#LirikChekinish
Bugun etika-estetika bo'yicha gaplashamiz!
Aniqrog'i madaniyat, ijtimoiy tarmoqlarda murojaat madaniyati.
👤 "Salom. Yaxshimisiz", bo'ldi... Boshqa xabar yo'q. Siz yozmaguningizcha maqsadga o'tilmaydi, o'zini tanishtirmaydi. Keyin nima bo'ladi?! "Janob hech kim"ning savoli berilmay qolib ketaveradi. Shuning uchun, maqsadga o'taverish kerak, albatta, o'zingizni tanishtirganingizdan so'ng!
😕 "Assalomu alaykum. Anavi siz aytgan narsa ishlamayapti. Nimaga unaqa?" yoki "Men nega facebookka kirolmayapman? Internetim yaxshi ishlayapti-ku!"... Uzr-u, ja unchalikmas-da o'rtoqlar! Dab-durusdan bunaqa xabar olsak, nimani aytganmiz-u, nima ishlamayotganini anglolmay qolamiz-ku. Hamma facebook blokda ekanini biladi-yu, sizda negadir facebook ishlamaydi. Buni sizga tushuntirish uchun ham bizni qo'rqitmasdan, savolni chiroyliroq berish kerak-da!
😌 "Salom. Bezovta qilmadimmi?!"... Siz shu xabarning o'rniga maqsadga o'tganingizda, ikkala tomonning vaqti tejalar edi. Bezovta qilasizmi, yo'qmi, baribir siz uchun vaqt ajratib javob beriladi!
- Aka men SMMga qiziqaman. Menga shuni o'rgating!
- Xo'p, raqamingizni bering. Kursga ro'yxatga olib qo'yamiz.
- Yo'q kurs kerakmas!
- Unda qanday qilib o'rganmoqchisiz?
- Shunchaki menga vazifalar berasiz, men bajaraman. Orada ba'zi narsalarni o'rgatib, qilgan ishlarimni baholab borsangiz bo'ldi. Men telegram, instagramlarni yaxshi tushunaman. Ozgina bilmagan joyimni o'rganmoqchiman...
Menimcha ortiqcha sharh kerak emas!
❗️ Eng yaxshi murojaat, fikri ojizimcha, o'zingizni tanishtirib, vaziyatni aytib, undan so'ng masalani bayon qilganingiz bo'ladi.
🤝 Xullas, o'rtoqlar, "культурный" bo'laveraylik! Keyin, "главный" masala. Qachon, qayerda bo'lsa ham, salom bermoqchi bo'lsangiz to'g'ri yozing. Hech bo'lmasa mana bunday qilib: "Assalomu alaykum!"
@abalog

#blog #muomala #farosat
😁 Menimcha mana bunday masalalar faqat meni qiynamaydi sheklli...
Nurbek Alimovning twitteridan iqtibos

#instagram #yangilik
Instagram yangi funksiya ustida ish olib bormoqda
🗂 Unga ko’ra, akkauntdan o’chirib yuboriladigan post va storislar alohida saqlovxonaga tushadi.
📤 Agar shu postni “восстановить” qilishni (qayta tiklashni) xohlab qolsangiz, 30 kungacha buning iloji bo’ladi. Agar o’zingiz 30 kun ichida ulgurmasangiz, unda uzrli!
🙃 Xullas, ijtimoiy tarmoqlar bizni har tomonlama zeriktirib qo’ymaslik uchun harakatda.

#Belorus #fikr
Belorussiyada o'qish fikrim to'g'riligiga o'zimda ham shubha paydo bo'la boshladi...
🇧🇾 So'nggi vaqtlarda trend mavzulardan biri Belorussiyada bo'layotgan siyosiy-ijtimoiy muammolar ekanidan xabaringiz bor. Vaziyat borgan sari chigallashib, jiddiy tus olmoqda.
👉 Xususan, kuni kecha, 23-avgust kuni belorus poytaxti Minsk shahri va boshqa bir nechta hududlarda «Марш новой Беларуси» ("Yangi Belorussiya marshi") nomli namoyish o'tkazildi. Unda 100 minglab (turli manbalarda turlicha: 100.000 dan 250.000 gacha deb aytilyapti) fuqarolar ishtirok etishdi.
🤔 Tushunishim bo'yicha, namoyishchilar Minskdagi Mustaqillik maydonidan Lukashenkoning qarorgohigacha "Марш" qilishgan. Ularning qo'llarida «Уходи!», «Трибунал!» kabi shiorlar bo'lgan. Bu ishlarning barchasi prezidentlik saylovlaridan keyin boshlandi. Aholining ko'pchilik qismi saylovda Lukashenkoga qarshi ovoz bergan bo'lsa-da, yakunda 80% ovoz aynan "Батька" uchun to'planganligi e'lon qilingan.
❗️ Eng asosiysi, men shu yaqin kunlarda (karantin cheklovlari olingandan keyin, albatta) aynan Minsk shahriga o'qish masalasida ketmoqchi edim...

📆 Instagram “Tadbirlar” funksiyasini ishga tushirdi.
👉 Uning ishlashi quyidagicha: post qo’yilayotgan vaqtda akkauntni “tag” qilish va lokatsiya belgilash tugmalari yonida “Add events” (“Tadbir qo’shish”) tugmasi chiqadi (Faqat biznes va avtor akkauntlar uchun).
📲 Lentadagi postning o’sha siz bilgan joyida (o’ng taraf, pastki chap burchakda) kalendar belgisi chiqadi. Ustiga bosganingizda, “Remind the event” (“Tadbirni eslatish”) menyusi ochiladi.
⏰ Keyin instagram kunlik tadbirlarni (agar “Eslatish”ni yoqqan bo’lsangiz) sizga eslatib turadi. Masalan: “Bugun sizda 2ta tadbir bor. Birinchisi 15 daqiqadan keyin boshlanadi”.
☑️ Bu funksiya yordamida 90 kungacha bo’lgan vaqt oralig’idagi tadbirlarni belgilash mumkin.
🙃 Hozircha, “Instagram Event” faqat Yaponiyada ishlayapti. Tez orada biz uchun ham foydalanish imkoni berilishiga umid qilamiz!

#ibratvaqti #lirikchekinish
Kalta paypoq kiysang ham, uzun paypoq kiysang ham buni bilib qo’y!
Alloh taolo shunday marhamat qiladi «Ey Odam bolalari, darhaqiqat, Biz sizlarga avratlaringizni berkitadigan libosni ham, yasan-tusan libosini ham nozil qildik. (Hammasidan) yaxshiroq libos taqvo libosidir» (A'rof surasi: 26-oyat).
Ushbu oyati karimada Alloh taolo insonlarga avratlarini berkitadigan hamda ularga ziynat bo‘ladigan har turli liboslarni yaratib bergani, ularga bu narsalarni bichish, tikish va tayyorlash uchun imkon berganini «nozil qildik» degan so‘z bilan eslatar ekan, avratlarni mazkur liboslar ila to‘sishga amr etmoqda.
Avrat o‘rinlari erkaklarda kindikdan tizzagacha bo‘lgan joyni o‘z ichiga oladi. Demak, mazkur joylarni berkitish vojibdir.
Manba: Kun.uz (tikka ko’chirildi)

#TheNewYorkTimes #imtihon
📰 Dunyoga mashhur “The New York Times” nashri muqovasida o’zbek abituriyentlari surati chiqdi.
⛅️ Maqolada pandemiya sababli imtihon topshirish jarayoni ochiq osmon ostida o’tkazilayotganligi aytilgan.
✍️ Jami 1.4 million abituriyent imtihon topshirib, tahminan 150.000 o’rin uchun bahslashishlari ham keltirib o’tilgan.
Manba

#abalog #tiktok #blog
TikTok’da ham biz bilan bo’ling!
📲 Kuni kecha TikTok’da Abalog profilini ochdik. U yerda shunchaki kerakli va foydali maslahatlarni berib bormoqchimiz.
💬 Kecha, bugun profilga videolar joylandi. Kiring, ko’ring, baho bering! Fikrlaringizni kutib qolamiz!
TikTok’dagi Abalog

#smm #telegram
🤔 Men biror narsadan bexabar qolib kettimmi? Yoki bu haqiqatdan ham yangilikmi?
📈 Telegram kanal adminlariga beradigan statistikalarni ko’rish uchun kanal obunachilari 1000 tadan ko’p bo’lishi kerakligini bilardim.
🤦🏻♂️ Lekin kecha “нечаянно” Abalog’ning statistikalarini ko’rib qoldim. Qachondan boshlandi bu?!

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Haa... Apple’chilar taqdimotni onlaynda ham qoyilmaqom olib borishlarini kutgandim.
Adashmapman!
@abalog
Adashmapman!
@abalog