Abalog
293 subscribers
96 photos
21 videos
7 files
210 links
El qatori, meni ham blog yuritgim kelib qoldi.

Yo'nalish topishga qiynalib, "universal" turdagi postlar qo'yib borishga qaror qildim.

Aloqa uchun: @abalog_bot
Download Telegram
​​#google #yangilik #megaqulaylik

πŸ‘₯ Google yangi xizmatni ishga tushirdi. Uning nomi: Podcasts Manager

πŸ“‹ Bu servis yordamida podkastni tomosha qilayotgan auditoriya haqida ma'lumotlar olish mumkin. Masalan: foydalanuvchilarning sodiqlik darajasi, ularning qurilmalari, qancha muddat tomosha qilayotganlari, qiziqishlari va boshqalar.

πŸ“₯ To'plangan ma'lumotlarni o'zingizning ma'lumotlar bazangizga o'tkazib olishingiz ham mumkin.

@abalog
​​#microsoft #soqqaliish

πŸ’° O'ziga ishongan xaker kerak. 100 ming dollarli ish bor!

πŸ‘¨πŸ»β€πŸ’» Microsoft
kompaniyasi o'zining Linux bazasida ishlovchi operatsion tizimini "Π²Π·Π»ΠΎΠΌ" qilgan odamga aynan shuncha miqdorda mukofot e'lon qildi.

Batafsil ma'lumot

@abalog
Bugun 9-may - "Xotira va qadrlash kuni". Bayram barchamizga muborak bo'lsin!

@abalog
​​#instagram #rekord

πŸ† Ijtimoiy tarmoqda o'ziga xos rekord o'rnatildi!

😱 Reper 6ix9ine instagramdagi jonli efir vaqtida 2 million tomoshabin yig'di. Meni kechirasizlaru, lekin reperlarning konsertiga ham buncha odam kelishi amrimaholku!

πŸ™ƒ Nima bo'lganda ham, 6ix9ine (ismining ajoyibligini qarang!) Ijtimoiy tarmoqda katta natijaga erishdi. Qoyil!

@abalog
​​#layfxak #telegram

πŸ‘ Telegramda g'aroyib funksiya bor. Juda qiziq narsa, sizga aytsam.

⏳ Shaxsiy chat (Π»ΠΈΡ‡ΠΊΠ°)da yozilgan xabarni ma'lum vaqtdan keyin "avtomaticheskiy udalit bo'lib ketadigan" qilsa bo'ladi. Xabarni ikkinchi odam o'qiganidan keyin o'chib ketadi.

πŸ‘€ Buning uchun sizga kerakli do'stingiz bilan maxfiy chat (сСкрСтный Ρ‡Π°Ρ‚) hosil qilishingiz kerak. So'ng, tepadagi uchta nuqtani bosasiz.

πŸ“‹ Menyudan "Π’ΠΊΠ»ΡŽΡ‡ΠΈΡ‚ΡŒ ΡƒΠ΄Π°Π»Π΅Π½ΠΈΠ΅ ΠΏΠΎ Ρ‚Π°ΠΉΠΌΠ΅Ρ€Ρƒ"ni bosasiz. Keyin, 1 soniyadan 1 haftagacha bo'lgan vaqt oralig'idan o'zingizga keraklisini tanlayaiz. Vassalom!

P. S. "Π‘Π΅ΠΊΡ€Π΅Ρ‚Π½Ρ‹ΠΉ Ρ‡Π°Ρ‚"ning boshqa funksiyalari ham bor.

@abalog
​​#facebook #statistika #fakt

πŸ‘‰ 2020-yil yanvar-mart oylari oralig'ida Facebook tarmog'i 4.7 million ekstremistik mazmundagi kontentni o'chirib yubordi.

☝️ Taqqoslash uchun: 2019-yil 1-choragida tarmoq 1.9 millionta ana shunday postlarning "bahridan o'tgandi".

❗️ Bundan tashqari: pandemiya masalasidan o'z maqsadlarida foydalanishni istagan kompaniyalarning reklamalari ham bloklanmoqda.

@abalog
​​#microsoft #qiziq

πŸ‘¨πŸ»β€πŸ’» Apple, Microsoft kabi dunyoning yirik kompaniyalariga ishga kirish oson emas. Ishga kirish paytida nomzodlarga beriladigan mantiqiy savollar ham juda qiyin. Quyida Microsoft kompaniyasining ishga kirish uchun nomzodlarga bergan savolidan na'muna keltiramiz:

❓ Savol:
Qarshingizda oddiy, ikkita ko'rsatkichli (soat va daqiqa millari bor) soat berilgan. Shu soat millari bir sutkada necha marta ustma-ust to'g'ri keladi?

❗️ Javob: Daqiqa mili sutkada 24 marta "krug qiladi", soat mili 2 marta. Oradagi farq (nisbiy tezlik) esa
24 - 2 = 22

πŸ•› Daqiqa va soat mili uchrashadigan aniq vaqtlar:
00:00 1:05 2:11 3:16 4:22 5:27 6:33 7:38 8:44 9:49 10:55 12:00 13:05 14:11 15:16 16:22 17:27 18:33 19:38 20:44 21:49 22:55

@abalog
πŸ‘1
​​#vkontakte #yangilik

VKontakte karantinni samarali o'tkazishga yordam beruvchi yangilikni amalga oshirdi

πŸ₯Š Tarmoq "Mashg'ulotlar" degan yangi platforma ishga tushirdi. U yerda foydalanuvchilar professional sportchi va murabbiylar boshchiligida sport bilan shug'ullanishadi.

πŸ“² Mashg'ulotlar jonli efirda bo'lib o'tadi.

πŸ‹πŸ»β€β™‚ Platformada turli xil sport va raqs yo'nalishlari bo'lib, istalgan bosqichdagi ("Π½ΠΎΠ²ΠΈΡ‡ΠΎΠΊ"dan "профСссионал"gacha) mashg'ulotlarda qatnashishingiz mumkin.

πŸ•Ί Kurslarni fitnes trenerlar, xareograflar, blogerlar va professional sportchilar olib borishadi.

πŸ€– Mashg'ulotlarda qatnashish uchun tarmoqning maxsus chat-botiga murojaat qilish darkor. Bot sizga mos yo'nalish va grafikni topishga yordam beradi.

@abalog
​​#storis #fikr #instagram #facebook

Doimiy savol: nechta storis joylash kerak? πŸ€”

🧐 Bu mavzudagi tavsiyalar millionlab topiladi. Ularning barchasi har xil. Kimdir kuniga 10 tagacha desa, kim uchundir sutkasiga 20-30 ta storis normal holat. Kim haq? Keling, muhokama qilamiz!

Maqolani o'qish

@abalog
​​#instagram #direct #megaqulaylik

Ee, bo'larkan-ku!

πŸ‘ Instagram rasmiylari juda ajoyib ishlarni amalga oshirishyaptida! Navbatdagi megaqulaylik dayrekt bilan bog'liq.

πŸ˜€ Gap shundaki, instagram direct'da xabarlarni "forward" (ΠΏΠ΅Ρ€Π΅ΡΠ»Π°Ρ‚ΡŒ) qilish va "reply" (ΠΎΡ‚Π²Π΅Ρ‚ΠΈΡ‚ΡŒ) qilish funksiyalar sinovdan o'tkazilmoqda.

πŸ“² Sizni bilmadimu, men hozirdan shu funksiyani kutyapman! Sinovdan muvaffaqiyatli o'tsa bo'lgani.

@abalog
​​#twitter #yangilik #ilmfan

πŸ“² OΚ»zimizcha ijtimoiy tarmoqlarda oΚ»tiramiz, SMM yurgazamiz, layk, komment degandek... Bu yoqda esa olamshumul ishlar boΚ»lyapti.

πŸ‡©πŸ‡° Kopengagen universiteti qoshidagi Daniya tabiiy fanlar muzeyidagi tadqiqotchilar Twitter orqali parazitik qoΚ»ziqorinlarning yangi turini topdilar.

🧐 Oʻsha yerda ishlaydigan, Anna Sofiya Reboleyra ismli biolog Twitterdagi lentasini koʻzdan kechirib oʻtirgandi. Oʻsha yerda koʻpoyoqli jonzotning suratini koʻrib qolipti.

πŸ•΅πŸ» β€œMen koΚ»p oyoqlining tanasida kichik, qoΚ»ziqorinni eslatuvchi dogΚ»larni koΚ»rdim”, - deydi u. Keyin shu dogΚ»larni oΚ»rganib, u haqiqatdan ham qoΚ»ziqorin ekanini aniqlashdi. Yangi nav hali roΚ»yxatga olingani yoΚ»q.

πŸ“° Yangi parazit ijtimoiy tarmoqda topilgani uchun, shunga mos nom berishdi β€” Troglomyces twitteri. Tadqiqot natijalari MycoKeys ilmiy jurnalida ham chop etildi.

@abalog
​​#youtube #ozgarish

❓ E'tibor berdingizmi, YouTube 720p o'lchamga HD qo'shimchasini qo'shmayapti.

πŸ€¦πŸ»β€β™‚οΈ Tushunmadingizmi?!

πŸ’πŸ»β€β™‚οΈ Unda tushuntirishga harakat qilaman:
720p - bu videoning formati. Ushbu raqam qancha katta bo'lsa, video shuncha tiniq bo'ladi. Bu format oldinlari YouTube'da 720p HD ko'rinishida berilardi. HD belgisi video tiniq ekanini bildirardi.

πŸ‘¨πŸ»β€πŸ’» Endi esa 720p (1280x720 pixel)dagi video HD'chalik tiniq emas deb hisoblanmoqda ekan. Har holda, YouTube'dagilar shunday fikrda. Mayli, nima ham derdik... Endi videolarni 1080p HD'da ko'ryapmiz!

@abalog
​​#tiktok #statistika

πŸ’πŸ»β€β™‚οΈ Endi men sizlarga TikTok haqida ozgina statistikalarni ko'rsataman:

πŸ”Ή 2020 yil 1-choragida 315 mln.dan ortiq marta ΡΠΊΠ°Ρ‡Π°Ρ‚ΡŒ qilindi;
πŸ”Ή Pandemiyagacha 800 mln. faol foydalanuvchisi bo'lgan;
πŸ”Ή Z avlod - 16-24 yosh oralig'idagilar umumiy auditoriyaning 41% qismini tashkil qiladi.

πŸ“ˆ Qolgan statistikalarni mana bu taqdimotda ko'ring. Taqdimot uchun IPG Mediabrands xodimi, Elijah Harrisga rahmat!

Tepadagi "mana bu" jumlasi ustiga bosing!

@abalog
πŸ‘1
​​#lirikchekinish

Sen gapirayotgan bo'lsang - bu seni kimdir eshityapti degani emas!

@abalog
​​#samsung #yangilik #texnologiya

Samsung kompaniyasi harbiylar uchun yangi Galaxy S20 Tactical Edition smartfonini taqdim etdi. Yangi smartfon S20 modeli bazasida ishlangan:

πŸ”Ή Protsessor - Snapdragon 865;
πŸ”Ή Tezkor xotira - 12 GB;
πŸ”Ή Doimiy xotira - 128 GB;
πŸ”Ή Displey - AMOLED;
πŸ”Ή Displey hajmi - 6.2 dyum;
πŸ”Ή Quvvati - 4000 mAh va o'sha-o'sha kameralar.

πŸ’ͺ Yangi qurilmaga shunday korpus qo'yilibdiki, u uchun zarba, suv, kuchli tebranishlar, harorat o'zgarishi va boshqa og'ir sharoitlar cho't emas!

πŸ“² Kompaniyaning xabar berishicha, smartfon turli maxsus va maxfiy dasturlar bilan ishlay oladi. Bundan tashqari, harbiylar foydalanadigan boshqa moslamalarga ulanish imkoniyati ham mavjud.

Manba

@abalog
​​#fikr #smm #nosmm

Kimlarning SMM xizmatidan foydalanishi shart emas?

πŸ€” Hayotimizni reklamalarsiz tasavvur qilish qiyin. Tan olish kerakki, hozirgi kunda reklama kirib bormagan soha deyarli qolmadi. Biroq allaqachon effektiv qurolga aylangan SMM reklama xizmatidan foydalanish shart bo'lmagan sohalar ham mavjud. Qiziqdingizmi? Unda davomini o'qing!

Keling, bir nechta misollar orqali ko'rib chiqamiz:

🍞 Novvoyxona xizmati - barchamizga ma'lumki, non - kundalik turmush tarzida doimiy iste'mol qilinuvchi mahsulot turi hisoblanadi. Demak, novvoyxona xizmati mijozlarni jalb qilish uchun hech qanaqa reklama xizmatiga muhtoj emas. Chunki mijozlarning oβ€˜zlari reklamasiz ham oβ€˜z ehtiyojlari yuzasidan ushbu turdagi mahsulotlarni xarid qilishga majbur boβ€˜ladilar;

🚨 Favqulodda holatlar, tez yordam hamda oβ€˜t oβ€˜chirish xizmatlari - aynan, SMM reklama xizmatidan foydalanishi shart bo'lmagan xizmatlar turiga kiradi. Sababi ushbu sohalar mijozlar ko'payishini talab qilmaydigan soha turlari hisoblanadi va faqatgina zarur hollardagina biz ushbu soha vakillariga murojaat qilishimiz mumkin;

πŸ“² Paynet xizmati - uning o'rnini bosuvchi bir qator yangi to'lov usullarining (masalan clickning) ommalashgani evaziga hozirda to'lovning eski usullaridan biriga aylanib ulgurdi. Biroq o'z davrining talabi boβ€˜lgan Paynet xizmati uchun ham hech qanaqa reklama shart bo'lmagan. Sababi oddiy. Talab paydo bo'lganda biz uni reklamalarsiz ham qidirishni boshlaymiz.

Globallashuv davrida deyarli barcha sohalar SMMdan foydalanib yaxshi natijalarga erishishi mumkin, agar uni maqsadga muvofiq holda toβ€˜gβ€˜ri talqin etadigan boβ€˜lsak.

P. S. Bu maqolani endigina SMM kursida o'qishni boshlagan o'quvchimiz yozganlar. Ular yaqin kelajakda SMM bo'yicha yuqori marralarni egallashlariga ishonamiz!

@abalog
​​#hayit #shukrona #tabrik

β˜‘οΈ Bir pasda Ramazon oyi ham tugadi. Bugun Hayit bayrami!

😊 Ushbu bayram barcha musulmon ahliga muborak bo'lsin. Alloh har birimizning tutgan ro'zalarimizni dargohida qabul qilsin!

🀲 Keyingi yillardagi Ramazon oylariga ham oilamiz, yaqinlarimiz bilan birga, tinchlik, salomatlikda yetishimizni nasib qilsin!

@abalog
​​#smm #statistika #qiziq

SMM menejerlari haqidagi statistika

πŸ“ˆ Rossiyalik hamkasblarimiz SMM menejerlarining maoshlari haqidagi ilk reytingni tuzib chiqishibdi.

πŸ“Š Reyting grafika shaklida, juda qiziqarli va tushunarli qilib talqin etilgan.

πŸ“² Qiziqqanlar uchun havola qoldiraman: Havola (yozuv ustiga bosing)

πŸ‘† Bu yerda faqat maoshlar emas, boshqa qiziqarli faktlar ham keltirilgan.

P. S. Ma'lumotlar Rossiya, Belorus, Ukraina kabi davlatlardagi hisob-kitoblar bo'yicha berilgan.

@abalog
abacast Mstudio convert 20200527_174159
Audio Converter
#podcast #abacast #audio

O'z kelajagi uchun universitetdan ketgan yigit

🎧 Biz shu yigit bilan audio podkast ishladik. Do'stimiz podkastda nega bunday yo'lni tanlaganlari va bu yo'lda uchragan to'siqlardan qanday o'tganlarini aytib berganlar.

P. S. Podkast - omma uchun tayyorlangan eshittirish. Radio eshittirishdan farqi: smartfon yoki qurilmaga yozib olib, istalgan joyda va istalgan vaqtda tinglash mumkin.

πŸ‘‰ Podkastlarning audio va video ko'rinishlari bo'ladi.

@abalog
​​#instagram #maslahat #smm

Sifatli storis tayyorlaymiz!

Sizning 4K shaklidagi materialingiz Instagram storisida qo'rqinchli darajada rasvo bo'lib ketishi hech gap emas. Buning oldini olish uchun ba'zi maslahatlarni keltiramiz:

1️⃣ Wi-Fi orqali yuklang
Yoki, hech bo'lmasa 4G tezlikda. Agar internet sifatsiz bo'lsa, Instagram sifatni qirqib tashlaydi.

2️⃣ Katta hajmli videoni yuklamang
Instada bunday videolarning sifati katta qarshilikka uchraydi. Natijada storisda vijir-vijir tasvirlar hosil bo'lib qolishi hech gap emas. Shuning uchun videolar 1080x1920 o'lchamdan katta bo'lmasligi maqsadga muvofiq.

3️⃣ Telefon kamerasidan foydalaning
Keyin storisga qo'ying. Bu Instagramning o'zidan kamerani ishlatishdan ko'ra sifatliroq natija beradi. Instagram kamerasida rasmga olsangiz, tasvirdagi yozuvingiz "gazlanganmagan"ga o'xshab qoladi!

4️⃣ Begona ilovalardan foydalanmang
Chunki, bunday ilovalar ham rasm sifatini yomonlashtirib qo'yadi.

5️⃣ Giflarni ishlatmang
Giflar storis sifatini yo'qotishiga olib keladi.

Manba

@abalog
​​#instagram #fakt #smm

Instagramdagi eng birinchi reklama

πŸšΆβ€β™‚ Bugungi kunda marketingning asosiy tarmoqlari qatoriga kiruvchi Instagramda ham hammasi birinchi qadamdan boshlangan!

πŸ’πŸ»β€β™‚ Tarmoqdagi ilk reklamani kim qo'yganini bilasizmi? 2011-yilda Snoop Dogg ismli repper o'z akkauntida dastlabki pulli reklamani joylagan ekan.

🍾 Postdagi rasmda uning o'zi, qo'lida Blast alkogolini ko'tarib olgan. Rasm o'sha payt uchun qanday bilmadimu, lekin hozirgi kun uchun juda rasvo!

πŸ“Έ Shu postning originali

@abalog