Abdulla Butaev | Qaydlar
82 subscribers
1 video
6 links
Bank, fintex , sun'iy intellekt va startaplar haqida yozaman.

Hisob va Fintech Factory qurayapman.

Aloqa : @abdulla_butaev
Download Telegram
Channel photo updated
Assalomu alaykum,

Oxirgi o‘n yilda bank, fintex va bizneslar uchun raqamli yechimlar yaratish bilan shug‘ullanib kelaman.

Turli yillarda Hamkorbankda front ofis menejeri, Agrobankda biznes va tizim tahlilchisi sifatida ishladim. Keyin Smartbank (Openbank) va BRB Tech’da IT, mahsulot va transformatsiya bilan bog‘liq yirik loyihalarda qatnashdim.

ABT, CRM, mobil ilovalar, skoring tizimlari va boshqa o‘nlab raqamli mahsulotlar va tizimlarni ishlab chiqish jarayonlarida ishladim.

Ayni paytda Hisob fintex loyihasi va Fintech Factory edtech/studio yo‘nalishlari ustida ishlayapman.

Bu yerda asosan bank, fintech, produkt menejment, startup va SI haqida yozib boraman. Ko‘proq amaliy fikrlar, bozor kuzatuvlari, real keyslar va startup qurilish jarayonidan xulosalar bo‘ladi.

Agar sizga bank, fintex, SI va mahsulot yaratish mavzulari qiziq bo‘lsa, obuna bo'ling, kuzatib boring.

Instagram | LinkedIn | Telegram
2🔥2
Oson Markaziy Osiyo Revoluti bo’la oladimi?

Farhod Mahmudov asos solgan Oson fintex xoldingi Birlashgan Arab Amirliklarida moliyaviy xizmatlar ko’rsatish uchun litsenziya oldi. DFSA tomonidan berilgan Authorised Firm statusi/litsenziyasi bilan Oson hisob raqamlar ochish va moliyaviy xizmatlar ko’rsatishi mumkin.

Bu BAA Markaziy banki litsenziyasi bo’lmasada, Osonn uchun MENA bozoriga kirishda uchun juda muhim bosqich. Litsenziya berilgani xolding o’z faoliyatida komplayns va AML ( pul yuvishga qarshi kurash) tizimilarini joriy qilib, regulyator talablarini bajargani va mahalliy banklar bilan hamkorlik qilishni boshlaganini bildiradi.

Ayni paytda Oson O’zbekistondan tashqari Qozoqiston, Qirgiziston va Tojikistonda ishlamoqda, foydalanuvchilar soni 3 milliondan ortiq . To’g’ri, har birida ham litsenziyalanmagan bo’lishi mumkin, lekin xolding allaqachon mahalliy ofislar ochib, ish boshlab yuborgan. MENA ga kengayish boshlandi. Keyingisi AQSH bo’lsa kerak.

Dunyoning xalqaro moliya markazlaridan biri DIFC/DFSA nazorati ostida ishlash bu ishonch, kuchli komplains, xalqaro investorlar ishonchi va regional kirish imkoni degani.

Odatda O’zbekistonlik fintexlar ko’pincha ichki bozor bilan cheklanib qolgan, Oson misoli esa bozorga zo’r signal berayapti: “mahalliy fintexlar ham tashqariga chiqishi mumkin” va “regulyatsiyalangan bozorlar bilan ishlashi mumkin”.

Bu Oson haqidagi yangilikdan kattaroq. Oson’ning DIFC kirishi — bu bir kompaniya yutug‘i emas, balki O‘zbekiston fintexlarini eksport qilinishi mumkinligining signali. Prezidentning 2025-yil dekabrdagi murojaatida ham har yili har yili 15–20 fintech startupni tashqi bozorga olib chiqish topshirig’i qo’yilgan edi. Birinchi muvaffaqiyatli keysi o’zbek fintexlarini eksport qilish tezisiga amaliy isbot bo’ldi.

Oson endi O’zbekiston va Markaziy Osiyoda ishlaydigan regional fintexdan global kompaniyaga aylanmoqda. Bugun xoldingning 2-3 yildagi kengayishi va rivojlanishini kuzatib, menda Oson Markaziy Osiyo Revoluti bo’la oladimi degan savol paydo bo’ldi. Revolutga taqqoslashga nima asoslar ko'rayapman — kross -chegaraviy hamyon, bir necha regionlar, litsenziyalangan kengayish va asosiysi diaspora( Markaziy Osiyolik migrantlar) hamda pul o‘tkazmalari bozori.

2025-yilda O‘zbekistonga kirgan pul o‘tkazmalari hajmi 18.9 milliard dollarga yetdi. Bu juda katta bozor. Qirg‘izistonga 2025-yilda taxminan 3.49 milliard dollar kirgan, Tojikistonda esa pul o‘tkazmalari 2024-yilda YAIMning 49 foiziga teng bo‘lgan.

Oson hozir qayerda ?

Regional qarasak, Markaziy Osiyoning deyarli hamma davlatlarida mavjud. MENA ga kirish boshlandi. Mahsulotlar taklifida O’zbekiston va Qozoqiston milliya valyutalarida hamyonlar , karta orqali o’tkazmalar ,xalqaro va mahalliy to’lovlar bor.

Oson hozircha Revolut emas. Revolut kabi global fintex bo‘lish uchun faqat ilovani o’zi yetarli emas. Buning uchun multi litsenziyalar, investitsiyalar, risk menejment, kuchli distributsiya,katta produkt lineykasi va ko‘p bozorlarda ishlaydigan operatsion model kerak.

Oson hali shu yo‘lning o‘rtasida. Lekin, endi bitta narsani bemalol aytish mumkin: bu taqqoslash bejiz emas. Agar bu yo‘l to‘g‘ri davom etsa, Oson O‘zbekistondan chiqqan birinchi haqiqiy fintex gigantlardan biriga aylanishi mumkin.

Eng katta xulosa Osoning o’zidan ham katta : O’zbek fintexlari endi faqat ichki bozorga ishlaydigan bo’lib qolmaydi. Oson o’zining regional ishlashi, produkt lineykasi, MENA kirishi bilan fintex eksportini boshlab berdi.

Oson’dan keyin yana qaysi mahalliy fintex tashqi bozorga chiqishi mumkin deb o’ylaysiz?
🔥4
O‘zbekiston bank tizimida yangi bosqich boshlandi

O‘zbekistonda islomiy bank faoliyati uchun nihoyat huquqiy asos paydo bo‘ldi. 2026-yil 27-mart kuni qabul qilingan O‘RQ–1126-sonli qonun bilan tegishli kodeks va qonunlarga o‘zgartirish kiritildi. Shu orqali islomiy bank faoliyatiga oid asosiy tushunchalar qonunchilikka kiritildi va bu yo‘nalishdagi huquqiy bo‘shliq yopilyapti.

Bu banklar, mijozlar va investorlar tomonidan uzoq kutilgandi. Islomiy bank endi g‘oyadan real bank modeli sifatida shakllanishni boshlayapti.

Nimalar o‘zgaryapti?

Banklar alohida litsenziya asosida islomiy bank xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi. Bunda banklar huzurida maxsus kengash faoliyat yuritishi talab qilinadi. Soliqqa tortish masalasida ham muhim o‘zgarishlar bor — ayniqsa QQS bilan bog‘liq uzoq kutilgan masala yechildi.

Bu nimani anglatadi?

Birinchidan, banklar uchun yangi mahsulotlar va yangi operatsion model paydo bo‘lyapti.
Ikkinchidan, investitsiyalar va depozitlar oqimi uchun yangi kanal ochilmoqda.
Uchinchidan, bu shu paytgacha qadriyatlari sabab bank bilan faol ishlamagan auditoriyani tizimga yaqinlashtirishi mumkin.

Shu yilning o‘zidayoq kamida 1 ta “islomiy darcha”, 2026–2030 yillarda esa 2 ta to‘liq islomiy bank ishga tushishi aytilmoqda.

Lekin qonun qabul qilingani - bu yo‘lning faqat boshlanishi.

Oxirgi 3-4 oy ichida bir nechta davlat va xususiy banklar bilan uchrashuvlarim asosida ayta olamanki, banklar hali islomiy moliya xizmatlarini ishga tushirishga tayyor emas.

Asosiy muammolardan biri - ABT tizimlari. Bugungi aksariyat ABTlar an’anaviy bank xizmatlari uchun qurilgan. Ular orqali yangi turdagi islomiy bank xizmatlarini hozircha to‘liq ko‘rsatish imkoni yo‘q. Shu sabab ko‘plab banklar yangi ABT yoki mos yechimlar qidirmoqda.

Hozirgi tizim bo‘ladimi yoki yangi ABT bo‘ladimi, uni moslashtirish, yangi mahsulotlarni sozlash va ishga tushirishga kamida 3–4 oy vaqt ketadi.

Ikkinchi katta masala — kadrlar tayyorgarligi. Hozir bosh banklarda ayrim rahbar xodimlar yangi yo‘nalish bo‘yicha bilimini oshirmoqda. Endi buni filiallargacha tushirish,xodimlarni islomiy bank xizmatlarini to‘g‘ri tushunish va ko‘rsatishga tayyorlash kerak.

Ya’ni bugungi real vaziyat shuni ko‘rsatmoqda :qonuniy asos yaratildi, lekin endi navbat tizim, mahsulot, dasturiy ta’minot va xodimlarga keldi.

Yaxshi tomoni shundaki, dasturiy ta’minot masalasi ham, xodimlarni tayyorlash masalasi ham yechiladigan masalalar. Qonun uch oydan keyin, 2026-yil 29-iyundan kuchga kiradi, ungacha ulgurish mumkin.

Qaysi bank birinchi bo‘lib, islomiy bank xizmatlarini taklif qilishni boshlarkan ?

https://t.me/abdullabutaev
🔥8👍75
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Matritsa kinosidagi Agentlar esingizdami?

1999-yilda ular raqamli dunyoda mustaqil harakat qiladigan dasturlar edi.

2026-yilda esa bu g‘oya ilmiy fantastikadan real texnologiyaga aylanmoqda.

Bugun oddiy chatlardan, har xil instrumentlar(tullar) ishlata oladigan, qaror qabul qiladigan va ko‘p bosqichli vazifalarni bajaradigan SI agentlar davriga o‘tyapmiz.

Hozirgi SI qo'yilgan topshiriqlar asosida maqsadlarga erishish uchun mustaqil harakat qilmoqda.

Dasturlashda bu allaqachon ommalashib ulgurdi. Qolgan sohalarga ham juda tez kirib kelmoqda.

Siz ham SI agentlarini ishlatishni boshladizmi?

https://t.me/abdullabutaev
1
⚡️O‘zbekistonda 17 ta bank islomiy bank litsenziyasiga harakat boshlagani aytilmoqda

O‘zbekistondagi 34 ta bankdan 17 tasi islomiy moliya litsenziyasi olish jarayoniga kirishgan. Bankxabar kanali yozishicha, Agrobank, Anor bank, Asakabank, Asia Alliance Bank, Aloqabank, BRB, Infinbank, Ipak Yo‘li banki, Kapitalbank, MKBank, Open bank, Orient Finans bank, Universal bank, O‘zsanoatqurilishbank, Hamkorbank, Hayot bank va Xalq banki. Shuningdek, Tayanch mikromoliya banki ham bu jarayonda ishtirok etmoqda.

https://t.me/abdullabutaev
👍85🔥2
2,2 million odam nega o‘z nomiga kredit rasmiylashtirilishini taqiqladi?

Kredit-axborot tahliliy markazi (KATM) xabar berishicha, 1-aprel holatiga ko‘ra, “Kreditga taqiq” xizmatiga ulanganlar soni 2,2 milliondan oshgan. Bu xizmat 2025-yil iyun oyida ishga tushirilgan edi.

Eng qiziq joyi oxirgi oylar ichida xizmat juda tez ommalashgan. Xususan, 2025 yil 1 oktyabrda 149 ming nafar, 2026 yil 1 yanvar holatiga 438 ming nafarga yetgandi.

Odamlar endi kredit olishning o‘zidan ko‘ra, o‘z nomiga o‘zlari bilmagan holda kredit rasmiylashtirib qo‘yilishidan ko‘proq xavotir ola boshlagan.

Foydalanuvchilarning 58 foizi erkaklar, 42 foizi ayollar. Eng katta ulush esa 26–35 yosh toifasiga to‘g‘ri keladi.

Aynan shu qatlam iqtisodiy jihatdan faol, kredit bozoriga eng yaqin va raqamli xizmatlardan eng ko‘p foydalanadigan segment hisoblanadi.

Demak, xizmat aynan eng faol auditoriya orasida tez tarqalmoqda. Bu banklar va boshqa maoliya tashkilotlari uchun juda muhim signal.

Odamlar kreditdan voz kechayotgani yo’q.

Hozircha kredit qo‘yilmalarida sezilarli pasayish kuzatilmadi. Aksincha, bu odamlar o‘zini kredit fraudidan yoki xabarisiz kredit rasmiylashtirilishi xavfidan himoya qilayotganini ko‘rsatadi.

Asosiy motivatsiya - “kredit olmayman” emas, balki “meni xabarimsiz kredit rasmiylashtirilmasin” degan ehtiyoj.

Bank tizimida ishonch va xavfsizlik masalasi hali ham juda muhim bo‘lib qolayotganini ko‘rsatadi.

2,2 million nafar odamlar banklar va fintexlar uchun juda aniq signal beryapti.

Bozorda endi faqat kredit mahsulotlari emas, moliyaviy xavfsizlikni ta’minlaydigan produktlar ham kerak bo‘layapti. Push va SMS monitoring xizmatlari, real-time ogohlantirishlar va mijozga o‘zini himoya qilishga yordam beradigan vositalar endi asosiy qiymatga aylanadi.

Menimcha, bu trend juda muhim bir o‘zgarishni ko‘rsatmoqda: odamlar moliyaviy tizimlarga shunchaki ishonib qo‘yishdan chiqib, endi o‘zini mustaqil himoya qilish bosqichiga o‘tyapti.

https://t.me/abdullabutaev
👍7🔥4