#Teatr
🇺🇿Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Aktyorlik" drama to'garagi tashkil etilgan bo'lib, bugungi kunga qadar qator tarixiy va zamonaviy pyesalar, kichik sahna asarlari, shuningdek, pantomimo, etyud, komediya janrlarida ham asarlar sahnalashtirildi. Shu bilan birga "Zamin" studiyalarida ijod maktabi o'quvchilari va to'garak rahbarilari va alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan (kar) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan Qarshi shahridagi 17-maxsus maktab-internati o'quvchilari va ustozlari bilan hamkorlikda muntazam ravishda faoliyat olib borilmoqda.
Suratda : "Orzular og'ushida", "Zamin" ,"Zumrad va Qimmat", "Ilmdan o'zga najot yo'q" spektakllaridan fotolavhalar.

Audio
#sheriy_lahzalar
Shodmon momo xotirasiga bag‘ishlanadi...
🎧 🎼 🎧 🎼 🎧 🎼 🎧 🎼 🎧
📝 SHodmon momo xotirasiga
✍ Nilufar UMAROVA
🎙 AFIFA
👉 @mangu_sadolar
Shodmon momo xotirasiga bag‘ishlanadi...
🎧 🎼 🎧 🎼 🎧 🎼 🎧 🎼 🎧
📝 SHodmon momo xotirasiga
✍ Nilufar UMAROVA
🎙 AFIFA
👉 @mangu_sadolar
#Xotira
ABDULLA ORIPOV
***
Qaydadir samoda o'qilar bayot,
Qulog'im tutaman sirli ovozga.
Ko'rdim, o'n yil oldin o'tib ketgan zot
Keldi Tillashayxga — juma namozga.
Ayni kuz, bog'larning pishgan mevasi,
Chumoli safiga tashlayman razm.
Olma turshagining bordir egasi,
Qarri ajinalar qilurlar bazm.
Porlab ko'rinadi Qutbda yulduz,
Osmon ham qoramtir — rangi aslidir.
Sariq chakmon kiygan Xizr kabi kuz,
Chindan u donishmand ruhlar faslidir.
Afsus, bahorlarim o'tdilar ketib,
Terga botganicha qoldi saraton.
Buyuk tomoshaning so'nggini kutib,
Fasllar oralab kezdim sargardon.
Nimani izladim kunduzdir, tundir,
Barcha ko'rganlarim nahotki abas.
Shamolni g'orlarga qamash mumkindir,
Qayta olinmagay “puf” degan nafas.
Ibtido bor ekan bordir intiho,
Chigal hislaringga kuz bergay barham.
Balki o'n yil o'tar, yuz yildir, ammo
Juma namoziga kelurman men ham.
AQSh. Xyuston. 02.09.2015
ABDULLA ORIPOV
***
Qaydadir samoda o'qilar bayot,
Qulog'im tutaman sirli ovozga.
Ko'rdim, o'n yil oldin o'tib ketgan zot
Keldi Tillashayxga — juma namozga.
Ayni kuz, bog'larning pishgan mevasi,
Chumoli safiga tashlayman razm.
Olma turshagining bordir egasi,
Qarri ajinalar qilurlar bazm.
Porlab ko'rinadi Qutbda yulduz,
Osmon ham qoramtir — rangi aslidir.
Sariq chakmon kiygan Xizr kabi kuz,
Chindan u donishmand ruhlar faslidir.
Afsus, bahorlarim o'tdilar ketib,
Terga botganicha qoldi saraton.
Buyuk tomoshaning so'nggini kutib,
Fasllar oralab kezdim sargardon.
Nimani izladim kunduzdir, tundir,
Barcha ko'rganlarim nahotki abas.
Shamolni g'orlarga qamash mumkindir,
Qayta olinmagay “puf” degan nafas.
Ibtido bor ekan bordir intiho,
Chigal hislaringga kuz bergay barham.
Balki o'n yil o'tar, yuz yildir, ammo
Juma namoziga kelurman men ham.
AQSh. Xyuston. 02.09.2015
YOʻQ, HALI OʻLMAGAN ABDULLA ORIP
(5-noyabr - O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov vafot etgan kun)
Nogahon koʻrindi chaqnoq bir yulduz,
Nur sochib porladi, tilga tushdi tez,
Paydo boʻlgandida bir “MITTI YULDUZ”
Yorugʻ yulduz edi Abdulla Orip.
Kunlarning birida chaqnadi chaqin,
Koʻkdan yulduz koʻchdi juda ham yorqin,
Koʻk, zamin goʻyoki bir qalqib ketdi,
Olamdan oʻtgandi Abdulla Orip.
Xira tortib qoldi yulduzsiz osmon,
Azador boʻlgandi shoirsiz zamin,
Boʻzladi oʻzbegim, boʻzladi qardosh,
Axir oʻtgan edi Abdulla Orip.
Koʻchdi deb boʻlmas yorqin yulduzni,
Oʻldi deb boʻlmas joʻshqin shoirni,
Hali koʻp yoʻqlaydi “YILLAR ARMONI”.
Yoʻq,hali oʻlmagan Abdulla Orip.
“JANNATGA YOʻL” doim izladi shoir,
Topgandir ehtimol avvali oxir,
MALOMAT TOSHLARI “ otildi qancha,
Hammasin koʻtardi Abdulla Orip.
”ISHONCH KOʻPRIKLARI “ dardiga darmon,
Tugʻilgan maʼvosi hur ”OʻZBEKISTON“
”NAHOT QALʼASI" dir suygani xalqi,
Yoʻq hali oʻlmagan Abdulla Orip.
Har tongda uygʻotsa yurt madhiyasi,
Hech qachon qulamas metin qoyasi,
Qalbidan joy olgan tanti xalqining,
Hech qachon oʻlmaydi Abdulla Orip.
Nur Muhammad Hasan

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasi O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri, davlat madhiyasi muallifi xotirasini yod etdlar. Shaharning qoq markazida joylashgan Abdulla Oripov haykali poyiga gulchambar qo'yib, ehtirom ko'rsatildi.
O'zimni moziyning bag'riga urdim,
Va shu on shukrona aytib qaytdim men.
Kimdir ko'rmay ketgan baxtni men ko'rdim,
Kimdir aytmay ketgan so'zni aytdim men.
Meni kutayotir ajib kelajak,
U mening iqbolim, mening baxtimdir.
Men ko'rmagan baxtni kimdir ko'rajak,
Men aytmagan so'zni aytajak kimdir.
Abdulla Oripov
1967

#Kun_hikmati
🕯Ruh - shamchiroqqa, bilim ana shu shamchiroqdan taralayotgan yog‘duga o‘xshaydi. Shamchiroq yonishdan to‘xtamas ekan - sen tiriksan.
Abu Ali ibn Sino
🕯Ruh - shamchiroqqa, bilim ana shu shamchiroqdan taralayotgan yog‘duga o‘xshaydi. Shamchiroq yonishdan to‘xtamas ekan - sen tiriksan.
Abu Ali ibn Sino
#Onlayn_seminar
✅Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ona tili, adabiyot, ingliz tili, tarix, matematika fani o'qituvchilari online seminarda ishtirok etishmoqda.
✅Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan " Natijaga asoslangan yondashuv: tahlil va tavsiyalar" mavzusida tashkil etilgan ushbu seminar 5-9- noyabr kunlari belgilangan grafik asosida bo'lib o'tmoqda.
🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram

Forwarded from I.Yusupov atındaǵı dóretiwshilik mektebi 🏢
#Марокли_таътил
❇️ Ta'til o'quvchi va o'qituvchilar uchun ham hordiq, ham o'z ustida ishlash, izlanish, bilimlarni takrorlash va mustahkamlash uchun yaratilgan imkoniyatlardandir.
✅11-noyabr -"Kasaba uyushmalari kuni" munosabati bilan viloyat kasaba uyushmasi tomonidan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi hamda Qarshi Prezident maktabi o'qituvchilari va texnik xodimlari o'rtasida "Zakovat "intellektual o'yini hamda sport musobaqalari o'tkazildi.
❇️Tadbirni O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari Kasaba uyushmasi Respublika kengashining yurist-konsultanti Muhammedaliyeva Dilbar Abdurahmonovna ochib berdi hamda ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. Tadbirda O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari Kasaba uyushmasi Qarshi shahar bo'linmasi kengashi raisi Sherzod Yo'ldoshev ishtirok etdi.
✅Har ikkala maktab xotin-qizlari o'rtasida voleybol, erkaklar o'rtasida futbol hamda jamoalar pedagog xodimlari o'rtasida o'tkazilgan "Zakovat " intellektual o'yini tadbir ishtirokchilariga katta taassurot qoldirdi.
🏆Musobaqa ishtirokchilari O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari Kasaba uyushmasi Qarshi shahar bo'linmasi kengashining estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.