Abalog
293 subscribers
96 photos
21 videos
7 files
210 links
El qatori, meni ham blog yuritgim kelib qoldi.

Yo'nalish topishga qiynalib, "universal" turdagi postlar qo'yib borishga qaror qildim.

Aloqa uchun: @abalog_bot
Download Telegram
#facebook #instagram #smm

Nega instagram va facebookda biz qiziqqan narsalarga aloqador reklamalar bizga ko’rinishini bilasizmi?

📲 Facebook va Instagram bir oila hisoblanadi. Ular ikkala tarmoqda ham qilayotgan ishlaringiz: bosgan laykingiz, yozgan izohingiz, sizga yoqqan sahifa va akkauntlar, qidirgan narsalaringiz va boshqalarni kuzatib borishadi.

💻 Undan tashqari, boshqa saytlardagi hatti-harakatlaringiz natijasida ham sizga reklamalar ko’rinishi mumkin.

Bu qanday amalga oshiriladi?
Reklama beruvchi (SMM menejeri, targetolog) mahsulot turiga qarab, uni kimlar uchun mo’ljallanganini aniqlaydi.

🤳 Keyin tarmoqning maxsus imkoniyati orqali reklamani ko’radigan odamlarning kategoriyalari va qiziqishlarini kiritib chiqadi.

👨🏻‍💻 Facebook va instagram esa kiritilgan ma’lumotlar bilan o’z tahlillarini birlashtiradi. So’ngra reklamani aylantira boshlaydi. Ya’ni, reklamani qanday odam ko’rishini targetolog belgilaydi. Tarmoq, shunchaki, qiziqishlari targetologni qoniqtiradigan foydalanuvchilarga reklamani ko’rsatadi.

👉 Facebook tarmog’ida aynan bir reklamani nega sizga ko’rinayotganini aniqlash uchun mana bu maqola bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

@abalog
​​#tiktok #Tramp #microsoft

🤝 Internetda Microsoft kompaniyasi Xitoyning ByteDance kompaniyasidan TikTokni sotib olmoqchiligi haqidagi xabar juda ko’p aylanyapti.

🤔 Bu masalaga Oq uy ham aralshayotgani meni hayron qoldirmoqda.

👉 Masalan: Microsoft bosh direktori Satya Nadella va Donald Tramp orasida bo’lgan suhbatdan keyin Microsoft TikTok masalasini 15-sentyabrgacha hal qilishi aytildi.

📰 Bu haqda TACC kompaniya bayonotiga havola bilan xabar bergan.

❗️Bilmadimu, menga qolsa TikTokni sotmasdim!

@abalog
Сезмаганлар учун

❗️Ўзбекистонда ҳозиргина соат 13:20 да зилзила кузатилди

Зилзила Ўзбекистон ҳудудида:
Тошкент : 181 км, 3 балл.
Наманган : 113 км, 4 балл.
Андижон : 143 км, 3 балл.
Фарғона : 83 км, 4 балл.
Гулистон : 177 км, 3 балл.
Жиззах : 255 км, 3 балл.
Самарқанд : 336 км, 2 балл.
Термиз : 453 км, 2 балл.
Қарши : 458 км, 2 балл.
Навоий : 464 км, 2 балл.

Манба
​​#tiktok #ДеньКарьеры #trend

TikTokda karyera kuni (#ДеньКарьеры)

❗️ TikTok hh.ru (Headhunter) va ta'lim beruvchi hamkorlar bilan birgalikda #ДеньКарьеры kampaniyasini o'tkazmoqda.

👍 Uning muddati 29-iyuldan 8-avgustgacha belgilangan. Kampaniya (Kompaniya emas, kampaniya! Bu boshqa narsa) maqsadi hozirda aktual bo'lib turgan kasblar bo'yicha ekspert va mutaxassislarning boshqalarga ma'lumot berishidir. Ya'ni mutaxassislar o'z sohalari bo'yicha tarmoqning boshqa foydalanuvchilariga turli motivatsion maslahatlar, ma'lumotlar berib borishadi.

👨🏻‍💻 Mendan so'rasangiz, bu loyiha o'zini oqlamoqda deb aytishim mumkin. Chunki, #ДеньКарьеры qisqa vaqt ichida 26 milliondan oshiq ko'rildi. Boshqalar o'zlari uchun kerakli ma'lumotlarni olishmoqda, odamlarning zamonaviy va aktual sohalarga qiziqishlari biroz bo'lsa-da oshmoqda (Asosan Rossiyaliklarning. Chunki, hh.ru Rossiyaga tegishli-da). Buni videolarga yozilgan izohlardan ham sezish qiyin emas.

Nima ham derdik?! A-joyib!

@abalog
​​​​#tiktok #yangilik

⌚️ TikTokda 3 daqiqalik videolar qo’yish mumkin bo’libdi.

Tugadi!

@abalog
​​#Tramp #tiktok

AQSh prezidenti Donald Tramp yangi hujjatga imzo chekdi

📋 Hujjat Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli qisqa videolar ko’rishga mo’ljallangan har qanday dasturlar faoliyatining AQSh hududida to’g’risida.

Bu ishni amalga oshirish uchun Tramp 45 kun muhlat bergan. Donald Xitoyliklar shu dasturlar orqali foydalanuvchilarning ma’lumotlarini yig’ishlariga qat’iy ishonmoqda.

@abalog
​​#Durov #tiktok

Pavel Durovdan iqtibos

“AQSh’ning TikTokni bloklash tahdidi internetni izdan chiqarishi (vayron qilishi) mumkin”

• Twitter, Pavel Durov, 06.08.2020

@abalog
​​#SpaceX #ElonMusk

🚀 Elon Maskka tegishli Space X kompaniyasi o’z raketalarini uchirayotganidan xabaringiz bor.

😍 Twitterdagi Wonder of Science sahifasi shu raketalardan birining videosi bilan o’rtoqlashdi. Videoda Space X raketasining Los Angeles shahri tepasida qoldirgan izi ko’ringan.

@abalog
Telegram messenjerida tashkil etilgan “Abalog” kanalidan rozimi siz?
Anonymous Poll
52%
Ha roziman
14%
Alabatta roziman
15%
Tashkil etganlarga rahmat
19%
Abalog xodimlariga rahmat
​​#telegram #Durov

Ba’zi xabarlarga ko’ra telegram sotilar emish...

🙅🏻‍♂️ 2018-yil aprelda Rossiyada telegramni bloklashgan edi. Bunga sabab qilib FSB’ga xabarlarni o’qish imkonining berilmaganligi ko’rsatilgan. 2020-yil 18-iyulda esa Rossiya Bosh Prokuraturasi qarori bilan cheklov olib tashlandi.

😐 OAV’larda cheklovni olib tashlanishining sababi etib telegramni sotish masalasi turgani ko’rsatildi.

👌 Ammo, 5-avgust kuni Pavel Durov o’zining telegram kanalida telegramni qisman ham butunlay ham sotmasligi haqida post chiqardi.

“Biz o’z foydalanuvchilarimizni sotmaymiz. Biz telegramni sotmaymiz, qisman ham, butunlay ham. Bu doim bizning pozitsiyamiz bo’lib qoladi”, deydi Pasha o’z postida.

@abalog
​​#smm #instagram #reels

🤩 Instagram 50 ta davlatda “instagram reels”ni ishga tushiribdi.

😎 Bizda esa, “Qaysi VPN’dan kiryabsan?!”, “U tekinmi?!”...

P. S. Instagram reels - TikTokdagiga o’xshab qisqa videolarni montaj qilishga mo’ljallangan yangi imkoniyat.

UPD: Manbada 50 dan ortiq deb yozilgan ekan. Demak, instagram storislarda 50 tadan ortiq mamlakat vakillari videolarini montaj qilishmoqda!

@abalog
​​#tiktok #forbes

Uyalish kerak!

🤯 Biz o'zimizcha ertalabdan kechgacha ishlayapmiz, pul topyapmiz deb yuribmiz. Bu yoqda 16-18 yoshli qizlar bitta smartfon bilan millionlab dollarlarni ishlashyapti.

😕 Nega o'zingizni tushunmaganga olyapsiz?! Ha, albatta TikTokerlarni aytyapman-da!

Forbes jurnali ilk marotaba amerikalik TikTokerlarning TOP-7 reytingini e'lon qildi. Unga ko'ra, so'nggi 12 oy ichida yettitalikdagi barcha blogerlar 1 million dollardan ko'p pul topishgan:

1️⃣ Eddison Rey Isterling (Addison Rae Easterling) - 5 million dollar daromad bilan. Xususan, u Reebook va soat ishlab chiqaruvchi Daniel Wellington kompaniyalari bilan shartnoma tuzgan. American Eagle kiyim brendi vakili bo'lgan va o'z onasi bilan birgalikda Spotify haftalik podkastini yo'lga qo'ygan. Undan tashqari, o'zining Item Beauty kosmetika brendi ham mavjud.

2️⃣ Charli D'Amelio (Charli D'Amelio) - 4 million dollar bilan. U hozirda eng katta auditoriyaga ega TikToker hisoblanadi.

3️⃣ Diksi D'Amelio (Dixie D'Amelio) - 2.9 million dollar. U Charlining "родной" singlisi!

4️⃣ Loren Grey (Loren Gray) - 2.6 million dollar.

5️⃣ Josh Richards (Josh Richards) - 1.5 million dollar.

6️⃣ Maykl Li (Michael Le) - 1.2 million dollar.

7️⃣ Spenser iks (Spencer X) - 1.2 million dollar.

Biz ulardan kamroq pul topganimiz uchun uyalish kerak demadim. Shunchaki, birovning pulini hisoblash yaxshi emas. Shuni eslatib qo'ymoqchi edim! 👌

P. S. "А так" biznikilar ham "падаркамас"! SMMdan 100 ming dollar qilishyapti!

@abalog
👍1
​​#youtube #maʼlumot #foydali

IT rivojlangan bugungi kunda hammamiz YouTube'ga o'rgandik (Aslida bunga zerikarli karantin sababchi)

🎞 YouTube'da video ko'rayotganingizda qancha trafik ketishini bilasizmi? Jadval bilan tanishing va "megabaytingiz" qayerga ketayotganini ko'ring 🧐

240p yoki 360p rejimida — soatiga 300 MB;
480p — soatiga 700 MB;
720p — soatiga 900 MB;
1080p — soatiga 1,5 GB;
2K — soatiga 3 GB;
4K — soatiga 7,2 GB.

❗️ Eslatma: IT so‘zini ishlatganda bir narsaga e’tibor bering, hech qachon "IT texnologiyalari" deb gapirmang! Sababi, agar bu gapingizni to‘liq to‘g‘ri yozadigan bo‘lsak "Information Technology texnologiyalari", yoki o‘zbekchaga o‘girsak "Axborot texnologiyalari texnologiyalari" ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu sal g‘alati bo‘lsa kerak...

P. S. Bu maqolani SMM kursimizda tahsil olayotgan o'quvchimiz yozganlar.

@abalog
​​#LirikChekinish

Bugun etika-estetika bo'yicha gaplashamiz!

Aniqrog'i madaniyat, ijtimoiy tarmoqlarda murojaat madaniyati.

👤 "Salom. Yaxshimisiz", bo'ldi... Boshqa xabar yo'q. Siz yozmaguningizcha maqsadga o'tilmaydi, o'zini tanishtirmaydi. Keyin nima bo'ladi?! "Janob hech kim"ning savoli berilmay qolib ketaveradi. Shuning uchun, maqsadga o'taverish kerak, albatta, o'zingizni tanishtirganingizdan so'ng!

😕 "Assalomu alaykum. Anavi siz aytgan narsa ishlamayapti. Nimaga unaqa?" yoki "Men nega facebookka kirolmayapman? Internetim yaxshi ishlayapti-ku!"... Uzr-u, ja unchalikmas-da o'rtoqlar! Dab-durusdan bunaqa xabar olsak, nimani aytganmiz-u, nima ishlamayotganini anglolmay qolamiz-ku. Hamma facebook blokda ekanini biladi-yu, sizda negadir facebook ishlamaydi. Buni sizga tushuntirish uchun ham bizni qo'rqitmasdan, savolni chiroyliroq berish kerak-da!

😌 "Salom. Bezovta qilmadimmi?!"... Siz shu xabarning o'rniga maqsadga o'tganingizda, ikkala tomonning vaqti tejalar edi. Bezovta qilasizmi, yo'qmi, baribir siz uchun vaqt ajratib javob beriladi!

- Aka men SMMga qiziqaman. Menga shuni o'rgating!
- Xo'p, raqamingizni bering. Kursga ro'yxatga olib qo'yamiz.
- Yo'q kurs kerakmas!
- Unda qanday qilib o'rganmoqchisiz?
- Shunchaki menga vazifalar berasiz, men bajaraman. Orada ba'zi narsalarni o'rgatib, qilgan ishlarimni baholab borsangiz bo'ldi. Men telegram, instagramlarni yaxshi tushunaman. Ozgina bilmagan joyimni o'rganmoqchiman...

Menimcha ortiqcha sharh kerak emas!

❗️ Eng yaxshi murojaat, fikri ojizimcha, o'zingizni tanishtirib, vaziyatni aytib, undan so'ng masalani bayon qilganingiz bo'ladi.

🤝 Xullas, o'rtoqlar, "культурный" bo'laveraylik! Keyin, "главный" masala. Qachon, qayerda bo'lsa ham, salom bermoqchi bo'lsangiz to'g'ri yozing. Hech bo'lmasa mana bunday qilib: "Assalomu alaykum!"

@abalog
#blog #muomala #farosat

😁 Menimcha mana bunday masalalar faqat meni qiynamaydi sheklli...

Nurbek Alimovning twitteridan iqtibos

@abalog
​​#instagram #yangilik

Instagram yangi funksiya ustida ish olib bormoqda

🗂 Unga ko’ra, akkauntdan o’chirib yuboriladigan post va storislar alohida saqlovxonaga tushadi.

📤 Agar shu postni “восстановить” qilishni (qayta tiklashni) xohlab qolsangiz, 30 kungacha buning iloji bo’ladi. Agar o’zingiz 30 kun ichida ulgurmasangiz, unda uzrli!

🙃 Xullas, ijtimoiy tarmoqlar bizni har tomonlama zeriktirib qo’ymaslik uchun harakatda.

@abalog
​​#Belorus #fikr

Belorussiyada o'qish fikrim to'g'riligiga o'zimda ham shubha paydo bo'la boshladi...

🇧🇾 So'nggi vaqtlarda trend mavzulardan biri Belorussiyada bo'layotgan siyosiy-ijtimoiy muammolar ekanidan xabaringiz bor. Vaziyat borgan sari chigallashib, jiddiy tus olmoqda.

👉 Xususan, kuni kecha, 23-avgust kuni belorus poytaxti Minsk shahri va boshqa bir nechta hududlarda «Марш новой Беларуси» ("Yangi Belorussiya marshi") nomli namoyish o'tkazildi. Unda 100 minglab (turli manbalarda turlicha: 100.000 dan 250.000 gacha deb aytilyapti) fuqarolar ishtirok etishdi.

🤔 Tushunishim bo'yicha, namoyishchilar Minskdagi Mustaqillik maydonidan Lukashenkoning qarorgohigacha "Марш" qilishgan. Ularning qo'llarida «Уходи!», «Трибунал!» kabi shiorlar bo'lgan. Bu ishlarning barchasi prezidentlik saylovlaridan keyin boshlandi. Aholining ko'pchilik qismi saylovda Lukashenkoga qarshi ovoz bergan bo'lsa-da, yakunda 80% ovoz aynan "Батька" uchun to'planganligi e'lon qilingan.

❗️ Eng asosiysi, men shu yaqin kunlarda (karantin cheklovlari olingandan keyin, albatta) aynan Minsk shahriga o'qish masalasida ketmoqchi edim...

@abalog
​​#instagram #yangilik

📆 Instagram “Tadbirlar” funksiyasini ishga tushirdi.

👉 Uning ishlashi quyidagicha: post qo’yilayotgan vaqtda akkauntni “tag” qilish va lokatsiya belgilash tugmalari yonida “Add events” (“Tadbir qo’shish”) tugmasi chiqadi (Faqat biznes va avtor akkauntlar uchun).

📲 Lentadagi postning o’sha siz bilgan joyida (o’ng taraf, pastki chap burchakda) kalendar belgisi chiqadi. Ustiga bosganingizda, “Remind the event” (“Tadbirni eslatish”) menyusi ochiladi.

Keyin instagram kunlik tadbirlarni (agar “Eslatish”ni yoqqan bo’lsangiz) sizga eslatib turadi. Masalan: “Bugun sizda 2ta tadbir bor. Birinchisi 15 daqiqadan keyin boshlanadi”.

☑️ Bu funksiya yordamida 90 kungacha bo’lgan vaqt oralig’idagi tadbirlarni belgilash mumkin.

🙃 Hozircha, “Instagram Event” faqat Yaponiyada ishlayapti. Tez orada biz uchun ham foydalanish imkoni berilishiga umid qilamiz!

@abalog
​​#ibratvaqti #lirikchekinish

Kalta paypoq kiysang ham, uzun paypoq kiysang ham buni bilib qo’y!

Alloh taolo shunday marhamat qiladi «Ey Odam bolalari, darhaqiqat, Biz sizlarga avratlaringizni berkitadigan libosni ham, yasan-tusan libosini ham nozil qildik. (Hammasidan) yaxshiroq libos taqvo libosidir» (A'rof surasi: 26-oyat).

Ushbu oyati karimada Alloh taolo insonlarga avratlarini berkitadigan hamda ularga ziynat bo‘ladigan har turli liboslarni yaratib bergani, ularga bu narsalarni bichish, tikish va tayyorlash uchun imkon berganini «nozil qildik» degan so‘z bilan eslatar ekan, avratlarni mazkur liboslar ila to‘sishga amr etmoqda. 

Avrat o‘rinlari erkaklarda kindikdan tizzagacha bo‘lgan joyni o‘z ichiga oladi. Demak, mazkur joylarni berkitish vojibdir.

Manba: Kun.uz (tikka ko’chirildi)

@abalog