Abalog
292 subscribers
96 photos
21 videos
7 files
210 links
El qatori, meni ham blog yuritgim kelib qoldi.

Yo'nalish topishga qiynalib, "universal" turdagi postlar qo'yib borishga qaror qildim.

Aloqa uchun: @abalog_bot
Download Telegram
​​#telegram #qiziqarli

Qiziq xabar

😐
Bittasi Pavel Durovga ajoyib savol berdi: Agar insfratuzilmaning xarajatlarini yopish uchun telegram foydalanuvchilaridan pul olinsa, bu qanchadan tushardi?

🤔 Durov bunga javoban, “1$ dan kamroq pul olgan bo’lardim” ko’rinishida xabar qoldirdi.

💁🏻‍♂️ Xabarlarda WhatsApp 2016-yil 18-yanvargacha bir foydalanuvchiga yiliga 0.99$ dan to’g’ri kelgani ham ta’kidlab o’tilgan.

☝️ Ma’lumot o’rnida aytib o’tish kerakki, Telegramning foydalanuvchilari yarim milliardga yetgan. So’nggi 100 million foydalanuvchi shu yilning yanvar oyida tarmoqqa qo’shilishgan!

@abalog
​​#instagram #tozalash

Instagramda tozalash ishlari boshlandi!

🗞 The New York Times nashrining xabariga ko’ra, 4-fevral kunidan boshlab, instagram yuzlab akkauntlarni bloklashni boshladi. Bu amaliyot Twitter va TikTok bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

🕵🏻‍♂️ Gap shundaki, turli qisqa yuzerneymli (username) profillar har xil onlayn forumlarda sotilayotgan edi. Instagram ogusers.com saytida o’tkazgan tekshiruvlaridan keyin shu qarorga keldi.

🤑 @Killer @Miracle @Sick kabi foydalanuvchi nomlari odamlarda katta qiziqish va “bu akkaunt ancha oldin ochilgan ekan” degan tushunchani uyg’otadi. Keyin esa, profillar 40.000$ atrofida sotib yuboriladi...

🤦🏻‍♂️ Eng qizig’i, bunday bozori chaqqon profillarning barchasi o’nlab kiber jinoyatchilar tomonidan “взлом” qilinganligi aniqlanmoqda.

@abalog
​​#tiktok #yangilik

SMMchilarning “o’ljalari” safi ortmoqda!

🖥
TikTok tarmog’i Android TV va Google TV texnologiyasi asosida ishlovchi televizorlar uchun o’z dasturini moslashtirdi.

📱 Endi televizordagi QR kodni telefonda skaner qilish orqali yoki tiktok.com/activate saytiga kirish orqali TVga o’z akkauntingizni ulaysiz. Keyin esa, TikTokdagi bo’lar-bo’lmas videolarni televizorda ham ko’raverasiz!

Tez kunlarda, hamma mintaqalar uchun TikTok TV ishga tushib ketsa kerak. Nima ham derdik, o’zgacha yondashuv!

❗️ SMMchilar, TikTokka e’tiborni kuchaytirish kerak!

@abalog
​​#instagram #yangilik

Instagramda xayriya ishlari boshlandi!

📲 Post qo’yilayotgan vaqtda “Xayriya to’plamini qo’shish” (Добавить сбор пожертвований) tugmasi ko’rinish berishni boshladi. U yerda inson huquqlarini himoya qilish va xayriya tashkilotlarini tanlash mumkin (rasmda hukumat zo’ravonligidan jabrlangan belaruslarga yordam berish fondi ko’rsatilgan).

💰 Tashkilot tanlangandan keyin, profilda va postda 30 kun ichida maxsus xayriya qilish tugmasi turadi. So’ng u yerda to’plangan barcha pullar 100% o’sha tashkilotga yetkaziladi.

👏 Nima ham derdik?! Yaxshi ish boshlashibdi!

@abalog
​​​​#kitob #Tesla #ElonMusk

Kitobxonlar va Ilon Maskchilar uchun yangilik!

🚀 Amerikalik boyvochcha, Ilon Mask (Elon Musk) o’zining eng yirik loyihalari — Tesla va SpaceX haqida kitob yozishga qaror qilibdi.

📲 Bu haqida biznesmen o’zining twitterdagi sahifasida yozgan.

💬 “Tesla va SpaceX tarixi haqida so’zlash vaqti keldi”, deyiladi twitda. (Bu kitob ko’rinishida dunyo yuzini ko’rishi tahmin. Ammo, haqiqatga juda yaqin tahmin!)

❗️ Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, avvalgi haftada uning boyligi 11.500.000.000$ga (!) ko’paydi.

@abalog
​​#yaxshixabar #smm

O’z ustimizda ishlash, bilimlarimizni kuchaytirish bilan band bo’lib, dars o’ta olmayotgan edik. Bu orada kurs ochilishini so’rab ko’p murojaatlar bo’ldi.

Aynan shu so’rovlar onlayn SMM kurslarini qayta yo’lga qo’yishimizga turtki berdi.

Nasib qilsa, yaqin kunlarda @najottalim markazi bilan SMM onlayn kursini boshlaymiz. Qiziqqanlar bo’lsa, ism-familiya va telefon raqamingizni @abalog_bot’ga jo’natib qo’ying!

@abalog
Forwarded from Najot Ta'lim
"Xalqaro va mahalliy bozorda SMM" mavzusida jonli suhbat

Najot Ta'lim
markazining tajribali ustozlaridan biri, hozirda Belorussiya davlatida bilim olayotgan Abdulla Abdurahimov va Najot Ta'lim markazida SMM yo'nalishidan ustoz Abduvosiq Abdumalikov o'rtasida jonli suhbat bo'lib o'tadi.

🤩 Suhbatda xalqaro va mahalliy bozorda raqamli marketingning o'rni, chet davlatlarida qo'llanilayotgan asosiy trendlar mavzularida so'z boradi.

Shuningdek, onlayn ta'lim orqali SMM'ni qay darajada o'rganish mumkinligi, SMM menejerdan talab qilinadigan asosiy ko'nikmalar haqida ham aytib o'tiladi.

⌚️ Jonli suhbat Najot Ta'limning instagram sahifasi orqali, 18-mart, payshanba kuni, soat 20:30 da boshlanadi.

Siz suhbatni jonli kuzatish orqali Najot Ta'lim markazi ustozlaridan, SMM borasidagi o'zingizni qiziqtirgan savollaringizni so'rab, javob olishingiz mumkin bo'ladi.

🧑🏻‍💻 Administratorga yozish

📞 Tel: +998712001123

🔴 YouTube sahifa
​​#marketing #ideya

👉 Marketing
• yangi mijozlar olib kelishi;
• borlarini olib qolishi;
• ketib qolgan mijozlarni qaytarishi kerak.

👨🏻‍💻 Bu ishlar amalga oshishi uchun marketologlar turli usullarni o’ylab topishadi.

👇 Quyidagi rasm kafening eshigiga, chiqib ketayotgan odamning ko’ziga yaqqol tashlanadigan qilib, ilib qo’yilgan. Ko’rgan odamga yaxshi kayfiyat beradi, nima dedingiz?! 😉

@abalog
​​#marketing #ideya

❗️ Biznes egalari, marketologlar, menejerlar! Agar mijozlaringiz sizni yaxshi ko’rishlarini istasangiz, ularga yangi qulayliklar taklif qiling.

☝️ Hozir bunday imkoniyatlar shu qadar ko’pki, odamlar sizdan ketib boshqa kompaniyani tanlashlari hech gap emas. Bunday holat bo’lmasligi uchun boshingizni qotiring, o’ylang, izlang, yangi marketing usullarini qo’llang.

👇 Quyida instagram direct’dan kelgan xabar. Sahifaga obuna bo’lgach, shu xabarni oldik va kayfiyatimiz ko’tarildi.

📑 Qisqacha tarjima:

“Bizga obuna bo’lganingiz uchun tashakkur. Endi ushbu minnatdorchiligimizni bildirishga ijozat bering!

Bizning do’kondan mahsulot xarid qilsangiz, mashina turar joyi (стоянка) uchun birinchi soat pulini to’lab beramiz. Yoki uyingizga taksida olib borib qo’yamiz!

Taklif yaqin bir yil ichida amal qiladi. Shunchaki, xarid vaqtida shu yozishmani bizga ko’rsating!”


🤗 Umuman olganda unchalik katta chegirma yoki qimmatli sovg’a emas. Lekin yondashuv o’zgacha ekanligi odamning e’tiborini tortadi!

@abalog
​​#marketing #trend1

Bugundan boshlab, kanalimizda eng so’nggi, zamonaviy, yuqori talabga ega bo’lgan, effektiv marketing trendlari haqida fikr yuritamiz. Ilk mavzu:

Shaxsiylashtirish (Personalizatsiya)

👉
Bundan keyin doim personallashgan offertalarning bozori chaqqonlashib boraveradi. Demak, SMMda, flayer, bannerlarda personalrizatsiyadan foydalanish, e-mail, sms marketinglar rivojlanadi.

👇 Bu fikrga isbot tariqasida quyidagi raqamlarni keltiramiz:

• 63% xaridorlar umumiy (hamma uchun) chiqarilgan reklamalardan zerikishgan;

• 90% xaridorlar fikricha, personallashtirilgan reklamalar ko’proq e’tiborni tortadi.

👇 Bu usuldagi marketing usullaridan bir nechtasini esga olamiz:

• Coca-cola o’zining mahsulotlari muqovasiga eng ko’p tarqalgan ismlarni yozishni boshlaganda uning savdosi 2,5%ga ko’tarilgan. Ajablanarlisi, o’sha vaqtgacha 11 yil davomida kompaniya savdosi faqat tushib ketayotgan edi.

• Starbucks mobil ilova orqali mijozning xaridlar tarixini o’rganishni, kofeni o’zi uchun sozlash imkonini berish barobarida, 2.56 mlrd $ miqdorida daromad ko’rgan.

@abalog
​​#alamqiladi #nimasibu

Adliya vaziri maslahatchisi va taniqli bloger — Shahnoza Soatovaning telegramdagi blogida bir maqolani o’qib qoldim.

Maqolada maktabda bo’lgan voqea haqida gapirilgan (maqolani o’qish). Gap shundaki, maktabda bir qator “mas’ul shaxs”lar sinfxonalarga kirib, bolalarning paypog’i uzunligini tekshirib yurishgan emish. Buning nomi “LGBTga qarshi kurash” ekan!

Marhum qiziqchi ta’biri bilan aytganda, bir kulging keladi, bir jahling chiqadi, bir rahming keladi...

Bo’layotgan ba’zi ishlarga chetdan razm solsangiz, kechirasiz-u, odamning ko’ngli ayniydigan darajaga boryapti. Maktab bolasi LGBT nimaligini tushunmasa-yu, uni shu bo’yicha tekshirsalar nima bo’ladi?

Bola internetga kiradi, LGBT nima ekanini bilishga qiziqadi va savoliga javoblarni “videodarsliklar” bilan topadi...

Nima keragi bor bolalarning miyasini bo’lar-bo’lmas narsalar bilan band qilishni? Undan ko’ra, shunga ketgan vaqtda ularga bilim berilgani yaxshimasmidi? O’sha ishni qilaman degan odam kalta paypoq emas, futbolchilarning tizzagacha chiqib turadigan “getri”sini kiyib ham qilaveradi-ku! Nahot buni tushunish shunchalar qiyin bo’lsa?!

Mana shunaqa ishlarga ketayotgan vaqt va energiyani hech bo’lmasa, bitta dunyoviy yoki diniy bilim musobaqasiga ketkazgan yaxshiroq edi... Shuncha harakat bilan o’quvchilarga hech bo’lmasa bitta hadisni aytib, uning mohiyatini tushuntirib bersak manfaatliroq bo’lardi, ta’lim tizimimizga ham fayz kirardi...

Gapiray desam gaplar ko’p... Alam bilan klaviaturalarni qiynayapman... Buning ham bir hikmati bordir!

@abalog
​​#marketing #trend2

👉 Yodingizda bo’lsa, marketingdagi so’nggi trendlar haqida so’z yuritishni boshlagandik. Hozir shulardan yana biri haqida gaplashamiz:

PWA (Progressive Web App - Progressiv veb ilova)

📱 2007-yilda Apple kompaniyasi tomonidan tuzilgan loyiha. PWA - mobil ilova kabi funksiyalarga ega: qulay va smartfonga moslashgan interfeys, yo’riqnomalar jo’natish (iOS’da uzrli), asosiy oynada yorliq o’rnatish, smartfonga bog’langan qurilmalar bilan ishlay olish (cheklovlar mavjud), oflayn rejimda ishlash va boshqalar.

💻 Uni smartfon (kompyuter)ga o’rnatish uchun Play Market, AppStore, Microsoft Store kabi “o’rtakash” dastur va ilovalar kerak emas!

Qulayliklari:
• https protokoli orqali ishlagani uchun, xavfsiz deya e’tirof etish mumkin;
• Uning dizayni va ishlash algoritmini tuzish, o’zgartirish ko’p vaqt olmaydi;
• Kompyuter, planshet, smartfon hatto sotuv zalidagi maxsus terminallarga ham o’rnatish mumkin;
• Tuzuvchilar o’zgartirish va qo’shimchalarni masofadan turib kiritishlari mumkin;
• Yangi versiya chiqqanida foydalanuvchilar uni o’zlari yangilashlari talab etilmaydi...

Noqulayliklari:
• iOS’da bir qator muammolari bor: Siri bilan bog’lanmaydi, Apple Pay’ga ulanmaydi, 50 Mb’dan katta fayllarni saqlay olmaydi;
• Oflayn ishlaganda imkoniyatlar cheklanadi;
• PWA bilan ishlaganda, smartfonlarda odatdagidan ko’proq quvvat sarfi kuzatiladi...

🛒 Lekin, marketingda dadil qadamlar tashlashdan qo’rqmaydiganlar uchun juda mos keladi. PWA’dan bugungi kunda e-commerce (internet do’konlar)da keng foydalanib kelinmoqda.

📈 Hozirda onlayn savdoning 60% qismi onlayn kanallar orqali amalga oshmoqda. 2021-yil oxiriga kelib bu ko’rsatkich 73%ga oshishi bashorat qilingan.

Jahon tajribasidan misollar:

🔸 Starbucks mobil ilovasining PWA klonini ishlab chiqqanda, uning ilovaga nisbatan hajmi 99,84% kichik bo’lgan. Undan tashqari, smartfon orqali buyurtma berish 2 barobar oshgan.

🔸 AliExpress’da ham PWA’ning sharofati bilan, yangi foydalanuvchilar konversiyasi 104%ga o’sgan.

O’zingiz ayting, Play Market yoki App Store’dan ilova yuklab olish sizga ham yoqmaydi-ku, shunday emasmi?!

P. S. PWA’dan bugungi kunda mashhur Twitter, Nikkei, Lancôme, Forbes kabi kompaniyalar ham foydalanishadi.

@abalog
​​#google #yangifunksiya

Google Earth’dan yangilik

🌏 Tizim taymlaps funksiyasini joriy qildi. Uning yordamida Yer sharining turli nuqtalarida 1984-yildan 2020-yilgacha bo’lgan o’zgarishlarni tomosha qilish mumkin.

🛰 Buning uchun Google sun’iy yo’ldoshlarda olingan 24 milliondan ortiq suratlarni birlashtirib chiqqan.

🗺 Ushbu yangilik Yer yuzining o’zgarishiga odamlarning ta’sirini ko’rsatish maqsadida tuzilgan: shaharlar qurilishi, o’rmonlarning kesilishi, ekotizimga berilayotgan zararlar...

😢 Pastdagi gif’da Google Earth’dan olingan, o’zimizning Orol dengizini qurish jarayonini ko’rishingiz mumkin.

📲 To’liq va rasmiy ma’lumotni ingliz tilida o’qish uchun havola ustiga bosing!

@abalog
​​#marketing #trend3

Navbatdagi marketing trendi — Video kontent

📰 HubSpot nashrining ma’lumotiga qaraganda:

• Reklamalarga video kontentning qo’shilishi kliklar sonini 200-300%ga oshirishi mumkin;

• Landing Page’ga video qo’yilishi - konversiyani 80%gacha ko’tarishi mumkin;

• 90% xaridorlar fikriga ko’ra, mahsulot haqidagi video - qaror qabul qilishga katta yordam beradi;

• YouTube ma’lumotiga ko’ra, video kontent ixlosmandlari yiliga 100%ga ko’paymoqda;

• 64% xaridorlar mahsulot yoki xizmat haqidagi videoni ko’rganlaridan keyin, katta ehtimol bilan uni sotib olishadi;

• 87% digital marketologlar o’z rejalarida video kontent uchun joy ajratmoqdalar;

• Odamlar internetda o’tkazadigan vaqtlarining 1/3 qismi video ko’rishga ketadi;

• Video reklamalar hozirgi onlayn marketing xarajatlarining 35% qismini o’z hisobiga oladi;

• Kompaniya rahbarlarining 59% qismi blogdagi matnni o’qishdan ko’ra, video ko’rishni ma’qul ko’rishadi...

📹 Marketingda video kontentdan foydalanish borasida ko’p gapirish shart emas. Muhimi, video sifati, audio yoqimliligi, ma’lumotlar aniqligi, yozuvlar tushunarliligi, u aylanadigan platforma, auditoriyaga moslik darajasiga katta ahamiyat bering!

@abalog
#ajoyib #dron

Shanhaydagi dronlar parvozi!

Ushbu QR kod o’yin tuzuvchi kompaniya saytiga yo’naltirarkan. Nima ham derdik, marketingning yangi bosqichi! ))

@abalog
​​#telegram #yangilik #bombaxabar

😱 Durov nimalar qilmoqda?!

🔊 Hurmatli marketologlar va biznes egalari! Sotuvdagi tovar va xizmatlaringizni tayyorlang, ular uchun qisqa sotuvchi matn va rasmlar tayyorlashni boshlang!

💳 Agar biznes egasi yoki marketolog bo’lmasangiz, plastik kartalaringiz hisobiga pullarni yig’ishni boshlang!

👉 Chunki, (Kod.ru sayti ma’lumotiga ko’ra) Telegram yaqin orada tovar va xizmatlarni kanallar va guruhlar orqali sotishga ruxsat berishi kutilmoqda!

💻 Ularning qanday bo’lishi Android va macOS tizimi uchun chiqarilgan beta versiyada ko’rsatiladi. Sotuvchi postlarni @TestStore — test do’konida ko’rishingiz mumkin!

👇 Telegram quyidagi tizimlardan to’lovni qabul qilishi aytilgan:

• Sberbank
• UMoney
• Stripe
• Tranzzo
• Payme
• Click

• LiqPay
• ECOMMPAY

Kutamiz, kuzatamiz. Qolganini vaqt hal qiladi!

@abalog
#apple #taqdimot

Bugun, O’zbekiston vaqti bilan 22:00da “apl” kompaniyasining bahorgi taqdimoti boshlanadi. Siz ham yangiliklarni kutyapsizmi?

@abalog
#reklama #top

Reklama agentliklarida ham kreativ marketologlar ishlashi kerak! ;)

Bannerda “Yaxshi reklama yana va yana (reklamaga) qarash ishtiyoqini chaqiradi” deb yozilgan.

@abalog
​​#instagram #yangilik

Instagramdan yangilikning yaxshisi!

🥳 Endi faqat postlar emas, storislarni ham oldindan rejalashtirib qo’yishimiz mumkin! Buning uchun Facebook Business Suite ilovasidan foydalanasiz.

📲 Ilova AppStore’da ham, Play Market’da ham bor!

💬 Xabarni barcha SMM’chi, marketolog, targetolog yoki shunchaki instagramga storis qo’yishni yoqtiradigan do’stlaringiz bilan baham ko’ring! 😉

❗️ P. S. Instagram biznes profilga o’tkazilgan, facebook sahifaga ulangan bo’lishi kerak.

@abalog
Digital report April 2021.pdf
20.4 MB
#marketing #hisobot

📈 Hootsuite’dan eng so’nggi Digital hisobotlari.

✌️yuz betdan iborat. Manba: @dnative

@abalog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Durov #telegram

Ketadigan megabaytlaringizga achinmang!

📽 Oramizda Telegram asoschisi Pavel Durovni bilmaganlar juda kam bo’lsa kerak. Biznesmenning hayotidagi muhim burilishlar, uning Sank Peterburgda ochishni istagan maktabi va hokazolar haqida hujjatli film ishlandi.

👨🏻‍💻 Filmda Durovning hamkasblari va yaqinlari u haqida turli so’zlar bilan o’rtoqlashishgan.

👉 Film premyerasi shu yilning 24-aprel kuni Moskva Xalqaro kinofestivalida namoyish etildi. “Durov” hujjatli filmini Durovning Telegramida birinchilardan bo’lib bizning kanalda tomosha qiling! Barchaga yoqimli tomosha!

(1-qism)

@abalog