Abalog
293 subscribers
96 photos
21 videos
7 files
210 links
El qatori, meni ham blog yuritgim kelib qoldi.

Yo'nalish topishga qiynalib, "universal" turdagi postlar qo'yib borishga qaror qildim.

Aloqa uchun: @abalog_bot
Download Telegram
​​#abalog #tiktok #blog

TikTokda ham biz bilan bo’ling!

📲
Kuni kecha TikTok’da Abalog profilini ochdik. U yerda shunchaki kerakli va foydali maslahatlarni berib bormoqchimiz.

💬 Kecha, bugun profilga videolar joylandi. Kiring, ko’ring, baho bering! Fikrlaringizni kutib qolamiz!

TikTok’dagi Abalog

@abalog
​​#smm #telegram

🤔 Men biror narsadan bexabar qolib kettimmi? Yoki bu haqiqatdan ham yangilikmi?

📈 Telegram kanal adminlariga beradigan statistikalarni ko’rish uchun kanal obunachilari 1000 tadan ko’p bo’lishi kerakligini bilardim.

🤦🏻‍♂️ Lekin kecha “нечаянно” Abalog’ning statistikalarini ko’rib qoldim. Qachondan boshlandi bu?!

@abalog
​​#smm #yangilik

Maktablarda informatika fanidan SMM ham o’tilayotgan ekan!

@abalog
​​#smm #yangilik

Mana yana bir lavha...

👏
Haqiqiy holis fikr! Bu tasvirni ko’rib maza qildim (va SMM’ni yig’ishtirib, shunchaki blogerlik qilishni xohladim... ☹️)!

@abalog
​​Apple kompaniyasining bugungi taqdimotini 1.3 milliondan ortiq odam “прямая трансляция”da tomosha qilyapti!

Hozir iWatch haqida gap ketyapti (adashmasam...)
Aqlli soatlar narxi e’lon qilindi:

iWatch SE - 279$
iWatch 6 - 399$

@abalog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haa... Apple’chilar taqdimotni onlaynda ham qoyilmaqom olib borishlarini kutgandim.

Adashmapman!

@abalog
​​Uzoq kutilgan iPad ham ko’rina boshladi!

@abalog
Yangi iPad’ning ranglar jilosi!
Unga A14 Bionic yangi protsessori o’rnatiladi!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Keyingi oydan sotuvga chiquvchi, 599$li iPad Air 👆

@abalog
iPad Air yangiliklari birgina “screenshot” ichida!
Va... Tugadi ((

12 qani?!

@abalog
​​#Apple #taqdimot

☹️ Ochig’i, taqdimotga oz qolganda tarqalgan har xil gap-so’zlarga ishonmagan edim. Lekin, ular rost ekan!

📱 Gap shundaki, iPhone 12 flagmani (hozirgi vaziyat tufayli menimcha) biroz keyinroq sotuvga chiqadi. Balki yangi yil arafasida chiqar...

🤔 Apple’ning shu joyda ham “kallasi ishladi” va uni taqdimotda chiqarmadi. To’g’ri-da, agar iPhone 12 qanday bo’lishini aytib qo’yishsa, zavoddan chiqib bo’lgan shuuncha 11-u 11 Pro Max’lar nima bo’ladi?! Sotilmay qoladi!

👍 Buning oldini olish uchun eng maqbul yechim - 12 sotuvga chiqishiga yaqin qolganda uni taqdimotini o’tkazish!

Nima bo’lganda ham, men Apple’ni qo’llab-quvvatlayman! iPad Air esa... 🤤Hammamizga nasib qilsin!

@abalog
​​#smm #vakansiya

👨🏻‍💻 SMM menejeriga qo’yilayotgan talablar...

👉 O’sha TikTok’dagi gap: “Mazzami silaga, mazzami?”

@abalog
​​#bayram #shukrona #tabrik

Men kasbimni yaxshi ko’raman!

👨🏻‍💻 Deyarli 1 yildan beri Najot Ta’lim markazida SMM sohasidan dars berib kelaman. O’zim ham shu yerda ta’lim olganman. Ustozimiz Temurbek Adhamov sohaning sir-asrorlarini bizlarga o’rgatayotgan vaqtlarida, bu ishga qanday mas’uliyat bilan yondashishlarini sezib turardik.

👨🏻‍🏫 Bitirganimizdan so’ng, “estafeta tayoqchasi” menga topshirildi! Birinchi marta SMM sohasidan dars berish uchun guruhga kirganimda (Temur Adhamovning guruhlariga, ha, tajribam oshishi uchun ustozimiz o’z guruhlarini menga ishonib topshirgan edilar!), yaxshi kutib olishdi. Shu tariqa bilim ulashishdek mas’uliyatli va savobli ishimizni SMM sohasi orqali davom ettirishni boshladik!

👍 Kimga qanaqa, bilmadim-u, menga dars berish yoqadi! “Odam bir narsani bilmasdi, darsga keldi, bilib oldi. Bunga esa siz sababchisiz!” Ajoyib-ku! Bu vaqtlar hayotimning mazmunga va quvonchga boy onlari deb bemalol ayta olaman! Jamoamizga kelsak, "просто супер"! Izlanuvchan yoshlar, kuchli bilimga va tajribaga ega ustozlar... Bunday jamoa bilan bir qatorda turish katta kuch va maroq beradi, men sizga aytsam!

Hullas, bugungi bayram munosabati bilan, barcha hamkasblarimizni tabriklayman! Alloh kasb-korimizga baraka bersin, ilmimizni ziyoda qilsin! Biz bilim bergan o’quvchilar kelajakda shu bilimlar asosida katta marralarni zabt etishsin! 🤲

@abalog
​​#abalog #tiktok #blog

📲 TikTok tarmog’ida ro’yxatdan o’tganimga ancha bo’lgandi. Shu yilning 9-sentyabridan TikTokka sal boshqacharoq “iqlim” olib kirish maqsadida Abalog loyihasining bir ko’rinishini boshladim.

👇 Rasmda ko’rganingiz (ko’rmagan bo’lsangiz bir qarab oling) roppa-rosa 1 oylik (!) natija. Buni siri nimada ekanini bilasizmi?! Aslida bu yerda sir yo’q!

👉 “Nakrutka” aralashmadi. Reklama qilinmadi. Shunchaki:
1. TikTok algoritmi “creator” sahifa egalari hisobiga yaxshi tuzilgan;
2. TikTok’dagi hamyurtlarimiz foydali kontentga yovvoyi sher kabi tashlanishadi!

🔄 Chunki, o’yin-kulgu, bema’ni videolar me’daga tegishni boshladi. Odamlarda qiziqish yetarli, saviya ancha bo’y ko’rsatishni boshlagan. Imkoniyatni tushunish bor-u, harakat boshlash degan funksiya “loading” bo’lib turipti... ))

@abalog
​​#lirikchekinish

Boshidan aytib qo’yay, hammasi shaxsiy fikr!

🤦🏻‍♂️ Bir necha kun oldin, TikTok’dagi “live” vaqtida bitta qatnashuvchidan “Motivatsiya bering” degan ma’nodagi izoh keldi.

🔄 Shu “motivatsiya” so’zini eshitganimda ko’pchilikning qarashlariga teskari bo’lgan o’y-fikrlar kelaveradi...

🤷🏻‍♂️ Nahotki odam qo’ygan maqsadiga yetishi uchun boshqa odamdan qandaydir “aqlli gaplar” kerak bo’lsa?! Eshakka “chuv” desa yuradi. Shuning uchun ham u eshak... Unda harakat qilishi uchun “motivatsiya” olmoqchi bo’lganlar kim?!

👉 Yo’q, ular odam. Shunchaki, ularda biroz noto’g’ri tushuncha bor. O’z maqsadlariga erishish uchun (agar shunaqa maqsadlari bo’lsa) muvaffaqiyatga erishgan kimsadan maslahat, undov kerak, bo’lmasa o’xshamaydi deb o’ylashadi. Aslida, maqsad to’g’ri qo’yilsa, qat’iy tartib bilan ishlansa, hech qanday motivatorlarga talab qolmasligi kerak, nazarimda!

💁🏻‍♂️ Bordiyu, “biror ishni bajarishim, maqsadimga yetishim uchun menga biror odam motivatsiya berishi kerak” deb hisoblasangiz, pastda sizning rasmingiz keltirilgan ekan!

@abalog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana o'sha uzooq kutilgan iPhone 12'ning rasmiy taqdimoti!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nima derdi?! “Ranglariga ado bo’laman...”midi?!

@abalog