Abdukarim Mirzayev Ibratli hikoyalar
30 subscribers
102 photos
202 videos
2 files
243 links
Assalomu aleykum...
Xurmatli obunachilar...
Jurnalist, muallif va rejissor...
Abdukarim Mirzayevning...
Ijodidagi yangi Hikoyalar va voqealar
Ibratli gaplar barchasi bizda
Download Telegram
Ich -ichimdan to‘kilyapman... sezyapsanmi?
Yo Rab siniq qalbim uzra kezyapsanmi?
Sinovingga otib qo‘yib jajji jonni,
Menga qaytsin debon ming bor ezyapsanmi?

Gar bu dardlar qaytarsalar meni Senga,
Men roziman Yo Rab dardni bergin menga...
Olloh qalbimizda
Onalar bizdan avval yigʻlashadi 🤭😊🙈
. IMON

Bir tomchi savobsiz, bir ummon gunoh,
Barpo qildik chog'i, so'ngi yo'l tomon.
Nahot unutilib bornoqda Alloh,
Tanam zir titraydi so'ralsa imon...

Shu soxta dunyoni sevamiz rosti,
Qanchalar beg'ammiz o'lishlik yo'qday.
Ichimizni shayton, qabohat bosdi,
Yomonlik sanchilgan yurakka o'qday!!!

Qog'ozning ishqida yonib boryabmiz,
Sevgimiz ka'bamas, rohat, kayf-safo.
Pok duo, tilakni loyga qoryabmiz,
Ota-onaga ham qilinmas vafo!!!

Shunchaki aytmaylik: "Alloh dildadir"
Har bir farzin qilmoq ilk vazifamiz.
Boringgizcha suyar bo'lgani qabr
Odil dunyo sari, albat ketamiz...

Olloh qalbimizda
🔴 ҚИММАТГА ТУШГАН ҒАЗАБ

Аёли ранжитган эр уйдан чиқаркан, биргина табассум (ўпич) орадаги ғазабни кетказиши мумкин эди...
Лекин, аёл ғурурга берилди. «Қайтиб келсалар, ўзгача кутиб оламан» деди. Эри чиқиб кетди! Қайтиб келмади.

Бир кишининг онаси ундан ғазабланган ҳолда вафот этди! У доим, эртага онамнинг кўнгилларини оламан, дерди. Имкон бор эди, улгурмади. Бу дунёдан ўлгунича надомат қилиб ўтди.

Эр аёлини қаттиқ хафа қилиб ҳасрат, алам ва зулм ичра қолдириб чиқиб кетди. Лекин, виждони бу иши нотўғрилигига ишора қилди. Қизил атиргулдан гулдастани кўтариб қайтиб келди. Аёлини жонсиз ётганини кўрди.

Оқ бўлган йигит уй эшигини қаттиқ ёпиб чиқиб кетди. Ортидан онаси кўзида ёши, отаси қалб хуружи билан қолди. У дўстлари билан кўришишга ошиқди. Бу истак унинг ота - онасининг оёқлари остига тиз чўкиб кечирим сўраши ўрнига тезроқ чиқиб кетишга ундади. «Қайтиб келсам, уларни рози қиламан» деди. Қайтиб келди... аммо... «Аллоҳ сабр берсин! Ота - онангиздан айрилдингиз» деб қўнғироқ қилингандан сўнг қайтиб келди...

Мен... сиз... ҳар бир банда ўз кўксида бошқа инсонларнинг ҳам қалбини кўтариб юрамиз.. ғазаблансак... узрни кечиктирмайлик... эртага, йўқ... озгинадан кейин кеч бўлиши ҳеч гап эмас.
Оллох калбимизда
Zaharli ishq

Zulmat bòlgan yuragim uchun
Quyosh misol kirib kelgansan
Sevging kòrsatsin kuchin
Axir axd qilgansan, va'da bergansan

32-Qism

Nilufar Dianni quchoqlab turar ekan. Ichida esa "ana endi Laylo xonimga navbat" derdi.

Nilufar kechroqqa Samir va Samirani kiyintirdi. Dian ularni Nilufarning òzini uyiga tashlab qòyadigan bòldi.

Mana uyga ham yetib kelishdi. Dian Nilufarga qaradi. Nilufar Dianga. Bolalar esa orqa òrindiqda edi.

-Ertaga seni shu restoranda kutaman
-Nima
-Seni kutaman deyabman
-Yaxshi

Nilufar endi mashinadan tushayotgan payti, Dian gapirib qoldi.

-Seni sevaman
-Men ham dedida Nilufar Samir va Samirani olib mashinadan tushdi va uyga kirib ketdi. Nilufar sekin darvozani yoparkan, baxtdan sarmast edi. Hozir bu baxti tush bòlib qolmasligini xudodan tilardi.



Ertasi kuni


Laylo yangi olgan hali endi ishlaganiga bir oy bòlgan xizmatchisi Sevara borgan sari Azamat bilan yaqin munosabatda bòlib qoldi. Hatto kòp marta birga restoranlarga ham borib kelishdi. Bugun ham ishga Sevarani òzi kuzatib qòydi. Laylo esa bulardan bexabar. U unchalik eriga e'tibor ham qaratgani yòq. Chunki u eri faqat meni sevadi deb òylaydi.

Sevara Azamatni ishga jònatgach, telefoni oldi-da Nilufarni raqamini terdi.

-Alo
-Alo Nilufar opa
-xòsh nima gaplar
-Juda ajoyib yangiligim bor szga bir oy telefon qilmaganimni sababi shunchaki halicha xabar bermay degandim
-Qanday yangiliklar
-Azamat tuzoģimda ikki kundan keyin uni toģdagi uyiga boramiz
-Juda yaxshi
-Agar hujjatlarni bersiyiz òsha joyni òzida qòl qòydirib ishni bitiraman
-Yaxshi jonginam rahmat senga Sevarim
-Arzimaydi

Nilufar telefonni qòydi-yu, kulib qòydi.
https://t.me/Abdukarim_Mirzayev_hikoyalari1
Keyin Samir va Samirani enagaga tashladi. Òzi esa Dian bilan bòladigan uchrashuvga tayyorlana boshladi. Nima kiyishga rosa òylandi. Nima kiysa ekan?! Avval qizil kòylak va unga moslab baland poshnali tufli kiyib kòrdi. Yòq kòngliga òtirmadi shekilli boshqasini oldi. Bu safar harir oq matodan tikilgan kòylak ham Nilufarning chiroyiga yanada chiroy qòshar edi-yu, ammo bu ham yoqmadi. Oxiri qora, chet tarafi toshlar bilan nafis bezatilgan kòylakni kiydi va kòzguga qaradi. Kòrinishidan endi kòngli tòldi shekilli chuqur nafas olib tashqariga chiqdi.

Òsha restoran. Òsha kun. Nilufar esladi. 6 yil oldin ham aynan shu kuni, aynan shu restoranda unga sevgi izhor qilgan edi.

Restoranga kirishi bilanoq ustidan zarlar sochildi. Dian bu safar shaxdam qadamlar bilan Nilufarning yoniga keldi-da, qòliga darrov uzuk taqdi va,Nilufarga qaradi.

-Menga turmushga chiqasanmi deb sòradim menimcha javobing ma'lum shunday emasmi
-Ha albatta xuddi shunday


Davomi bor.............
Zaharli ishq


Zulmat bòlgan yuragim uchun
Quyosh misol kirib kelgansan
Sevging kòrsatsin kuchin
Axir axd qilgansan, va'da bergansan

33-Qism


Ikki kundan sòng

Sevara Nilufar aytganidek Azamatni kvartirada kutardi. Va nihoyat Azamat keldi. U Azamatni ichkariga taklif qildi. Ikkisi dasturxonga òtirishdi. Sevara Azamatni rosa ichirib, mast qildi-da, Nilufar bergan hujjatlarga qòl qòydirtirdi. Shu paytni òzida eshik taqilladi. Sevara borib, eshikni ochdi. Qarshisida Laylo turardi. Laylo bilan Nilufar ham birga edi. Laylo hech kimga qaramasdan ichkariga kirib, qotib qoldi. Azamatni kòrib, kòzidan yoshlar oqib tushdi. Ichida esa òylay boshladi.

" Qachonlardir yomon ish qilganmisiz? Yòqmi? Lekin men qilganman juda yomon ish qilganman. Qachonlardir òz dugonamni orqasidan pichoq urgandim. Hiyonat qilgandim. Boylik pul kòzlarimni kòr qilgan edi. Mana qaytar dunyo deb shuni aytishar ekanda. Òz erim menga hiyonat qildi. Axir shu insonni deb men voz kechmaganmidim dugonamdan. Qaytar dunyo........Qaytib kelishi yomon ekan...........

Laylo Azamatni oldiga yaqinroq borib, quloģiga shivirladi.

"Hasad, boylik kòzlarimni kòr qildi. Ishongan odamlarim esa menga vafo qilmadi. Hozir kimman bilasizmi òzim ham bilmayman. Aybdormi?! Yoki jabrlanuvchi?! Ishoning sizni ham shunday qismat kutadi"

Laylo holsizgina òrnidan turdi. Uydan chiqib ketayotganida, Nilufarga qaradi-yu,

"Kechir, kechira olsang"

Shunday dedi-yu, chiqib ketdi. Laylo uydan chiqib ketgan zahoti ortidan politsiyachilar keldi.

Azamat hushiga kelganida qamoqxonada edi. Unga Jasurni òldirganlikda ayblashardi. Advokat yollamoqchi edi. Ammo nima qilib qòyganini eshitib, boshini qaysi devorga urishini bilmay qoldi.

-Azamat Saidov sizni kòrgani kelishibdi

Azamat meni kim ham kòrgani keladi deb chiqqan edi, Nilufarni kòrdi.

-Xòsh kòngling joyiga tushdimi Nilufar xonim
-Juda kònglim joyiga tushdi ha aytganchim senga rahmat aytmoqchiman hamma mol mulkingni Dianni nomiga òtkazganliging uchun
-Arzimaydi bu dunyoni bekorga "Qaytar dunyo" deyishmas ekanda mayli soģ bòl aytganchim òģlimdan xabar olib tur
-Bu iltimosingni jon deb bajarardimu lekin Laylo bu yerlardan bosh olib ketgan daragini topolmadim
-Qanchalik noshudmana? Na bir uyim bor? Na rafiqam yonimda, hattoki òz pushti kamarimdan bòlgan òģlimni kòra olmayman

Nilufar unga achinganday qaradi-yu, qamoqxonani tark etdi.


********
Tòy shunchalik ajoyib òtyabdiki, ta'riflashga til ojiz. Hamma xursand. Ayniqsa kelin-kuyov bir biriga juda yarashgan edi.

Dian Nilufarning qòlini ushladi.
-Va nihoyat birgamiz
Nilufar Dianga kulib qaradi
-Ha birgamiz dedi.

Shu payt ularning yoniga "Dadajon" deb Samir va Samira yugurib keldi.
Nilufar Samirni, Dian Samirani yoniga òtqizdi. Ularning baxtliligini quvonchdan porlab turgan kòzlaridan bilsa bòlardi.

SHU BILAN HIKOYAMIZ TAMOM!!!
Hurmat bilan Admin

Xotima òrnida shuni aytib òtmoqchimanki, hech qachon hasad bilan boylik payida yashamang. Chunki bular sizga haqiqiy baxtni olib kelmaydi. Havas bilan yashang.
Birovga yomonlik qilishdan oldin òylang bu dunyoning "Qaytar dunyo" ligini. Hiyonat qilib baxtga erishishmadi. Shu bilan birga aytib òtmoqchimanki, Nilufar ham qaysi ma'noda taqdir tomonidan jazolandi. Payti kelganida u ham kimnidir pulini yoinki boshqa narsalarini òģirlab qaqshatgan. Hayotning òzi bizga dars berib qòyadi. Bu hayotning darsini mazmunini chaqqanimizda kech bòlishidan Alloh saqlasin.

Hikoyamda kamchiliklar va xatolar bòlishi mumkun emas aniq. Chunki men yozuvchimasman. Shunchaki havaskorman shu xolos. Qimmatli vaqtingizni va e'tiboringizni ayamay òqiganingiz uchun rahmat aytaman. Xulosa endi sizlardan😊❤️
Bu dunyoda qaygurishimizga arzirli bir sabab bor xolos u ham bilib va bilmay qilgan gunohlarimiz qaygʻusi...

#gunoh

🕊🕊🕊🕊
https://t.me/Abdukarim_Mirzayev_hikoyalari1
Tilingdan oldin qalbingni tarbiya qil. Chunki so‘z qalbdan kelib, tildan chiqadi.

Jaloliddin Rumiy

🕊🕊🕊🕊
https://t.me/Abdukarim_Mirzayev_hikoyalari1
Menga kulishni o'rgating.Yig'lashni hayotni o'zi o'rgatib bo'ldi...
https://t.me/Abdukarim_Mirzayev_hikoyalari1
Molik ibn Dinor so'radi:
Qalb qachon o'ladi?

Hasan al Basriy javob berdi:
Bu dunyoga oshiq bo'lganda.
https://t.me/Abdukarim_Mirzayev_hikoyalari1
🌿 Siz yig‘latib ketgan ko‘zlarni vaqti kelib kimdir quvonchga to‘ldirishi...

🌿 Siz siltab ketgan qo‘llar kimnidir mehr bilan quchishi...

🌿 Siz tepkilagan yurakka esa kimdir bir umrga joylashishi...

🌿 Sizga mehr bilan talpingan qalbda esa sizga nisbatan nafrat uyg‘onishi mumkin....

🌿 Shunday ekan kechishdan oldin qadrlang, uningday mehribonni topa olarmikinsiz....

🌿 Alvido deyishdan oldin o‘ylang, vaqti kelib sog‘inmasmikinsiz ....

🌿 Qadrini bilib qaytsangiz-u u sizga endi muxtoj boʻlmasachi..

🌿 Sizsiz xam baxtli ekanini koʻrib afsus qilmasmikinsiz...

Axir bu qaytar dunyoku....

Olloh qalbimizda
Bu Rasimdan Mushukni Topish керак
✒️ Отаси қўй гўштидан тайёрланган кабобни жуда яхши кўрарди. Буни билган ўғли отасини ошхонага олиб бориб таомлантирибди. Турли ноз-неъматлар билан сийлабди.
Аввалига отаси кабобини ўзи ейишга ҳарчан ҳаракат қилмасин, кексачилик туфайли бироз қийналибди. Ҳар сафар таомни оғзига олиб борганида, қўллари титраб овқат соқолию атрофига теккизиб олар, нон увоқлари тўкилиб кетарди. Ошхонада ўтирганларнинг назари уларга тушганда ижирғаниб қараётганларига ўғил эътибор ҳам бермасди. Пастназар қарашлар, масхаромуз жилмайишлар ва кайфияти бузилган чеҳралар...
Ўғил эса сабр билан отасига таомини едирар, чиройли сўзлар айтиб мамнун этар эди.. Ниҳоят таомланиб ҳам бўлишгач ўғил отасини оҳиста сув олдига етаклади, оғиз-қўлларини, ёғ томган соқолини ювди, кўзойнагини артиб тақиб қўйди. Кейин эса отасини қўлтиқлаб чиқиш томон юрди. Норози назарларга қарамай ўғил ўзида йўқ ҳурсанд эди. Чунки отасининг кўнглини топгандай эдида. Айниқса, қўлини очиб узоқ дуо қилгани ҳамма нарсадан олий мукофот эди.
Овқат пулини тўлаб чиқиб кетаётган ўғил ортидан бир кишининг овози эшитилди:
-Хой ўғлим, бу ерда бир нарсани унутиб қолдирдинг!
Яна назарлар улар тарафга бурилди.
Бир оз ўйга толган йигит:
-Узр, ҳеч нарса қолдирмадим амаки, деб жавоб берди.
- Болам сен бу ерда жуда қимматбаҳо нарса қолдирдинг !
Шошиб қолган йигит :
- Нима қолдирибман амаки ?
-Сен бу ерда ҳар бир фарзанд учун дарс, ҳар бир ота учун умид қолдириб кетаяпсан.
Бир муддат ошхонани сукунат қоплади, ҳамма қилган ишидан, фикрларидан уялган бўлса неажаб. Бир пайтлар оталаридан нажот топганларини, фарзандлари учун жонфидоликларини шу он ёдларига келганига шубҳа қилинмаса ҳам бўлади.
-Ота менга шуни олиб беринг...
-Ота мен шуни хоҳлайман...
-Ота мен фалон жойда ўқишни хоҳлайман...
-Ота пулим тугади...
-Ота ўртоқларим билан фалон жойга айлангани бормоқчимиз...
ОТА...
ОТА...
Аммо бирор марта айтишмаган эдики:
-Ёнимда эканлигингиз мен учун ҳар нарсадан афзалдир ОТАЖОН!
-Сиз ҳам мендан ўзингиз учун бирор нарса сўранг ОТАЖОНИМ!..
BERKINMACHОQ....


Bir kuni barcha xis tuyg'ular berkinmachoq o'ynashibdi.
Telbalik - men qidiraman debdi.
MEHR - quyosh ortiga,
XASAD🖤 - balchiq tagiga,
XIYONAT💔 - xazonlar orasiga,
DO'STLIK🤍 - daraxt ortiga,
ISHONCH💜 - tog'lar orasiga,
GO'ZALLIK💖 - oyning ortiga berkinibdi.
SEVGI - qayerga berkinishini bilmay turaveribdi. Sanoq tugay deganda gullar orasiga kirib olibdi.
Telbalik sevgidan boshqa hamma berkingan tuyg'ularni topibdi.
Shunda xasad kelib sevgini qayerdaligini aytbdi. Telbalik g'azablanib gullar ortiga pichoq sancha boshlabdi. Shu payt gullar orasidan ko'zlari o'yilgan, yuzlari qonga belangan sevgi chiqibdi.❤️‍🔥❤️‍🩹 Telbalik undan kechrim so'rabdi.
Sevgi esa, - meni ko'zlarim ojiz, endi nima qilaman, debdi.
Shunda qilmishidan afsuslangan telbalik
- endi men senga yo'lboshchilik qilaman, debdi.
Shundan buyon sevgining ko'zi ko'r, telbalik esa unga yo'lboshchi ekan.
Shuning uchun ham sevib qolgan insonni bir so'z bilan "TELBA" deb ataymiz.....
📝ХАЁТИЙ ХИКОЯ

Янги келинчак қайнонаси келиб ўтирган дастурхон устидан энсасини қотириб туриб кетди.Унинг бу қилиғи эрига ғалати туюлди.
Нимага дастурхондан турдингиз, хоним?Сизга нимадир ёқмадими?деди.
Аёл:
Ойингизнинг қўллари кир экан. Иштаҳам бузилиб, кўнглим айниб кетди!
Шу сабаб турдингизми? Ҳўп, нима қилиш керак, азизам? Айтинг!

- Ойингиз ўзи овқатлансин! Биз билан бир дастурхон узра ўтирмасин! Бундан кейин уни биз билан бирга кўришни хоҳламайман!

- Хўп, хўп бўлади. Бугундан эътиборан, ойим алоҳида, ўзлари ўтирадилар. Лекин мен, сиз айнан онамнинг биз билан таомланишларидан эмас, бир уйда яшашларидан ҳам қалбингиз сиқилаётганини сезяпман. Сизга қолса, онам биз билан яшамасалар, а?

- Гапнинг очиғи шундай, мен ўз уйимда улар сабаб хотиржам яшолмайман! Эркинликка ўрганганман!

- Хабарингиз бор. Онамнинг ёлғиз фарзандиман. Улар кекса бўлиб қолдилар. Нима қилишим керак?

- Масала ҳал, қариялар уйига олиб бориш керак. Вақти - вақти билан бориб кўриб келасиз. Агар шундай қилмасангиз, ота уйимга кетаман. Олдингизга қайтиб келмайман.

- Хўп бўлади, азизам! Менга сиз бахтли бўлсангиз бўлди. Онамни қариялар уйига олиб бораман! - деб аёлига табассум қилди.

- Ҳа айтганча, кеча дадангиз менга қўнғироқ қилиб, уйларига чақирдилар - а?

- Ҳа, чунки мен илтимос қилган эдим!

- Таклифларининг сабаби нима, азизам?

- Эртага борганимизда билиб оласиз! Энди мен бориб ухлаб дам ола қолай! - деди аёл.

- Аллоҳ офият берсин! - деди эри.
Сўнг онасининг хонасига кирди. Онаси:

- Болам, хотинингга нима қилди? Овқатланмади? Бетобми?
- Ҳа, онажон, мазаси йўқ!

- Ҳа унда нега олдимга келиб ўтирибсан? Бориб доктор чақир! Дори дармон сотиб ол! У касал бўлиб, емак емай оч ухлаб колса, Аллоҳ олдида жавоб берасан! Ундан масъулсан!

- Йўқ, онажон! У қадар эмас. Бироз дам олса, ўзига келиб қолади. Хавотир олманг!

- Аллоҳ сизларни соғ - саломат қилсин, болажоним!

- Омин! Она, эртага сизни бир жойга олиб бораман! Ундан кейин ҳамма нарса ўзгаради.

- Қаерга болажоним?

- Эртага билиб оласиз! Сиз фақат у пайт менинг қилган ишимдан ғазабламанг! Уришманг!

- Ўғлим, сен ҳамма нарсани ҳикмат билан бажаришингга ишонаман!

- Аллоҳ сизни асрасин, онажон!

Эртаси куни ҳаммалари бирга аёлнинг ота уйига боришди. Куёв онасининг қўлидан тутиб мошинадан туширди.

Аёли секин келиб эрининг қулоғига пичирлади:
- Ойингизга нима бор эди? - деди.

- Хотиржам, бўлинг! Бу ердан чиқиб кейин ташлаб келаман! - деди, эри.

Келиннинг ота - онаси уларни кутиб олди. Пешин намозини ўқиб, тушлик қилмоқчи бўлишди. Келиннинг отаси куёви билан ёлғиз гаплашиб олиш мақсадида бошқа хонага таклиф қилди.

- Сиз билан муҳим масала юзасидан гаплашиб олишим керак! Қизим - ёлғиз фарзандим! Унинг бахти мен учун ҳамма нарсадан устун! У менга қўнғироқ қилиб, онангиз билан яшашни истамаётганини айтди. Тез ечим топмасангиз бўлмайди. Эркатойим сиқилишини хоҳламайман! Бўлмаса, қизим уйингизга қайтиб кетмайди! - деди.

- Демак, ўша муҳим-м-м масала, менинг онам экан - да? Ҳа, биз қизингиз билан ечим топдик! Бу ердан чиқиб, Онамни қариялар уйига олиб бориб қўяман!

- Тушунганингиз учун раҳмат! Масала ҳал, демак! - деди қайнота.

Дастурхонга таомлар тортилди. Аёлнинг барча оила аъзолари келиб ўтирди. Лекин куёвнинг онаси йўқ эди.
- Онам қанилар? - деб сўради куёв.
- Ҳа, уларми... улар бошқа хонада ўзлари овқатланадилар.
- Буни сиз уларга айтдингизми, азизам?
- Ҳа.

Куёв қайн оиласига бироз қараб турдида, улар дастурхонга қўл узатишларидан олдин:

- Ростини айтсам, мен сизлар билан овқатланишдан ҳазар қиламан! Чунки ҳаммангизни қўлларингиз ювуқсиз, кир! Сизлар бор жойдан нафас ололмайман! Кўнглим сиқилади! - деди.

Ҳаммалари даҳшатга тушишди.

Аёл шашт билан ўрнидан туриб:
- Бу нима деганингиз?- деди.

- Қалбинг ёндими? Кеча онам ҳақида ҳам шундай деганингда юрагим ёнди! -деди. Сўнг қайнотасига қараб Сиз чи, кап - катта одам! Онангдан қутил! Уни ҳайдаб сол,дегани Худодан уялмадингизми? Куни келиб, сиз ҳам мункиллаб қолсангиз,фарзандларингиз сизни кўчага улоқтиришса, нима қилган бўлардингиз?
Аллоҳ инсоф берсин, сизларга! деди.