Abalog
292 subscribers
96 photos
21 videos
7 files
210 links
El qatori, meni ham blog yuritgim kelib qoldi.

Yo'nalish topishga qiynalib, "universal" turdagi postlar qo'yib borishga qaror qildim.

Aloqa uchun: @abalog_bot
Download Telegram
Konimexda “WORLD IN IT” yoshlar forumi o‘tkazildi!

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi tashabbusi hamda Konimex tuman hokimligi, "Najot ta’lim" o‘quv markazi hamkorligida Konimex tumanida “WORLD IN IT” yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi.

🚀 “WORLD IN IT” forumida viloyatdagi IT sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi. "Najot ta’lim" o‘quv markazining o‘qituvchilari tomonidan IT sohasi, Grafik dizayn, Web dasturlash, SMM va digital marketing yo‘nalishlari bo‘yicha noodatiy tarzda master-klass tashkil etildi. Forum davomida mutaxassislar tomonidan sohaga qiziquvchi yoshlarning savollariga atroflicha javob berildi.

🔥 “WORLD IN IT” forumi yakunida faol ishtirok etgan yoshlarga maxsus sertifikat hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

👉 t.me/yoshlarittifoqi_uz
​​#yangilik #wow

Despacito ikkinchi o’ringa tushib qoldi

YouTube’da yaqin kunlargacha eng ko’p ko’rilgan video — “Despacito” klipi edi.

Yaqinda bolalar qo’shig’i “Baby Shark” uning rekordini “urib qo’ydi”. Endi rekord 7.2 mlrd’dan yuqori!

@abalog
Forwarded from Temurbek Adhamov
​​Youtube'da yangi loyiha boshladik!

Osmondagi bolalar - hayotning pasd-u balandiga qaramasdan o'z shijoat-g'ayrati bilan yuqori marralani zabt eta olgan, yoshlarga chinakam motivatsiya rolini bajarib beradigan insonlarni samimiy suhbat orqali o'zida jam qilgan yangi interaktiv ko'rsatuv.

Osmondagi bolalar ko'rsatuvining aktual missiyasi katta natijalarni qo'lga kiritgan yoshlarni ommaga tanitish va ularni bu yo'ldagi xato, qiyinchiliklar, to'plangan tajribalarini jamiyat bilan bo'lishishdan iborat!

Ko'rsatuvning birinchi sonida telegramda 1 million obunachisi bor, 3D Max orqali uyquda ham daromad qiladigan IT tadbirkor Abdusattor Abdurahimov bilan suhbatlashdik. Suhbat 25-noyabr soat 19:30 da quyidagi kanalga joylanadi. Obuna bo'ling va takliflar yozing. Har qanday tanqid va taklifga ochiqmiz! 😊

Obuna bo'lish
​​#mazzami #buboshqagap #instagram #superyangilik

Instagram stories’da audio qo’yish hammaga ochildi.

@abalog
​​#lirikchekinish #sabr

SabrAllohga tavakkal qilib, yaxshi kunlar kelishini kutishdir!

@abalog
Forwarded from Abduvosiq | Personal Blog
#ITga #qadam #qoygan #barcha #uchun

Jamoamiz bilan Navoiy viloyatiga konferensiya uchun borganimizda, bir ishni boshlab qo'ygan edim. Orada biroz muddat bo'sh vaqt ajrata olmay qoldim. Bugun jamoadoshim Islombek bilan bu ishni bir qismini yakunladik.

@worldinitbot - IT sohalarini o'rganishda bir qancha qulayliklar yaratadi. Botni funksiyalari juda oddiy va sodda bo'lgani bilan, mavzularni tartibli o'rganish uchun yordam beradi.

IT, marketing sohalariga endi kirib kelayotgan yoshlar uchun bot orqali o'qish osonroq deb o'yliman.

🌝 Hozircha botni SMM va Lifehack bo'limlari ishlab turibdi. Bog'lanish va foydali kanallar bo'limida esa, o'zim bilgan yaxshi kanallarni keltirib o'tganman.

🌚 Bot ishlamay qolsa, xovotritsa qimela, ko'pchilik birdaniga kirganida sekinlashishi mumkin.

@worldinitbot - Yoqimli ta'lim😇

🌐 Tarmoqlarim
​​So’nggi paytlardagi Instagram qilayotgan o’zgarishlar Abalog kanaliga jon bag’ishlab yubordi!

Ko’p cho’zib o’tirmay, yangi funksiyalarni sanab o’taman.

1. O’chirilgan postlar “Корзина”si
Endi profildan o’chirilgan post va IGTV videolarni 30 kun ichida qayta tiklasa bo’ladi.

2. Instagram Rooms (hammamizni qiynagan Zoom dasturining g’irt o’zi, faqat dayrektning ichida)

3. Shaxsiy postlarni o’z storisingizga repost qilishingiz man qilinadi
Bu qarorga so’rovnoma asosida kelishibdi. Nega bizdan hech kim so’ramaydi? 😐

4. Profillarda rang-barang “Тема”lar
Bilsangiz, dayrektda shunaqa funksiya chiqqandi. Orqa fonni har xil rasmlar bilan o’zgartirsa bo’layotgandi. Endi shuni profillarda ham qo’llash mumkin. Maqsad: ko’zlardan qon oqsin!

5. Storisda “Storis hosil qilish” tugmasi
Storis qo’ygan bo’lsangiz, shu storisning tagida yangi tugma hosil bo’ladi. Uning yordamida yana storis qo’yaverasiz.

P. S. Agar sizda bu funksiyalar ochilmagan bo’lsa, ayb menda emas! Foydalanuvchilarning ko’p qismida bu narsalar ishlayapti.
​​#telegram #qiziqarli

Qiziq xabar

😐
Bittasi Pavel Durovga ajoyib savol berdi: Agar insfratuzilmaning xarajatlarini yopish uchun telegram foydalanuvchilaridan pul olinsa, bu qanchadan tushardi?

🤔 Durov bunga javoban, “1$ dan kamroq pul olgan bo’lardim” ko’rinishida xabar qoldirdi.

💁🏻‍♂️ Xabarlarda WhatsApp 2016-yil 18-yanvargacha bir foydalanuvchiga yiliga 0.99$ dan to’g’ri kelgani ham ta’kidlab o’tilgan.

☝️ Ma’lumot o’rnida aytib o’tish kerakki, Telegramning foydalanuvchilari yarim milliardga yetgan. So’nggi 100 million foydalanuvchi shu yilning yanvar oyida tarmoqqa qo’shilishgan!

@abalog
​​#instagram #tozalash

Instagramda tozalash ishlari boshlandi!

🗞 The New York Times nashrining xabariga ko’ra, 4-fevral kunidan boshlab, instagram yuzlab akkauntlarni bloklashni boshladi. Bu amaliyot Twitter va TikTok bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

🕵🏻‍♂️ Gap shundaki, turli qisqa yuzerneymli (username) profillar har xil onlayn forumlarda sotilayotgan edi. Instagram ogusers.com saytida o’tkazgan tekshiruvlaridan keyin shu qarorga keldi.

🤑 @Killer @Miracle @Sick kabi foydalanuvchi nomlari odamlarda katta qiziqish va “bu akkaunt ancha oldin ochilgan ekan” degan tushunchani uyg’otadi. Keyin esa, profillar 40.000$ atrofida sotib yuboriladi...

🤦🏻‍♂️ Eng qizig’i, bunday bozori chaqqon profillarning barchasi o’nlab kiber jinoyatchilar tomonidan “взлом” qilinganligi aniqlanmoqda.

@abalog
​​#tiktok #yangilik

SMMchilarning “o’ljalari” safi ortmoqda!

🖥
TikTok tarmog’i Android TV va Google TV texnologiyasi asosida ishlovchi televizorlar uchun o’z dasturini moslashtirdi.

📱 Endi televizordagi QR kodni telefonda skaner qilish orqali yoki tiktok.com/activate saytiga kirish orqali TVga o’z akkauntingizni ulaysiz. Keyin esa, TikTokdagi bo’lar-bo’lmas videolarni televizorda ham ko’raverasiz!

Tez kunlarda, hamma mintaqalar uchun TikTok TV ishga tushib ketsa kerak. Nima ham derdik, o’zgacha yondashuv!

❗️ SMMchilar, TikTokka e’tiborni kuchaytirish kerak!

@abalog
​​#instagram #yangilik

Instagramda xayriya ishlari boshlandi!

📲 Post qo’yilayotgan vaqtda “Xayriya to’plamini qo’shish” (Добавить сбор пожертвований) tugmasi ko’rinish berishni boshladi. U yerda inson huquqlarini himoya qilish va xayriya tashkilotlarini tanlash mumkin (rasmda hukumat zo’ravonligidan jabrlangan belaruslarga yordam berish fondi ko’rsatilgan).

💰 Tashkilot tanlangandan keyin, profilda va postda 30 kun ichida maxsus xayriya qilish tugmasi turadi. So’ng u yerda to’plangan barcha pullar 100% o’sha tashkilotga yetkaziladi.

👏 Nima ham derdik?! Yaxshi ish boshlashibdi!

@abalog
​​​​#kitob #Tesla #ElonMusk

Kitobxonlar va Ilon Maskchilar uchun yangilik!

🚀 Amerikalik boyvochcha, Ilon Mask (Elon Musk) o’zining eng yirik loyihalari — Tesla va SpaceX haqida kitob yozishga qaror qilibdi.

📲 Bu haqida biznesmen o’zining twitterdagi sahifasida yozgan.

💬 “Tesla va SpaceX tarixi haqida so’zlash vaqti keldi”, deyiladi twitda. (Bu kitob ko’rinishida dunyo yuzini ko’rishi tahmin. Ammo, haqiqatga juda yaqin tahmin!)

❗️ Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, avvalgi haftada uning boyligi 11.500.000.000$ga (!) ko’paydi.

@abalog
​​#yaxshixabar #smm

O’z ustimizda ishlash, bilimlarimizni kuchaytirish bilan band bo’lib, dars o’ta olmayotgan edik. Bu orada kurs ochilishini so’rab ko’p murojaatlar bo’ldi.

Aynan shu so’rovlar onlayn SMM kurslarini qayta yo’lga qo’yishimizga turtki berdi.

Nasib qilsa, yaqin kunlarda @najottalim markazi bilan SMM onlayn kursini boshlaymiz. Qiziqqanlar bo’lsa, ism-familiya va telefon raqamingizni @abalog_bot’ga jo’natib qo’ying!

@abalog
Forwarded from Najot Ta'lim
"Xalqaro va mahalliy bozorda SMM" mavzusida jonli suhbat

Najot Ta'lim
markazining tajribali ustozlaridan biri, hozirda Belorussiya davlatida bilim olayotgan Abdulla Abdurahimov va Najot Ta'lim markazida SMM yo'nalishidan ustoz Abduvosiq Abdumalikov o'rtasida jonli suhbat bo'lib o'tadi.

🤩 Suhbatda xalqaro va mahalliy bozorda raqamli marketingning o'rni, chet davlatlarida qo'llanilayotgan asosiy trendlar mavzularida so'z boradi.

Shuningdek, onlayn ta'lim orqali SMM'ni qay darajada o'rganish mumkinligi, SMM menejerdan talab qilinadigan asosiy ko'nikmalar haqida ham aytib o'tiladi.

⌚️ Jonli suhbat Najot Ta'limning instagram sahifasi orqali, 18-mart, payshanba kuni, soat 20:30 da boshlanadi.

Siz suhbatni jonli kuzatish orqali Najot Ta'lim markazi ustozlaridan, SMM borasidagi o'zingizni qiziqtirgan savollaringizni so'rab, javob olishingiz mumkin bo'ladi.

🧑🏻‍💻 Administratorga yozish

📞 Tel: +998712001123

🔴 YouTube sahifa
​​#marketing #ideya

👉 Marketing
• yangi mijozlar olib kelishi;
• borlarini olib qolishi;
• ketib qolgan mijozlarni qaytarishi kerak.

👨🏻‍💻 Bu ishlar amalga oshishi uchun marketologlar turli usullarni o’ylab topishadi.

👇 Quyidagi rasm kafening eshigiga, chiqib ketayotgan odamning ko’ziga yaqqol tashlanadigan qilib, ilib qo’yilgan. Ko’rgan odamga yaxshi kayfiyat beradi, nima dedingiz?! 😉

@abalog
​​#marketing #ideya

❗️ Biznes egalari, marketologlar, menejerlar! Agar mijozlaringiz sizni yaxshi ko’rishlarini istasangiz, ularga yangi qulayliklar taklif qiling.

☝️ Hozir bunday imkoniyatlar shu qadar ko’pki, odamlar sizdan ketib boshqa kompaniyani tanlashlari hech gap emas. Bunday holat bo’lmasligi uchun boshingizni qotiring, o’ylang, izlang, yangi marketing usullarini qo’llang.

👇 Quyida instagram direct’dan kelgan xabar. Sahifaga obuna bo’lgach, shu xabarni oldik va kayfiyatimiz ko’tarildi.

📑 Qisqacha tarjima:

“Bizga obuna bo’lganingiz uchun tashakkur. Endi ushbu minnatdorchiligimizni bildirishga ijozat bering!

Bizning do’kondan mahsulot xarid qilsangiz, mashina turar joyi (стоянка) uchun birinchi soat pulini to’lab beramiz. Yoki uyingizga taksida olib borib qo’yamiz!

Taklif yaqin bir yil ichida amal qiladi. Shunchaki, xarid vaqtida shu yozishmani bizga ko’rsating!”


🤗 Umuman olganda unchalik katta chegirma yoki qimmatli sovg’a emas. Lekin yondashuv o’zgacha ekanligi odamning e’tiborini tortadi!

@abalog
​​#marketing #trend1

Bugundan boshlab, kanalimizda eng so’nggi, zamonaviy, yuqori talabga ega bo’lgan, effektiv marketing trendlari haqida fikr yuritamiz. Ilk mavzu:

Shaxsiylashtirish (Personalizatsiya)

👉
Bundan keyin doim personallashgan offertalarning bozori chaqqonlashib boraveradi. Demak, SMMda, flayer, bannerlarda personalrizatsiyadan foydalanish, e-mail, sms marketinglar rivojlanadi.

👇 Bu fikrga isbot tariqasida quyidagi raqamlarni keltiramiz:

• 63% xaridorlar umumiy (hamma uchun) chiqarilgan reklamalardan zerikishgan;

• 90% xaridorlar fikricha, personallashtirilgan reklamalar ko’proq e’tiborni tortadi.

👇 Bu usuldagi marketing usullaridan bir nechtasini esga olamiz:

• Coca-cola o’zining mahsulotlari muqovasiga eng ko’p tarqalgan ismlarni yozishni boshlaganda uning savdosi 2,5%ga ko’tarilgan. Ajablanarlisi, o’sha vaqtgacha 11 yil davomida kompaniya savdosi faqat tushib ketayotgan edi.

• Starbucks mobil ilova orqali mijozning xaridlar tarixini o’rganishni, kofeni o’zi uchun sozlash imkonini berish barobarida, 2.56 mlrd $ miqdorida daromad ko’rgan.

@abalog
​​#alamqiladi #nimasibu

Adliya vaziri maslahatchisi va taniqli bloger — Shahnoza Soatovaning telegramdagi blogida bir maqolani o’qib qoldim.

Maqolada maktabda bo’lgan voqea haqida gapirilgan (maqolani o’qish). Gap shundaki, maktabda bir qator “mas’ul shaxs”lar sinfxonalarga kirib, bolalarning paypog’i uzunligini tekshirib yurishgan emish. Buning nomi “LGBTga qarshi kurash” ekan!

Marhum qiziqchi ta’biri bilan aytganda, bir kulging keladi, bir jahling chiqadi, bir rahming keladi...

Bo’layotgan ba’zi ishlarga chetdan razm solsangiz, kechirasiz-u, odamning ko’ngli ayniydigan darajaga boryapti. Maktab bolasi LGBT nimaligini tushunmasa-yu, uni shu bo’yicha tekshirsalar nima bo’ladi?

Bola internetga kiradi, LGBT nima ekanini bilishga qiziqadi va savoliga javoblarni “videodarsliklar” bilan topadi...

Nima keragi bor bolalarning miyasini bo’lar-bo’lmas narsalar bilan band qilishni? Undan ko’ra, shunga ketgan vaqtda ularga bilim berilgani yaxshimasmidi? O’sha ishni qilaman degan odam kalta paypoq emas, futbolchilarning tizzagacha chiqib turadigan “getri”sini kiyib ham qilaveradi-ku! Nahot buni tushunish shunchalar qiyin bo’lsa?!

Mana shunaqa ishlarga ketayotgan vaqt va energiyani hech bo’lmasa, bitta dunyoviy yoki diniy bilim musobaqasiga ketkazgan yaxshiroq edi... Shuncha harakat bilan o’quvchilarga hech bo’lmasa bitta hadisni aytib, uning mohiyatini tushuntirib bersak manfaatliroq bo’lardi, ta’lim tizimimizga ham fayz kirardi...

Gapiray desam gaplar ko’p... Alam bilan klaviaturalarni qiynayapman... Buning ham bir hikmati bordir!

@abalog
​​#marketing #trend2

👉 Yodingizda bo’lsa, marketingdagi so’nggi trendlar haqida so’z yuritishni boshlagandik. Hozir shulardan yana biri haqida gaplashamiz:

PWA (Progressive Web App - Progressiv veb ilova)

📱 2007-yilda Apple kompaniyasi tomonidan tuzilgan loyiha. PWA - mobil ilova kabi funksiyalarga ega: qulay va smartfonga moslashgan interfeys, yo’riqnomalar jo’natish (iOS’da uzrli), asosiy oynada yorliq o’rnatish, smartfonga bog’langan qurilmalar bilan ishlay olish (cheklovlar mavjud), oflayn rejimda ishlash va boshqalar.

💻 Uni smartfon (kompyuter)ga o’rnatish uchun Play Market, AppStore, Microsoft Store kabi “o’rtakash” dastur va ilovalar kerak emas!

Qulayliklari:
• https protokoli orqali ishlagani uchun, xavfsiz deya e’tirof etish mumkin;
• Uning dizayni va ishlash algoritmini tuzish, o’zgartirish ko’p vaqt olmaydi;
• Kompyuter, planshet, smartfon hatto sotuv zalidagi maxsus terminallarga ham o’rnatish mumkin;
• Tuzuvchilar o’zgartirish va qo’shimchalarni masofadan turib kiritishlari mumkin;
• Yangi versiya chiqqanida foydalanuvchilar uni o’zlari yangilashlari talab etilmaydi...

Noqulayliklari:
• iOS’da bir qator muammolari bor: Siri bilan bog’lanmaydi, Apple Pay’ga ulanmaydi, 50 Mb’dan katta fayllarni saqlay olmaydi;
• Oflayn ishlaganda imkoniyatlar cheklanadi;
• PWA bilan ishlaganda, smartfonlarda odatdagidan ko’proq quvvat sarfi kuzatiladi...

🛒 Lekin, marketingda dadil qadamlar tashlashdan qo’rqmaydiganlar uchun juda mos keladi. PWA’dan bugungi kunda e-commerce (internet do’konlar)da keng foydalanib kelinmoqda.

📈 Hozirda onlayn savdoning 60% qismi onlayn kanallar orqali amalga oshmoqda. 2021-yil oxiriga kelib bu ko’rsatkich 73%ga oshishi bashorat qilingan.

Jahon tajribasidan misollar:

🔸 Starbucks mobil ilovasining PWA klonini ishlab chiqqanda, uning ilovaga nisbatan hajmi 99,84% kichik bo’lgan. Undan tashqari, smartfon orqali buyurtma berish 2 barobar oshgan.

🔸 AliExpress’da ham PWA’ning sharofati bilan, yangi foydalanuvchilar konversiyasi 104%ga o’sgan.

O’zingiz ayting, Play Market yoki App Store’dan ilova yuklab olish sizga ham yoqmaydi-ku, shunday emasmi?!

P. S. PWA’dan bugungi kunda mashhur Twitter, Nikkei, Lancôme, Forbes kabi kompaniyalar ham foydalanishadi.

@abalog
​​#google #yangifunksiya

Google Earth’dan yangilik

🌏 Tizim taymlaps funksiyasini joriy qildi. Uning yordamida Yer sharining turli nuqtalarida 1984-yildan 2020-yilgacha bo’lgan o’zgarishlarni tomosha qilish mumkin.

🛰 Buning uchun Google sun’iy yo’ldoshlarda olingan 24 milliondan ortiq suratlarni birlashtirib chiqqan.

🗺 Ushbu yangilik Yer yuzining o’zgarishiga odamlarning ta’sirini ko’rsatish maqsadida tuzilgan: shaharlar qurilishi, o’rmonlarning kesilishi, ekotizimga berilayotgan zararlar...

😢 Pastdagi gif’da Google Earth’dan olingan, o’zimizning Orol dengizini qurish jarayonini ko’rishingiz mumkin.

📲 To’liq va rasmiy ma’lumotni ingliz tilida o’qish uchun havola ustiga bosing!

@abalog