Abalog
292 subscribers
96 photos
21 videos
7 files
210 links
El qatori, meni ham blog yuritgim kelib qoldi.

Yo'nalish topishga qiynalib, "universal" turdagi postlar qo'yib borishga qaror qildim.

Aloqa uchun: @abalog_bot
Download Telegram
#reklama #top

Reklama agentliklarida ham kreativ marketologlar ishlashi kerak! ;)

Bannerda “Yaxshi reklama yana va yana (reklamaga) qarash ishtiyoqini chaqiradi” deb yozilgan.

@abalog
​​#instagram #yangilik

Instagramdan yangilikning yaxshisi!

🥳 Endi faqat postlar emas, storislarni ham oldindan rejalashtirib qo’yishimiz mumkin! Buning uchun Facebook Business Suite ilovasidan foydalanasiz.

📲 Ilova AppStore’da ham, Play Market’da ham bor!

💬 Xabarni barcha SMM’chi, marketolog, targetolog yoki shunchaki instagramga storis qo’yishni yoqtiradigan do’stlaringiz bilan baham ko’ring! 😉

❗️ P. S. Instagram biznes profilga o’tkazilgan, facebook sahifaga ulangan bo’lishi kerak.

@abalog
Digital report April 2021.pdf
20.4 MB
#marketing #hisobot

📈 Hootsuite’dan eng so’nggi Digital hisobotlari.

✌️yuz betdan iborat. Manba: @dnative

@abalog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Durov #telegram

Ketadigan megabaytlaringizga achinmang!

📽 Oramizda Telegram asoschisi Pavel Durovni bilmaganlar juda kam bo’lsa kerak. Biznesmenning hayotidagi muhim burilishlar, uning Sank Peterburgda ochishni istagan maktabi va hokazolar haqida hujjatli film ishlandi.

👨🏻‍💻 Filmda Durovning hamkasblari va yaqinlari u haqida turli so’zlar bilan o’rtoqlashishgan.

👉 Film premyerasi shu yilning 24-aprel kuni Moskva Xalqaro kinofestivalida namoyish etildi. “Durov” hujjatli filmini Durovning Telegramida birinchilardan bo’lib bizning kanalda tomosha qiling! Barchaga yoqimli tomosha!

(1-qism)

@abalog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Durov #telegram

Ketadigan megabaytlaringizga achinmang!

📽 Oramizda Telegram asoschisi Pavel Durovni bilmaganlar juda kam bo’lsa kerak. Biznesmenning hayotidagi muhim burilishlar, uning Sank Peterburgda ochishni istagan maktabi va hokazolar haqida hujjatli film ishlandi.

👨🏻‍💻 Filmda Durovning hamkasblari va yaqinlari u haqida turli so’zlar bilan o’rtoqlashishgan.

👉 Film premyerasi shu yilning 24-aprel kuni Moskva Xalqaro kinofestivalida namoyish etildi. “Durov” hujjatli filmini Durovning Telegramida birinchilardan bo’lib bizning kanalda tomosha qiling! Barchaga yoqimli tomosha!

(2-qism)

@abalog
​​#Abalog #blog #sayt

🥳 Endi Abalog'ning mini-sayti bor!

💻 Ko'pchilik Google'ni shunchaki qidiruv tizimi sifatida taniydi. Ba'zilar esa kompaniya smartfonlar ishlab chiqarishini ham biladi. Lekin, kompaniyaning juda ko'plab loyihalari haqida to'liq ma'lumotga ega emasmiz. Turli masalalarda muammolarning yechimini uzoqdan qidiramiz. Vaholanki, Google bizga juda ko'p imkoniyatlarni berib qo'ygan!

Masalan, Blogger degan servis bor. "Shu nimeykin, hich kirib ko'rmaganakanman!", deb qiziqdim. Bir kirdim-u, anchadan beri o'ylayotgan sayt ochish masalasining ajoyib yechimini topdim! Endi Abalog'ning mini-sayti bor!

👉 Mana o'sha mini-sayt. Kiring, ko'ring, baho bering!

@abalog
​​#telegram #yangilik

Yangilikka oz fursatlar qolmoqda!

👉 O’qigan bo’lsangiz, Telegramda to’g’ridan-to’g’ri to’lov qilish funksiyasi haqida yozgan edik. Telegram do’konning demo versiyasi endi barcha tizilmar (Android, iOS, Windows, MacOS) uchun ochiq!

🤗 Tez kunlarda yangi funksiya to’laqonli ishga tushirilishini kutib qolamiz!

@abalog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Durov #telegram

Ketadigan megabaytlaringizga achinmang!

📽 Oramizda Telegram asoschisi Pavel Durovni bilmaganlar juda kam bo’lsa kerak. Biznesmenning hayotidagi muhim burilishlar, uning Sank Peterburgda ochishni istagan maktabi va hokazolar haqida hujjatli film ishlandi.

👨🏻‍💻 Filmda Durovning hamkasblari va yaqinlari u haqida turli so’zlar bilan o’rtoqlashishgan.

👉 Film premyerasi shu yilning 24-aprel kuni Moskva Xalqaro kinofestivalida namoyish etildi. “Durov” hujjatli filmini Durovning Telegramida birinchilardan bo’lib bizning kanalda tomosha qiling! Barchaga yoqimli tomosha!

(3-qism)

@abalog
​​#telegram #ovozlichat

📢 So’nggi paytlarda juda ko’p kanal va guruh adminlari ishlatayotgan ovozli chatlar yanada yaxshilandi.

Endi ovozli chatlarning boshlanish vaqtini oldindan rejalashtirib qo’yish mumkin!

@abalog
​​#facebook #audipodkast #yangilik

Facebook’da kutilayotgan bir qator yangiliklar

📲 Axios.com saytining ma’lumotiga qaraganda, Facebook rahbari Mark Sukerberg ijtimoiy tarmoqda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ovozli instrumentlar haqida xabar bergan.

Soundbites — foydalanuvchilar profil va sahifalariga joylashtirishlari uchun qisqa audiokliplar;

• Clubhouse’dagiga yoki Telegramdagi ovozli chatga o’xshagan audioxonalar. Bunday xonalarda foydalanuvchilar spikerni eshitishadi, nutqqa o’z fikrlarini bildirishadi;

• Facebook audiopodkastlar borasida ham yangilik amalga oshirmoqchi. Ijtimoiy tarmoqning podkastlar uchun ichki instrumenti ishlab chiqilishini taxmin qilyapmiz. Sukerbergning so’zlariga qaraganda, Facebook bu borada boshqa ilova bilan hamkorlik muzokaralarini olib borayotgan ekan.

• Undan tashqari, audiofayllar egalariga monetizatsiya ham va’da qilinmoqda. Monetizatsiya foydalanuvchilarning pulli obuna bo’lishlari natijasida amalga oshiriladi. Ya’ni, bir foydalanuvchi sizning podkastlaringizni eshitish uchun pul to’laydi, shu pulning ma’lum qismi sizga beriladi.

👉 Ushbu yangiliklar bir necha oydan keyin ishga tushishi rejalashtirilgan. Ijtimoiy tarmoq an’anasiga ko’ra, dastlab bu instrumentlardan kichik auditoriya foydalansa kerak.

Blogger | @abalog
​​#telegram #videoqoʻngʻiroq

Kuni kecha Pavel Durov o'zining Telegram kanalida post joyladi

📲 Postda Yaqin kunlarda Telegramda kutilayotgan audiochatlardagi videoni ham yoqish funksiyasi haqida yozilgan. Guruh va kanallardagi ovozli chatlarga to'liq o'rganishga ulgurmagan paytimizda, Telegram ovozli chatlarga videoni ham qo'shmoqchi!

💪 Durovning yozishicha, yangilik may oyida ishga tushadi. "Ekranni uzatish, shifrlash, shovqinni kamaytirish, kompyuter va planshetlarni qo'llab-quvvatlash — zamonaviy videokonferensiya vositalidan kutishingiz mumkin bo'lgan narsalar, ammo Telegram UI darajasi bilan hammasi tezkor va konfedensial. Biz bilan qoling!", deydi biznesmen o'z maqolasida.

🤩 Demak, do'stlar yoki hamkasblar davrasida endi faqat audiochat emas, videochatlarni ham tashkillashtira olamiz. Buning uchun Telegramning may oyidagi versiyasi chiqishini kutishimiz kerak ekan.

Blogger | @abalog
​​#abalog #sayt #yangilik

Abalog’da yangilikning dodasi! 🥳

📲
Yaqinda Abalog’ning mini sayti haqida maqola yozgandik. Oradan ko’p vaqt o’tmadi, endi Abalog o’zining sayt domeniga ham ega!

🌎 www.abalog.uz — gap shu sayt haqida boryapti! Saytimizda (telegram blogimiz kabi) Marketing va IT bo’yicha turli mavzulardagi maqolalar joylab boriladi.

🙂 Saytimizga tashrif buyurib, ishimizga baho bering. Sizning fikrlaringiz biz uchun muhim va qimmatli!

P. S.
Domen hozircha Blogger’dagi sahifamizga ulangan.

abalog.uz | @abalog
Instagram Insiders - Fashion & Beauty.pdf
20.1 MB
#instagram #moda

Instagram o'zining ilk moda jurnalini namoyish qildi

📓 Instagram Insider nomini olgan ushbu jurnalni hozirda .pdf formatda yuklab olish mumkin.

9️⃣ sahifadan (jurnal shaklida chiqarilsa, 14 bet bo'larkan) iborat jurnaldagi ma'lumotlarni tuzish uchun influnserlar, modellar, moda brendlari o'rganib chiqilgan. Pdf'da tanlangan blogerlar sahifalari, ularning profillari haqida qisqa ma'lumotlar, kichik maqolalar va albatta, rasmlar aks ettirilgan.

😉 Instagram Insider moda jurnalini birinchilardan bo'lib, bizning kanalda ko'rishingiz mumkin!

abalog.uz | @abalog
​​#Apple #6G #texnologiya

Apple 6G texnologiyasi ustida ishlaydi(mi?)

📱 Bundan bir necha oy oldin Apple kompaniyasining 5G texnologiyasida ishlovchi smartfonlari ommaga taqdim etildi. Lekin bu hech kimni hayratga solmadi. Sababi, 5G texnologiyasini smartfonlarda qo’llash ancha oldin boshlab yuborilgan edi.

🥺 O’sha vaqtlarda Apple va chiplar ishlab chiqaruvchi Qualcomm kompaniyalari orasidagi nizolar Tim Kuk jamoasiga 5G ustida ishlashga xalal bergandi.

💪 Endi “tishlangan olma” yana bir qadam oldinga o’tib olishni maqsad qilgan ko’rinadi. Ular endi 6G texnologiyasini ishlab chiqmoqchilar! Kompaniya yaqinda o’z saytiga bo’sh ish o’rni haqidagi e’lonni joylashtirdi. “Injener” lavozimidagi xodim “Yangi avlod simsiz aloqa tizimlarini tadqiq qilish va rivojlantirish mutaxassisi” bo’lishi kerak! Ushbu vakansiya Kupertino va San Diegodagi ofislarda ochilgan.

👉 Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, o'tgan yili Apple 6G standartlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ittifoqiga qo'shildi. Umuman olganda, 6G texnologiyasi — mavhum narsa: ishlab chiqarishning taxminiy sanasi, uning texnik xususiyatlari aniq emas. Lekin, 6G teragerts diapazonda ishlashi va 5G dan 100 barobar tezroq bo’lishi kutilmoqda. Eslatib o’tamiz, 5G texnologiyasida erishish mumkin bo’lgan eng yuqori tezlik (ideal sharoitda) - 20 Gb/s.

abalog.uz | @abalog
Forwarded from Temurbek Adhamov
​​Falastinlik bolalar uchun xayriya!

Barchamizga ma'lumki, ayni paytda Sharqiy Quddusda vaziyat keskin tus olgan. Dunyoda hech qachon urush bo'lmasin. Urushda doim eng ko'p zararni bolalar ko'radi...

Ushbu holatni shunchaki kuzatib tura olmaymiz, azizlar! Oz bo'lsa-da yordamimiz tegishini xohladik. Falastinlik begunoh bolajonlar uchun himmat qilaylik. Mehrimizni ayamaylik. Zero, berganga qaytarilur!

Quyidagi karta raqamiga qo'limizdan kelgancha mablag' yig'ishni niyat qildik. Imkoningiz bo'lsa, bizga qo'shiling!

Karta raqami: 8600310402533624

Karta AKHMADJONOV TEMURBEK nomida
​​#hayit #shukrona #tabrik

🤲 Avvalambor, Alloh barchamizni shu kunlarga yetkazganiga shukronalar aytamiz! Yurtimiz tinch, tanimiz sog’, aqlimiz raso, yaqinlarimiz tinch-omon ekani uchun behisob hamdlar bo’lsin!

😊 Muborak oyda tutilgan ro’zalarni Yaratgan o’z dargohida qabul qilsin! Shu oyda qilingan yaxshi ishlarning savobini ko’paytirib bersin!

☺️ Sabrni nafsdan ustun qo’ygan musulmonlar uchun bayram qilingan Hayit ayyomi barchamizga qutlug’ bo’lsin! Barchamizga ikki dunyo saodati nasib qilsin!

🤲 Barcha dindoshlarimizga (shu qatorda o’zimizga ham) mustahkam iymon, sog’lom va fayzli hayot, zakovatli zehn, oliyjanob ko’ngil, yaxshi niyatlar va duolar ijobatini tilaymiz!

💪 Dinimizning muborak tarixi va sharafi uchun kurashayotgan barcha do’stlarimizga Allohning o’zi madad bersin!

@abalog
Forwarded from Own Media
​​SMM hammaga kerak(mi?)

🤔 "Instagram, telegramlarda kanal ochish", "tiktok olish" — hamma biznes egalarining bugungi kundagi dardi desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Xo'sh, shu kanallar hammaga kerakmi?

🙅🏻‍♂️ Yo'q! Agar sizning biznesingiz kichik joy uchun mo'ljallangan (mahalladagi nonvoyxona, ko'cha boshidagi do'kon, sartaroshxona va hokazo) bo'lsa, ijtimoiy tarmoqlarda shunchaki kuzatuvchi bo'laqolganingiz yaxshi;

💁🏻‍♂️ SMM yuritishi maslahat beriladigan tadbirlar ("biznesmen" - "biznes", "tadbirkor" - "tadbir" bo'ladimi?) kattaroq qamrovdagi hududga xizmat ko'rsata olishi yoki bir nechta joyda filiallari bo'lishi maqsadga muvofiq. Agar, sizning mahsulot yoki xizmatingiz "antikvar" bo'lsa (boshqa hech kimda bo'lmasa) uni ham "SMM qilib tashlash" kerak.

😶 Endi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni yuritishga kelsak: g'oya top, matn yoz, texnik topshiriq ber, dizayn qil, postni joyla, xabar va izohlarga javob yoz, target qil, bloger bilan gaplash... Hullas, bosh og'rig'i ko'p!

👨🏻‍💻 Shunga qaramasdan, SMM yuritmoqchi bo'lsangiz, bizga aloqaga chiqing. Siz uchun biz boshimizni og'ritamiz! 😉

📲 Murojaat uchun: @abacy_mg

Чтобы читать на русском, зайдите в комментарии 👇
Forwarded from Own Media
​​🔹 “Men hisobga kecha pul tushirgandim, target qildingizmi? Mijozlar qani?” 🤨

🤦🏻‍♂️ Ko’pincha, biznes egalari SMMni bir necha soat ichida foyda keltiradi deb o’ylashadi. Lekin, sahifalaringiz siz o’ylagan natijani berishi uchun vaqt kerak. Ba’zan bu 4-5 oyni talab etadi.

🔹 “Mana sizga login va parol. Qolganini o’zingiz qilavering, siz esememshiksiz-ku!” 🧐

💁🏻‍♂️ Faqat login-parollar bilan ish bitmaydi. SMM jamoasi mahsulotni tushunishi, kompaniya maqsadi va istaklarini o’rganishi, rejalar tuzib, uni siz bilan muhokama qilishlari zarur. Loyihangiz haqida qancha ko’p ma’lumot bo’lsa, ish shunchalik yaxshi bo’laveradi.

🔹 “Bitta SMM yuritish uchun shuncha odam ovora bo’lishi shartmi?” 🤔

👨🏻‍💻 Ko’pchilik SMM shunchaki post qo’yish va izohlarga javob berish deb o’ylaydi. Aslida esa, SMM — juda chuqur jarayon!

Чтобы читать на русском, зайдите в комментарии 👇
👍1
Forwarded from SMM va Marketing
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#marketing

👆 Yuqoridagi video rolik “SAMSUNG” kompaniyasining muzlatkich reklamasi.

👀 Videoni asosan yoshlar uchun moʻjallangan... Siz nima deysiz? Fikringizni izohda qoldiring!

Facebook || Instagram || Telegram
#yangifunksiya #instagram

Instagramda update: storislar tarjimasi

Sizda ham chiqdimi?

@abalog
Forwarded from Najot Ta'lim
​​Kontent marketing va onlayn marketing analitikasi bo'yicha master-klass

Hozirda ijtimoiy tarmoqlar shu darajada tez rivojlanib boryaptiki, ancha-muncha kompaniyalar yoki mutaxassislar bunga moslashishga qiynalmoqda. Bu moslashish ko'proq SMM, onlayn marketing mutaxassislari uchun og'riqli sanaladi.

⚡️ Bu galgi suhbatimiz faqat SMM haqida bo'ladi: g'oyadan keysgacha, kontent marketing va onlayn marketing analitikasi kabi siz uchun qiziq bo'lishi kutilgan mavzularda gaplashamiz.

Mehmonimiz, Najot Ta'lim uchun qadrdon va hozirda markazimizda SMM basic kursidan ustozlik faoliyatini olib borayotgan Abdulla Abdurahimov bo'ladilar.

Master-klass 14-avgust, shanba kuni, soat 11:00 da Najot Ta'limning Xadra filialida bo'lib o'tadi.

📌 Eslatib oʻtamiz, master-klassda faqat markazimizda SMM yo'nalishida ta'lim olayotgan oʻquvchilar va kursni oldin tamomlagan bitiruvchilar ishtirok eta oladi.

🔗Master-klass uchun ro'yxatdan o'tish

🧑🏻‍💻 Administratorga yozish

📞 Tel: +998712001123

🔴 YouTube sahifa