Abalog
293 subscribers
96 photos
21 videos
7 files
210 links
El qatori, meni ham blog yuritgim kelib qoldi.

Yo'nalish topishga qiynalib, "universal" turdagi postlar qo'yib borishga qaror qildim.

Aloqa uchun: @abalog_bot
Download Telegram
#smm #targetolog

👆 Bu rasmlar SMM menejerlari va Targetologlarga bag’ishlanadi! Men sizning dardingizni tushunaman!

👥 Shunday mutaxassislar bilan ishlovchi “eyrim bir” marketolog va biznes egalari... Balki ha deb mutaxassisning ishiga aralashavermasdan, erkin ishlashiga qo’yib berarsiz?!

❗️ Keyin, “на всякий случай” aytib qo’yay, oxirgi paytlar Facebook o'zi yaxshi ishlamayapti. Uni SMM menejeringiz ataylab sekinlashtirib qo’ymagan!

@abalog
​​#telegram #megaqulaylik #yashavorDurov

Telegram iOS va MacOS uchun yangi 6.3 versiyani App Store'ga chiqardi

👍 Men ham yangilab ko'rdim. O'zimning ta'birim bilan aytganda: a-joyib!

📲 "Главный"ga rasm o'rniga video qo'yish, chatda yuborilgan rasmlarning "предпросмотр"i, desktop versiya kabi 2GBgacha fayllarni yuborish va shunga o'xshash yangiliklar.

Faqat negadir "видеозвонок" degan joyini ko'rmadim... Unisiniyam tezlashtirishlarini kutib qolamiz! Xullas, ayfonchi, makbukchilar, mezza qilamiz, androiddagilarning ichini yondirib! 😌

@abalog
​​#instagram #TheVerge

🤭 Bugun TheVerge'da bir maqolani o'qib qoldim. Unda yozilishicha, Instagram smartfonlarning old kamerasi orqali foydalanuvchilarni "tomosha qilib" turar ekan.

📲 Apple kompaniyasining yangi iOS 14 tizimiga qo'shilgan funksiya instaning bu "kirdikorini" fosh qilishga ko'mak beribdi.

🤨 Gap shundaki, iOS 14'da kamera yoki mikrofon qaysi dasturda ishlayotganini ko'rish mumkin ekan. Foydalanuvchilar Instagramdagi "лента"ni aylantirib o'tirishganida ham bu indikator o'chmayotgan emish. Demak, xalq tili bilan aytganda, instagram "крыса"lik qilyapti. Instagram rahbariyati esa buni ilovadagi nosozlik deb baholamoqda va bu kamchilik ustida ishlanayotganini ta'kidlashmoqda.

💁🏻‍♂️ Nega ba'zilar noutbuklaridagi kamerani qora "скотч" bilan yopib qo'yishlarini endi tushundim... Ehtiyot bo'lgan yaxshida baribir! Lekin faqat kamera bilan ish bitmas ekan. "Так что" mikrofonni ham suv-puv quyib ishdan chiqarib qo'yish kerak!

@abalog
Forwarded from SMM va Marketing
​​#maqola #yozish #qoidasi

Maqola yozishda nimalarga eʼtibor berish kerak?

☝️ Koʻpchilikni qiynaydigan savol bu: maqola yozishda nimalarga eʼtibor berish kerak?

🎯 Birinchi bosqich: Oʻzingizni stilingizni yarating! Mani maqolalarimning har bir qatorida bitta smaylik bor! Bu mani stilim. Siz ham boshqa kanallarni kuzating va kanallarda yoʻq narsani toping. Eng muhimi stilingiz oʻzingizga yoqsa kifoya!

📌 Ikkinchi bosqich: Maqola uchun yangiliklar topish!
Hammani qiynaydigan va oʻzim ham qiynaladigan bosqich shu boʻladi! Yangiliklarni koʻpincha rus tilida qidiring! Rus tilida qiynaladigan boʻlsangiz, turli “переводчик“ lardan foydalaning. Oʻzbekchalab aytganda “oʻzing uchun oʻzing kurash”!

❗️ Uchinchi bosqich:
Xatolaringizni tuzating! Bilaman boshida xatolaringiz koʻp boʻladi. Koʻp xato qilmaslik uchun koʻproq maqola yozish va kitob oʻqish kerak boʻladi. Ha sizning kitob oʻqigingiz kelmayotgan boʻlsa buni ham yoʻli bor! Savodxon.uz/tahrir saytiga kirasiz va oyiga 10 ming soʻmdan toʻlab bemalol ishlatasiz. Bir narsaga erishish uchun bir narsadan kechish kerak!

🖼 Toʻrtinchi bosqich:
Rasm topish va kanalga joylash! Rasm topish uchun shunchaki Googlega kirib, kerakli mavzuni tanlaysiz va “картинки“ joyiga kirasiz va xohlagan rasmingizni “сохранить“ qilasiz! Keyingi ishingiz shunchaki maqolangizni kanalingizga joylasangiz bas! Ana endi rohatlansangiz ham boʻlaveradi!

😉 Maqola yozishda nimalarga e'tibor berish kerak ekanini tushungan bo'lsangiz layk, tushunmagan bo'lsangiz @SMMvaMarketing_bot orqali bemalol so'rashingiz mumkin!

@SMMvaMarketing
👍2
​​#facebook #bloomberg

Facebook endi siyosiy reklamalarni "aylantirmasligi" mumkin

😶 Bu haqida Bloomberg sayti xabar bermoqda. Agar xabar rost bo'lsa, 3-noyabr kuni o'tkazilishi rejalashtirilayotgan AQSh prezidentligi saylovlarida nomzodlar tarmoqqa suyana olishmaydi.

😯 Ma'lumot uchun aytib o'tish kerakki, so'nggi 90 kun mobaynida Donald Tramp va Jo Bayden Facebook'dagi tashviqotlarga jami $29.9 million sarmoya kiritishgan edi.

💁🏻‍♂️ 2019-yilda Twitter rahbari Jek Dorsi ham o'zining tarmog'ida siyosiy reklamalar qo'yilmasligi ma'lum qilgandi.

@abalog
​​#hayit #shukrona #tabrik

🤲 Avvalambor, Alloh barchamizni shu kunlarga yetkazganiga shukronalar aytamiz! Tanimiz sog’, aqlimiz raso, yaqinlarimiz tinch-omon ekani uchun behisob hamdlar bo’lsin!

😊 Bugungi bayram bilan barcha musulmon ahlini muborakbod etamiz! Qurbon hayiti barchamizga qutlug’ bo’lsin. O’zimizning tilda aytganda “Bunaqa bayramlarning ko’piga yetaylik!”.

🤲 Turli joylarda, turli sabablar bilan kasal bo’lgan bemorlarga Alloh shifo ato etishini, virus balosi bizni tezroq tark etishini tilaymiz! Oila a’zolaringiz va yaqinlaringizni ham bizning nomimizdan tabriklab qo’ying!

@abalog
​​#telegram #apple

😶 Telegram Yevrokomissiyaga Apple kompaniyasi ustidan rasmiy shikoyat bilan chiqdi. Bu haqda 30-iyul kuni The Financial Times nashri xabar bergan.

📰 Shikoyatda Apple foydalanuvchilarga ilovani faqat App Store'dan emas, boshqa manbalardan ham yuklab olish imkonini berishi kerakligi aytilgan, deb yoziladi Gazeta.ru saytida.

✌️ The Financial Times'ning maqolasida iyun oyida Yevrokomissiya rahbari, Margaret Vestager Apple bilan bog'liq antimonopol tekshiruv ishlari ketayotganini bayon qilgani ham yozilgan. Birinchisi - App Store, keyingisi - Apple Pay.

O'z navbatida Apple ham monopoliya bo'yicha ayblovlarni bir necha bor rad qilgan. Xususan, "РИА Новости" xabariga ko'ra, Apple ijrochi direktori Tim Kuk App Store'ni tekshirishni qoralamagan, lekin o'z kompaniyasi obro'sini himoya qilishini ham qat'iy ta'kidlab o'tgan.

😐 Nima ham derdik, voqealar jiddiy tus olsa, bir kompaniya boshqasiga ja borsa kompensatsiya to'laydi-da. Biz esa hozircha oddiy foydalanuvchimiz... Shunchaki kuzatamiz!

@abalog
​​#kinovaqti #yakshanba #tavsiya

💁🏻‍♂️ Karantinda deyarli hamma uyda. Haftada 7 kun dam olish. Shunday bo'lsa ham, baribir yakshanba biz uchun boshqacha kun.

🤦🏻‍♂️ Chunki, yoshligimizda maktabdan, keyin universitetdan, so'ngra ishdan biroz dam olish, organizm va miyaning ish faoliyatini qayta tiklashiga sharoit yaratish uchun yakshanbani kutib katta bo'lganmiz.

🏡 Odatda yakshanba kuni IT va digital mutaxassislari uchun kompyutersiz kun bo'ladi. Biz bu kunni oila davrasida o'tkazishga harakat qilamiz. Kuni bo'yi oila bilan tushlik, suhbat, qiziqarli nimadirlar, kechqurun esa biror qiziqarli film...

📺 Quyida yakshanba tunlarini men uchun qiziqarli va foydali qilgan ba'zi filmlar ro'yxatini siz bilan o'rtoqlashmoqchiman:
1. Silikon vodiysi
2. Stiv Jobs
3. Ijtimoiy tarmoq
4. Maxfiy fayl
5. San'at va nusxa
6. Chekkaningiz uchun rahmat! (Bu yerda chekishadi)
7. Pi avlod
8. Katta hak

🥤 Bugun, kechki ovqatdan so'ng kola bilan ermakka biror narsa olingda, hech bo'lmasa, shulardan bittasini ko'ring. Reklama, media, digital va IT'ga qiziqmasangiz ham bir nimalarni bilib olsangiz bo'ladigan filmlar bular. Shaxsan men ketgan vaqtimga achinmaganman.

P. S. Aytib qo'yishim kerak, Silikon vodiysidan boshqa hamma filmlarning rus tilidagi talqiniga havola qoldirilgan.

P. P. S. Kinoni rasmdagilarga o'xshab ko'raman deb, yarmida uxlab qolmang!

@abalog
#facebook #instagram #smm

Nega instagram va facebookda biz qiziqqan narsalarga aloqador reklamalar bizga ko’rinishini bilasizmi?

📲 Facebook va Instagram bir oila hisoblanadi. Ular ikkala tarmoqda ham qilayotgan ishlaringiz: bosgan laykingiz, yozgan izohingiz, sizga yoqqan sahifa va akkauntlar, qidirgan narsalaringiz va boshqalarni kuzatib borishadi.

💻 Undan tashqari, boshqa saytlardagi hatti-harakatlaringiz natijasida ham sizga reklamalar ko’rinishi mumkin.

Bu qanday amalga oshiriladi?
Reklama beruvchi (SMM menejeri, targetolog) mahsulot turiga qarab, uni kimlar uchun mo’ljallanganini aniqlaydi.

🤳 Keyin tarmoqning maxsus imkoniyati orqali reklamani ko’radigan odamlarning kategoriyalari va qiziqishlarini kiritib chiqadi.

👨🏻‍💻 Facebook va instagram esa kiritilgan ma’lumotlar bilan o’z tahlillarini birlashtiradi. So’ngra reklamani aylantira boshlaydi. Ya’ni, reklamani qanday odam ko’rishini targetolog belgilaydi. Tarmoq, shunchaki, qiziqishlari targetologni qoniqtiradigan foydalanuvchilarga reklamani ko’rsatadi.

👉 Facebook tarmog’ida aynan bir reklamani nega sizga ko’rinayotganini aniqlash uchun mana bu maqola bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

@abalog
​​#tiktok #Tramp #microsoft

🤝 Internetda Microsoft kompaniyasi Xitoyning ByteDance kompaniyasidan TikTokni sotib olmoqchiligi haqidagi xabar juda ko’p aylanyapti.

🤔 Bu masalaga Oq uy ham aralshayotgani meni hayron qoldirmoqda.

👉 Masalan: Microsoft bosh direktori Satya Nadella va Donald Tramp orasida bo’lgan suhbatdan keyin Microsoft TikTok masalasini 15-sentyabrgacha hal qilishi aytildi.

📰 Bu haqda TACC kompaniya bayonotiga havola bilan xabar bergan.

❗️Bilmadimu, menga qolsa TikTokni sotmasdim!

@abalog
Сезмаганлар учун

❗️Ўзбекистонда ҳозиргина соат 13:20 да зилзила кузатилди

Зилзила Ўзбекистон ҳудудида:
Тошкент : 181 км, 3 балл.
Наманган : 113 км, 4 балл.
Андижон : 143 км, 3 балл.
Фарғона : 83 км, 4 балл.
Гулистон : 177 км, 3 балл.
Жиззах : 255 км, 3 балл.
Самарқанд : 336 км, 2 балл.
Термиз : 453 км, 2 балл.
Қарши : 458 км, 2 балл.
Навоий : 464 км, 2 балл.

Манба