshqacha, nisbatan qiyinroq va ko‘proq odamga ta’sir qiladi.
Siz-chi, bolalikda nima ishlarni qoyillatar edingiz?
Balki shuni aniqlab, keyin shu asosida kasb tanlarsiz, endi?

Tikuvchi har gal qayta o’lchaydi
Semirgan yoki ozgan bo’lish ehtimolimiz bor.
Fikr va amallarda ham qayta o’lchash va o’lchanishga muhtojmiz.
Telegramning yangi funksiyalarini ilovani yangilaganimizda ishlatolamiz.
Yaqinlarimizdagi yangi “funksiyalarni” ham aqlimizdagi “ilovani” doimiy yangilash bilangina ko’rish mumkin.
Dastur eng yangi versiyasi bilan baholanadi. Sizda eski versiya bo’lishi sizni muammoingiz.
U o’tmishda yashadi va o’tmishda o’ldi. Bu hozir tirik. Biz bu bilan yashaymiz.