Abdu | Blog
16 subscribers
35 photos
3 videos
2 files
68 links
𝗔𝘀𝘀𝗮𝗹𝗼𝗺𝘂 𝗮𝗹𝗲𝘆𝗸𝘂𝗺 𝗵𝗮𝗺𝗺𝗮𝗴𝗮 🙋‍♂️

Owner: @abdushakhirov
Download Telegram
400 million foydalanuvchi, 20000 ta stiker, yangilangan soʻrovnomalar va oʻquv testlari uchun 400 ming yevro! 🎉

Batafsil: Telegram'dan o‘zbek tilidagi talqin — Telegraph-maqolada.

#smm #telegram
Facebook | Instagram | Telegram
​​Instagramda "Shikoyat" bo'limi paydo bo'ldi.

Ijtimoiy tarmoqda siz qayd yozuvlariga yuborgan shikoyatlaringiz ro'yxati va ijtimoiy tarmoq qoidalarini buzgan, masalan spam uchun bo'lim ko'rsatiladi.

Bo'limda shikoyat kimga, qachon va nima uchun berilganligi, shuningdek shikoyat holati to'g'risidagi ma'lumotlar bo'lgan so'rovlar ro'yxati ko'rsatilgan. Siz har bir shikoyatni bosishingiz va ijtimoiy tarmoqning qo'llab-quvvatlashi buzilishlarni aniqlagan va hisobni o'chirib tashlaganligini tekshirish natijasini ko'rishingiz mumkin.

Ushbu bo'limni qayerdan topish mumkin?

«Настройки Instagram» → «Справка» → «Запросы на поддержку».

#smm #instagram
Facebook | Instagram | Telegram
Assalomu aleykum hammaga🙋‍♂

Bu kanalni Blog qilib ochilgan bolsa, ham asosan SMM bo'yicha yurg'iziladi.

SMM ni - https://t.me/abdublog/34 👈 o'rganiahni shu yerdan boshlang😊

#smm #telegram #instagram #facbook #tiktok #twitter #livehack. bu teglar esa, SMM ning teglari. Shu teglar orqali o'zingizga ma'lumotlar qidiring.

SMM zamonaviy kasblardan biri bo'lgani uchun ko'pchilikning qulog'iga boshqacha bo'lip eshtilmoqda. Lekin hudoholasa 1-2 yildan keyin bu kasb ham ancha rivojlanadi 😊

Kanalga dostlaringizniyam taklif qiling! 👇

@abdublog
Abdu | Blog pinned «Assalomu aleykum hammaga🙋‍♂ Bu kanalni Blog qilib ochilgan bolsa, ham asosan SMM bo'yicha yurg'iziladi. SMM ni - https://t.me/abdublog/34 👈 o'rganiahni shu yerdan boshlang😊 #smm #telegram #instagram #facbook #tiktok #twitter #livehack. bu teglar esa, SMM…»
Forwarded from Raqamli marketing
​​Siz Telegramdagi Proxy degan yozuvlar nima ekanligini bilasizmi o'zi? 🧐

👨🏼‍💻Odatiy kompyuter foydalanuvchisi proxyga-ulanishning nima ekanligini va nima uchun unga kerakligini bilmasligi mumkin. Haqiqatan ham, WWW manbalariga toʻgʻridan-toʻgʻri mijoz-server tizimidan foydalanish mumkin emas. Buning uchun proxy-qidiruv vositasi kerak.

🌐 Proxy-server siz va internet oʻrtasida shlyuz (boshqa biron bir tarmoqqa ulanish uchun xizmat qiladigan tarmoq nuqtasi) vazifasini bajaradi. Proxy-serverlar foydalanish holati, ehtiyojlari yoki kompaniya siyosatiga qarab har xil darajadagi funksionallik, xavfsizlik va maxfiylikni taʼminlaydi.

💻 Shaxsiy kompyuterdan qilingan har qanday soʻrov toʻgʻri maʼlumotni olish uchun maʼlumotlaringizni yuborish hisoblanadi. U har doim vositachiga — soʻrovni bajaradigan va dasturni manzilga yuboradigan kompyuter dasturlari kompleksiga keladi. Boshqacha qilib aytganda, serverlar, bir kishi, uning nomidan ishlaydigan vakolatli vakil orqali ulanadi.

📲 Telegram | Facebook
Ramazonni koʻngildagidek oʻtkazish uchun 12 maslahat!

1. Nomaqbul ish va behuda gaplardan saqlaning.

Paygʻambarimiz alayhissalom : “Agar kimda kim roʻzador boʻlsa, nomaʼqul ish va behuda gaplardan saqlansinlar. Agar kimdir uni ranjitsa yoki u bilan bahslashmoqchi boʻlsa: “Men roʻzadorman” — desin” — deganlar. (Imom Buxoriy)ㅤ

2. Unutmang, roʻza maʼnaviy tarafdan tiyilishlik boʻlmasa, shunchaki ochlik boʻlishi mumkin.

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Odam roʻzadan faqatgina ochlik va tashnalikdan boshqa xech narsani qoʻlga kiritmasligi ham mumkin” — deganlar. (Imom Ibn Moja)

3. Saharlikda yengil ovqat yeng, iftorlikda toʻqlik xosil boʻlguncha yeng. Keragidan ortiqcha ovqat tanovul qilishdan saqlaning.

Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom : “Odam tanasida qornidan yomon idish yoqdir. Inson bir necha osham ovqat bilan kifoyalanadi. Agar zarur boʻlsa qorinning uchdan birini ovqatga, yana uchdan birini suvga, qolgan uchdan birini nafas olishga ajratsin” — deganlar. (Imom Ibn Moja)

4. Unutmang, roʻza eng yaxshi amallardan biridir.

Paygʻambarimiz Muhammad Solallohu Alayhi Vasallamdan eng yaxshi amal haqida soʻrashibdi. U zot: “Roʻza, va unga teng keladigan xech bir amal yoʻq” — deb javob beribdilar. (Imom Nasoiy)

5. Roʻzaning asl mohiyati — taqvoni kuchaytirish. Oʻzingiz oʻzingizga tanbeh bering.

Alloh Taolo aytgan: “Ey iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilganidek, sizlarga ham roʻza farz qilindi. Shoyadki taqvodor boʻlsangiz” (“Baqara” surasi, 183 oyat)

6. Gunohlardan oʻzingizni tiying. Ayniqsa yolgʻondan saqlaning.

Muhammad sollallohu alayhi vasallam : “Agar oʻzingni yolgʻondan tiymasang, Allohga sening ochliging ham, tashnaliging ham kerak emas” — deganlar. (Imom Buxoriy)

7. Ramazonda tirishqoq boʻling, zero unda juda koʻp xayr (yaxshilik) bor.

Paygʻambarimiz alayhissalom: “Agarda musulmonlar Ramazondagi barcha xayrni bilishganida edi, ular uni bir yil davom etishini xohlashar edi” — deganlar. (Imom Buhoriy)

8. Roʻzaga masʼuliyat bilan yondashing, chunki siz uni Alloh uchun tutayapsiz.

Alloh Taolo hadisi qudsiyda marhamat qilgan: “Odam bolasining har bir amali oʻzi uchun, faqatgina roʻza Men uchun. Uning mukofotini Oʻzim beraman”. (Imom Buxoriy)

9. Iftor vaqtida Allohga duo qiling.

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Banda ogʻiz ochar vaqti qilgan duosi javobsiz qolmaydi” — deganlar. (Ibn Moja)

10. Ramazon oyi — Qurʼon oyi. Allohning Kalomi — Qurʼoni Karimni oʻqing.

Alloh Taolo marhamat qilgan: “Ramazon oyiki, unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq bayonotlar boʻlib, Qurʼon tushirilgandir” (“Baqara” surasi, 185 oyat)

11. Oʻz imkoningizni — Laylatul Qadr kechasini oʻtkazib yubormang.

Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: “Kim Laylatul Qadr kechasini ibodat bilan, Allohga iymoni va rahmatiga unid bilan oʻtkazsa, uning avvalgi gunohlari avf etiladi.” — deganlar. (Imom Buxoriy)ㅤ

12. Roʻza tutgan kuningiz, roʻza tutmagan kuningiz bilan bir xil boʻlishiga yoʻl qoʻymang.

Ibn Jobir roʻzaning asl mohiyati haqida shunday degan: “Roʻza tutsang, quloqlaring, koʻzlaring va tiling yolgʻon va gunohlardan saqlansin. U kuni hizmatkorlarni jazolamang. Roʻza tutsang tinch va sabrli boʻl. Roʻza tutgan kuning, roʻza tutmagan kuning bilan bir xil boʻlishiga yoʻl qoʻyma”.

Manba: @at_taqva

#ramazon #sabr
Facebook | Instagram | Telegram
​​Telegram kanallari uchun cheklovlar

- 1ta akkaunt uchun ommaviy kanallarning maksimal soni (yaʼni bitta SIM-karta orqali): 8 ta.

Bu yerda gap obuna boʻlgan kanallar soni haqida emas, balki yaratilgan kanallar soni haqida ketmoqda.

- Ommaviy kanal uchun username nomining maksimal uzunligi — 32ta belgi.

- Kanal nomi uzunligi uchun cheklovning maksimal soni — 255ta belgi.

- Kanal taʼrifi uzunligi uchun cheklovning maksimal soni 255ta belgi.

- Kanalda ishtirokchilarning maksimal soni — cheksiz.

- Kanal yaratuvchilari (yoki administratorlar) koʻra oladigan obunachilar soni — 200ta kishi.

- Agar ommaviy kanalda 1000tadan ortiq obunachi boʻlsa, unda bunday kanalni faqatgina texnik koʻmak orqali oʻchirib tashlash mumkin.

#smm #telegram
@abdublog
Facebook yangi emotsional qo'shdi 🥰

#smm #facebook
@abdublog
Qaror qabul qilishning samarali texnikasi.

Dekart kvadrati
— bu qaror qabul qilishning oddiy, ammo juda samarali usuli hisoblanadi. Uning mohiyati shundaki, siz quyidagi 4ta savollarga javob berib, muammo/vaziyatni koʻrib chiqishingiz kerak:

1. Bu sodir boʻlsa, nima boʻladi? (Men nimaga erishaman, buning afzalliklari).

2. Bu sodir boʻlmasa, nima boʻladi? (Hamma narsa avvalgidek qoladi, siz xohlagan narsaga erishmaslikning afzalliklari).

3. Bu sodir boʻlsa, nima boʻlmaydi? (Kerakli narsaga erishishning kamchiliklari).

4. Bu sodir boʻlmasa, nima boʻlmaydi? (Siz istagan narsaga erishmaslikning kamchiliklari). Ushbu savolga katta diqqat qarating, chunki miyangiz ikkita inkor qilishni eʼtiborga olishni istamaydi. Va javoblar birinchi savol javoblariga oʻxshashi mumkin. Bu sodir boʻlishiga yoʻl qoʻymang.

Nima uchun bu uslub ishlaydi? Gap shundaki, yechimni talab qiladigan vaziyatda biz koʻpincha bitta pozitsiyaga koʻp eʼtibor qaratamiz: bu sodir boʻlsa nima boʻladi? “Dekartning kvadrati”dan foydalanib, bir vaqtning oʻzida bitta vaziyatni 4ta har xil tomondan koʻrib chiqish mumkin.

#motive
Facebook | Instagram | Telegram
​​Yosh SMM mutaxassislari yoʻl qoʻyadigan 5 ta xato

📈 SMM
ni koʻpchilik har xil oʻrganadi kimdir oʻquv markazida kimdir esa onlayn kurslarda yana boshqalar esa smmdagi bilimlarini oʻzlari tajribaga asosan oʻrganishgan bularning barchasi albatta yaxshi.

Lekin koʻp SMMchilarning doimiy takrorlanib turadigan 5 ta xatosini bilmasangiz kerak

1. 🤯 Tartibsizlik — Bu xato asosan telegram kanallarni yuritadigan SMMchilarda koʻp kuzatiladi . Yaʼni kanallari juda tartibsiz qoʻyilgan kontentlar ortiqcha narsalar bilan toʻlib toshgan va albatta bu kanal obunachilarini gʻashiga tegishi anniq.

2. 🖼 Rasmlarni notoʻgʻri joylash — Kanalni upakovka qilyotganda kanal logosi yoki avatarkasi albatta qoʻyiladi . Shu joyida koʻp SMMshiklar logoni juda bemaza yoki tartibsizini joylashtirib qoʻyadi va bu koʻrgan obunachilarda yaxshi fikr uygʻotmasligi tabiiy .

3. 📑 Kontent plan yoʻqligi — rejasiz biror bino qurilmaganidek rejasiz SMM ni effekti 0 ga teng . Shu uchun reja boʻlishi zarur. Ayrim hamkasblarimiz esa hech qanday rejasiz ishlaydi va bu juda yomon chunki vaqt bekorga ketadi .

4. 💸 Targetdagi xatolar — Target qilish loyihani tezroq koʻtarilishiga sabab boʻladi . Shu uchun targetda xato qilmaslik kerak . Toʻgʻri platformani tanlab toʻgʻri reklama qilish esa ancha qiyin masala .

5. 📝 Postlardagi imloviy xatolar — Bu ancha ogʻriqli mavzu chunki bir ikki katta loyihalarda ochiqdan ochiq judayam qoʻpol xatolar bilan yozishadi . Bundan tashqari oddiy H bilan X ni adashtirish mumkindir lekin butun boshli katta harflarni almashtirib yuborish obunachilar orasida loyihani obroʻsini ancha tushiradi .

PS: O'zim ham yosh SMMshikman 😆 Lekin o'z ustimda ishlashda davom etmoqdaman))

#smm #maslahat
Facebook | Instagram | Telegram
​​Instagram stories boʻlimiga yana bir yangilik kiritishni reja qilmoqda

📱Instagram
foydalanuvchilarga qulaylik qilish uchun yangilanishlarni amalga oshirmoqda. Endilikda siz barcha storieslarini koʻrib chiqishingizni hojati yoʻq. Faqatgina stories koʻrish vaqtida tepadan pastga swipe qilasiz va oʻzingiz uchun kerakli strorieslarni tanlab koʻrsangiz boʻladi.

PS: Instagram bu funksiyani hozirda test rejimda oʻtkazmoqda.

#smm #instagram
Facebook | Instagram | Telegram
​​Supporting Small Businesses on Instagram

🦠 COVID
-19 inqirozi paytida kichik bizneslar katta qiyinchiliklarga duch kelishmoqda va ularni qoʻllab-quvvatlash tadbirkorlar, bizning hamjamiyatlarimiz va iqtisodiyotimiz farovonligi uchun juda muhimdir.

📱 Instagramdagi “Support Small Businesses” stikeri yordamida odamlar oʻz Storieslarida biznesga boʻlgan eʼtiborlarini osongina namoyish etadilar. Odamlar stikerdan foydalanganda, ularning hikoyalari Instagramning umumiy Storiesiga qoʻshiladi.

🧲 “Support Small Businesses” stikeri biznesga yangi mijozlarni topish va ularga xizmat koʻrsatadigan odamlar bilan aloqada boʻlishda yordam beradi. Va bu stiker Oʻzbekiston hududida ham ishlamoqda 👌

#smm #instagram
🌐 Facebook | Instagram | Telegram
Instagramning web-versiyasida yangilanish.

Siz lentangizda qiziqarli post ko'rib qoldingiz va uni darhol Directda do'stlaringiz bilan bo'lishish uchun qulaylik imkoniyatini taqdim etdi.

#smm #instagram
🌐 Facebook | Instagram | Telegram
Forwarded from Raqamli marketing
Instagram hammaga Live o'tkazgandan so'ng uni IGTVga to'g'ridan-to'g'ri qo'yish imkoniyatini taqdim etdi.

📲 Telegram | Facebook